Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Naqshbandiya tariqatining mohiyatini belgilaydigan asosiy talablar



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə161/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Naqshbandiya tariqatining mohiyatini belgilaydigan asosiy talablar:
1. Hush dar tam - tiriklik nafasda. Ichkaridan chiqayotgan har bir nafas ogohlik va huzur yuzasidan bo’lishi, unga g’aflat kirishiga yo’l qo’ymasligi kerak.
2. Nazar bir qadam, yahni nazar qadamda. Solih yo’l yurganida uning nazari doimo oyoq panjalarida bo’lsin, nazari sochilmasin va keraksiz joyga tushmasin degan mahnoni beradi.

  • Safar dar vatan - Solih odamiylikning tabiatida
    safar qilsin, yahni yomonliqdan yaxshilik tomon yursin degani.

  • Xilvat dar anjuman - Solih tashqi tomondan xalq
    bilan, qalb bilan, Haq bilan bo’lsin.

Bunga G’ijduvoniy yana 4 aqidani qo’shadi:

  1. Edkard - bu til va dil zikri, yahni «Lo iloha illollohu Muhammadur Rasululloh»ni uch marta dilda aytish.

  2. Bozgasht - har xil fikrlardan xalos bo’lish, tashqi olamdan ajralishga intilish.

  3. Nigohdasht - xayo’lni boshqa narsalarga bo’lmaslik. Bunda xayo’l quvvati, o’z amalidan qolish malakasi hosil bo’ladi.

  4. Yoddasht Alloh bilan doimo birga ekanligidan zavq
    olishdir. Yoddasht hosil bo’lganda Haq muhabbati ko’ngilni
    qamrab oladi, huzur baxsh etadi.

Bunga Naqshband, o’z navbatida, quyidagi uch talabni qo’shadi:
1. Vuqufi zamoniy - hamma vaqt Allohga shukronalik va uzr aytmoqdan voqif bo’lish.
2.Vuqufi adadiy - «Lo iloha illolloh» kalimasini
ko’p aytish emas, balki haqiqatni anglash va zikr toq sonni
tashkil etishiga e’tiborni berish.
3. Vuqufi Qalbiy - aytilgan zikrdan qalbning to’liq ogoh bo’lishi.


Nazorat uchun savol lar
1. Musulmon maktablarida ta’lim tizimi va mazmuni qanday edi?
2.Qur’oni Karimda ilgari surilgan axloqiy tamoyillar haqida so’zlang.
3. Hadis ilmida qaysi davr “Oltin davr” deb nom oldi.
4. “Hadim” va “Sunna” tushunchalarining mazmunini so’zlab bering.
5. Hadislarda ilgari surilgan axloqiy tamoyillarni daftaringizga yozib chiqing.
6. So’fiylik ta’limotining jadvalini tuzing va uning asosiy suluklarining mahnosini tushuntirib bering.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə