Fakulteti


Bob Yetuklik davrining umumiy tavsifi



Yüklə 224,26 Kb.
səhifə2/5
tarix22.01.2023
ölçüsü224,26 Kb.
#99020
1   2   3   4   5
Yetuklik davri inqiroz kurs ishi

1 Bob Yetuklik davrining umumiy tavsifi

Yetuklik davrining shaxsiy xususiyatlari


Yetuklik davri 36-55 (60) yoshlardagi erkak va ayollarni o`z ichiga oladi. Mazkur davrda ijodiy faoliyatni qaytadan baholashda o’z ifodasini topuvchi yangi xislat namayon bo’ladi. ular shu kungacha mehnat faoliyatida miqdor ketidan quvib yurgan bo’lsalar, endi mehnat maxsulining sifati ustida bosh qotira boshlaydilar. Oilaviy turmushga ijtimoiy hayotga, yashashni o’rgatadi.
Yetuklik davridagi erkak va ayollarning o’zligini anglashdagi «Men» uch xil ko’rinishdan ifodalanadi: «Men» ko’pincha «Men-obraz» shaklida o’zi tomonidan talqin qilinadi. Shaxsning«Men-obrazi»
1.Retrospektiv «Men» dan iborat bo’lib, o’tmishdagi o’zligini aks ettiradi;
2.Aktual «Men» sifatida tasavvur etilib, o’zining hozirgi davrini ifodalaydi;
3.Ideal «Men» obrazi esa yaqin kelajakda o’zini qanday tasavvur qilish bilan bog’liq holda yaratiladi.
Shuning uchun o’z imkoniyatlarini hayotda to’la safarbar qilish istagi ijtimoiy
turmushning barcha jabhalarida o’zining o’tmishi obrazini xozirgisi bilan solishtirib, shaxsiy ideal modelini vujudga keltiradi, shaxs mazkur modeliga asoslanib, turmush rejalarini, xatti-harakat maqsadini, usul va vositalarini tanlay boshlaydi.
Insonning o’tmishdan hozirgi kunda, xozirgi kundan kelajakka intilishi o’zini anglashning bosh mezoni hisoblanadi. O’zligini anglashning boshqa mezonlari ham mavjud bo’lib, o’zini o’zi baxolash, nazorat qilish, tekshirish, qo’lga olish, o’ziga buyruq berish kabilarda aks etadi. O’zini anglash ko’pincha, o’ziga boshqa kishilar: A)yoshi ulug’ odamlar; B)tengdoshlar; V)o’zidan kichik odamlar nuqtai-nazaridan qarashda ko„rinadi.
Mazkur yosh davridagi odamlarning ko’rish maydonini o’rgangan L.N.Kulenova va M.D.Aleksandrovalar 36-50 yoshli erkaklarda ko’rish chegarasi quyidagicha ekanini aniqlaganlar: Normadan ortiq 4%, normada 53%, qolganlari normadan kam. Yu.N.Kulyutkin 36-40 yoshli sinaluvchilarda diqqat, xotira, tafakkurning 0- 130 gacha shkalada 94,8, 93,7, 99,0 birligiga ega ekanligini isbotlab berdi. B.G.Ananev esa mazkur yoshdagilarda shaklni idrok qilishni bipopulyar va mopopulyar yo’llarida muayyan darajada tafovutlar yuzaga kelishini aytadi.
Qator olimlar (Klapared, Mayle, Bellis, Filipp) mazkur yoshdagilarning tovush va yorug’likdan ta`sirlanish vaqti o’zgarishini o’rganganlar. Olingan ma’lumotlar amaliy ahamiyatga ega bo’lib, o’z qimmatini hozirgacha saqlab kelmoqda. Ful`de, Raven, Pako kabi tadqiqotchilar intelektning qobiliyatini tekshirib, 30 yoshda 96, 40 yoshda 87, 50 yoshda 80, 60 yoshda 75% bo’lishni aniqlaganlar.
Ularning ijtimoiy faoliyatiga kirish xususiyatini faollik nuqtainazaridan V.Shevchuk 35 yoshidagi odamlarning 6,2% bu faoliyatda qatnashish istagini bildirsa,
40 yoshda 2,2% qatnashishini xoxlaydi, 2,8% esa undan chiqishga qaror qiladi.
Ahvol shunday davom etadi. Z.F.Esarova oliy maktab o’qituvchilarining ijodiy faoliyatini xususiyatlarini o’rganib, doktorlik ishlarini yoqlashni matematiklar 33, psixologlar 46, filologlar 46,tarixchilar 47, fiziklar 37, biologlar 40 yoshda amalga oshirishni aniqlagan.
Umuman yetuklik davrining ikkinchi bosqichiga mansub kishilar bir tomondan, butun imkoniyatini mehnat va ijtimoiy faoloyatlariga bag’ishlanadi, ikkinchi tomondan, ijtimoiy faolliklari susayib boradi. Chunki, insonning keksayishi ham quvonchli, ham o’tinchli damlarga, kechinmalarga, xis-tuyg’ularga serobligi bilan boshqa yosh davrdagi odamlardan ajralib turadi.


Yüklə 224,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə