Yopiq urug‘lilar-o‘simliklar evolyutsiyasida eng yuksak taraqqiy etgandir. Reproduktiv organlarning paydo bo‘lishi. Gul va to‘p gullar



Yüklə 59,95 Kb.
tarix06.05.2018
ölçüsü59,95 Kb.

Aim.uz

Yopiq urug‘lilar-o‘simliklar evolyutsiyasida eng yuksak taraqqiy etgandir. Reproduktiv organlarning paydo bo‘lishi. Gul va to‘p gullar.

 

Reja:



1. Yopiq urug‘li o‘simliklarning kelib chiqishi.

2. Yopiq urug‘li o‘simliklarning xarakterli belgilari.

3. Yopiq urug‘li o‘simliklarning sinflari.

4. Gulli o‘simliklarning kelib chiqishi haqidagi Vetshteyn va G. Galer nazariyalari.

5. Gulli o‘simliklarning klassifikatsiyasi.

6. Gulning tuzilishi.

7. Gul qismlari.

8. Gulning urug‘lanish va changlanishi.

9. Gul formulalari va diagrammasi.

10. To‘pgullar tuzilishi.

 

Gulli o‘simliklar yoki yopiq urug‘li o‘simliklar, o‘simliklar  dunyosining eng  yosh  va keng tarqalgan guruxi bo‘lib xozirgi geologik davrining xukmron o‘simligi hisoblanadi. Ularning tuzilishi nihoyatda xilma-xilligi, turlarning ko‘pligi, kishilar va xayvonlar  hayotida tutgan o‘rni bilan o‘simliklarning boshqa guruxlaridan keskin farq qiladi. Tarixiy manbalarga  qaraganda yopiq urug‘li o‘simliklarning dastlabki vakillari mezazoy erasining yura davrlarida paydo bo‘la  boshlagan. Keyinroq davrlariga kelib ular yer yuziga keng tarqala boshlagan.

       Yopiq urug‘li o‘simliklarning keng  tarqalishiga  asosiy  sabab  bu vaqtga kelib havoda quyuq bulutlar kamayib havo namligi kamaygan, quyosh nuri yerga ko‘proq tushgan. Yalang‘och urug‘larning  qurg‘oqchilikka  moslashgan igna barglardan boshqa vakillari nobud bo‘lgan. Ular o‘rniga tuzilishi va biologik xususiyatlari bilan yangi muxitda, ya’ni qurg‘oq havoda yashashga moslashgan yangi yosh tip-yopiq urug‘lilar keng tarqala boshlaydi, juda qisqa vaqt ichida ular biosferani egallab shu davrning xukumron  o‘simliklar guruxiga aylandi.

       Yopiq urug‘lilar guruxiga 200 000 dan ortiqroq tur kiradi. Bu  ochiq urug‘lilardan 400  marta  ko‘proq ekanli-gini ko‘rsatadi. Yalang‘och urug‘lilarning taxminan 500 turi ma’lum. Yopiq urug‘li o‘simliklarning vakillari odam  uchun  oziq-ovqat, xayvonlarga  yem-xashak, sanoat  uchun xom ashyo manbai bo‘ladi. Yer shari aholisining  asosiy  ovqati  bug‘doy, sholi, jo‘xori, kartoshka, mevalardan olma, o‘rik, uzum, qovun-tarvuz texnik o‘simliklardan g‘o‘za, zig‘ir, lavlagi, shakar qamish va xilma xil dorivor  o‘simliklar yopiq urug‘li o‘simliklarning vakillaridir.

       Yopiq urug‘li o‘simliklarning ko‘payib, yer yuziga  tarqalishiga  asosiy sabab, ularning  yashovchanligi, qurg‘oqchilikka tez moslasha olishi. Hozirgi vaqtda ochiq urug‘li o‘simliklar faqat daraxt va butalardan  iborat bo‘lsa, yopiq urug‘li  o‘simliklarning  turli  vakillari  mavjud. Shu bilan birga ular organlarida metamorfozalar ham mavjud.

       Yopiq urug‘lilar anatomik tuzilishi ham yalang‘och o‘sim-liklardan ustun turadi. Ular poyasida traxeyalar va suv naylari bo‘ladi. Bu o‘simliklar  ildizdan  suvni onsonroq so‘rishga  va bug‘latishga  yordam beradi. Bulardan tashqari yopiq urug‘lilar quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.

       1. Yopiq urug‘li o‘simliklarning urug‘i meva ichida bo‘ladi, shuning uchun ham ular "Yopiq urug‘li o‘simliklar"deb ataladi.

       2. Ularda otalik xamda mevacha (onalik)dan iborat gul bo‘ladi. Ba’zi istisno e’tiborga olinmaganda, ularda gulqo‘rg‘on bor. Gullari  juda  xilma-xil shaklda bo‘ladi.

       3. Gullarning changlanishini va urug‘ hamda  mevalarning  tarqalishi  har xil yo‘llar bilan boradi, ya’ni shamol, xashoratlar, qushlar va suv yordamida changlanadi. Yopiq urug‘lilarning qariyib 90%  xashoratlar yordamida changlanadi.

       4. Bu o‘simliklar ikkilamchi urug‘lanadi, buning natijasida faqat  murtak emas, balki endosperm xam hosil qila-di.

       5. Yopiq urug‘lilarning urug‘ kurtagi urug‘ga, tuguncha  mevaga  aylanadi va mevalar mevacha barglarining himoyasida yetiladi.

       6. Yopiq urug‘li o‘simliklarning morfologik va anatomik  jihatdan  boshqa tipdagi o‘simliklarga nisbatan juda ham murakkab tuzilgan.

       Yopiq urug‘lilarning nasllari changlanishda, yuqori o‘simliklarning  boshqalari singari, sporofit  nasl  hukmronlik  qiladi. Ammo sporofit nasl yopiq urug‘lilarda juda yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib  qariyib  individning hamma qismini  tashkil  etadi. Gametofit  nasl nihoyatda reduksiyalangan bo‘lib, sporofitdan ajralmagan holda  gulda  uning  hisobiga  taraqqiy etadi. Gametofit ayrim jinsli bo‘ladi. Erkak gametofit changining o‘sishdan h-sil bo‘lgan chang naychasi va uning ichidagi bitta vegetativ, ikkita spermiy deb yuritiladigan xivchinsiz generativ yadrodan, urg‘ochi gametofit esa urug‘kurtakda joylashgan 8 ta yadroli murtak xaltasidan  iborat. Yopiq urug‘lilarda arxegoniy taraqqiy etmaydi.

       Yopiq urug‘lilarning kelib chiqishi

       Yopiq urug‘lilarning  kelib  chiqishi hali juda aniq hal etilmagan. Lekin bu haqda turli xildagi fikrlar  ma’lum. Masalan, ayrim olimlar yopiq urug‘li o‘simliklar urug‘li paporotniklardan, boshqalar bennetit yoki gnetumlardan kelib chiqqan deb taxmin qiladilar. Biroq yalang‘och urug‘lilar bilan yopiq o‘rtasidagi oraliq shakllar noma’lum.

       Yopiq urug‘lilarning kelib chiqishi masalasini xal  etishda  gulning kelib chiqishini hal etish kerak.

       Gulni kelib chiqishi xaqida asosan 2 ta nazariya mav-jud.

       1. Avstraliyalik olim Vetshteyn nazariyasi.

       2. Nemis olimi G.Galir va ingliz olimlari A.N.Arber va  D.Parken nazariyalaridir.

       Vetshteyn nazarisiga ko‘ra gul  aslida  efedraga  o‘xshash  yalang‘och urug‘lilarning o‘zgargan  va  soddalashgan  to‘pguldan iborat. To‘pguldagi har bir otalik va onalik ayrim gul  hisoblanadi. Bu  nazariya  psevdant yoki soxtagul nazariya deb ataladi. Bu nazariyaga muvofiq sodda tuzilgan gullar ayrim jinsli, oddiy gulqo‘rg‘onli yoki  gulqo‘rg‘onsiz bo‘ladi.

       Ikkinchi nazariya benettitlar topilib, fanga ma’lum bo‘lgandan  keyin, ya’ni 1905 yilda yaratiladi. Bu nazariyaga ko‘ra yopiq urug‘lilarni guli yalang‘och urug‘lilarga qarashli bo‘lgan  benettitlar ajdodining  ikki jinsli va o‘zgargan qubbasi strobildan iborat. Biroq benettitlar strobil-gullarida chin onalikni yo‘qligini va mikrosprofilining shoxlangan  bo‘lishi bilan chin guldan  farq  qiladi. Ikkinchi  tomonidan, bennettitlarning strobili o‘zining umumiy tuzilishi jihatidan yopiq  urug‘lilarning  eng  ibtidoiy vakili bo‘lgan magnoliyaning guliga o‘xshab ketadi. Arbor va Parkinlar bennettitlar strobilining  yuqorida  tasvirlangan tuzilishini hisobga olgan holda, bennettitlar strobili guli bilan yopiq urug‘lilar guli oralig‘idagi taxminiy, ya’ni gipotetik gulning  tasviriy

sxemasini yaratadilar.

       Yopiq urug‘lilar shimoldan  janubga  tomon  ko‘proq  tarqala  boradi. Mas: Frans Iosif  Yerida gulli o‘simliklarning 37 turi, O‘rta Osiyoning tog‘li qismida 6000 (tekislik va sahro qismida 600) turi  o‘sadi. Xindistonda 21000 turi, Afrikada 13000,Braziliyada 40000 turi uchraydi. Tropik zonalarda hammasi bo‘lib, yopiq  urug‘lilarning  120000, subtropikda  esa 60000 ga yaqin tur o‘sadi.

 

 

      Gulli o‘simliklarning klassifikatsiyasi.



       Jon Reydan  keyin,ya’ni  1682  yildan boshlab, to shu kungacha gulli o‘simliklarni 2 sinfga: ikki pallali yoki ikki urug‘lilar va bir  pallalilar yoki  bir  urug‘lilarga  bo‘lish qabul qilingan. Bir pallalilarning murtagi esa bir urug‘ bargli  bo‘lib, bosh  ildizi  tezda  nobud  bo‘ladi. Uning o‘rniga qo‘shimcha popuk ildizlar taraqqiy etadi. Barglari paralel tomirlangan, guli ko‘pincha oddiy gul qo‘rg‘onli bo‘lib, gul  qismlari doirada 3 tadan joylashgan bo‘ladi.

 

       Bu 2 sinf orasidagi farqi tubandagi  jadvaldan  yanada  yaqinroq ko‘rish mumkin.



 

      


       N  ¦ Organlar           ¦ 2 pallalilarda                  ¦ 1 pallalilarda                 

 

       1.  Murtagi             Ikki uruO‘bargli              bir uruO‘bargli



       2.  Urug‘i               Enosperm yoki en-                   Endosperimli

                                               dosperimsiz

       3.  Ildiz sis-si          O‘q ildizli                                popuk ildizli

       4.  Nay tolalari         Ochiq konsentrik            yopiq tartibsiz

           to‘plami             joylashgan                               joylashgan

        5.  Kambiy                      Poyasi kambiyli              kambiysiz yo‘g‘onla-

                                      yo‘g‘onlasha oladi         shaolmaydi.

       6.  Barglari              Xar xil  shaklda               oddiy qirralari

                                      murakkab                                tekis lentasimon

       7.  Barg tomir-        to‘rsimon                                parallel yoki yoysi-

           lanishi                                                                mon

       8.  Gul tuzili-           qo‘sh gulqo‘rg‘onli 5-4            gulqo‘rg‘oni oddiy,

           shi va  uning        tadan bo‘lib joylash-       qismlari 3 tadan

           joylashgan.          gan ba’zan ko‘p                       bo‘lib joylashgan.

 

       Umuman olganda xar ikkala sinf ko‘zga yaqqol  tashla-nadigan  qator belgilarga ega. Bundan  tashqari, bu sinf vakillari o‘zaro vegetativ yo‘l bilan ham jinsiy yo‘l bilan ham xech bir chatishmaydi. Gul qismlarining joylanish qonuniyati, diagrammalari va formulalari.



       Gul o‘simliklarning turlariga,ularning biologiyasiga, gul a’zolarining joylashishiga qarab xilma xil shaklda bo‘ladi.

       Ko‘pchilik o‘simliklarning gul qismlari doira yoki siklik, ba’zi bir ajdodlarda esa birin-ketin spiral yoki atsiklik shaklda joylashadi. Atsiklik gullar magno-liyadoshlar, ayiqtovondoshlar oilasining vakillarida uchraydi.

       Gul qismlarining joylashishida atsiklik gullarning siklik gullarga o‘tish xollarini ham uchratish mumkin. Bunday gullar chala doirali yoki gemitsiklik gullar deb ataladi. Shu xildagi gul  qismlarining ba’zi  biri (kosachabarglar) doira, boshqalari esa (otalik va   onaliklar ) spiral holda o‘rnashadi.

       Gul qismlari  qirrali nisbatlar va doiraning gallanish qonuniyati asosida joylashadi.

       Qirrali nisbatlar  qoidasi. Bu  qoidaga  muvofiq ikki pallali o‘simlik gul doiralari ko‘pincha 5, 4 va 2 qismli bo‘ladi. Mas. zig‘ir o‘simligining kosachabargi 5  ta,  toj-bargi  5  ta, otaligi 10 ta, meva bargi 5 ta. Bir palla-lilarda 3 qismli, mas. lolada gultojbarglar 6  ta  bo‘lib, 2  qator joylashgan 3+3. Otaligi 3+3 tadan, onalik uch meva bargdan iborat.

 Diagramma va formulalar. Gulning sxematik  tuzilishi, gul  qismlarining bir-biriga bo‘lgan  nisbati  diagramma  va formulalarda yaqqol ko‘rinadi. Gul tuzilishida gorizontal yuzaning sxematik proyeksiyasi  diagramma deb ataladi.

       Doiradagi gulning ayrim qismlari xar xil shartli belgilar  bilan ko‘rsatiladi. Diagramma  ochilmagan gul g‘unchasining ko‘ndalang kesimiga qarab tuzilgan. Diagrammada gulqo‘rg‘on qismlari yoy  shaklida  ko‘rsatiladi. Kosachabarglar  sirtidan  o‘rtasiga tumorchasi bor yoylar bilan, tojibarglar tumorchasiz oddiy yoylar bilan ifodalanadi.  Otaliklar ochilmagan changdonning ko‘ndalang kesimi shaklida, onaliklar tugunchaning ko‘ndalang kesimi shaklida ko‘rsatiladi. Agar gul qismlari tutashgan  bo‘lsa ular birlashtiriladi. Diagrammalar 2 xil bo‘ladi. 1. Emprik diagrammada to‘la ochilgan va voyaga yetgan gul  tasvirlanadi.  2. Nazariy  diagramma gulning tarixiy rivojlanishi xisobga olingan xolda tuziladi.

 

GUL-FLOS

 

       Gul o‘simliklarning urchuvchi, ya’ni ko‘payuvchi generativ organidir. Gul qisqargan  novdadan tashkil topgan. Gulning o‘rni va bandi qisqargan, novda,gulning boshqa qismlari esa qiyofasini o‘zgartirgan barg. Gulning hamma  qismlari gul o‘rniga joylashgan. Gul qiyofasini o‘zgartirgan novda barg, ekanligini XVIII asrda nemis shoiri va tabiatshunosi Gyote aniqlagan. Gul asosan quyidagi qismlardan tashkil topgan:



       1. Gul bandi

       2. Gul o‘rni

       3. Gul tevaragi(gul qo‘rg‘oni)

       4. Kosacha

       5. Gul tojisi

        Demak, gul qismlari dastlab gul kurtagi ichida shakllanadi.

       Gul kurtagi tashqi tomondan qiyofasini o‘zgartirgan barglar bilan qoplangan. Gul kurtagining 2 ta tipi mavjud bo‘lib, biri haqiqiy, ikkinchini aralashdir. Haqiqiy gul kurtagida hosil qismi bilan kurtak qoplamasi bo‘lsa, aralash kurtakda hosil qismi bilan boshlang‘ich vegetativ novda mavjud bo‘ladi.

       Gul yon bargi bilan gul orasidagi novda gul bandi deb ataladi. Gul bandining uchki qismi kengayib, gul o‘rni - torus hosil qiladi. Gul o‘rni turli o‘simliklarda turlicha bo‘ladi. Gul o‘rni ayrim xollarda gul qo‘rg‘onning pastki qismi, changchi va urug‘chilar bilan birga o‘sib, o‘ziga xos shakliga kirish, gipantiya deyiladi.  Gipantiy atirgullar va ayrim dukkaklilarga xosdir. Gipantiy meva hosil bo‘lishida ishtirok etadi.

       Gul - steril va fertil (xosildor) qismlardan iborat. Steril qismiga - gulqo‘rg‘oni (kosacha va tojbarg) fertil qismiga (changchi va urug‘chi) kiradi

       Ba’zan gul qo‘rg‘oni oddiy bo‘ladi.  Gul o‘rnida faqat kosacha yoki tojbarg joylashgan oddiy gulqo‘rg‘on deyiladi. Gul kosachasimonlarga otquloq, lavlagi misol bo‘ladi. Gul tojsimonlarga lola, gulsapsar, marvaridgul kiradi. Kosacha bo‘lsa, tojisi bo‘lmaydi va aksincha (okolotsvetnik prostoy). Gulning asosiy qismlari  otalik  va onaliklardir.

       6. Otalik

       Otalik 3 qismdan tashkil topgan.

       a) otalik ipi

       b) changdon

       v) chang

       7. Onaligi

       1. Onalik og‘izchasi

       2. Onalik ustunchasi

       3. Onalik tugunchasi

       Gul qo‘rg‘oni  faqat  kosachadan  tashkil  topgan bo‘lsa, kosachasimon gul (nasha, lavlagi, krapiva) bo‘ladi.

       Gul qo‘rg‘onida  faqat  gul tojisi bo‘lsa, tojsimon gul (lola, gulsafsar, liliya) deyiladi.

       Oddiy gul  qo‘rg‘onida  kosacha  yoki toj bargi bo‘ladi. Murakkab gul qo‘rg‘onida ikkalasi ham  bo‘ladi. Kosacha  Calex - bu  kosacha  barglardan tashkil topgan (chashelis-tiki). Kosacha barglar bir-biri bilan birlashgan, gulhayrisimonlilar, dukkaklilar, labsimongullilarda birlashgan. Ba’zi o‘simliklarda  kosacha  barglar yaxshi rivojlanmaydi. mas. uzumda, soyabongullilar oilasiga kiradigan  o‘simliklarda  esa, kosacha  barg tukka aylanib  ketgan  bo‘ladi. Kosacha  barglar odatda bir qator doira bo‘lib joylashgan bo‘ladi. Ba’zi o‘simliklarda esa kosachabarg 2-3 qator joylashgan. Mas. atirgullilar oilasi, gulxayrisimonlar oilasi.

       Kosachaning 2 va 3 chi qatoridagi barglari kosacha tagi bargi deb ataladi. (podchaщiye). Kosacha barglar odatda yashil rangli bo‘ladi, ya’ni kosacha bargda xlorofil donachalari bor. Kosacha bargda fotosintez protsessi bo‘lib  turadi. Shuningdek kosachabarg gulning ichki qismini tashqi sharoitdan saqlab turadi. Ba’zi o‘simliklarda kosacha barg gul ochilgandan so‘ng tushib ketadi (lolaqizg‘aldoq, ko‘knori) ba’zi o‘simliklarda barg uzoq saqlanadi. (olma,nok).

 

GUL TOJISI-COROLLA

 

       Gul tojisi  toj  barglardan (lepestki)tashkil topgan. Toj barglar ham bir - biri bilan birlashgan yoki birlash-magan bo‘ladi. Mas. pechakgullilar oilasiga kiruvchi  o‘simliklarning  toj  barglari birlashib  ketgan, butsimongullilar oilasida birlashmagan. Toj barglarning  shakllari turlicha bo‘ladi. Butgullilar  oilasiga  kiradigan  o‘simliklarning  toj bargi butsimon, murakkabgullilar oilasiga kiradigan o‘simliklarning gul tojisi voronkasimon, chuchmomagullilar oilasiga kiradigan o‘simliklarning gul  tojisi qo‘ng‘iroqsimon, labgullilar  oilasiga kiradigan o‘simliklarning gul tojisi labsimon, dukkaklilar hamda binafshagullilar oilasida gul tojisi kapalaksimon. Gul toji har xil rangda  bo‘ladi. Gul tojisining xar xil rangga bo‘yalishi xujayra shirasidagi antotsian,antoxlor pigmentlari hamda xromoplastdagi  karotin  va ksantofil  pigmentlariga bog‘liq. Antotsian, hujayra shirasining nordonlik yoki ishqoriy bo‘lishiga qarab har xil rang beradi: Oq va qora rang beruvchi pigment bo‘lmaydi. Antotsian qizil, ko‘k, binafsha  ranglar, antoxlor va ksantofil sariqrang beradi. Karotin qizg‘ish rang beradi. Gullarning oq bo‘lishi quyosh nurining qaytarilishiga bog‘liq. Qoramtir rang esa to‘q qizil va to‘q ko‘k rangda hosil bo‘ladi. Ba’zan toj barglarning rangi o‘zgarishi  ham  mumkin. Mas. Paxtaning gul tojisi avval sariq, so‘ngra pushti rangga bo‘yaladi. Gulning tojisi o‘z xidi va rangi  bilan  xasharotlarni  o‘ziga  jalb etadi. Xasharotlar esa  o‘simliklarni  changlatadi. Kosacha va toj barglar gulning o‘rnida doira bo‘yicha to‘g‘ri joylashgan  bo‘lsa, to‘g‘ri gul-aktinomorf deyiladi. To‘g‘ri gulni bir necha barobar bo‘laklarga bo‘lish mumkin. Qiyshiq gulni esa, faqat 1 marta teng bo‘lakka bo‘lish (ajratish) mumkin.



       To‘g‘ri gulni polisimmetrik, qiyshiq gulni esa monosimmetrik deb ham yuritiladi. Ba’zi o‘simliklarning guli barobar qismlarga 1 marta  ham  bo‘linmaydi. Mas. Valeriana. Bunday gullarni asimmetrik gul deb yuritiladi. Kosacha va toj barglar gulning eng kerakli qismi xisoblanadi. Gul qo‘rg‘oni bo‘lmasligi  ham  mumkin. Mas. qiyoq o‘t, tol, terak, g‘alladonli o‘simliklar. Gulning eng kerakli va ahamiyatli qismi otalik va onaliklaridir.

       Otaligi-Tыchinki

       Otaligi 3 qismdan iborat:

       Otalik ipi, changdon  chang. Otaliklar  ham bir biri bilan birlashgan yoki birlashmagan bo‘ladi. Mas. Murakkabgullilar oilasiga kiradigan o‘simliklarning otaliklari xatto  changdonlari bilan bir-biriga yopishib ketgan. Dukkaklilar, gulxayrisimonlilar oilasiga kiradigan o‘simliklarning otaliklari iplari bilan bir-biriga yopishgan. Gulxayrisimongullilar oilasiga kiradigan o‘simliklarning otaligi juda ko‘p bo‘lib, otaliklarning hammasi bir-biri  bilan yopishib ketgan. Bunday otalik-larni "bir guruxli" (odnobratstvennыye) deyiladi.

       Dukkakliklar oilasida otaligi 10 ta bo‘lib, shundan 9 tasi bir-biri bilan birlashgan, 1 tasi birlashmagan. Bunday otaliklarni "ikki guruxli deyiladi". (dvubratstvennыye). Lipa  daraxtining otaligi "ko‘p guruxli" (mnogobratstvennыye)

       Onaligi-pestik.

       Onalik 3 qismdan tashkil topgan.

       Onalikning pastki kengaygan qismi-onalik tuguni-zavyaz Tugundan onalik ustuni-stolbik o‘sib chiqadi.

       Onalik ustuning  yuqori  tomonida og‘izcha-rыlsa bo‘ladi. Ba’zi o‘simliklarning onalik ustunchasi bo‘lmaydi. Mas. ko‘knorida. Bunda onalik og‘izchasi tugunchaga yopishgan  bo‘ladi. Onalik tugundan esa meva xosil bo‘ladi. Shuning uchun mevaning ichida urug‘ bo‘ladi. Onalik  tuguni 1,2,3 yoki ko‘p xonalik bo‘lishi mumkin. Gulda onaliklar ko‘p bo‘lib, birlashmagan bo‘lsa, apokarp, birlashib ketgan  bo‘lsa, senokarp  deyiladi. Mas. ayiqtovon, qulupnay o‘simliklarining onaligi apokarp:lola,gulsafsarda senokarp.

       O‘simlik gullarida  ham  otalik, ham  onaliklari  bo‘ladi. Bunday  2 jinslilar -oboyepolыye  deyiladi. Gulda  otalik  yoki faqat onaligi bo‘lsa, bir jinsli-odnopolыy deyiladi. Bir jinsli gullar  bitta o‘simlikda bo‘lsa, buni bir   uyli-odnodomnыy   o‘simlik  deyiladi. Mas: jo‘xori, oshqovoq, qarag‘ay. Agar otalik gullar bir  o‘simlikda, onaliklari  esa  2-bir o‘simlikda bo‘lsa, buni   2  uyli o‘simlik-dvuxdomnыy  o‘simlik  deyiladi. Mas. Tol, nasha ba’zi o‘simliklar 3 uyli-tryoxdomnыy ham bo‘ladi. Bularda 1-sida  otalik gul, 2-sida onalik gul, 3-sida ham otalik, ham onalik bo‘ladi. 3 uyli o‘simliklarga chinni gullilar oilasiga kiruvchi  o‘simliklar misol. Agar  bir  o‘simlikda  ham  otalik ham onalik guli, hamda 2 jinsli guli bo‘lsa, bunday  o‘simliklarni   poligam  o‘simliklar  deyiladi. Mas. qovun, kungaboqar va boshqalar. Gulning qismlari gul o‘rnida doira bo‘ylab joylashgan bo‘lsa, siklik, agar gul qismlari  gul  o‘rnida  baland-past joylashgan  bo‘lsa, atsiklik  gul-spiral gul deyiladi. Gulning kosachasi va toj barglari doira bo‘ylab joylashib, faqat otalik va  onaliklari bilan baland - past joylashgan bo‘lsa, yarim spiral-gemetsiklik gul deyiladi. Doira bo‘ylab joylashgan gulga lola, spiral gulga  magnoliya, gametsiklik gulga ayiqtovon misol bo‘ladi.

       Changdondan chiqqan chang donachalarining urug‘chining tumshuqchasiga tushushiga changlanish deb ataladi. O‘simliklar olamida o‘zidan changlanish va chetdan changlanishi mavjud. Bitta gulning changi aynan shu gul urug‘chisining tumshuqchasiga kelib tushushiga o‘zidan changlanish deyiladi.  O‘zidan  changlanuvchi o‘simliklarning guli odatda ko‘rimsiz va xidsiz bo‘ladi. O‘zidan changlanish salbiy xodisa xisoblanadi.

       Bir o‘simlikning chang donachalarini boshqa o‘simlik urug‘chisining tumshuqchasiga tushishi chetdan changlanish deyiladi.

       O‘simliklarning chetdan changlanishda shamol va xashorotlar yordamida changlanish muhim rol o‘ynaydi. Chetdan changlanish ijobiy hisoblanadi. Shamol yordamida changlanishga anemofiliya (yunon: «anenos» -shamol, «fileo» -hohlamoq) deyiladi. Bunga yong‘oq, terak, makkajo‘xori, eman, kanop va qand lavlagilarning changlanishni misol qilishimiz mumkin. Bunday gullar mayda va changlari yengil bo‘lib, uzoq joylarga tarqalishi mumkin (2 ming km gacha).

       O‘simliklarning xashorotlar yordamida changlanishi entomofiliya (yunon. «entomon» - xashorot, «fileo» - sevaman) deb ataladi. Bunday gullar yirik, tojbargi uzoqdan ko‘zga tashlanadigan, nektarlari esa sershira suyuqlik chiqaradi.

 

GUL FORMULASI VA DIAGRAMMASI

 

       - Bir yillik o‘tli o‘simlik -



       - 2 yillik o‘tli o‘simlik -

       - Ko‘p yillik o‘tli o‘simlik -

       - Daraxt va butalar -

       - To‘g‘ri gul aktinomorf -

       - Qiyshiq gul zigomorf -

       - Bir jinsli otalik gul Mars -

       - Bir jinsli onalik gul-Venera -

       - 2 jinsli gul -

       K yoki Sa-kosacha bargi-chashechka

       S yoki So-toj bargi-venchik

       A-otaligi-Tыchinka

       U-onaligi-Pestik

       Kosacha, tojbarg, otalik va  onaliklarning soni raqam bilan ko‘rsatiladi. Agar ular birlashib ketgan bo‘lsa, raqam  qavs  ichiga  olib  qo‘yiladi. Ularning soni 10 tadan 12 tagacha bo‘lsa, raqam ko‘rsatiladi. Unda ko‘p bo‘lsa, cheksiz alomati qo‘yiladi. Onalik tuguni yuqorida joylashgan  bo‘lsa onalik sonining  pastiga  chizib  qo‘yiladi. Agar  onalik tuguni pastga joylashgan bo‘lsa, onalik sonining yuqorisiga chiziq qo‘yiladi.

 

       Gul qo‘rg‘oni oddiy bo‘lsa deb R xarfi qo‘yiladi.



        +  Sa4  So4 A44+2  U(2)  -Butsimon gullilar, rediska, turup, karom

       +  Sa(5) So5  A U (3-5)  g‘o‘za gulining formulasi.

       + Sa5 So5  A U   -Ayiqtovongullilar: sedana, ayiqtovon.

      


       To‘p gullar-sotsvetiye. Ko‘pchilik o‘simliklarning guli bir nechta bo‘lib gul to‘plamlarini tashkil etadi. To‘p gullarning shakllari bir necha xil bo‘ladi:

       1. Shingil- kist. Shingilga  o‘xshash  gul  to‘plarida  gulning  o‘qida pastdan yuqoriga  qarab gullari ochiladi. pastki gullarning bandi yuqori gullarnikiga nisbatan bir oz  uzunroq  bo‘ladi. Mas, butsimon  gullilar oilasi: jag‘-jag‘, supurgi o‘t, gorchitsa.

       2. Qalqonsimon to‘p gul - shitok. Qalqonsimon to‘pgullar bir  satxga joylashgan bo‘ladi. Chunki  ularning  gul  o‘qidagi  pastki  gullari uzun bandli, yuqoridagi gullari esa qisqa bandli bo‘ladi. Xulosa  qilib  aytganda gul o‘qidan o‘sib chiqqan gullar bitta satxni egallaydi: olma, do‘lana, nok.

       3. Oddiy boshoq-prostoy  kolos. Oddiy  boshoq shingilga o‘xshash to‘pgul. Lekin uning gullari gul o‘qida bandsiz joylashgan  bo‘ladi, mas. zupturum, qiyoq o‘t.

       4. Murakkab boshoq-slojnыy  kolos. Bunda  gullarning  asosiy  o‘qi tarmoqlanib ketadi. Asosiy o‘qining tarmog‘ida ayrim boshoqlar joylashgan bo‘ladi. Mas. bug‘doy, arpa, suli.

       5. Oddiy soyabon-prostoy  zontik. Oddiy soyabonda gul o‘qining yuqori tomonidan barobar bandli gullar  o‘sib  chiqib, 1  ta  satxni  egallaydi. Mas. olcha, piyoz, chesnok.

       6. Murakkab soyabon-slojnыy zontik. Bunda asosiy gul o‘qidan qo‘shimcha gul  o‘qchalar  o‘sib  chiqadi. Bu gul o‘qcha-larda barobar bandli gullar joylashgan. Mas. sabzi, uk-rop, kashnich.

       7. Supurgi boshoq-metyolka. Bu  tarmoqlanib  ketgan  shingildan iborat. Mas: uzum, siren, sholi, tariq, makkajo‘xorining otalik guli.

       8. So‘ta-pochatok. Sutada gul  o‘q  yo‘g‘on  bo‘lib, yaxshi  taraqqiy etgan, gullar esa gul o‘qiga bandsiz joylashgan. Sutani qoplag‘ich  barglari o‘rab olgan.

       9. Boshcha-golovka. Boshchada gul  o‘qining  uchi   kengaygan   bo‘lib, bandsiz, gullari zich joylashgan bo‘la-di. Mas. yovvoyi beda-klever

       10. Savatcha-korzinka. Bunda gullar savatchaga to‘plangan bo‘ladi. Ularda gullarning uchi tarelka yoki plastinka o‘xshab o‘sgan bo‘ladi. Gullar shu gulning o‘qiga  bandsiz  o‘rnashgan. Mas. murakkabgullilar  oilasi-qoqi o‘t, romashka.

       11. Kuchala-serejka. Kuchalada gul o‘qi  ingichka  bo‘ladi. Gullar  gul o‘qiga bandi   bilan   joylashgan  bo‘lib, pastga  qarab  osilgan  bo‘ladi. Mas. yong‘oq, tol.

 

 

 



A D A B I YO T L A R

 

1. Xrjanovskiy V.G."Kurs obщyey botaniki" II tom  Vыsshaya  shkola 1982.



2. Kursanov L.I,Komarnitskiy N.A,Meyyer K.I, Razdorskiy  V.F,Uranova.A "Botanika" II tom, O‘simliklar sistemati-kasi", Toshkent 1963g

         3.       Jebrak A.R. "Kurs botaniki", M. Med, izd. ,1949.

         4.       Jukovskiy P.M "Botanika"M,Sovetskaya nauka 1949.

5. Komilova F, Jongurazov F."Botanikadan amaliy  mashg‘ulotlar",Toshkent,"Mexnat"

     1986.



6. G.P.Yakovlev.,V.A.Chelombыtko.Botanika.M.Iz-vo  «Vыsshaya shkola" 1990 god.

7. Xolida  Mirfayoz qizi Maxkamova. Botanika.  T. «O‘qituvchi» 1995 yil.


Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə