‘z b e k is t n r e spu b L ik a si o L iy va ‘r t a maxsus


 LOGISTIKANING ASOSIY YO‘NALISHLARI VA



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/71
tarix26.10.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#131872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Logistika asoslari

1. LOGISTIKANING ASOSIY YO‘NALISHLARI VA
TUSHUNCHALARI
1.1. Logistikaning obyekti va predmeti
Logistika tushunchasi juda qadimiy tarixga ega bo‘lib, birinchi 
marta harbiy fan sifatida vujudga kelgan.
IX asrda Vizantiyada bu tushunchaga qo‘shinni barcha kerakli 
narsalar bilan bilan o ‘z vaqtida aniq ta ’minlash jangning muvaffa- 
qiyatini belgilovchi omil deb qaralgan. Vizantiya imperiyasida 
«logist» mansabi joriy etilgan b o iib ular oziq-ovqat taqsimoti bilan 
shug‘ullanganlar.
Logistika atamasi grekcha «^оущтисг|» so‘zidan kelib chiqqan 
bo‘lib Vizantiya imperatori Lv VI ning davrida «hisob san'ati» 
degan m a’noni anglatgan (865-912yy).
Ispan huquqshunosi va iqtisodchisi Polo de Ondegardoning 
1572-yilda xabar berishicha ink Imperiyasi chinovniklari tomonidan 
ink saroyi uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat miqdorining hisobi olib 
borilgan. Bunda ularni qayerdan tashib keltirilishi, yetkazib kelish 
vaqti va tashish masofalarining hisoblari olib borilgan.
XIX asrda fransuz olimi A.G. Jomini logistikani armiya va front 
orqasini boshqarish, tashishni rejalashtirish va tashkil etish bo‘yicha 
fan deb talqin etadi.
1850-yilda Sankt-Peterburgda chop etilgan «Harbiy ensiklo- 
pedik leksion»da logistika deb uzoqda va dushman yaqinida 
qo‘shinni ko‘chirishni boshqarish, qo‘shinni orqadan ta ’minlashni 
tashkil etish san'ati deb tushuncha berilgan.
Ikkinchi Jahon urushi davrida Amerika armiyasida logistik 
yondoshuv keng qo‘llanilgan. AQSh 
Ovrupoda jang qilganiga 
qaramay qo‘shinning ta’minoti juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan edi. 
Katta ingliz-rus lug‘atida hozir ham logistika tushunchasi harbiy 
m a’noda keltirilgan bo‘lib 1) front orqasi ta ’minoti, 2) moddiy- 
texnik ta ’minot, 3) front orqasidagi ishlami bajarish va tashkil etish 
m a’nosida qo‘llaniladh
5


Buyuk bobokalonlarimiz Amir Temur, Bobur M irzo va 
boshqalar ham safarlarga chiqishda qo‘shinni 
o ‘z
vaqtida qurol- 
yarog‘, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa barcha 
zarur narsalar bilan ta’minlashga juda katta ahamiyat berishgan.
Tahlillar shuni ko ‘rsatadiki, buyuk bobokalonimiz Amir Temur 
davrida hozirgi zamon axborot va kompyuter texnologiyalari 
bo‘lmaganiga qaramay, qo‘shinni tashkil etish va ta’minotida 
integrallashgan logistika asoslari qo‘llangan ekan.
Tarixiy m anbalar shuni k o ‘rsatadiki, 1391-yili A.Temur Oltin 
0 ‘rdaga hujum uyushtirish uchun 200000 jangchi to ‘plagan.
Armiyaning asosiy tashkiliy tuzilmasi quyidagilardan iborat 
bo‘lgan: otliq kamonchi jangchilar, piyoda jangchilar va qo‘rg ‘on- 
lami zabt etuvchi mutaxassislar otryadi hamda hasharchilar deb 
ataluvchi ittifoqdosh davlatlarning qo‘shinlari (eslatma, A.Temur 
qo‘shini yurishlarida jangovar fillardan ham keng foydalanilgan).
Tahlillar shuni k o ‘rsatadiki, qo‘shinni boshqarishda Buyuk 
bobokolonimiz hozirgi zamon menejmentining asoslaridan foyda- 
langan. U boshqaruvni vertikal (iyerarxik) yo‘nalishda tashkil etgan 
va shu bilan bir paytda qo‘shinlar harakatini gorizontal yo‘nalishda 
muvofiqlashtirib olib borgan. Yana bir narsani eslatib o ‘tish joizki, 
A.Temur qo‘shinida intizom juda qattiq bo‘lishiga qaramay, u 
ko‘pincha jangchilam i yengil jazolagan (personalni boshqarish). 
Masalan, 
1376-yili 
X o‘janddagi 
qo‘shin 
bosh 
k o ‘targanda, 
qo‘zg‘olon qatnashchilarini qattiq jazolash o ‘miga, qo‘shinni 
tarqatib, jangchilam i boshqa qo‘shinga qo‘shib yuborgan. Janglarda 
jasorat k o ‘rsatgan jangchilarga katta iltifotlar ko‘rsatilgan. Masalan, 
bunday jangchilar 9 marotaba jinoyat qilishsa ham jazodan ozod 
etilishi va bu buyruq ulaming avlodlariga ham tegishli ekanligi qayd 
qilingan.
Q o'shin quyidagi iyerarxik boshqaruv tuzilmasiga ega bo‘lgan. 
har o ‘nta jangchiga bitta boshliq (o‘n boshi), har yuztasiga yuz 
boshi, har mingta jangchiga mingboshi, keyingisiga tumanboshilar 
rahbarlik qilishgan. Butun armiya korpus «faudj» larga ajratilgan. 
Har bitta polk o ‘zining maxsus ko‘rinishdagi bayrog‘i va tug‘iga 
ega bo‘lgan (logistikada shtrix- kodlash).
Jang paytida buyruqlar aniq boMishi va shu bilan birga har xil 
talqinga olib kelinmasligi shart edi. Buning uchun qo‘shin har xil
6


rangdagi bayroqlardan foydalangan. Bayroq A.Temuming shtabi 
tepasida ko‘tarilgan.
A.Temur qo‘shinida jangchilarning kiyim va qurol-aslahalar 
bilan ta’minlanishiga katta ahamiyat berilgan. Har bir jangchi nayza, 
hanjar, qalqon, cho‘qmor, kamon va 30 ta o ‘qi bor o ‘qdon bilan 
qurollangan. K o‘pchilik jangchilar ikkitadan hanjar hamda chap 
tarafida uzun va o ‘ng tarafida kalta qilich bilan qurollanishgan. Eng 
nufuzli otryadlarning otlari himoya aslahalari bilan berkitilgan.
A.Temur janglardan tashqari paytlarda jangchilar uchun 
bayramlar tashkil etgan (personalni boshqarish), jangchilar sarkar- 
dagajuda sodiq boMishgan.
Q o‘shinning ta’minlanganlik darajasi va harbiy layoqatini 
baholash uchun A.Temur ko‘plab ko'riklar va harbiy mashqlar 
o'tkazib turgan (eksperimentlarni rejalshtirish). Tarixchilarning 
bayon qilishicha, armiyada jangchilarga harbiy kiyim kiyintirishni 
birinchi marotaba A.Temur boshlab bergan.
A.Temur 
armiyasida 
ta’minot 
masalalari 
a’lo 
darajada 
bajarilgan. Y o‘llarda to ‘xtab dam olish paytlarida to ‘g ‘ri ko‘cha 
hosil etilib, katta shahami eslatuvchi o ‘tovlar tiklangan. 0 ‘tovlarda 
qassoblar, oshpazlar, novvoylar, meva va sabzavotlar bilan savdo 
qiluvchilar, temirchilik va chilangarlik ustaxonalari faoliyat 
yuritgan. Q o‘shinni va bozorni o ‘z vaqtida kerakli joyda va kerakli 
paytda kerakli tovarlar bilan ta’minlash masalalari to ‘liq hal etilgan 
boMib, bulaming hammasini hozirgi zamon logistikasining (mar­
keting, taqsimot, ta ’minot va hokazo) asosi deb hisoblash mumkin. 
Q o‘shinda gigiyena masalalariga ham juda katta ahamiyat berilgan. 
Qo‘ 
shin bilan bir paytda yog‘ochdan tayyorlanadigan ko‘chma 
Jiammomlar ham olib yurilgan (servis logistikasi). Jangchilar 
bozorda istagan narsalarini xarid qila olishlari uchun, 
hatto 
iste’fodagi jangchilar ham muntazam ravishda oylik maosh bilan 
ta’minlangan (moliya logistikasi). Buning uchun A.Temuming 
ko'chm a 
xazinasi 
mavjud 
boMgan 
(zaxiralar 
logistikasi). 
Karvonlarning o ‘z vaqtida va kerakli tovarlarni olib kelishini 
ta ’minlash maqsadida yarim yoki bir kunlik masofadagi joylarda 
200 tagacha otga ega boMgan punktlar joylashtirilgan boMib, 
istalgan paytda choparlar yangi otlar va oziq - ovqat bilan 
ta ’minlanganlar (logistikaning axborot ta ’minoti). Bulardan tashqari


choparlar va elchilarga tub aholi yordam berishl shart bo‘lgan. 
Viloyatlarda maxsus ot zavodlari tashkil ctilgan b o 'lib , ular 
q o ‘shinni otlar bilan ta ’minlash bilan, ko‘pchilik yer egalari 
qo‘shinga faqat oziq-ovqat yetkazib berish bilan shug‘ullanganlar 
(ishlab chiqarish logistikasi).
Viloyatlarda m a’lum miqdorda otliq qo‘shinlar saqlangan 
bo‘lib, ular bevosita A.Temurga bo‘ysungan (zaxiralar logistikasi) 
va istalgan paytda qo ‘shinni to ‘ldirish uchun tayyor turganlar.
Q o‘shinning tashkiliy tuzilmasi, uni boshqarish mexanizmi va 
ta’minoti masalalarini qanday hal etilganligiga ko‘ra, A.Temur 
davrida qo‘shinning harakatlanish jarayonlariga murakkab tizim deb 
qarash, qo‘shin ta’minotiga va boshqarishga, agar o ‘sha paytlarda 
kompyuter va zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘lmaganligi 
e ’tiborga olinsa, muammoga to'liq logistik yondoshilgan deb 
hisoblash mumkin.
Vatanimizda va chet ellarda chop etilayotgan iqtisodiyotga oid 
adabiyotlarda logistika tushunchasi keng m a’noda qo‘llanilmoqda. 
Bugungi kunda iqtisodiy tizimdagi odamlar, moliyaviy, energetik va 
boshqa oqimlarni boshqarishlarga logistika fanining predmeti deb 
qaralyapti. Hozirda bank logistikasi, axborot logistikasi, ishlab 
chiqarish logistikasi kabi tushunchalar paydo bo‘ldi.
Logistikaga 
oid 
adabiyotlarni 
kuzatar 
ekanmiz, 
xatti- 
harakatlarni aniq rejalashtirish va muvofiqlashtirish zarur bo‘lgan 
joyda logistika atamasi qo‘llanilayotganini ko‘ramiz.
Masalan paxta ekish kompaniyasini o ‘z vaqtida, arzon va 
sifatli o ‘tkazish belgilangan dalaga kerakli vaqtda rejalashtirilgan 
chigit navini kerakli hajmda yetkazib berish, ishchi kuchi va 
seyalkalar hamda traktorlam i o ‘z vaqtida yoqilg‘i bilan yoki boshqa 
misol asfalt ishlab chiqaruvchi zavodni chaqir tosh, qum va gudron 
moyi ham da m a’lum harorat bilan kerakli vaqtda va kerakli joyda 
ta ’minlash jarayonlarini logistikasiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Hozirgi kunda logistika atamasiga o ‘nlab tushunchalar berilgan 
b o ‘lib shulardan ba’zilarini ko‘rib chiqaylik.
1. 
D.S. Nikolayev tahriri ostida chop etilgan «Tashqi savdo 
transport operatsiyalari va logistika» o ‘quv qo‘llanmamasida (M. 
ANXIL, 1999) logistikaga «ta’minot masalalarini, sanoat ishlab 
chiqarishni, tovarlam ing taqsimlanishini, tayyor mahsulotni sotishni
8


tashkil etishni o ‘z ichiga oluvchi, ishlab chiqarish, transport va 
taqsimot tizimini yondoshish orqali ratsion tashkil etish» haqidagi 
fan deb ta’rif berilgan.
2. 
Xalqaro ekspeditor (1998, № 9) jum alida: a) logistikaga 
M ateriallar va axborot oqimlarini va ular orasidagi aloqalami 
boshqarish muammolarini 
o‘z ichiga oluvchi fandagi kompleks 
yo'nalish, b) Tizimlarda oqimlarni boshqarish haqidagi fan deb 
tushuncha berilgan.
3. 
O.N.Larin logistika moddiy oqimlar, resurslar, tovarlar va 
yo‘lovchilar ko‘rinishidagi obyektlarning harakatini tadqiqot qilish 
hamda ularni bir necha mezonlar (vaqt, tezlik, narx va masofa) 
bo‘yicha optimallashtirish haqidagi fan deb ta’rif beradi.
3. 
Mualliflarning fikricha, prof. Sh.O.Butayev va uning 
shogirdlari tomonidan chop etilgan «Logistika» kitobida «logistika» 
atamasiga berilgan ta ’rifni, boshqa ta ’riflarni inkor etmagan holda, 
eng to‘liqroq ta’rif deyish mumkin: Logistika - oxirgi bosqichdagi 
iste’molchilaming mahsulot sifatiga va ko‘rsatiladigan xizmatlarga 
qo‘yadigan talablarini qondirish maqsadida moddiy va servis hamda 
ularga mos keluvchi moliyaviy va axborot oqimlarini eng kam 
xarajatlar bilan boshqarish haqidagi fan.
«Logistika» fanini o ‘rganish samaradorligi, avvalo, jarayonlarga 
logistik yondoshuvning asosiy g ‘oyalarini qanday tushunishga 
bog‘liqdir. Logistik yondoshuvning avvalgi an’anaviy yondoshuv- 
lardan asosiy farqi shundaki, u har xil x o ‘jalik yurituvchi 
subyektlaming faoliyatini alohida emas, bir butun holda o ‘rganib, 
materiallami ishlab chiqarishdan tortib to iste’molchiga yetkazib 
berilgunicha optimallashtirishga qaratiladi.
Bugungi kunda dunyo bo‘yicha bir qancha logistikaga 
bag‘ishlangan muzeylar ishlab turibdi. Shulardan ba’zi birlarini 
sanab o ‘tamiz:
- Logistika muzeyi (Tokio, Yaponiya);
- Logistika muzeyi (Sankt-Peterburg, Rossiya);
- The Royal Logistic Corps Museum/ Qirollik muzeyining 
logistk korpusi, (Buyuk Britaniya);
The Canadian Forces Logistics M useum/ Kanada harbiy 
kuchlarining logistika muzeyi (Monreal, Kanada).
9



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə