Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazifalari


Yosh davrlar psixologiyasining asosiy tushunchalari



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə5/52
tarix21.06.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#89876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Ривожланиш психологияси маъруза

Yosh davrlar psixologiyasining asosiy tushunchalari
Yosh davrlar psixologiyasining kalit so‘zi – rivojlanishdir. Rivojlanish – oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga o‘tish, miqdor va sifat o‘zgarishlari. Psixik rivojlanish – psixologik jarayonlarni vaqt, sifat va miqdor jihatdan o‘zgarishi va rivojlanib borishi. O‘sish – rivojlanishning miqdoriy ko‘rsatkichi. Rivojlanishning o‘sishdan asosiy farqi – o‘sish miqdor ko‘rsatkichiga ko‘ra tahlil qilinsa, rivojlanish sifat ko‘rsatkichi, yangilanishlar, yangi jarayonlarning vujudga kelishi bilan tavsiflanadi.
Rivojlanish va kamolotga yetishishi farqlay olish lozimdir. Yosh davrlar psixologiyasida kamolot masalasiga ko‘plab to‘htalib o‘tganlar. U rivojlanishning asosiy bosqichidir va u ko‘plab erishilgan yutuqlarni tavsiflaydi.
Zamonaviy rus psixologiyasida o‘sishga markaziy asab tizimi va organizmdagi yosh bilan bog‘liq psixofiziologik o‘zgarishlar ketma – ketligi hamda ular asosida psixologik funksiyalarning rivojlanishiga zamin yaryatiluvchi jarayon sifatida qaraladi. Kamolot, yetuklik tushunchalari bilan yosh davrlari psixologiyasining asosiy tamoyillaridan biri – geteroxron rivojlanish bog‘liq. U inson shart – sharoit, ijtimoiy muhit, individual xususiyatlar ta’sirida turli yosh davrlarida yetuklikka erishishni tavsiflaydi. Bu esa turli yosh davrlari o‘zining betakror psixofiziologik tuzilishidan darak beradi va shu yosh davrini psixologik imkoniyatlari potensialini belgilaydi.
Rivojlanish jarayonining psixologiya va pedagogika uchun zarur bo‘lgan xususiyatlari ajratib ko‘rsatilgan. Ular quyidagilar:

  • sifat jihatdan o‘zgarish va yanada mukammalroq bosqichga ko‘tarilish;

  • rivojlanishni qaytara olmaslik (rivojlanish ro‘y bergandan so‘ng, avval mavjud bo‘lgan narsa – hodisalarni to‘laligicha ortga qaytarishning iloji yo‘qligi);

  • progress va regress elementlarining umumlashmasi (bir sohadagi progressiv rivojlanish, boshqa bir sohadagi regress yuz berishi mumkinligini bildiradi);

  • notekis rivojlanish (sifat o‘zgarishlarining tezkor o‘zgarishi, miqdor o‘zgarishi bilan almashadi);

  • zigzagsimon rivojlanish (yangilanishlarning paydo bo‘lganida, natijalar oldingi holatlarga qaraganda, sifat jihatdan yaxshi natija bermasligi. Masalan, bola emaklashdan tik turib yurishga o‘tgan davrda, sekin harakatlanadi va jarohatlar olishi mumkinligi ham kuzatiladi);

  • rivojlanish darajalaridan bosqichlariga o‘tish (yangilanishlar paydo bo‘lganda, avval o‘zlashtirilgan ko‘nikmalar yoqolib ketmaydi, balki yangilanishlar uchun asos sifatida saqlab qolinadi);

  • barqarorlik ko‘rsatkichi.

Psixologik rivojlanishning asosiy uch turi mavjud: filogenetik, ontogenetik va funksional.
Filogenez psixikasi – insoniyat tarixida insonning psixik shakllanishi va biologik evolyusiyasi.
Ontogenez psixikasi – individning butun umri davomida psixologik tuzilishining shakllanishi.
Funksional rivojlanish psixikasi - psixologik funksiyalar, yangilanishlar, yangi intellektual, perseptiv, mnetik, aqliy funksiyalarning paydo bo‘lishi. Bu ontogenetik taraqqiyotning bir qismi hisoblanadi.
Psixik rivojlanishning yuqoridagilardan tashqari me’yoriy va individual rivojlanish shakllari ham mavjud. Me’yoriy rivojlanish shu yosh davridagi insonlarga xos bo‘lgan o‘zgarishlarni tavsiflaydi. Aksariyat hollarda me’yor borasida, psixologik va shaxs rivojlanishining yuqori darajasi deb qaraladi. Individual rivojlanish shaxsning alohida xususiyatlarining vujudga kelishini anglatadi.
Psixologiyaning asosiy tushunchalaridan biri – psixologik yoshdir. U individni ontogenezdagi ob’ektiv, tarixiy va xronologik jihatlarini belgilaydi.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə