Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə16/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Faoliyat rivojlanish omili.

Shaxs rivojlanishida faoliyatning o’rni. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo’ladi.
Faoliyat o’zi nima? Faoliyat shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko’rinishi. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko’ra belgilanadi.
Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to’g`ri tashkil etish lozim. Lekin ko’p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatlari cheklangan bo’ladi.
O’smir va o’spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o’yin, o’qish va
mehnat kiradi. Ular yo’nalishiga ko’ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, hunarmandchilik hamda shaxsiy qiziqishga ko’ra tanlangan sohalardan iborat. Faoliyatning asosiy turi muloqotdir.
Faoliyat faol va passiv bo’lishi mumkin. O’smir faoliyati muhit va tarbiya ta`sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning butun vujudi bilan sevib, o’z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish, o’zini shaxs sifatida ko’rsata olishi unda o’z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko’zga tashlanadi.
Ta’lim jarayonidagi faollik o’quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam egallashga, o’z qobiliyatini namoyon etishga yo’llaydi. Bijishga bo’lgan faollik o’quvchining intellektual rivojlanishini ta`minlaydi.
Faollik ko’rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi. Ehtiyojlarning xilima-xilligi faoliyatning ham turlarini kengaytiradi. Shunga ko’ra, ojquvchining turli yosh davrlarida faoliyati turlicha bo’ladi. Ta’lim muassasasida, hamma vaqt bir xil talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija beravermaydi. Turli yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o’zgarib turishi kerak.
Insonning ijtimoiy faolligi, qobilivati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir. Chunki har bir inson o’z mehnati, g`ayrati, intilishi bilangina faollashadi. O’qituvchi qanchalik yaxshi o’qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining o’zi harakat qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, barcha ma`naviy-axloqiy kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o’z faoliyatini to’g`ri yo’lga qo’ymaganligidadir.
Shuning uchun ham inson faoliyati uning rivoilanishi natijasi hamdir. Demak, shaxs faolligi asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik xislatlarini shakllantirish — uning shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi orqali faoliyatini rivojlantirish muhim sanaladi.




  1. Yüklə 1,26 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə