Yonalishi 203 – guruhi talabasi Nazarova Hurmatoyning Tasviriy san'at òqitish metodikasi fanidan



Yüklə 397,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix31.12.2021
ölçüsü397,91 Kb.
#82463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kurs ishi

M u n d a r i j a. 

 

 

Kirish 

I.bob. Tasviriy san’at o‘quv fani, uning maqsadi va vazifalari 

1.1-§.Shaxsning  badiiy  madaniyati  va  ma’naviyatini  rivojlanishida  tasviriy 

san’atning o‘rni 

1.2-§.Tasviriy san’at darslarining mazmuni 

1.3-§.Boshlangich sinflarda tasviriy sanatni o’qitish metodikasi 

II.bob. Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish mazmuni 

2.1-§.BoshIang‘ich ta’lim o‘quv dasturini o‘rganish va rejalashtirish 

Xulosa 

Faydolangan adabiyotlar 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

KIRISH 



 

Mavzuning dolzarbligi 

 

Tasviriy va amaliy san’at pedagogikasi mutaxassisligida qalamtasvir asosiy rol 

o’ynaydi. Bunda tasviriy san’at o‘qituvchilari qalam tasvir (grafika)dan yetarli bilim, 

malaka  hamda  ijodkorlik  saviyasiga  ega  bo’lishlari  lozim.  Ma’lumki,  qalam  tasvir 

tasviriy san’atni o‘zlashtirishda bosh mezon va asos bo’lishi bilan birga alohida san’at 

turi  sifatida  ham  xarakterlidir.  Qalam  tasvir  sirlarini  yaxshi  bilgan  amaliy  san’at 

ijodkorlari hamda pedagoglar o‘z fikr-tuyg‘ularini tezroq, shuningdek, aniqroq amalga 

oshirish imkoniyatiga ega bo`ladi

Olimlarimizdan biri «Tasvirlash bu kuzatish, yaratish, ixtiro qilish demakdir», 



deb bejiz aytmagan.Tasviriy san’at o‘qituvchisi qalam tasvirdan quyidagilarni bilish 

talab qilinadi: 

— grafika san’ati haqida nazariy ma’lumotlar; 

—  qalam  tasvirda  ishlatiladigan  materiallar,  ularni  tayyorlash  qoidalari  va  yo`1–

yo`riqlari;  

— naturadan qalam tasvirda rasm ishlashning asoslari;  

— tasvir qurish qalam tasvirda perspektiv qisqarish qonuniyatlari borasidagi bilim va 

nazariy tushunchalar;  

— qalam da bajarilayotgan tasvirning kompozitsiya yechimi;  

— qalamtasvirdagi ishni nihoyasiga yetkazish tajribasi va malakasi;  

— qalamtasvirda qalam bilan bajarilgan ishga shakl berish yo`llari va uslublari kabi 

bir qator maqsad va vazifalari mavjud. Bundan tashqari yuqoridagi ko‘rsatilgan talab 

va  qonun-qoida  asoslarini  mukammal  o‘zlashtirganda  tasviriy  san’at  o‘qituvchilari 

oddiy  geometrik  shakllardan  tortib,  harakatdagi  odam,  hayvonlar  hamda  tabiatning 

turli ko’rinishlarigacha bo`lgan jarayonlarni qalam tasvirda bajara olishi kerak. 

       Bundan tashqari kitob, gazeta, jurnal bezash, muqovalash va boshqa grafik ishlarni 

bajara olish malakalarini bilishlari lozim. «Qalam tasvir bu rangtasvir, haykaltaroshlik, 

me’morchilikning  eng  yuqori  nuqtasi  va  barcha  fanlarning  ildizi  va  manbayidir». 




 

Ushbu  so‘zlar  500  yil  oldin  buyuk  Mikelandjelo  Buanorotti  tomonidan  aytilganiga 



qaramasdan, hozir ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan va isbotini topmoqda. 

       Qalamtasvir — tasviriy san’at asosi. Tasviriy san’atning barcha turlarining asosi 

qalamtasvir  hisoblanadi.  XVIII  asrdan  boshlab  «qalamtasvir»  chiziqlar  yordamida 

obraz yaratish sifatida tasvirni belgilovchi atama hisoblanib, barcha san’at turlaridagi 

buyumning  shakli,o‘lchami,  tuzilishi  va  xarakterini  belgilab  beruvchi  muhim 

xususiyatlari  bilan  tanishtiradi.  Qalam  tasvir  tasvirlashning  xususiyatlari  shartli 

ravishda bir necha turlarga bo‘linadi.Qalam tasvirning tasvirlash vositalari ishlatilishi 

bo‘yicha  chiziqli  va  tusli  bo‘ladi.  Chiziqli  rasm  qoida  bo‘yicha  och,  yengil  va 

umumlashtirilgan  bo‘ladi.  Chiziqlar  orqali  badiiy  obraz  yaratiladi,  jadvallar,  shartli 

chizmalar,  sinf  taxtasidagi  tasvirlar  shular  jumlasidandir.  Tusli  tasvirlar  muhitdagi 

buyumning hajmliligi, yorug’ligi, fakturasi va fazoviy munosabatlarini to‘liq ta’rifini 

beradi. Bunday rasmlar yorug‘-soyali va tusli, deb ataladi. Ayrim buyumlar sharpasi 

va  tashqi  ko‘rinishi  orqali  xarakterlidir.  Shuning  uchun  bunday  ko‘rinishdagi 

tasvirlashda ayrim holda tusli tasvirning oddiy turi tanlanadi, bu siluet deb nomlanadi, 

ya’ni bir xil tekis tus bilan qoplanib, tashqi ko‘rinish chizig‘i orqali bajariladigan tasvir. 

Ma’lumki, Oliy va o'rta maxsus pedagogika o‘quv yurtlarida ta’lim mazmuni 

kunning eng dolzarb vazifalaridan biri boiib turibdi. Bu vazifani hal etish hozirgi davr 

o‘qituvchisini  o‘z  fani  doirasida  chuqur  va  keng  bilimli,  shuningdek,  ijodkor  va 

izlanuvchan boiishini talab qiladi.  

Shu maqsadda boshlangich ta’lim va tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishida «Tasviriy 

san’at  o‘qitish  metodikasi»  fani  o‘qitiladi.  Bu  fanning  asosiy  maqsadi  talabalarni 

boshlangich sinflardagi «Tasviriy san’at» darslarini o‘qitishga tayyorlash, tabiatdagi 

hamda tasviriy san’at asarlaridagi go'zallikni ko‘ra bilish va idrok etish, badiiy did, 

ko'rish  xotirasi,  rangni  sezish,  fazoviy  tasawur,  kuzatuvchanlik  va  badiiy  ijodiy 

qobiliyatiami o‘stirishdan iborat.  

«Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi» kursining asosiy vazifalari quyidagilar: - 

boiajak  boshlangich  sinf  o‘qituvchilarida  tasviriy  san’at  metodikasi  bo‘yicha 

bilim va malakalami hosil qilish va o‘stirish;  




 

- bolajak boshlangich sinf o‘qituvchilariga tasviriy san’atning nazariy va amaliy 



asoslari (yonig‘, soya, perspektiva, kompozitsiya) haqidagi bilimlarni puxta egallashga 

yordam berish;  

- boiajak boshlangich sinf o'qituvchilarida rasm ishlash va badiiy ijod bo‘yicha 

ko‘nikma va malaka hosil qilish

 -  o‘zbek  va  jahon  xalqlari  tasviriy,  amaliy  va  me’morchilik  san’ati  bilan 

yaqindan tanishtirish va chuqur o‘rgatish; 

 - tasviriy san'at o‘qitish metodikasining o‘ziga xos rivojlanishi tarixi, maqsad 

va vazifalari, nazariy asoslari haqida ma’lumot berish; 

 - talabalarni zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish yoilari bilan 

tanishtirish. 

Tasviriy  san’at  o‘qitish  metodikasi  mashg'ulotlarida  fanning  nazariyasi  va 

o'qitish usullari, shuningdek, tasviriy san’at asoslari hamda uning tarixi masalalariga 

alohida  e’tibor  berilgan.  «Tasviriy  san’at  o‘qitish  metodikasi»  kitobi  ketma-ketlik 

bosqichlari asosida tasvirlar chizish, mustaqil ravishda tasviriy va amaliy mavzularga 

kompozitsiyalar  ishlash,  loy  va  plastilindan  har  xil  narsalar  haykalchalarini  yasash, 

rang xususiyatlari bilan yaqindan tanishtirish, tasviriy san’at tarixi asoslarini o‘rganish 

hamda  umumta’lim  maktablarining  boshlang‘ich  sinflarida  tasviriy  san’at  o‘qitish 

metodikasiga oid materiallami o‘z ichiga oladi. Talabalarga ta’lim berishning asosiy 

shakllari:  ma’ruza,  amaliy  mashg‘ulotlar  ishlari  va  mustaqil  tayyorianish.  Talabalar 

ma’ruzalarda  tasviriy  san’at  fani  va  uni  o‘qitish  metodikasining  nazariy  asoslari, 

metodlari va uning tarixiy rivojlanishini o'rganadilar, tasviriashning nazariy asoslari, 

san’at  tarixidan  qisqacha  ma’lumotlar  hamda  umumta’lim  boshIang‘ich 

maktablarining tasviriy san’at bo‘yicha dasturlari mazmuni bilan tanishadilar. 

Amaliy  mashg‘ulotlarda  talabalar  qalam  yordamida  tasvirlashning  oddiy 

asoslaridan  boshlab  murakkab  narsalarni  tasvirlashgacha  boMgan  chuqur  bilim  va 

amaliy malakalami o‘zlashtiradi, rangtasvir va kompozitsiya bo‘limlarida rang bilan 

ishlash xususiyatlarini amalda bajarish, badiiy asarlarga esa illyustratsiyalar ishlashni 

o‘rganadilar. Shuningdek, umumta’iim maktablarining boshlang‘ich sinf dasturlariga 

muvofiq  talabalar  mavzuli-tasvirli  rejalar,  dars  turlariga  ishlanmalar  tuzadi,  ularga 



 

didaktik  materiallar  tayyorlaydi  hamda  badiiy  bezak  san’ati  va  amaliy  grafik  ishlar, 



haykaltaroshlik  bilan  shug‘ullanish  nazarda  tutilgan.  Rasm  chiza  bilish  va  hamma 

masalalarga ijodiy yondashish barcha sohalarda zarurdir. Ijodiy yondashish butunlay 

yangi  g‘oyalar  va  iasawurlami  vujudga.  keltiradi,  shaxsni  badiiy  rivojlantirishda 

muhim  o‘rinni  egallaydi.  Metodika  ta’lim-tarbiya  jarayonida  o'qituvchining 

o‘quvchilar  bilan  ishlash  usullarining  mazmunining  xususiyatlariga  qarab  chiqadi. 

Ma’lumki,  maktabda  o‘qitishning  xilma-xil  metodlari  qoilaniladi.  Bu  yerda  ta’lim 

usuli, o‘quv materiallarining joylashishi (o‘quv, reja, dastur), ta’lim prinsiplari va yana 

(so‘ngida),  o‘quv  tarbiyaviy  ishlarning  umumiy  maqsad  va  vazifalari  eng  muhim 

ahamiyatga egadir.  

«Metod» so‘zi grekcha boiib, «Tadqiqot yoli» «bilish usuli ma’nosini anglatadi. 

Pedagogik  o'qitish  metodlari  deganda,  maktab  o‘quvchilaming  bilim,  mahorat  va 

malakalarini  egallashida,  ulaming  ijodiy  qobiliyatlarini  rivoj  lantirishda  va 

dunyoqarashini tarkib toptirishda o‘qituvchilaming qoilagan ish usullari tushuniladi. 

Metodika  so‘zi  avvalo  ta’lim  va  tarbiyaning  samarali  usullarini  majmui 

ma’nosini bildiradi, mazkur darslik umumta’lim maktablarining boshlangich sinflarda 

tasviriy san’atni o‘qitish metodikasining bir qator jihatlari ko‘rib chiqiladi.  

Tasviriy  san’at  o‘qitish  metodlari  deganda  o‘qituvchining  o‘quvchilar  bilan 

ishlash usullari natijasida o‘quv materiallarini yaxshi bilib olish darajasiga erishish va 

o‘zlashtirish  darajasini  oshirilishi  nazarda  tutiladi.  Har  bir  o‘qitish  metodlari 

o‘quvchilar egallashi lozim boigan bilimlarining mazmuni (hajmi)ga monand tarzida 

ta’lim maqsadiga, o‘quvchilaming yosh va fiziologik xususiyatlariga bogiiq. «Usul» 

iborasi  pedagogik  adabiyotlarida  tez-tez  uchrab  turadi.  o‘qitish  usuli  -  bu  ta’lim-

tarbiyada  alohida  qismi  hisoblanadi,  ulaming  yigindisi  o‘qitish  metodlariga  kiradi. 

Umumiy  yo‘nalishga  qaratilgan  ma’lum  bir  o‘qitish  metodlari  va  usullarining 

majmuasidan  o‘qitish  tizimi  tuziladi.  Tasviriy  san’at  o‘qitish  metodikasi  pedagogik 

ilmiy  fan  sifatida  tajribada  sinalgan  ishlaming  nazariy  qismlarini  umumlashtirib, 

amaliyotda  samarali  natijalar  bergan  o'qitish  metodlarini  taqdim  etadi.  Metodika, 

asosan, pedagogika, psixologiya, estetika va san’atshunoslikning tadqiqot natijalariga 




 

asoslanadi.  U  tasviriy  san’atni  o‘rgatish  qonun  qoidalarini  ta’riflab  beradi,  kelajak 



avlodni tarbiyalashning zamonaviy metodlarini belgilaydi.  

Amaliy  metodika,  ta’lim  va  tarbiyaning  rivojlanish  jarayonini  o‘rganadi. 

Pedagogik  mahorat  ko‘nikmalarini  o‘rganish  uni  egallashga  qaratilgan  ma’lum 

iste’dod, qobiliyatlar va ishtiyoqlar (moyilliklar) mavjud boiishini talab etadi, chunki 

metodika  fani  san’at  pedagogikasining  mashaqqatli  murakkab  va  juda  mas’uliyatli 

sohasidir.  

Demak,  tasviriy  san’atni  o‘qitish  metodikasi  fani  pedagogika  ilmining 

o‘quvchilami  tasviriy  san’atga  o‘rgatish  mazmuni,  vazifalari  va  metodlarini 

o‘qitishning mazmuni, vazifalarini va metodlarini aniqlovchi, ijodiy ishlardagi oqilona 

usullarini o‘rganuvchi, ta’lim  va  tarbiyaning  maqsad  va vazifalariga  tayangan  holda 

samarali o‘quv jarayonini tashkil etuvchi, shakl va yo‘llarini tadqiq etuvchi sohasidir. 

Tasviriy san’at metodikasi metodika fanining boshqa sohalari kabi umumiy va xususiy 

turiarga ajratiladi.  

Umumiy metodika - o‘quv fanning nazariy qismini asoslariga qarashli savollami 

va  ko‘pchilik  fanlarga  tegishli  o‘qitish  usul  va  uslublarini  qo‘llanishlarini  ko‘rib 

chiqadi. Bular quyidagilar:  

- tasviriy san’at fanining maqsad va vazifalari; 

-tasviriy san’at fani dasturiarining tuzilishi va mazmuni;  

-  o'qitishning  tashkiliy  shakllari  va  metodlarini  ishlab  chiqish;  -  ko'rgazmali 

metodik  vositalami  tadqiq  qilish  va  tanlash  (o‘quv  ko‘rgazmali  qurollar  va  texnik 

vositalari);  

- tasviriy san’atning boshqa fanlar bilan bog'liqligi (adabiyot, musiqa, biologiya, 

tarix); 

 -tushunchalami, iboralami ta’riflash va boshqalar. Xususiy metodiica  - biron-

bir o‘quv fanining o‘qitish uslubi nazarda tutiladi.  

- ko‘rgazmali qurollardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar beriladi;  

-  amaliy  va  ijodiy  ishlaming  mazmunlari  aniqlanadi  va  h.k.  Hozirgi  kundagi 

rasm  o‘rgatish  metodikasi  birdaniga  kelib,  shakllangan  emas,  bunga  qadar  mazkur 

metodika  shakllanishi  va  murakkab  taraqqiyot  yoiini  bosib  o‘tdi.  Respublikamizda 



 

tasviriy  san’atni  o‘rgatish  metodikasining  shakllanishida  mahalliy  olimlar, 



metodistlaming  qator  izlanishlari,  o‘quv  qoilanmalaming  ahamiyati  juda  katta  o‘rin 

tutadi.  Badiiy  pedagogika  metodika  sohasidagi  so‘nggi  yutuqlari  ko‘rsatilgan  va 

talabalami pedagogik faoliyatga tayyorlash, ulami metodik bilim va mahoratlar bilan 

qurollantirish,  o‘qitish  san’atini  egallashsga  yordam  berishni  o‘ziga  asosiy  maqsad 

qilib qo'ygan. 

O‘qituvchi  tasviriy  san’at  darslarining  tashkilotchisi,  rahbari  va  ilhomchisi. 

Yuqorida  ko‘rsatib  o‘tilgan  o‘quv-tarbiyaviy  vazifalarni  amalga  oshirishga  dastur 

asosida  o‘qitiladigan  tasviriy  san’at  mashg‘ulotlari  narsaning  asliga  qarab  tasvir 

chizish;  xotira  va  mavzu  asosida  tasvir  chizish;  dekorativ  amaliy  san’at  va 

haykaltaroshlik;  san’atni  idrok  qilish  kabi  turiarda  olib  boriladi.  Quyida  biz  tasviriy 

san’at  fanning  turiarini  ko‘rib  chiqamiz.  0  ‘qituvchi  tasviriy  san’at  darslarida 

o‘quvchilami  dars  mavzusiga  aktivlashtirish  uchun  dars  mavzusining  mazmuni, 

hayotdagi  ahamiyati  va  uni  chizish  qoidalarini  tushuntirishi  zarur.  Ba’zida 

o‘qituvchilar tasviriy san’at darslarini tashkil etish uchun o‘quvchilarga dars mavzusi 

yuzasidan  savollar  berib,  unga  berilgan  javoblami  to‘Idirish  kabi  vositalardan 

foydalaniladi.  o‘quvchiíar  dars  va  darsdan  tashqari  vaqtlarda  mustaqil  ravishda 

bajarayotgan  ishlari  vositasi  bilimga,  malakaga,  ijodiy  ko‘nikmaga  ega  bo'ldilar, 

o‘qituvchining  vazifasi  o‘quvchilaming  mustaqil  ishlariga  yordam  berishi, 

rag‘batlantirish  metodi  asosida  ilhomlantirish,  yutuq  va  kamchiliklarini  o‘z  vaqtida 

ko‘rsatish, ulami o‘z kuchiga ishonchini mustahkamlashida rahbarlik qiladi. 




Yüklə 397,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə