Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə57/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

____________________


XVI—XVII asrlarda G`arbiy Rusiyada birodarlik va diniy-ma`rifatparvarlik deb ataluvchi tashkilotlar paydo bo’ladi.
Darsni tashkil etish ilmiy asoslarini ishlab chiqishga A.Disterveg ham katta hissa qo’shdi. U o’qituvchi va o’quvchining faoliyatiga taalluqli o’qitish tamoyillari va qoidalari tizimini ishlab chiqdi, o’quvchilarning yoshi imkoniyatlarini hisobga olishning zarurligini asoslab berdi.
Ta’limning sinf-dars tizimi alohida o’quv fanlarini o’qitish metodikasi va didaktikasiga oid asarlarida uning afzallik va kamchiliklarini ko’rsatib berdi.
Afzalliklari: yaxlit o’quv-tarbiyaviy jarayonning tartibli ketishini ta`minlovchi aniq tashkiliy tizim: jaravonlarning oddiy boshqarilishi: muammoning jamoa bo’lib muhokama qilinishi, masalaning yechimini birgalikda izlashjarayonida bolalar o’rtasida o’zaro munosabatlarning shakllanish imkoniyati; o’qituvchining o’quvchilar va ularning tarbivasiga doimiy emotsional ta`sir ko’rsatishi; ta’limning emotsionalligi (zero, o’qituvchi bir vaqtning o’zida o’quvchilarning katta guruhi bilan ish olib boradi), o’quv faoliyatiga musobaqalashish elementlarini kiritish uchun sharoitning yaratilishi, bilimsizlikdan bilimlarni o’zlashtirish sari harakatlarning muntazamligi va ketma-ketligi.
Kamchiliklari: tizimning asosan bilimlarni o’rtacha darajada o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun mo’ljallanganligi, bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun qiyinchiliklarning yuzaga kelishi va kuchli o’zlashtiruvchi o’quvchilar qobilivatlarining rivojlanish surpatining ortga surilishi; o’qituvchi uchun o’qitish mazmuni va o’qitish sur’atlari hamda metodlari bo’yicha individual ishlarni tashkil etish, shuningdek, o’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olishda qiyinchilikning yuzaga kelishi; katta va kichik yoshli o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlarning qaror topmasligi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida, aqliy rivojlanishida farqi bo’lgan o’quvchilarni o’qitishda individuallashtirishga ahamiyat qaratish masalasi ayniqsa dolzarb xususiyat kasb etdi. Shunga mos ravishda tanlab o’qitish shakli yuzaga keldi (AQSHda Batov, Yevro’ada Maingeyms tizimi).
Yevropa va AQSHda, XX asr boshida o’quvchilarning individual, faol, mustaqil o’quv ishlarini ta`minlashga qaratilgan ko’plab ta’lim tizimlarining samaradorligi sinab ko’rilgan. 1905-yili Dalton shahrida (Massachusets shtati) o’qituvchi Yelena Park Xerst tomonidan birinchi bor qo’llanilgan ta’limning individuallashtirilgan tizimi ular orasida eng radikal hisoblangan. Bu tizim dalton-reja nomi bilan pedagogika va maktab tarixiga kirdi. Uni ba`zan laboratoriva yoki ustaxonalar tizimi deb ham ataydilar.
Bu tizimning mazmuni quyidagilardan iborat: o’quv faoliyatining muvaffaqiyati maktabda ishlash sur’atining har bir o’quvchining imkoniyatlari, ularning qobiliyatlariga moslashtirilishiga bog`liq; ta’lim faoliyati ustun turadigan o’qishni an’anaviv tashkil etish o’quvchining mustaqil o’quv faoliyatining markaziy hisoblanishi o’qituvchi vazifasining faoliyatni odob bilan tashkil etishdan iboratligi sinf laboratoriyalarining ustaxonalar bilan almashtirilishi, darslarning bekor qilinishi o’qituvchining yangi materialni tushuntirmasligi, o’quvchining laboratoriva yoki ustaxonalarda o’qituvchidan olingan topshiriq asosida mustaqil shug`ullanishlari va zarur bo’lgan paytda o’qituvchidan yordam so’rashlari.
Mazkur tizim bir qator kamchiliklariga ko’ra keskin tanqidga uchragan.
XX asr 20-yillarida maktab ishlari Ilmiy tekshirish instituti ta’limning loyihali tizimini targ`ib qila boshladi. Uni amerikalik U.Kilpatrik ishlab chiqqan. O’qitish bu tizimining mazmuni o’quvchilarning o’zlari loyiha ishlari mavzuni tanlab olishlaridan iborat. U mavjud haqiqiy hayot bilan bog`langan bo’lishi va o’quv guruhi ixtisoslashishlariga qarab (yo’nalishlari) ijtimoiy-siyosiy, xo’jalik-ishlab chiqarish yoki madaniy- turmush tomonlarini aks ettirishi kerak bo’lgan.
60-yillarda Tramk rejasi juda mashhur bo’ldi. Uni amerikalik professor pedagog Lyuyd Tramk ishlab chiqqan. O’qitishni tashkil etishning bu shakli katta auditoriyalarda (100—150 odam) mashg`ulotlarni, 10—15 kishilik guruhlarda va o’quvchilarning individual ishlarini birgalikda olib borishni taklif etadi. Turli xildagi texnik vositalardan foydalanib umumiy ma`ruzalarni olib borishga o’quv vaqtining 40%i ajratiladi. Kichik guruhlarda mashg`ulotlarga (seminarlar) — 20 % i kabinet va laboratoriyalarda individual mustaqil ishlarni bajarishga 40 % i ajratiladi.
70-yillarda o’qishni tashkil etish noanpanaviy shakllarini izlash davom ettiriladi. Tajriba va sinov maktablarini izlash birinchi navbatda sinf-dars tizimini modernizatsiyalashtirish fikri bilan bog`liq bo’lgan. Izlanishlar asosiy masalasi — o’qishni individuallashtirish edi.
Birinchi universitetlar paydo bo’lishi bilan ta’limning ma`ruza- seminar tizimi yuzaga kela boshlaydi. U yaratilgan paytdan beri hali deyarli hech bir katta o’zgarishlaiga ega emas. Ma`ruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari, konsultatsiya va tanlagan kasbi bo’yicha amaliyot hozirgacha leksion-seminar tizim sifatida o’qishning asosiy shakllaridan biri bo’lib kelmoqda. Leksion-seminar tizimi o’zining sof ko’rinishida oliy va oliy maktabdan keyingi ta’lim amaliyotida qo’llaniladi. O’zbekistonda uch yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tatbiq etilishi bilan leksion-seminar tizimidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida foydalanila boshlandi. Oxirgi paytlarda leksion-seminar tizimi elementlaridan o’rta maktab katta sinflarida ham qo’llanila boshlandi.
Darsda o’quvchilar o’quv faoliyatini tashkil etish zamonaviy shakllarining turlari. Turli dars tuzilmalaridan yanada samaraliroq foydalanish yo’llarini izlashda darsda o’quvchilar o’quv faoliyatlarini tashkil etish shakllari alohida ahamiyatga ega bo’lmoqda. Pedagogik adabiyotlar va maktab amaliyotida asosan uchta shunday shakllari qabul qilingan — ommaviy, guruhli va individual.
Ta’limning ommaviv shakli sinfdagi jami o’quvchilarning o’qituvchi rahbarligi ostida birgalikda harakatlarini ko’zda tutadi. Guruhli shaklida esa o’quvchilar 3—6 kishidan iborat guruhlar yoki juftliklarda ish olib boradilar. Guruhlar uchun topshiriqlar bir xil yoki turlicha bo’lishi mumkin. Individual shakli har bir o’quvchining alohida mustaqil ishlashini ko’zda tutadi.
O’qitish frontal shaklida, o’qituvchi bir vazifa ustida ishlayotgan butun sinf o’quv faoliyatini boshqarib boradi. U o’quvchilarning hamkorliklarini ta`minlaydi va hamma uchun bir bo’lgan ish surpatini belgilaydi. Frontal ishlashning pedagogik samaraliligi ko’p jihatdan o’qituvchining butun sinfni nazorat qila bilishiga va shu bilan bir vaqtda har bir o’quvchining ishini ko’zdan qochirmasligiga bog`liq bo’ladi. Agarda o’qituvchi ijodiy jamoali ishlash muhitini yarata olsa, o’quvchilar diqqatini va faolliklarini ta`minlab tura olsa samarasi yana oshadi. Ammo frontal ishlash individual farqlarni hisobga olmaydi, u o’rta o’quvchiga mo’ljallangan. Shuning uchun ba`zi o’quvchilar berilgan ish sur’atidan ortda qoladilar, boshqalari esa zerikib, qiynalib ketadilar.
O’qish guruhli shaklida o’qituvchi sinf o’quvchilari guruhlari o’quv- o’rganish faoliyatilarini boshqaradi. O’quvchilarni zvenoli, brigadali, birlashtirish-guruhli va differensiyalangan guruhlarga taqsimlash mumkin. O’qish zvenoli shakli o’quvchilar doimiy guruhi o’quv faoliyatini tashkil etishni ko’zda tutadi.
Birlashtirish-guruhli shaklida sinfni odatda katta umumiy topshiriqni har biri faqatgina bir qismini bajaradigan guruhlarga ajratishni ko’zda tutadi.
Differensatsiyalashgan-guruhli ta’lim shakli doimiy guruhlar bilan ham, bir xildagi o’quv imkoniyatlariga ega va o’quv ko’nikmalari bir xil darajada shakllangan o’quvchilarni birlashtirishini ko’zda tutadi. Guruhli shakllariga o’quvchilarning juft bo’lib ishlashlarini ham kiritiladi. O’quv guruhlari faoliyatlarini o’qituvchi o’zi bevosita hamda o’z yordamchilari — o’quvchilar fikriga qarab tayinlangan zvenolar va brigadalar orqali boshqaradi.
Individual ta’lim o’quvchilarning boshqa o’quvchilar bilan bevosita aloqalarini ko’zda tutmaydi. O’z mohiyatiga ko’ra sinf jamoasi yoki muayyan guruhlar bilan ishlashdan tubdan farq qilmasa-da, biroq o’quvchi o’zining shaxsiy imkoniyatlariga muvofiq o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni mustaqil bajaradi. Bu maqsad yo’lida maxsus tayyorlangan kartochkalardan foydalanish mumkin.
Darsda o’qituvchining e’tibori bir necha o’quvchiga qaratilsa, bu vaqtda qolgan o’quvchilar mustaqil ishlasalar ta’limning bunday shakli individual-guruhli shakl deb ataladi.
Zamonaviy ta’lim amaliyotida ko’proq ikki tashkiliy shakl: ommaviy va individual shakllardan foydalaniladi. Ayni vaqtda guruhli va juftli o’qish shaklidan amaliyotda ancha keng foydalaniladi.
Ta’limning ommaviy shakli ham, guruhli shakli ham jamoaviy hisoblanmasa-da, lekin ayrim pedagoglar ularni ommaviy ta’lim deb ko’rsatishga harakat qiladilar.
Jamoaviy ishlash faqatgina differensatsiyalashgan guruhli ishlar asosidagina tashkil etiladi. O’quv ishlarini tashkil etishning jamoaviy shakli o’qituvchi va o’quvchilarning dinamik yoki o’zgaruvchan tartibli juftliklarida kechayotgan munosabatlaridir.
Ta’lim maqsadlari va foydalanishning qulayligi nuqtayi nazaridan ta’lim shakllari quyidagicha darajalanadi: asosiy, qo’shimcha va yordamchi ta’lim.
Nostandart darslar. XX asr 70-yillari o’rtalarida, milliy maktablarda o’quvchilarning mashg`ulotlarga qiziqishlarining pasayish xavfi aniqlandi. Muammoni bartaraf etish maqsadida nostandart darslarning tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi. Nostandart dars an’anaviy tuzilishdagi improvizatsion o’quv mashg`ulotidir.
Pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish nostandart darslarning o’nlab turlari mavjudligini ko’rsatdi. Ular orasida «berilish» darsi, amaliy o’yinlar, matbuot konferensivalari, ijodiy hisobotlar, musobaqalar, KVN turidagi o’yinlar, tanlov, teatrlashtirilgan darslar, binar, komputerli darslar, fantaziyalar, «sudlar», haqiqatni izlash, «paradokslar», auksionlar, dialoglar va boshqalar ko’zga tashlanadi.
Komputerli ta’lim. O’qitish sohasida jahon didaktikasining muhim tajribasi — shaxsiy elektron-hisoblash mashinalari (ShEHM) rivojlanishi komputerli (komputerlashtirilgan) ta’limning shakllanishiga imkon berdi. Maxsus ta’lim dasturlari bilan ta`minlangan komputerlarni deyarli barcha didaktik masalalar: axborotni berish, o’qitish jarayonini boshqarish, natijalarini nazorat qilish va tuzatib borish, mashqlarni bajarish, o’quv jarayoni rivojlanishi haqida ma`lumotlarni to’plash va boshqalarni hal etishga moslashtirish mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarda komputerlardan ta’limda foydalanishning keng rivojlanishi bu boradagi quyidagi asosiy yo’nalishlarni aniqlashga imkon berdi:
- alohida o’quv fanlari (matematika, tabiiy fanlar, ona tili, chet tili, geografiya va boshqalar) bo’yicha o’zlashtirish darajasini oshirish ni ta`minlash;
- umumiy kognitiv (idrok etish) qobiliyatlari — qo’yilgan masalani hal etish, mustaqil fikrlash, kommunikativ malakalarni egallash (axborotni to’plash, analiz, sintez qilish)ni rivojlantirish, u yoki bu ko’nikmani shakllantirishga imkon beruvchi jarayonlarga e’tiborni kuchaytirish.
Bundan tashqari komputerlardan avtomatlashtirilgan test sinovlari o’tkazish, baholash va boshqarishda keng foydalaniladi. Bu o’qituvchi vaqtini tejashga imkon beradi, natijada pedagogik jarayonning samaradorligi oshadi.
Dasturiy va komputerli ta’limlar o’qitish algoritmlarini ajratishga asoslanadi. Algoritm to’g`ri natijaga olib keluvchi ketma-ket amallar tizimi sifatida bilim, ko’nikma va malakalarni to’la o’zlashtirish uchun zarurbo’lgan o’quv faoliyati tartibi va ketma-ketligini o’quvchiga ko’rsatadi. O’quv dasturlari va komputerli ta’limning samaradorligi fikrlash faoliyatini boshqarish algoritmlarining sifatiga bog`liq. Yomon tuzilgan algoritmlar komputerli o’qitishning sifatini keskin pasaytiradi.
Komputerli ta’limning sifati quyidagi ikki asosiy omil aniqlanadi:

  1. o’qitish dasturlarining sifati;

  2. hisoblash texnikasining sifati.

Bu sohada ham muayyan muammolar mavjud, ya`ni, o’quvchilarning idrok etish faoliyatini tashkil etish qonuniyatlarini hisobga olgan holda yaratilgan ta’lim dasturlari hozircha juda kam, ularni tuzib ishlab chiqish ko’p vaqt va kuch talab etadi, shu bois ularning narxi ham qimmat. Respublika ta’lim muassasalarida EHMlar soni va ulardan foydalanish ko’lami ortib va takomillashib bormoqda, biroq, bu sohada hali jahon tajribasidan ortda qolish holati bartaraf etilgani yo’q.



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə