‘z b e k is t n r e spu b L ik a si o L iy va ‘r t a maxsus


 Angren xalqaro logistik markazi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/71
tarix26.10.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#131872
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71
Logistika asoslari

9.3. Angren xalqaro logistik markazi
116


«Angren» xalqaro logistik markazi omborlarining yuzasi 73,5 
ming kv metrni tashkil etadi. Omborxonalar shartnoma asosida 
yuklarni saqlash va taqsimlashda ishlatilayapti.
«Angren» xalqaro logistik markazining yaqin kelajakda yechi- 
shi kerak bo‘lgan strategik masalalariga quyidagilar kiradi:
- respublika tashish bozorining davlat ichidagi yo‘nalishlarida 
korxonaning ulushini sezilarli darajada kengaytirish;
- mahalliy yo‘nalishlarda yuklarni zarar ko‘rmay 
tashishni 
ta ’minlash;
- avtomobillarda va temir yo‘l transportida tashish tariflarini 
hamda markazning hamkor xo‘jaliklari ishi va xizmatlari uchun 
hisob-kitob narxlarini takomillashtirish;
- ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lami va doirasini yanada kengay­
tirish, korxona bo‘limlari faoliyati doirasini diversifikatsiya qilish;
- korxonaning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, mijozlarga 
xizmat ko‘rsatish sifati va madaniyatini oshirish hisobiga yuklarni 
tashish bozorida ularning raqobatbardoshligini oshirish;

korxonaning barcha boMimlarida mehnat, 
materiallar, 
energetika va moliyaviy resurslardan ratsional foydalanish orqali 
eksplutatsiya harajatlarini kamaytirish;
- intensiv texnologiyalar va chiqimga qarshi xo‘jalik yuritish 
mexanizmlarini bosqichma-bosqich tatbiq etish.
«Angren» xalqaro logistik markazining tashkiliy tuzilmasiga 
quyidagilar kiradi:
- «Maxsusyuktrans» maxsus unitar avtokorxonasi;
- «Tranzit- yuk terminali» filiali;
- Mineral va kimyo o ‘g‘itlari ombori;
- Oziq-ovqat va xalq iste’mol buyumlariga m o‘ljallangan 
omborxonalar.
«Angren» xalqaro logistik markazi quyidagi obyektlar ishini 
muvofiq lashtirad i:
- «Kulol» AJ ning qurilish mollari ombori;
- «Angren sement» AJning sement ombori;
- «O ‘zavtosanoat» AKning konteyner- taqsimlash bazasi;
- 0 ‘zavtosanoat» AKning maxsus jihozlangan tashqi savdo 
maydoni;
117



Tashqi iqtisodiy savdo aloqalari faoliyatining bojxona posti va 
hokazo.
«Maxsusyuktrans» 
maxsus 
unitar 
avtokorxonasi 
12 
ga 
may donga joylashgan va avtomobillarga zamonaviy texnik xizmat 
ko‘rsatish texnologiyalari bilan jihozlangan. Korxona yaqin ikki-yil 
ichida 190 dona avtotirkamalar va maxsus avtomobillami xarid 
qilishni ham da -yiliga 5 mln. tonnadan k o ‘p yuklarni tashishni 
rejalashtirgan.
«Angren» xalqaro logistik markazini rivojlashiga 0 ‘zbekiston 
Respublikasining Prezidenti katta, ahamiyat berayapti. Yuqori 
unumdorlikka ega-bo‘lgan ishlab chiqarishni yaratish, yuqori sifatli 
raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishni yo‘lga qo‘yish, ishlab 
chiqarish va resurs imkoniyatlaridan samarali foydalanish, yangi ish 
o ‘rinlarini yaratish maqsadida chet davlatlarning va vatanimizning 
investitsiyalarini keng jalb qilishga qulay sharoitlar yaratish 
maqsadida 2012-yil 13 aprelda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezi- 
dentining «Angren» maxsus industrial hududini tashkil etish to ‘g ‘- 
risidagi Farmoni e ’lon qilindi. Ushbu farmonga ko‘ra «Angren» 
erkin industrial hududning faoliyat ko‘rsatish muddati 30-yil va 
keyinchalik yana oshirilishi mumkin deb belgilandi. 
Farmonda 
industrial hududga qanday va qancha imtiyozlar (bojxona ishlari 
bilan bog‘liq masalalar, yer va boshqa soliqlar miqdori) berilishi 
aniq belgilab qo‘yilgan.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə