Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə22/33
tarix01.10.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#125256
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
312 07.06.2022

6-bob. Yakunlovchi qoidalar
93. Ushbu Nizomga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan ko‘mak ariza beruvchilarning arizalariga asosan ularning ehtiyoji va xohish-istaklarini o‘rganish natijalariga asosan tegishliligi bo‘yicha yoshlar yetakchisi va hokim yordamchisi tavsiyasiga ko‘ra Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Vasiylik kengashi tomonidan ariza va unga ilova qilingan tegishli hujjatlar ko‘rib chiqilib, natijasi bo‘yicha “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ko‘mak berish yoki rad etish to‘g‘risida asoslangan qaror qabul qilinadi.
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ko‘mak berish asoslangan holda rad etilgan taqdirda, Vasiylik kengashining tegishli qarori qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida bu haqida ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi.
94. Yoshlarning ehtiyojlari va xohish-istaklarini o‘rganish natijalari bo‘yicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qaroriga asosan qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham yoshlarga moddiy va ijtimoiy yordam berilishi mumkin.
95. Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari elektron platformada “Yoshlar daftari”ni yuritish bilan bog‘liq masalalar to‘liq aks ettirib borilishini ta’minlaydi hamda unga ma’lumotlarni kiritish va chiqarish, ularning haqqoniyligi bo‘yicha shaxsan javobgar hisoblanadi.
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida barcha hisobotlar elektron platformada shakllantiriladi.
96. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish:
mahalla darajasida — tuman (shahar) sektorlari rahbarlari, tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari;
tuman (shahar) darajasida — viloyat sektorlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalari boshliqlari;
viloyat darajasida — Yoshlar ishlari agentligi, sektorlar, tegishli vazirliklar va idoralar;
respublika darajasida — Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
97. Yoshlar yetakchilari tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan har bir yoshlarning aniqlangan muammolari bartaraf etilganligi haqidagi hisobotlar elektron platformaga kiritib boriladi.
98. Yoshlar ishlari agentligi elektron platformaga ma’lumotlarning kiritilishi yuzasidan monitoring yuritadi.
99. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yoshlar dasturi”ning ijrosi har chorakda kamida bir marta xalq deputatlari tuman (shahar) kengashida muhokama qilinadi.
Kengash sessiyalarida muammolarni hal qilishga mas’ul bo‘lgan sektorlar va tashkilot rahbarlarining hisobotlari eshitib boriladi.
100. Yoshlar ishlari agentligi “Yoshlar daftari”ga yuritilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida hududiy bo‘linmalardan olingan ma’lumotlarni tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar bilan har oy yakuni bilan tahlil qiladi.
Respublika darajasida hal etilishi lozim bo‘lgan muammolarni hududlar bo‘yicha bartaraf etish maqsadida Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasiga axborot kiritib boriladi.
101. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-kuniga qadar “Yoshlar dasturi” ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarni Yoshlar ishlari agentligiga taqdim etadi.
102. “Yoshlar dasturi” va “Yoshlar daftari” yuritilishi bo‘yicha mutasaddi bo‘lgan vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklarning barcha darajadagi rahbarlarining hisobdorligini Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining Rayosat majlisida ko‘rib chiqish uchun har chorak yakunida “Yoshlar daftari” yuritilishi bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritib boriladi.
103. Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi kamchilikka yo‘l qo‘ygan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga baho beradi, choralar ko‘radi, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishi va ijroga yo‘naltirilishini ta’minlaydi.
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun beriladigan subsidiya, kompensatsiya va moddiy yordam turlarining
RO‘YXATI


Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə