Yusuf va zulayho


"Zod" edi tarix taqi  "he"



Yüklə 446 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/18
tarix24.12.2023
ölçüsü446 Kb.
#160483
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
yusuf va zulayho dostonida anana va oziga xoslik

"Zod"
edi tarix taqi 
"he"
yu 
"dol"

Muddati hijratdin o‘tub mohu sol. 
(ﺽ zod-800; ﺡ he-8; ﺩ dol-4. 800 + 8 + 4 = 812) 
Ushbu bayt asarning hijriy 812 (melodiy 1409)-yilda yozilganligini 
ko‘rsatadi. Biroq dostonning ayrim nusxalarida baytning birinchi misrasi:

Zod"
edi tarix taqi 
"ayn"

"dol", - 
tarzda beriladi.
Bu esa asarning hijriy 874 (melidiy 1469-70)-yilda yozilgan degan 
xulosaga olib keladi (ﻉ ayn-70). 
3.
Alisher Navoiy “Tarixi anbiyo va hukamo”da Yusuf (a.s.) haqida 
alohida asar yozmoqchi ekanligini aytgan. 
4.
Durbek so‘zining arabcha yozilish shakli Ulug‘bek so‘zining yozilish 
shakliga o‘xshaydi. 
5.
Doston matnida qo‘llangan “homiyi din” birikmasi ayrim olimlar 
tomonidan “Homidiy” tarzda o‘qilgan. 
“Yusuf va Zulayho” dostoni va uning avtori masalasiga bag‘ishlangan 
ilmiy munozaralarning eng so‘nggisi Mahmud Diyoriyning “ Durbek dovrug‘i” 
maqolasidir. 
Akad. B.Valixo‘jaev mazkur holatlarni tahlil qilgan holda dostonning 
samarqandlik ziyoli kishi Abdulmajid Po‘lodiyning shaxsiy kutubxonasida 
saqlanadigan nusxasida ham Durbek taxallusi qo‘llanganligini qayd etib
dostonning yangi qo‘lyozmasi yoxud shoir haqida yangi ma’lumotlar 


24 
aniqlanmaguncha, uning 1409-yilda Durbek taxallusli shoir tomonidan 
yozilganligi haqiqatga yaqinroq, degan xulosaga keladilar. 
“Yusuf va Zulayho” ishqiy sarguzashti haqidagi sujetning tarixi arab va 
yahudiy xalqlarning qadimiy og‘zaki ijodiga borib taqaladi. Biroq uni faqat shu 
xalqlarning qadimgi og‘zaki ijodigagini bog‘lab ko‘rsatish bir yoqlamalik 
bo‘ladi
11
. Chunki boshqa xalqlar ijodida ham Yusuf va Zulayho mavzuidagi 
afsona, rivoyat va ertaklar uchraydi. “Yusuf va Zulayho” qissasi xalq og‘zaki 
ijodidan so‘ng Tavrot, Injil va Qur’oni Karim singari ilohiy kitoblardan joy oldi. 
Bu esa mazkur qissaning muqaddaslashtirilishini ta’minlagan omil bo‘ldi. 
Natijada tarixning hamma bosqichlarida turli e’tiqoddagi ijodkorlar bu ilohiy 
qissaga qiziqib, uning asosida nafaqat she’riy va nasriy, balki dramatik badiiy 
asarlar ham yarata boshladi. “Yusuf va Zulayho” dostonining qo‘lyozma 
nusxalari to‘qqista bo‘lib, shundan yettitasi O‘zbekistonda va ikkitasi chet 
ellardadir. Chet elda saqlanayotgan nusxalar O‘zbekistondagi nusxalarga 
nisbatan ancha nodir hisoblanadi. 

Yüklə 446 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə