Yuk ko'tarish moslamalarini avtomatlashtirishning asosiy qoidalari va ahamiyati Reja


Yuk ko’tarish va tashishda qo’llanadigan mexanizmlar



Yüklə 29,74 Kb.
səhifə3/5
tarix19.05.2023
ölçüsü29,74 Kb.
#111441
1   2   3   4   5
Yuk ko\'tarish moslamalarini avtomatlashtirishning asosiy qoidala

3. Yuk ko’tarish va tashishda qo’llanadigan mexanizmlar
To’qimachilik korxonalarida yuklarni tashish va yuqoriga ko’tarish uchun ko’pgina mashina va mexanizmlar ishlatiladi. Tashuvchi mexanizmlar asosan gorizantal yo’nalishda harakatlanadilar. Ular uzluksiz ishlaydigan: lentali transporter, havo yordamida, rolganglar, tarnovlar yordamida ishlaydigan va boshqa turlardan iborat bo’ladi. davriy ravishda ishlaydiganlarga esa avtomobillar, avto va elektrogruzchiklar, temir yo’l vagonlari va hokazolar kiradi.
Yuqoriga yuk ko’taruvchi uskunalarga ko’prik kranlari, avtomobillarga o’rnatilgan tal’ va boshqalar kiradi.
Yuk ko’tarish va tashish uskuna va mashinalari “davlat kon texnik nazorat” agentligi tomonidan rasmiylashtirilgach, texnik ko’rikdan o’tgandan so’ng ishlatilishi mumkin. Texnik ko’rik to’liq-har uch yilda bir marta va qisman-har 12 oyda bir marta o’tkazilishi mumkin.
To’liq texnik ko’rikda yuk ko’tarish mashinalari yaxshilab qarab chiqiladi, statik va dinamik sinovlardan o’tkaziladi. Qisman texnik ko’rikda esa statik va dinamik sinov o’tkazilmaydi.
Ko’rik paytida barcha mexanizm va elektr asboblari, xavfsizlik asboblari, tormozlar, boshqarish apparatlari, signal beruvchi va yorituvchi asboblar ishlab turgan holda tekshirib chiqiladi.
Statik sinov mashinaning yuk ko’tarish qobiliyatidan 25 foiz ko’p yuk ortilgan holatda o’tkaziladi. Bunda yuk yerdan 20-30 sm. yuqoriga ko’tarilib, 10 minut davomida ushlab turiladi va shundan so’ng qoldiq deformatsiyalar bor yoki yo’qligi tekshirib chiqiladi.
Dinamik sinov mashinaning yuk ko’tarish qobiliyatidan 10 foiz ko’p yuk ortilgan holatda bir necha marta ko’tarib va tushirib bajariladi.
Mashinalarning bevosita yuk ko’taruvchi moslamalari (stropalar, trosslar, zanjirlar, qisqichlar, ilgaklar va boshqalar) foydalanishga tushirilishidan oldin va har galgi sozlashdan so’ng sinovdan o’tkazilishi kerak. Sinov me’yordagi yuk ko’tara olish qobiliyatidan 25 foiz ko’p yuk ortilgan holda bajariladi.
Po’lat arqonlar (trosslar) o’ramning har qadamidagi uzilgan simlar soniga va zanglash sababli diametrining kamayganligiga qarab, me’yorga solishtirib, ishga yaroqliligi yoki yaroqsizligi aniqlanadi.
Po’lat arqon yoki zanjirlarni oddiy sinalmagan simlar bilan ulab uzaytirish mumkin emas. Yerdan biroz ko’tarilgan yuklarni tagiga kirib stropalarni o’tkazish mumkin emas, ularni yo’g’on sim yoki ilgak bilan bajarish kerak. Sinov muddati tugamagan stropalardan foydalanish kerak. Yuk noto’g’ri osilgan vaqtda stropalarni bolg’a yoki misrang bilan urib to’g’rilash mumkin emas. Buning uchun yukni yerga tushirib, qaytadan ilgaklarni to’g’rilab ilish kerak. Yukning usti toza bo’lmasa, tuproq, shag’al ostida bo’lsa, yoki ustida boshqa narsalar bo’lsa uni ko’tarish mumkin emas. Tanaffus vaqtida yoki ish tugagandan so’ng yukni yerdan ko’tarilgan holda qoldirib ketish qat’iyan man qilinadi.Sanoat va tog’ ishlari xavfsizligi buyicha davlat texnik nazorati (Sanoatkon texnazorat Agentligi) qoidalariga asosan barcha turdagi yuk ko’tarish, tashish moslamalari inspektor ishtirokida texnik ko’rikdan o’tkazilib, rasmiylashtirilishi kerak.
Bir tonnagacha yuk ko’taradigan kranlar, boshqa vositalar korxona ma’muriyati tomonidan tekshiriladi. Tajribali mutaxasislar xar bir uskuna va qismlarni sinab, tekshirib olingan ma’lumotlarni texnik kitobchasiga yozib beradi. Bog’lanadigan arqonlar, zanjirlar, troslar ikki marta ko’p yuk bilan sinaladi va xar o’n kunda qayta tekshirib turiladi.
Yuk kutaruvchi xamma uskunlar xar yili tuzatishdan keyin bir marta statik va dinamik sinovdan o’tkaziladi. Statik sinov yukni 25% ko’proq miqdorda 100mm balandlikka ko’tarish bilan olib boriladi. Odamlarni, xavfli maxsulotlarni ko’taradigan uskunalar faoliyati ikki marta ko’p yuk bilan tekshiriladi, sinaladi.
Dinamik sinovda esa 10% ko’proq yuk bilan tormozlar, chegaralash qismlari, tutgichlar va boshqalarni ishlash qobilyati tekshiriladi. Barcha uskuna yuk ko’taruvchi moslamalar uchun ishlatish darajasini ifodalaydigan texnik pasporti bo’lishi kerak.

Yüklə 29,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə