Fakulteti



Yüklə 224,26 Kb.
səhifə1/5
tarix22.01.2023
ölçüsü224,26 Kb.
#99020
  1   2   3   4   5
Yetuklik davri inqiroz kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

PEDAGOGIKA VA SAN’AT” FAKULTETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA” YO’NALISHI
Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya” fanidan
Yetuklik davri inqirozi
KURS ISHI


Bajardi: ___________________
Ilmiy rahbar: M.Ibodov


Termiz 2022
Mavzu: Yetuklik davri inqirozi

Mundarija


Kirish 2
1 Bob Yetuklik davrining umumiy tavsifi 4
Yetuklik davrining shaxsiy xususiyatlari 4
Yetuklikni yosh chegralari muommosi 6
Yetuklik davridagi nazariy jihatlarni òrganish 8
2 Bob Yetuklik davrining yetakchi faoliyati va rivojlanishning ijtimoiy shart sharoitlari 12
Yetuklik davridagi inqirozlar 12
Yetuklik davrida bilish jarayonlarining rivojlanishi 16
3 Bob Yetuklik davri inqirozi borasida tajriba sinov ishlari 19
Yetuklik davri inqirozi borasida tajriba sinov ishlarini olib borish 19
Tajriba sinov ishlari natijalarini tahlil qilish 19
Xulosa 20
Foydalanilgan adabiyotlar 21


Kirish


Yetuklik davridagi inqiroz. Yetuk shaxs tavsifnomasi. Masalan, mеhnat jamoasidagi psixologik iqlim, ma’naviyat olami, bеrqarorlik, ijtimoiy ong, ijtimoiy qadriyatlar, muayyan an’analar va odatlar yangi a’zoning xaraktеrida ijobiy yoki salbiy o`zgarishni vujudga kеltirish mumkin. mazkur ta’sir natijasida asta-sеkin umuminsoniy fazilatlar tarkib topishi yoki muayyan shaxsiy nuqtai-nazar yo`qolishi mumkin. Mеhnat jamoasiga yangi quyilgan a’zo unda o`z o`rni va qadr-qimmatini qaror toptirish uchun bir qator yon bеrishga, o`z maslagidan sal bo`lsa-da chеtlashishga majbur bo`ladi.
Bu yo`l jamoasidagi psixologik iqlimga moslashish maqsadida ichki ruxiy ziddiyatlarga, murakab kеchinmalarga, unsiz tuqyonga qarshi qo`yilgan qadam xisoblanadi. Shuning uchun yakka shaxs xaraktеrini shakllantiruvchi yoki uning mustaqil ichki rishtalarini еmiruvchi omil mehnat jamoasidagi ijtimoiy fikrdir. Jamoaga bo`ysunish xar bir a’zoning burchidir. Ayrim xollarda ko`pchilikning tazyiqiga uchragan shaxsda printsipiallik, adolatlilik singari xislar, shaxsiy nuqtai-nazar bo`shashib qoladi., natijada unda ikkilanish tuyg’usi paydo bo`ladi.
Yetuklik davridagi inqiroz. Yetuk shaxs tavsifnomasi. Yoshlik gashtini surayotgan yigit va qizlar ota-onasiga, buva-buvisiga, opa-singillariga, akaukalariga, turmush o`rtog’iga farzandlariga oqilona munosabatda, oila a’zolarining har biri bilan to`g’ri muloqotda bo`lishi, muayyan qoidaga asoslangan muomala qilish shart.
Mavzuning dolzarbligi: Yetuklik davri inqirozi xususiyatlarini o’rganish. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ketma-ket ravishda yuzaga keladigan qiziqishlariga asoslangan holda, faol ravishda irodaviy ishbilarmonlik va boshqa foydali sifatlarni rivojlantirish.O’smirlarning o’z tengdoshlari bilan muloqot jarayonini o’rganish va o’smirlar orasida uchrab turadigan nizoli vaziyatlarning oldini olish.
Kurs ishining o’rganilganlik darajasi: Yetuklik davri inqirozi hayotda ta’sirini o’rganish. Bu davrda o’zga kishilarning ichki dunyosiga ortiqcha qiziqish bilan qarash va o’z xatti-harakatlarini o’zi tahlil qilish o’z-o’zini tarbiyalashning elementlarini yuzga kelishi mana shu ikkinchi bosqichdagi o’smirlar hayotiga xos xususiyatdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ko’pincha so’zga kirmaslik ,o’jarlik ,tajanglik,o’z kamchiliklarini tan olmaslik ,urushqoqlik kabi salbiy xususiyatlarni o’rganish va ijobiy yechim topish.
Kurs ishining maqsadi: Yetuklik davri inqirozi davrida yoshlar o’rtasida qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi. Tevarak-atrofdagi odamlarga o‘zining ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatish uchun u kuchli, qo‘rqmas va epchil bo‘lishga intiladi. Tarbiyachilar ham o‘z tarbiyalanuvchilari xuddi shunday bo’lishlarini istaydilar, ammo ular ana shu fazilatlarning faqat «kerakligi» uchun shunday bo’lishini istaydilar. Ana shunday «xohlayman» va «kеrаk» o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar ba’zan oilada, maktabda keskin ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga keltiradi. Tarbiyalangan odamda «xohlayman» faqat «kerak»ni bajarish orqaligina amalga oshiriladi. Agar o‘smir bola tushunishga o‘rgatilmagan bo‘lsa va «kеrаk» bo‘lgan narsani bajarishga odatlanmagan bo‘lsa, u o‘zboshimchaligini namoyon qilish orqali tarbiyachilarning talablariga qarshilik qiladi hamda o‘zining shaxsiy asoslanilmagan xohishlari asosida ish tutadi.Mana shunday nizoli vaziyatlarni profilaktika qilish va korreksiyalash.
Kurs ishining vazifasi: Yetuklik davri inqirozida nizoli xulq-atvorini tengdoshlari munosabatiga ta’sirining psixologik jihatlarini o’rganish va tadqiq etish.
Kurs ishining predmeti: Maktabgacha yoshdagi bolalarning nizoli xulq-atvorini guruhdagi tengdoshlari munosabatiga ta’sirini o’rganish.
Kurs ishining metodologik asosi: ”Kuzatish” metodi ,”Suhbat” metodi,”Nizolashuvchanlik darajasini aniqlash” so’rovnomasi.
Kurs ishining nazariy ahamiyati: Yetuklik davri inqirozi davrida nizoli vaziyatlarning tengdoshlari munosabatiga ta’sirini o’rganish.


Yüklə 224,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə