Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə25/33
tarix01.10.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#125256
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
312 07.06.2022

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi*

Urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun subsidiya ajratish bo‘yicha tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashiga o‘z egaligida yoki foydalanishida bo‘lgan erga nisbatan huquqni tasdiqlovchi hujjat va yetkazib beruvchi tashkilot o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasini taqdim etib murojaat qiladi.

1 ish kuni ichida

2-bosqich

Vasiylik kengashi

Murojaatni unga ilova qilingan shartnoma bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi hokim yordamchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

Hokim yordamchisi

Ariza beruvchining urug‘lik va ko‘chatlar ekish uchun mavjud sharoiti o‘rganilib, tavsiya yoki rad etish haqidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda, rad etish sabablari asoslantirilishi talab etiladi.

5 ish kuni ichida

Vasiylik kengashi

Hokim yordamchisi tomonidan belgilangan muddatda ariza beruvchining urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish bo‘yicha murojaatiga tavsiya yoki rad etish haqida xabarnoma berilmasa yoki asossiz rad etilganligi aniqlansa, Vasiylik kengashi ariza beruvchining murojaatini qanoatlantiradi.

5 ish kuni ichida

4-bosqich

Vasiylik kengashi

Urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun subsidiya ajratish haqida qaror qabul qiladi va subsidiya uchun belgilangan mablag‘larni yetkazib beruvchi tashkilotning hisobvarag‘iga o‘tkazadi.

3 ish kuni ichida

* “Yoshlar daftari”ga kiritilgan quyidagi toifadagi yoshlarga urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun subsidiya ajratiladi:
1. “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandi.
2. “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar farzandi.
3. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila farzandi.
4. Ishsiz yosh fuqaro
5. Dehqon xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yosh fuqaro.
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
6-ILOVA
Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilish uchun noturar joyning ijara xarajatlarini qoplash
SXEMASI

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi*

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish yoki o‘zini o‘zi band qilish uchun noturar joyning ijara xarajatlarining bir qismini qoplash bo‘yicha tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashiga o‘zi va ijaraga beruvchi tashkilot o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasini taqdim etib, murojaat qiladi.

1 ish kuni ichida

2-bosqich

Vasiylik kengashi

Murojaatni unga ilova qilingan shartnoma bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi hokim yordamchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

Hokim yordamchisi

Ariza beruvchining ijara xarajatlarini qoplash bo‘yicha tavsiya yoki rad etish haqidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda, subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda, rad etish sabablari asoslantirilishi talab etiladi.

5 ish kuni ichida

Vasiylik kengashi

Hokim yordamchisi tomonidan belgilangan muddatda ariza beruvchining ijara xarajatlarini qoplash bo‘yicha murojaatiga tavsiya yoki rad etish haqida xabarnoma berilmasa yoki asossiz rad etilganligi aniqlansa, Vasiylik kengashi ariza beruvchining murojaatini qanoatlantiradi.

5 ish kuni ichida

4-bosqich

Vasiylik kengashi

Bino va inshootning ijara haqi uchun to‘lovni ajratish haqida qaror qabul qiladi va ijara haqi uchun to‘lovni ijaraga beruvchining hisobvarag‘iga o‘tkazadi.

3 ish kuni ichida

5-bosqich

Hokim yordamchisi

Ariza beruvchining ijaraga olingan bino-inshootda� haqiqatda samarali foydalanilyotganligini monitoring qilib boradi.

Har oyda kamida bir marta

* “Yoshlar daftari”ga kiritilgan quyidagi toifadagi yoshlarga noturar joyning ijara xarajatlari qoplab beriladi:
1. “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandi.
2. “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar farzandi.
3. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila farzandi.
4. Yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yosh fuqaro.
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
7-ILOVA
Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiya ajratish
SXEMASI

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi*

Asbob-uskuna yoki mehnat quroli xarid qilish uchun subsidiya ajratish bo‘yicha tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashiga asbob-uskuna yoki mehnat qurollarining turi, miqdori, tovarning markasi, taxminiy xarid narxini taqdim etgan holda ariza beradi.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgandan so‘ng

2-bosqich

Vasiylik kengashi

Arizani unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi hokim yordamchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

Hokim yordamchisi

Ariza beruvchining subsidiya ajratish bo‘yicha murojaatiga tavsiya yoki rad etish haqidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda, rad etish sabablari asoslantirilishi talab etiladi.

5 ish kuni chida

Vasiylik kengashi

Hokim yordamchisi tomonidan belgilangan muddatda ariza beruvchining subsidiya ajratish bo‘yicha murojaatiga tavsiya yoki rad etish haqida xabarnoma berilmasa yoki asossiz rad etilganligi aniqlansa, Vasiylik kengashi ariza beruvchining murojaatini qanoatlantiradi.

5 ish kuni ichida

4-bosqich

Vasiylik kengashi

Asbob-uskuna yoki mehnat qurollarini yetkazib beruvchi tashkilot davlat xaridlarining elektron tizimi orqali yutib chiqqach, subsidiya ajratadi.

5 ish kuni ichida

Asbob-uskuna yoki mehnat quroli yetkazib beruvchi tashkilot tomonidan taqdim etilgandan so‘ng Vasiylik kengashining ishchi organi va ariza beruvchi o‘rtasida dalolatnoma tuzilib, arizachiga topshiradi.

3 ish kuni ichida

5-bosqich

Hokim yordamchisi

Ariza beruvchining asbob-uskuna yoki mehnat qurollaridan samarali foydalanayotganini monitoring qilib boradi.

Har oyda kamida bir marta

* “Yoshlar daftari”ga kiritilgan quyidagi toifadagi yoshlarga asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratiladi:
1. “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandi.
2. “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar farzandi.
3. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila farzandi.
4. Oilasi kam ta’minlangan ishsiz yosh fuqaro.
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
8-ILOVA
Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga professional va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalarining ta’lim to‘lov-kontrakt summasining bir qismini to‘lab berish
SXEMASI

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi*

To‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini to‘lab berishni so‘rab tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashiga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) nusxasini ta�dim etgan holda ariza beradi.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgandan so‘ng

2-bosqich

Vasiylik kengashi

Murojaatni unga ilova qilingan shartnoma bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

Mahalladagi yoshlar yetakchisi

Ariza beruvchining to‘lov-kontrakt xarajatlarini qoplash bo‘yicha tavsiya yoki rad etish haqidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda to‘lov-kontrakt xarajatlarini qoplashni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda, rad etish sabablari asoslantirilishi talab etiladi.

5 ish kuni ichida

Vasiylik kengashi

Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan belgilangan muddatda ariza beruvchining to‘lov-kontrakt xarajatlarini qoplash bo‘yicha tavsiya yoki rad etish haqida xabarnoma berilmasa yoki asossiz rad etilganligi aniqlansa, Vasiylik kengashi ariza beruvchining murojaatini qanoatlantiradi.

5 ish kuni ichida

4-bosqich

Vasiylik kengashi

To‘lov-kontrakt xarajatlari professional ta’lim tashkiloti yoki oliy ta’lim tashkilotining hisobraqamiga o‘tkazadi.

3 ish kuni ichida

* “Yoshlar daftari”ga kiritilgan quyidagi toifadagi yoshlarga to‘lov-kontrakt summasining bir qismi qoplab beriladi:
1. Temir daftar”ga kiritilgan oilaning professional yoki OTMda ta’lim olayotgan farzandi.
2. “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarning professional yoki OTMda ta’lim olayotgan farzandi.
3. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTMda ta’lim olayotgan farzandi.
4. Mehribonlik” uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba.
5. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam ta’minlangan o‘quvchi-talaba.
6. Oila boquvchilarining kamida bittasi birinchi guruh yoki har ikkalasi ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan kam ta’minlangan oilaning professional yoki OTMda ta’lim olayotgan farzandi.
7. Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;
8. Oilasi kam ta’minlangan talaba.
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
9-ILOVA
Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning zamonaviy kasblarni egallash, axborot texnologiyalarini o‘rganish va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish
SXEMASI


Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə