«Yogoch o’ymakorligida 6 qirrali kursi yasash» mavzusidagi



Yüklə 23,37 Kb.
səhifə2/2
tarix02.05.2023
ölçüsü23,37 Kb.
#108102
1   2
abdy.docx 1

Mavzuning dolzarbligi shuki , hunarmandchilikning tarixiga nazar soladigan bo’lsak , o’ymakorlik buyumlari, avvalo tosh va suyak o’ymakorligi, keyinroq yog’och o’ymakorligi va ganch o’ymakorligi san’ati sekin astalik bilan o’z rivojini topdi va vu hozirdaham davom etib kelmoqda . O’ymakorlik asosiy negizida esa ishlangan me’morlik inshootlari, turar joy binolari doimo ma’naviy zavq manbai bo’lib kelgan. Hunarmandchilik ma’naviy qarashlarimizni yanada boyitib, bizni barkamolikka olib chiqdi. Shu sababli ham madaniy me’rosimizni o’rganishimiz, uning yaratilish tarixini bilish hamda uning barcha imkoniyatidan foydalanib bugungi kun talabiga mos buyum turlarini yangilash va boyitish bugungi kunda oldimizdagi asosiy masaladir. Biz o’z imkoniyatimizdan va erishgan yutuqlarimizdan kelib chiqib , tarixiy manbalarga tayanib ularni yangi fikrlar bilan boyitishimiz zarur. Yog’och o’ymakorligi bilan shug’ullanuvchi ko’pgina usta hunarmandlar, xususan, Buxoro o’ymakorlik usullariga oid ma’lumotlarni boyitish.
Bitiruv malakaviy ishi davomida bir qancha adabiyotlardan foydalandim. Muhammadumar Ahmedovning ,,Yog’och o’ymakorligi’’ qo’llanmasi yog’och o’ymakorligi haqida asosiy ma’lumotlar jamlanmasi hisoblanadi. Yog’och o’ymakorligi bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan barcha yoshlar bu qo’llanmadan o’ymakorlik uchun kerak bo’ladigan yog’och turlarining xususiyatlari, o’ymakorlik bosqichlari, asbob-uskunalar kabi bir qancha ma’lumotlarga ega bo’lishadi.
,,O’zbekiston milliy ensiklopediyasi’’ kitobida esa O’zbek xalq amaliy san’ati va uning rivojlanishi haqida ,atamalar izohi haqidagi ko’pgina ma’lumotlarga ega bo’ldim. hozirgi kunda ,,Labi hovuz majmui’’da, ,,Nodir devonbegi” madrasalarida faoliyat yuritayotgan bir qancha ustalar bilan uchrashib , ularni ishini kuzatib ma’lumotlarimn yanada i boyitdim. Shuningdek ilmiy rahbarimni maslahatlaridan foydalandim.
Tadqiqot maqsadi: Yog’och o’ymakorligidagi ijod namunalarini o’rganish, ustalarni ijodini kuzatish, yog’och o’ymakorligi uslublarini ko’rsatib berish.
Tadqiqot obyekti va predmeti: Yog’och o’ymakorligida bezatiladigan dekorativ yodgorlik buyumlari (yog’och o’ymakorligi bilan bezatilgan 6 qirrali kursi).
Vazifalari: -Yog’och o’ymakorligi san’atining tarixiy roli haqida bilimlarga ega bo’lish; -Yog’och o’ymakorligida ishlatiladigan asbob-uskunal va materiallarning xususiyatlari haqida bilimlarga ega bo’lish; -Yog’och materiallardan foydalanib 6 qirrali kursi yasash texnalogiyasi haqida tushunchaga ega bo’lish; -Yog’och o’ymakorligi san’atidagi atamalarni yig’ish;
Tadqiqot metodlari: Yog’och o’ymakorligining nazariyasini o’rganish va amaliy ish bajarish (6 qirrali kursi ).
Tadqiqot farazi: Ushbu bitiruv malakaviy ishning mavzusiga tegishli amaliy hamda nazariy ma’lumotlarni yig’ish , yangi ma’lumotlar qo’shish m bilan boyitib borish.
Bajargan ishning asosiy natijalari. Bitiruv malakaviy ishini bajarish natijasida men yog’och o’ymakorligiga tegishli ko’pgina ma’lumotlarga ega bo’ldim, xususan, O’zbekistonimizdagi bir necha hunarmandlar va ularning ustozlarining hunarlari sirlari bilan tanishdim.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilmasi. Bitiruv malakaviy ishim nazariy va amaliy qismlarga bo’linadi . Nazariy qismida mundarija, kirish qismi, 2 bob, xulosa, foydanalilgan adabiyotlar ro’yxati , bitiruv malakaviy ishiga oid ilovalardan iborat. Bitiruv malakaviy ishining amaliy qismida islimiy naqshdan foydalanib 6 qirrali kursi yog’och o’ymakorligida bezatildi

I-BOB. YOGOCH O’YMAKORLIGINING HAQIDA UMUMIY


MALUMOT
1.1. Yogoch o’ymakorligi tarixi.
Yüklə 23,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə