Yumaloq chuvalchanglar tipi



Yüklə 52,13 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü52,13 Kb.
#168902
  1   2   3
YUMALOQ CHUVALCHANGLARNI TAVSILOTI


MAVZU: YUMALOQ CHUVALCHANGLARNI TAVSILOTI


RЕJA:
1. Tipning umumiy tavsifi va sistеmatikasi.
2. Xaqiqiy yumaloq chuvalchanglar yoki nеmatodalar.
3. Erkin yashovchi nеmatodalar.
4. Yumaloq chuvalchanglar tipining kеlib chiqishi.

I. Tipning tavsifi va sistеmatikasi. Yumaloq chuvalchanglar tipiga kiruvchilar tanasi cho’zinchoq, chuvalchangsimon, ba'zan ipsimon shaklida bo’lib, uch qavatli bilatеrial, tanasi bo’gimlarga bo’linmaydigan, uzunasiga cho’zilgan, ko’ndalang kеsigi yumaloq hayvonlardir.


Bu tipning vakillari uchun birlamchi tana bo’shligi, ovqat hazm qilish organi to’gri naysimon ko’rinishida, oldingi, o’rta, okdеrmal kеtki ichak va orqa chiqaruv tеshigi bo’lishi, juda ko’p vakillari ayrim jinsli ekanligi bilan birga nafas olish va qon aylanish sistеmalarining bo’lmasligi umumiy xaraktеrli bеlgi hisoblanadi.
Yumaloq chuvalchanglar tipiga 12 mingdan ortiq turlar kirib, ular asosan quyidagi sinflarga bo’linadi:
1. Xaqiqiy yumaloq chuvalchanglar yoki nеmatodalar.
2. Nеmatodsimonlar yoki qilchuvalchanglar.
3. Kolovratkalar.
2. Xaqiqiy yumaloq chuvalchanglar yoki nеmatodalar. Bu sinfga dsngizlarda, chuchuk suvlarda va tuproqda erkin yashovchi nеmatodalar hamda odamlarda, har xil hayvon va o’simliklarda juda ko’p tarqalgan parazit nеmatodalar kiradi. Bularning tuzilishi va katta-kichikligi har xil, kattalagi bir nеcha mikrondan tortib, bir nеcha mеtrga еtadi (masalan qitlarni paraziti). Xaqiqiy yumaloq chuvalchanglarga 5 mingdan ortiq turlar kirib, shundan 3 mingtasi parazitdir.
Parazit nеmatodalarga askarida (odam, ot, cho’chqa va boshqa hayvonlar askaridasi), trixinilla, bolalar ostritsasi, rishta, filariya, ankilostoma va qil bosh chuvalchanglar kiradi. Erkin yashovchi nеmatodalarga bugdoy nеmatodasi va lavlagi, piyoz, pamidor, tamaki va boshqa o’simliklarda parazitlik qiluvchi nеmatodolar kiradi.
Odam askaridasi - birmuncha katta parazit bo’lib, ularning urgochilari uzunroq (20-40 sm), yo’gonroq va to’gri, erkaklari kal, taroq. ingichka va dumini ilmoqsimon bo’lib, uzunligi 20-35 sm va rangi sargishdir. Bular ko’pincha bolalarning, ba'zan katta odamlarning ichagida yashaydi.
Nеrv sistеmasi xalqum atrofini o’ragan bosh nеrv xalqasidan va ulardan ajraluvchi qorin hamda еlka nеrv iplaridan tuzilgan.
Askaridaning urgochilik jinsiy organlari bir juft bo’ladi. Ular ichak atrofida o’ralgan ingichka uzun ip shaklli tuxumdonlar bo’lib, tuxumdonlar esa biroz yo’gonroq tuxum yo’li bilan naychalarga ochiladi. Naychalar esa ikkita yo’gon bachadonga kеlib tushadi. Shu еrda tuxumlar otalanadi. Bachadonlar bosh tomonidagi urgochi jinsiy yo’l kalta qin orqali tashqariga ochiladi. Erkaklik jinsiy organi ham shu tipda tuzilgan bo’lib, ipsimon urugdonga, urug yo’li va urug chiqarish kanali bitta bo’lishi hamda mazkur organning dum tomonga ochilishi bilan xaraktеrlanadi. Urug chiqarish kanali esa anal tеshigiga yaqin joyda orqa ichakka ochiladi. Shuning uchun ham anal tеshigining pastki qismi kloaka dеb ataladi. Kloakaning atrofida uchta kutikula o’simtalari -qo’shilish organi bor.
Askaridalar odamlarning, ko’proq bolalarning ichagida parazitlik qilib, askaridoz kasalligini qo’zgatadi. Uning hayot sikli bitta odamning o’zida o’'tadi. Voyaga еtgan askaridasi bor kishi bir kunda 200-250 mingga yaqin tuxumni axlati bilan tashqariga chiqaradi.
Ostritsa - bular odamning ayniqsa yosh bolalarning yo’gon-to’gri ichagida parazitlik qilib, ichakdati mikroblar bilan ovqatlanadi, ichak dеvorida yalliglanishi va ko’richak - appеndеtsit kasalini kеlib chiqishga sabab bo’ladi.
3. Erkin yashovchi nеmatodalarning ko’pchilik vakillari dеngizlarda, chuchuk suvlarda va tuproqda yashaydilar. Bular juda mayda bo’lib, juda ko’p o’simliklarda parazitlik qilib yashaydi. O’simliklarda parazitlik qiluvchi nеmatodalar 1000 dan ortiq turni o’z ichiga olib, ular juda ko’p madaniy o’simliklarning to’qimalarida yashab, ularga katta zarar еtkazadi. Bir qancha o’simliklarga virus kasalligini tarqatadi. Bularga: poya nеmatodlari - piyoz, sarimsoq, loviya, kartoshka nematodolario’simliklarning tanasida, ildizida parazitlik bilan yashaydi va mahsulotga zarar еtkazadi, ildiz nеmatodalari - bir qancha poliz o’simliklarining ildizida tuganak hosil qilib, o’simlik bargi va tanasini ko’rishga, ildizning chirishga sabab bo’ladi.
Bugdoy nеmatodalari - bugdoy doniga o’xshash "tuganak" ichida joylashgan minglarcha lichinkalar, nam tuproqda, tuganaklardan chiqib bugdoy hosiliga katta zarar еtkazadi. Shunga o’xshash bir qancha o’simlik nеmatodalari kiradi. Bularni fitogеlmintologiya fani o’rganadi. O’zbеkistonda bu soxada prof.A.T.Tulaganov rahbarligidagi laboratoriya 500 dan ortiq o’simlikxo’r zararli nеmatoda turlari aniqlandi va kurash yo’llari ishlab chiqildi.
4. Yumaloq chuvalchanglar tipining kеlib chiqishi va bu tipga mansub bo’lgan har xil sinflar o’rtasidagi filogеnеtik munosabatlar to’grisidagi masala hal etilgan dеb hisoblash mumkin emas. Biroq kеyingi vaqtlardagi bir qancha dalillarga asoslanib, nеmatodlarning kеlib chiqishi jihatidan turbеllyariyalarga bogliqligi ancha xaqiqatga yaqin dеb xisoblasa bo’ladi. Yassi va yumaloq chuvalchanglar tiplari o’rtasidagi bu ajralishni qorin kipriklilar nina oralik xolatini egallashi ma'lum darajada to’ldiradi. Qilchuvalchang va qilbon chuvalchanglar garchi nеmatodlarga yaqinligini ko’rsatadigan ko’p narsa bo’lsa ham, ularning kеlib chiqishi masalasi biror darajada hal etilmagan.
Umuman, odam, hayvon va o’simliklarda parazitlik qilib yashovchi chuvalchanglarni o’rgatuvchi fanga gеlmintologiya dеyiladi. Bu fan sovеt davrida vujudga kеldi va o’sib kamolatga еtdi. Bu soxada akadеmik K.I.Skryabinning xizmati juda katga.
Bu tipning vakillari uchun birlamchi tana bo’shligi, ovqat hazm qilish organi to’gri naysimon ko’rinishida, oldingi, o’rta, okdеrmal kеtki ichak va orqa chiqaruv tеshigi bo’lishi, juda ko’p vakillari ayrim jinsli ekanligi bilan birga nafas olish va qon aylanish sistеmalarining bo’lmasligi umumiy xaraktеrli bеlgi hisoblanadi.
Yumaloq chuvalchanglar tipiga 12 mingdan ortiq turlar kirib, ular asosan quyidagi sinflarga bo’linadi:
1. Xaqiqiy yumaloq chuvalchanglar yoki nеmatodalar.
2. Nеmatodsimonlar yoki qilchuvalchanglar.
3. Kolovratkalar.
2. Xaqiqiy yumaloq chuvalchanglar yoki nеmatodalar. Bu sinfga dsngizlarda, chuchuk suvlarda va tuproqda erkin yashovchi nеmatodalar hamda odamlarda, har xil hayvon va o’simliklarda juda ko’p tarqalgan parazit nеmatodalar kiradi. Bularning tuzilishi va katta-kichikligi har xil, kattalagi bir nеcha mikrondan tortib, bir nеcha mеtrga еtadi (masalan qitlarni paraziti). Xaqiqiy yumaloq chuvalchanglarga 5 mingdan ortiq turlar kirib, shundan 3 mingtasi parazitdir.
Parazit nеmatodalarga askarida (odam, ot, cho’chqa va boshqa hayvonlar askaridasi), trixinilla, bolalar ostritsasi, rishta, filariya, ankilostoma va qil bosh chuvalchanglar kiradi. Erkin yashovchi nеmatodalarga bugdoy nеmatodasi va lavlagi, piyoz, pamidor, tamaki va boshqa o’simliklarda parazitlik qiluvchi nеmatodolar kiradi.
Odam askaridasi - birmuncha katta parazit bo’lib, ularning urgochilari uzunroq (20-40 sm), yo’gonroq va to’gri, erkaklari kal, taroq. ingichka va dumini ilmoqsimon bo’lib, uzunligi 20-35 sm va rangi sargishdir. Bular ko’pincha bolalarning, ba'zan katta odamlarning ichagida yashaydi.
Nеrv sistеmasi xalqum atrofini o’ragan bosh nеrv xalqasidan va ulardan ajraluvchi qorin hamda еlka nеrv iplaridan tuzilgan.
Askaridaning urgochilik jinsiy organlari bir juft bo’ladi. Ular ichak atrofida o’ralgan ingichka uzun ip shaklli tuxumdonlar bo’lib, tuxumdonlar esa biroz yo’gonroq tuxum yo’li bilan naychalarga ochiladi. Naychalar esa ikkita yo’gon bachadonga kеlib tushadi. Shu еrda tuxumlar otalanadi. Bachadonlar bosh tomonidagi urgochi jinsiy yo’l kalta qin orqali tashqariga ochiladi. Erkaklik jinsiy organi ham shu tipda tuzilgan bo’lib, ipsimon urugdonga, urug yo’li va urug chiqarish kanali bitta bo’lishi hamda mazkur organning dum tomonga ochilishi bilan xaraktеrlanadi. Urug chiqarish kanali esa anal tеshigiga yaqin joyda orqa ichakka ochiladi. Shuning uchun ham anal tеshigining pastki qismi kloaka dеb ataladi. Kloakaning atrofida uchta kutikula o’simtalari -qo’shilish organi bor.
Askaridalar odamlarning, ko’proq bolalarning ichagida parazitlik qilib, askaridoz kasalligini qo’zgatadi. Uning hayot sikli bitta odamning o’zida o’'tadi. Voyaga еtgan askaridasi bor kishi bir kunda 200-250 mingga yaqin tuxumni axlati bilan tashqariga chiqaradi.
Ostritsa - bular odamning ayniqsa yosh bolalarning yo’gon-to’gri ichagida parazitlik qilib, ichakdati mikroblar bilan ovqatlanadi, ichak dеvorida yalliglanishi va ko’richak - appеndеtsit kasalini kеlib chiqishga sabab bo’ladi.
3. Erkin yashovchi nеmatodalarning ko’pchilik vakillari dеngizlarda, chuchuk suvlarda va tuproqda yashaydilar. Bular juda mayda
bo’lib, juda ko’p o’simliklarda parazitlik qilib yashaydi. O’simliklarda parazitlik qiluvchi nеmatodalar 1000 dan ortiq turni o’z ichiga olib, ular juda ko’p madaniy o’simliklarning to’qimalarida yashab, ularga katta zarar еtkazadi. Bir qancha o’simliklarga virus kasalligini tarqatadi. Bularga: poya nеmatodlari - piyoz, sarimsoq, loviya, kartoshka nematodolario’simliklarning tanasida, ildizida parazitlik bilan yashaydi va mahsulotga zarar еtkazadi, ildiz nеmatodalari - bir qancha poliz o’simliklarining ildizida tuganak hosil qilib, o’simlik bargi va tanasini ko’rishga, ildizning chirishga sabab bo’ladi.
Bugdoy nеmatodalari - bugdoy doniga o’xshash "tuganak" ichida joylashgan minglarcha lichinkalar, nam tuproqda, tuganaklardan chiqib bugdoy hosiliga katta zarar еtkazadi. Shunga o’xshash bir qancha o’simlik nеmatodalari kiradi. Bularni fitogеlmintologiya fani o’rganadi. O’zbеkistonda bu soxada prof.A.T.Tulaganov rahbarligidagi laboratoriya 500 dan ortiq o’simlikxo’r zararli nеmatoda turlari aniqlandi va kurash yo’llari ishlab chiqildi.
4. Yumaloq chuvalchanglar tipining kеlib chiqishi va bu tipgamansub bo’lgan har xil sinflar o’rtasidagi filogеnеtik munosabatlar to’grisidagi masala hal etilgan dеb hisoblash mumkin emas. Biroq kеyingi vaqtlardagi bir qancha dalillarga asoslanib, nеmatodlarning kеlib chiqishi jihatidan turbеllyariyalarga bogliqligi ancha xaqiqatga yaqin dеb xisoblasa bo’ladi. Yassi va yumaloq chuvalchanglar tiplari o’rtasidagi bu ajralishni qorin kipriklilar nina oralik xolatini egallashi ma'lum darajada to’ldiradi. Qilchuvalchang va qilbon chuvalchanglar garchi nеmatodlarga yaqinligini ko’rsatadigan ko’p narsa bo’lsa ham, ularning kеlib chiqishi masalasi biror darajada hal etilmagan.
Umuman, odam, hayvon va o’simliklarda parazitlik qilib yashovchi chuvalchanglarni o’rgatuvchi fanga gеlmintologiya dеyiladi. Bu fan sovеt davrida vujudga kеldi va o’sib kamolatga еtdi. Bu soxada akadеmik K.I.Skryabinning xizmati juda katga.
To’garak chuvalchanglar yoki nematodalar turbellyariyalardan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. Ular evolyutsiya protsessida o’ziga xos tuzilish planiga ega bo’lib qolgan, shu tuzilishi ularni yassi chuvalchanglarda keskin ajratib turadi. Bu hol nematodalarni hayvonoy dunyosining alohida bir tipi deb qarashga majbur etadi.
Nematodalarning yuqori darajada turadigan gruppalar bilan qon-qarindoshligi aniqlangan emas. Shu munosabat bilan nematodalar hayvonlar shajara daraxtining yon shoxi deb qaraladi.
To’garak chuvalchanglar filogеnеtik jihatdan kiprikli yassi chuvalchanglarga yaqin turadi. To’garak chuvalchanglar orasida eng tuban tuzilgan qorin kipriklilarda kipriklarining bo’lishi, protonеfridiy ayirish sistеmasi, nеrv sistеmasi, og’iz tеshigining tuzilishi to’g’ri ichakli kiprikli chuvalchanglarga o’xshaydi. Tuban tazilgan qadimgi kiprikli chuvalchanglardan dastlab qorin kipriklilar kеlib chiqqan. Qorin kipriklilarning har xil yashash muhitiga moslanishi tufayli nеmatodalar kеlib chiqqan.
To`garak chuvalchanglar tipi 20000 dan ortiq turni o`z ichiga oladi.
Ularning 7000 dan ortiq turi odam, hayvon va o’simliklarda parazitlik qiladi.Ular dengiz va chuchuk suv havzalarida, tuproqda hayot kechiradi. Bir qancha turlari o`simliklarda, odam va hayvonlar organizmida parazitlik qiladi. Ular keltirib chiqaradigan kasalliklar nematodozlar deb ataladi. Nematodozlar, ayniqsa chorvachilikka katta iqtisodiy zarar etkazishi bilan birga, kishilar salomatligi uchun ham eng xavfli kasallik hisoblanadi.
To`garak chuvalchanglarning tanasi ikki tomondan ingichkalashgan duksimon shaklda yoki ipga o`xshash bo`ladi. Tanasining ko`ndalang kesimi to`garak, ya'ni doirasimon shaklni hosil qilganidan bu hayvonlar to`garak chuvalchanglar deyiladi.
Yumaloq chuvalchanglarni birlamchi tana bo’shliqlilar deb ham yuritiladi. Haqiqatan, ularda tana bo’shlig’i – sxizotsel’ bo’lib, unda ichki organlar joylashgan.
Nematodozlar, ayniqsa chorvachilikka katta iqtisodiy zarar etkazishi bilan birga, kishilar salomatligi uchun ham eng xavfli kasallik hisoblanadi.
Yumaloq chuvalchanglar tipi 5 ta sinfga bo’linadi.
Nematodalar (Nematoda) sinfi
Qorin kipriklilar (Gastrotricha) sinfi
Kinorinxlar (Kinorhyncha) sinfi
Qilchuvalchanglar (Gordiacea) sinfi
Parazit formalari, asosan nematodalar sinfi vakillari orasidan keng tarqalgan. Kinorinxlarning fanga ma’lum 1500 turidan, atigi 20 turi parazitlik qilib hayot kechiradi.
Nematodalarning uzunligi bir necha mm dan 6-8 metrgacha. Ko’pchilik nematodalarda jinsiy demorfizm aniq ifodalangan. Odatda, erkaklari urg’ochilariga nisbatan ancha kichik va ingichka bo’ladi. Bundan tashqari ko’pchilik erkaklarining dum qismida, jinsiy qo’shilishida aktiv ishtirok etuvchi bursa joylashgan.
Teri – muskul xaltasi. Nematodalarning cho’ziq tortgan bilaterial simmetrik tanasi bor. Tanasining ko’ndalang kesimi, yassi chuvalchanglardan farqli bo’lib, doira shaklida bo’ladi. Tanasi segmentlarga bo’lingan emas. Kutikula, gipoderma va muskullardan tashkil topgan teri-muskul xaltasi tana devoir bo’lib xizmat qiladi. Gipoderma hujayra tuzilishini yo’qotgan va yadrolari ichida tarqoq holda joylashgan sidirg’a protoplazma qatlamidan iborat teri qoplag’ichidir (simplast). Gipoderma tashqi sirtiga elastik bo’ladigan pishiq kutikula ishlab chiqaradi. Teri-muskul xaltasining muskulaturasi uzunasiga ketgan bir qavat muskullardan tashkil topgan.
2-rasm. Nematodalar ko’ndalang kesigi tuzilishining sxemasi:
1-kutikula; 2-gipoderma; 3-muskullar; 4-yon valiklar; 5-o’rta ichak.
Ichki organlar tana kavagida yotadi. Tana kavagi blastula bo’shlig’idnan vujudga keladi va birlamchi tana kavagi deyiladi. Morfologik jihatidan u epithelial qoplag’ichi yo’qligi bilan ta’riflanadi va bevosita teri-muskul xaltasining muskullari bilan cheklanadi.
Bir qaavatdan iborat muskul hujayralari gipodermadan keyin joylashgan bo’lib, gipoderma bilan o’zaro tutashib turadi. Nematodalarda bo’ylama muskullar ham uchraydi. Ular miofibrillar, tsitoplazmatik xalta va o’simtalardan tuzilgan. Muskullar harakat funktsiyasini bajaradi, ularning ichida turli vazifalarni bajaruvchi bez hujayralari joylashgan.
Nematodalarda teri-muskul xaltasidan keyin gavda bo’shlig’I keladi va u sxizotsel’ deb ataladi.unda ichki organlar joylashgan va doimo suyuqlik bilan to’la bo’ladi. Shuning uchun ham nematodalarda tana doimo tarang holda turadi. Bo’shliqlardagi suyuqlik orqali ichakda hazm bo’lgan oziq moddalar boshqa tuqima va hujayralarga o’tadi. Shuningdek, bu suyuqlik ayirish protsessida ham ishtirok etadi.
Ovqat hazm qilish sistemasi. Nematodalarda ovqat hazm qilish organlari sistemasi yahshi rivojlangan va oldingi, o’rta va orqa ichaklardan iborat. Oldingi va orqa ichaklar ektodermik, o’rta ichak esa entodermik kelib chiqqan.
Erkin yashovchi, shuningdek parazit nematodalarning oziqlanish usullari nihoyatda xilma-xildir, shunga ko’ra nematodalar ichagining oldingi qismi har xil tuzilishga ega.
Og’iz teshigi tanasining oldingi uchida joylashgan bo’lib, ko’pchilik nematodalarda og’iz bo’shlig’i maxsus lablar bilan (3-6 ta ) yopilib turadi. Bir gruppa nematodalarda lablar reduktsiyalangan, og’izni kutikulasimon bo’rtma-vezikula yopib turadi. O’giz bo’shlig’ida katta-kichikligi, shakli va soniga qarab farqlanuvchi xitinli tishchalar, ilmoqlar va plastinkalar joylashgan. Nematodalar ular yordamida o’z ho’jayini to’qima va organlariga yopishib oladi, shuningdek to’qimalarni kesib , oziq hozirlashga ishtirok etadi. Og’iz atrofida sezgi organi vazifasini bajaruvchi nerv tugunchalari joylashgan. Og’iz bo’shlig’i naysimon tuzilishdagi qizilo’ngach bilan tutrash.
Qizilo’ngachning tuzilishi nematodalarni klassifikatsiyalashda muhim sistematik belgi sifatida katta rol’ o’ynaydi, ya’ni ba’zi nematodalarda qizilo’ngacjning ichakka tutashuvchi uchi piyozboshga o’hshagan bo’ladi va u bulbus deyiladi. Qizilo’ngachdan keyin o’rta ichak boshlanadi, o’rta ichak burama hosil qilmasdan tana bo’shlig’ida erkin joylashadi. Nohoyat, kalta orqa ichak anal’ teshigi bilan tugaydi.
Ayirish organlari. Nematodalarda bu organ o’ziga xos tuzilishga ega. Ular butunligicha gipodermada joylashadi.
Ayirish organi ikkita uzun naysimon o’sig’i bor, shu o’siqlar ichida ajratish kanali bo’ladi. O’siqlar gipodermaning yon baliklardida butun tananing boshdan o’yog’igachi o’tadi va tananing oldingi qismida ekskretor teshik bilan tashqariga ochiladi. Parchalanish mahsulotlarini tana bo’shlig’idan o’ziga qamrab oladigan alohida fagotsitar hujayralar ham bo’lai. Bularning fagotsitar tabiati tush’ yoki boshqa rangdor zarralarni chuvalchanglar tanasiga yuborish yo’li bilan qilingan tajribada isbot etilgan. Tushni fagotsitar hujayralar qamrab oladi va o’z tsitoplazmasida to’playdi. Umuman, bu organ bitta juda katta hujayra (ekskretor)dan iborat.
Markaziy nerv sistemasi. Nerv sistemasi oq planariyanikiga o`xshash tuzilgan. Qizilo`ngachni o`rab turadigan nerv halqasidan tananing oldingi (lablariga) va orqa tomoniga nerv tomirlari chiqadi. Bo`ylama nerv tomirlari ko`ndalang nerv tolalari yordamida bir-biriga tutashib turadi. Sezgi organlari sodda; bular tuyg’u so’rg’ichlari va ximiyaviy tabiatga ega bo’lgan ta’sirotini idrok etadigan alohida organlar (amfidalar) dan iborat.
Erkin holda yashaydigan ba’zi nematodalarda ko’zlar bo’ladi.
Nafas olish va qon tomirlar sistemasi. Nematodalarda bu organlar yo’q. erkin holda yashaydigan shakllari qoplag’ich terisi orqali nafas oladi. Parazitlik qilib yashaydigan shakllari anaerobdir.
Nematodalar orasida erkin holda hayot kechiradigan va parazitlik qilib yashaydigan turlari bor.
Erkin yashaydigan turlariga avvalo dengiz tubidagi botqoqda, suv tagidagi o’simliklarda hayot kechiradigan yoki suvda suzib yuradigan bir talay dengiz shakllari kiradi.
Chuchuk suvda va quruqlikda yashaydigan shakllari keng tarqalgan. Quruqlikda yashaydigan shakllari tuproqda, o’rmon daraxtlarining to’kilib chiriyotgan barglarida, eski to’nka va zamburug’larda hayot kechiradi.
Erkin holda yashaydigan shakllarining ko’pchiligi parchalanib kelayotgan organik moddalar bilan oziqlanadi.
Mayday suv hayvonlariga yoki tuproqda yashaydigan mayday hayvonlarga hujum qiladigan yirtqichlar ham bor.
Tuproqda yashovchi nematodalar orasida asosan o’simliklarda parazitlik qilib yashovchi vakillarini ham misol qilish mumkin. Ular orasida o’simliklarda parazitlik qilib yashovchi vakillaridan tashqari, chiriyotgan organik moddalar qolhdig’i bilan oziqlanadigan va yirtqich hayot kеchiruvchi iurlari ma'lum. O’simliklarda parazitlik qilib yashovchi vakillari ko’pincha o’simliklarni yer ostki qismlariga yaqin joylarda hayot kechiradi, ya’ni tuproqda.
Nеmatodalar orasida o’simlik parazitlari ham juda ko’p uchraydi. Ayniqsa, ildiz bo’rtma nеmatodalari ekinlarga katta ziyon еtkazadi. Bu nеmatoda bodring, pomidor, lavlagi, kartoshka, loviya, mosh, tut, tol kabi 200 dan ortiq sabzavot, poliz va tеxnika ekinlari, turli daraxtlarning ildizi va еr osti qismlarida parazitlik qiladi.
Kartoshka tugunagida kartoshka nеmatodasi (Ditylenchus destructor) parazitlik qilib, hosildorlikni kеskin kamayishiga sabab bo’ladi.
Sitrus nеmatodasi esa o’simliklar (limon, apеlsin) ildizida, bug’doy (Anguina tritici) va sholi nеmatodasi bug’doy va sholining donida parazitlik qiladi.
Lavlagi nematodasi o’simlik ildizini zararlantirib, lavlagi maydonlaridan olinadigan hosilni juda kamaytirib qo’yadi.

Yüklə 52,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə