Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazifalari


D.B.Elkoninning rivojlanishini davrlashtirish va yoshga oid dinamikasi haqidagi tasavvurlari



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə50/52
tarix11.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#145501
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
jas dáwirler psixologiyası

D.B.Elkoninning rivojlanishini davrlashtirish va yoshga oid dinamikasi haqidagi tasavvurlari
D.B.Elkonin (1904-1984) bolada insoniyatga xos bo‘lgan qobiliyatlar rivojlanishining asosi sifatida bola tomonidan nasliy insoniy faoliyat usullarini o‘zlashtirish muammosini o‘rgangan. D.B.Elkoning bola tug‘ilgan onidanoq ijtimoiy mavjudot hisoblanishini ta’kidlab, «jamiyatda bola» (bola va jamiyat emas) formulasinigina tan olgan. Bolaning bilish jarayoni ikki turdagi munosabatlar tizimida kechadi: «bola-ijtimoiy predmet» va «bola-ijtimoiy ulg‘aygan inson». «Ijtimoiy ulg‘aygan inson», predmetlar bilan «harakatning ijtimoiy ishlab chiqilgan usullari», hayotning mazmun va me’yorlarini gavdalantiruvchi shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Madaniyat asoslarini egallagan sari bola hayot sharoitlariga moslashmaydi, balki faoliyatning faol sub’ekti sifatida namoyon bo‘ladi va faoliyatni amalga oshirish jarayonida unda turli xildagi psixik yangi tuzilmalar yuzaga kelib, rivojlanadi. Bolaning tug‘ilganidan to 17 yoshigacha bo‘lgan psixik rivojlanishining keng tarqalgan davrlashtiruvchi D.B.Elkonin tomonidan yaratilgan bo‘lib, «Bolalik yoshidagi psixik rivojlanishni davrlashtirish muammosiga» (1971y) maqolasida taqdim etilgan. D.B.Elkonin bolalarning rivojlanishida, shunchaki vaqt oraliqlarini emas, balki yosh davrlari, bosqichlarini ajratishni zarur deb hisoblagan. D.B.Elkonin yoshni - «bola rivojlanishining umumiy egri chizig‘ida uning o‘rni va funksional ahamiyati bilangina muhimligi belgilanadigan, nisbiy, alohida davr» sifatida ko‘rib chiqgan. Har bir psixologik yosh o‘zaro murakkab munosabatlarda bo‘lgan ko‘rsatgichlar bilan tavsiflanadi: 1) Rivojlanishning ijtimoiy holati. 2) Yetakchi faoliyat. 3) Asosiy yangi tuzilmalar. Rivojlanishning ijtimoiy holati bolaning ijtimoiy sharoitlardagi haqiqiy o‘rni, uning ularga munosabati va undagi faoliyat harakteri sifatida aniqlanadi. Ma’lum bir ijtimoiy vaziyatdagi bolaning hayoti bilan, uning ikkinchi muhim tavsifini tashkil etuvchi ushbu yosh uchun harakterli bo‘lgan bolaning faoliyati chambarchas bog‘liq. A.N.Leontev tomonidan ishlab chiqilgan yetakchi faoliyat tushunchasidan D.B.Elkonin psixologik yoshlarni ajratish mezoni sifatida foydalangan. Har bir yoshda faoliyatning turli xil ko‘rinishlari tizimi mavjud, lekin yetakchi unda alohida o‘rinni egallaydi. Yetakchi faoliyat birdan tayyor shaklda yuzaga kelmaydi, balki shakllanish rivojlanishning uzoq yo‘lini (kattalar rahbarligida) bosib o‘tadi. Yetakchi faoliyat – bu bolaning ko‘p vaqtini oluvchi faoliyat emas. Bu psixik rivojlanish uchun uning ahamiyatiga ko‘ra, asosiy faoliyatdir: - yetakchi faoliyat shaklida yuzaga keladi va uning ichida faoliyatni boshqa yangi turlari farqlanadi; (masalan, maktabgacha tarbiya yoshidagi o‘yinda o‘rganish elementlari birinchi marta yuzaga keladi va shakllanadi); - yetakchi faoliyatda ayrim (xususiy) psixik jarayonlar shakllanadi yoki qayta tuziladi (o‘yinda bolaning faol tasavvur jarayonlari shakllanadi); - yetakchi faoliyatdan, rivojlanishning ushbu davrida kuzatiladigan bola shaxsining o‘zgarishlari bog‘liqdir. (o‘yinda bola inson xulq atvorining motiv va me’yorlarini egallaydi, bu esa shaxs shakllanishining muhim tomonini tashkil etadi). D.B.Elkonin bolalikdagi psixologik yoshlar ketma – ketligini quyidagicha taqsimlagan: - chaqaloqlik davri inqirozi; - go‘daklik (2oylikdan-1yoshgacha); - kattalar bilan bevosita emotsional muloqot; - 1yosh inqirozi; - ilk bolalik (1-3yosh); - vositali – predmetli (predmetli – harakatli) faoliyat; -3yosh inqirozi; -maktabgacha tarbiya yoshi (3-7yosh); - rolli o‘yin; - yetti yosh inqirozi; - kichik maktab yoshi (8-12yosh) o‘quv faoliyati; - 11-12yosh inqirozi; - o‘smirlik yoshi (11-15yosh) tengdoshlar bilan intim (jinsiy) shaxsiy munosabat; -15 yosh inqirozi. Faoliyat ichida psixologik yangi tuzilmalar yuzaga keladi va rivojlanadi. Bir yetakchi faoliyatning boshqasi bilan almashinuvida inqiroz sodir bo‘ladi (masalan, maktabgacha tarbiya yoshidagi o‘yin faoliyatini kichik maktab yoshidagilar uchun xos bo‘lgan o‘quv faoliyati bilan almashinuvi). Mazmun-mohiyatidan (tuzilishidan) bog‘liqlikda munosabatlar inqirozi (3-11yosh) va dunyoqarashlar inqirozi (1-7yosh) farqlanadi. D.B.Elkonin o‘zining bolalikdagi psixik rivojlanish chizmasida ontogenezda faoliyatning ikki turini almashinishi, davriy almashinuv g‘oyasini ishlab chiqgan. Ushbu qadam predmetli harakatning tuzilishi va shakllanishiga bag‘ishlangan. A.V.Zaparojets va P.S.Galperin ishlari bilan tayyorlangan edi. A.V.Zaparojets psixik jarayonlarni orientatsion jarayonlarning bir ko‘rinishi deb hisoblagan. Misol uchun, idrok – bu predmetlar xususiyatlari va sifatlariga diqqatni qaratish, tafakkur – ularning aloqalari va munosabatlariga diqqatni qaratish, emotsiya esa – shaxs ahamiyatiga diqqatni qaratishdir. A.V.Zaparojets ixtiyoriy harakatlar va ularni bolalarda shakllanishi tadqiqotlarida, harakatning yetakchi qismi sifatida orientatsiya roli va orientatsiyani bir qancha bosqichlarni-tashqi yo‘nalgandan, ichki yo‘nalganga bosib o‘tishi haqidagi xulosaga keldi. P.Ya.Galperin ichki, aqliy faoliyatning rivojlanishini o‘rgangan. P.Ya.Galperin harakatning uch komponentidan (tarkibiy qismidan) – orientatsiya, bajarish va nazoratdan, ko‘proq ahamiyatga ega deb orientatsiyani hisoblaydi. To‘g‘ri yo‘naltirilgan orientatsiya asosi birinchi urinishdayoq harakatni to‘g‘ri bajarish imkonini beradi. Asta-sekin (bosqichma-bosqich) harakatlar interiorizatsiyasi va uni ichki, aqliy harakatga aylanishi sodir bo‘ladi. Shunday qilib, har bir inson harakatida uning ikki tomoni, ikki qismini orientatsion va bajarishni ajratish mumkin. Orientatsiya fazasi (davri) bajarishdan oldin kechadi. U ayniqsa yangi predmetli harakatni egallashning boshlang‘ich bosqichlarida keng tashkil etiladi. Harakatning aynan orientatsion qismi interiorizatsiyaga uchraydi va psixikaning funksional rivojlanishining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Faoliyatda ikki - motivatsion va operatsion tomonlarni ajratib ko‘rsatish mumkin; Ular bir tekis rivojlanmaydi, xususan har bir yosh davrida faoliyatning alohida tomonlarini rivojlanish sur’ati o‘zgaradi. D.B.Elkonin faraziga muvofiq, barcha bolalik yoshlari ikki turga bo‘linishi mumkin: - birinchi turdagi yoshlarda (bu go‘daklik, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalik, o‘smirlik yoshi) bolada ko‘proq biror faoliyatning ijtimoiy motivatsion tomonlari rivojlanadi; bolaning munosabatlar, motivlar inson harakatlari mazmuni tizimidagi orientatsiyasi shakllanadi; - birinchi turdan keyingi, ikkinchi turdagi yoshlarda (bu ilk bolalik, kichik maktab yoshi, ilk o‘spirinlik) bolada ushbu faoliyatning endi operatsion tomoni rivojlanadi.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə