Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə53/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

O’qitishning sinf-dars shakli.



XIX asroxiri XX asrboshlaridaaqliyrivojlanishidafarqibo‘lganta’limoluvchilarnio‘qitishdaindividuallashtirishgae’tiborqaratishmasalasiayniqsadolzarbahamiyatkasbetadi. Shungamosravishdata’limningtanlabo‘qitishshakliyuzagakeldi. Bu AQShda Batov va Yevropada Manncheyms tizimlarida yaqqol seziladi.
XX asr boshida Yevropa va AQShda ta’lim oluvchilarning individual, faol, mustaqil o‘quv ishlarini ta’minlashga qaratilgan ko‘plab ta’lim tizimlarining samaradorligi sinab ko‘rilgan. Ular orasida 1905 yili Massach usetsshtatining Dalton shahrida o‘qituvchi Yelena Park Xerst tomonidanbirinchiborqo‘llanilganta’limningindividuallashtirilgantizimisifatidae’tirofetilgan. Butizimdalton – rejanomibilanpedagogikagavamaktabtarixigakirdi. Bu ba’zan labaratoriya yoki ustaxonalar tizimi debham ataladi. Bu tizimning mazmun – mohiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  • o‘quv faoliyatining muvoffaqiyati maktabda ishlash sur’atining har bir ta’lim oluvchining imkoniyatlari, ularning qobiliyatlariga moslashtirilishiga bog‘liq;

  • ta’lim faoliyati uchun ustun turadigan o‘qishni an’anaviy tashkil etish ta’lim oluvchining mustaqil o‘quv faoliyatining markazi hisoblanishi;

  • ta’limberuvchio‘zvazifasiniodobbilanbajarishi;

  • sinf labarotoriyalarining ustaxonalar bilan almashtirilishi, o‘qituvchining yangi materialni tushuntirmasligi, balki uni ta’lim oluvchining o‘zi labaratoriya yoki ustaxonalarda ta’lim beruvchidan olingan topshiriq asosida mustaqil shug‘ullanishlari va zarur bo‘lgan paytlarda ta’lim beruvchidan yordam so‘rashlari asosida o‘zlashtirishi va shu kabilar.

XX asrning 20 – yillaridamaktabishlariilmiytadqiqotinstitutita’limningloyihalitiziminitarg‘ibqilaboshladi. Uni amerikalik U.Kelpatrik ishlab chiqqan. Ta’limning bu tizimining mazmuni ta’lim oluvchilarning o‘zlari loyiha ishlari mazmunini tanlab olishlaridan iborat. U mavjud haqiqiy hayot bilan bog‘langan bo‘lishi va o‘quv guruhi iqtisoslashlariga qarab (yo‘nalishlari) ijtimoiy – siyosiy, xo‘jalik ishlab chiqarish yoki madaniy turmush tomonlarini aks ettirishi kerak bo‘lgan.
XX asrning 60 – yillaridaTramkrejasijudamashhurbo‘libketdi. Uni amerikalik professor pedagog Lyuyd Trank ishlab chiqqan. O‘qitishning tashkil etishning bu shakli katta auditoriyalarda (100 – 150 odam) umumiy mashg‘ulotlarni, 10-15 kishilik guruhlarda esaamaliy mashg‘ulotlarni esa va ta’lim oluvchilarning individual ishlarini ham birgalikda olib borishni taklif etadi. Bunda turli xildagi texnik vositalardan foydalanib umumiy ma’ruzalarni olib borishga o‘quv vaqtining 40 foizi ajratiladi. Shuningdek, kichik guruhlardagi mashg‘ulotlarga (amaliy mashg‘ulotlar) esa o‘quv vaqtining 20 foizini va kabinet yoki laboratoriyalarda individual mustaqil ishlarni bajarishga o‘quv vaqtining 40 foizi ajratiladi.
XX asrning 70 – yillarida o‘qishni tashkil etishning noan’anaviyshakllariniizlashdavomettirildi. Tajriba va sinov maktablarini izlash birinchi navbatda sinf – dars tizimini modernizatsiyalashtirishfikribilanbog‘liqbo‘lgan. Izlanishlarningasosiymasalasi – o‘qishniindividuallashtirishdaniboratedi.
Birinchiuniversitetlarpaydobo‘lishibilanta’limningmaruza – seminarshakliyuzagakelaboshlaydi. U yaratilgan paytdan beri mazkur tizim deyarli o‘zgarmagan. Ma’ruza, seminar va labaratoriya ishlari, donsultatsiya va tanlagan kasbi bo‘yicha amaliyot hozirgacha ma’ruza – seminar tizim sifatida o‘qishning asosiy shakllaridan biri bo‘lib kelmoqda. Maruza – seminar tizimi o‘zining sof ko‘rinishida oliy va oliy maktabdankeyingita’limamaliyotidaqo‘llaniladi.10
Dars ta’lim jarayonining yaxlitligi nuqtayi nazaridan ta’limning asosiy tashkiliy usuli hisoblanadi. Unda sinf-dars tizimining xususiyatlari aks etadi, unda o’quvchilarni ommaviy qamrab olish, tashkiliy tartib va o’quv ishlarining muntazamligi ta`minlanadi. Dars iqtisodiy jihatdan foydalidir. O’quvchilar hamda sinf jamoasining individual xususiyatlarini bilishi o’qituvchi uchun har bir o’quvchi faoliyatiga rag`batlantiruvchi ta`sir ko’rsatishga imkon beradi. Dars doirasida ommaviy, guruhli va individual ta’lim shakllarini birlashtirish imkoniyati uning rad etib bo’lmaydigan ustunligi hisoblanadi.
Dars bevosita o’qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomidamuayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o’quvchi xususiyatlarini hisobga olish, barcha o’quvchilarning mashg`ulot jarayonida o’rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va an’anaviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
Dars ta’limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi o’ziga xos belgilarga ega, chunonchi: o’quvchilarning doimiy guruhi, o’quvchilar faoliyatiga ularning har biri xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish, o’rganilayotgan fan asoslarini bevosita darsda egallab olish (bu , belgilari darsning faqat mazmunini emas, balki o’z xususiyatini ham aks ettiradi).
Darsning tuzilishi oddiy va ancha murakkab bo’lishi mumkin. Bu o’quv materialining mazmuni, darsning didaktik maqsadi, o’quvchilar va jamoa sifatida sinfning xususiyatlariga bog`liq.
Zamonaviy didaktikada darsning quyidagi turlari ajratib ko’rsatilgan;

  • aralash darslar;

  • yangi ma`lumotlar, aniq hodisalar bilan tanishish bo’yicha yoki umumlashtirishlarni anglab yetish va o’zlashtirish maqsadiga ega darslar;

  • bilimlarini mustahkamlash va takrorlash darslari;

  • o’rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish asosiy maqsadiga ega darslar;

  • malaka va ko’nikmalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari;

  • bilimlarni tekshirish va tekshirish ishlarini o’rganish darsi;

  • o’z tuzilishi bo’yicha oddiy bo’lgan, ya`ni bitta asosiy didaktik maqsadga ega bo’lgan dars turlari (o’rta va katta sinflarda qo’llash uchun mos keladi).

Boshlang`ich sinflarda o’quvchilar yoshlarini hisobga olib o’quv ishlari turli xillaridan foydalanishga, yangi bilimlarni berishni avval ilgari o’rganilganni mustahkamlash, takrorlash bilan birga olib borishga to’g`ri keladi. Hatto tekshirish darslari ham bu yerda ko’pincha ishlar boshqa turlarini o’z ichiga oladi: materialni og`zaki yetkazish, qiziqarli hikoyani o’qish. Darsning aynan mana shu turi aralash (kombinatsiyalashgan) yoki murakkab tuzilishli deb ataladi.
Kombinatsiyalashgan darsning taxminiy tuzilishi: uy vazifalarini tekshirish va o’quvchilar bilan savol-iavob, yangi materialni o’rganish, o’zlashtirishini dastlabki tekshirish mashq misollari davomida yangi bilimlarini mustahkamlash, ilgari o’rganilganlarni suhbat ko’rinishida takrorlash, o’quvchilar bilimlarini tekshirish va baholash, uyga vazifa berish.
O’quvchilarning yangi materiallar bilan tanishish darsi yoki yangi bilimlarni berish (o’rganish) darsi nisbatan keng doiradagi savollarni o’z ichiga olgan va uni o’rganishga ko’p vaqtini talab qiluvchi, o’quvchilarga tanish bo’lmagan yangi material uning mazmuni bo’lgan ta’lim jarayoni.
Bunday darslarda uning mazmuni, aniq maqsadi va o’quvchilarning mustaqil ish bajarishga tayyorgarliklariga qarab, ba`zi hollarda yangi materialni o’zi bayon etadi. Boshqa hollarda esa — o’qituvchi rahbarligi ostida o’quvchilarning mustaqil ishlari olib boriladi, uchinchi holda — unisi ham bunisidan ham foydalaniladi. Yangi material bilan tanishish darsining tuzilishi: yangi materialni o’rganish uchun asos bo’lgan avvalgi materialni takrorlash. O’qituvchining yangi materialni va darslik bilan ishlashni tushuntirishi, bilimlarni tushunishlarini tekshirish va dastlabki mustahkamlash, uyga vazifa berish.
Bilimlarni mustahkamlash darslarida o’quv ishining asosiy mazmuni ilgari o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkam o’zlashtirish maqsadida ularni ikkinchi bor tushunib olish hisoblanadi.
O’quvchilar o’z bilimlarini yangi manbalar bo’yicha anglab oladilar va chuqurlashtiradilar yoki ularga ma`lum bo’lgan qoida asosida yangi masalalar yechadilar, ilgari olgan bilimlarini og`zaki va yozma takrorlaydilar yoki ilgari o’rganganlarini yanada chuqurroq va mustahkam o’zlashtirish maqsadida ulardan alohida masalalar bo’yicha axborot beradilar. Tuzilishi bo’yicha bunday darslar quyidagi bosqichlardan o’tishni ko’zda tutadi: uy vazifasini tekshirish, og`zaki va yozma mashqlarni bajarish, topshiriqni bajarishni tekshirish, uyga vazifa berish.
Ko’nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari bilimlarni mustahkamlash darslari bilan bog`liqdir. Bu jarayon bir necha maxsus darslar jarayonida amalga oshiriladi. Boshqa darslarda yangi mavzularni o’rganishda davom ettiriladi. Shu bilan birga avvaliga mashqni bajarish ishlari bolalar tomonidan o’qituvchi yordamida va ular topshiriqni qanday tushunganlarini dastlab jiddiy tekshirish bilan bajarilsa, keyinchalik esa qayerda qanday qoida qo’llanilishini o’quvchilarning o’zlari belgilaydilar. Ular turli vaziyatlarda malaka va ko’nikmalarini qo’llash, shu jumladan, hayotiy amaliyotida qo’llashni o’zlashtirib olishlari kerak.
Umumlashtiruvchi darslar (bilimlarini umumlashtirish va tizimlashtirishlar) ilgari o’tilgan materialdan eng muhim savollari qayta takrorlanadigan va tizimlashtiriladigan, o’quvchilar bilimlarida mavjud kamchiliklari to’ldiriladigan va o’rganilayotgan kursning muhim g`oyalari ochib beriladigan darslar hisoblanadi. Umumlashtiruvchi darslar mavzu, bo’lim va o’quv kurslarining yakunida o’tkaziladi. Kirish va yakunlash darsning tarkibiy elementi hisoblanadi. Takrorlash va umumlashtirishning o’zi hikoya, qisqacha xabarlar, darslikni o’qib berish yoki o’qituvchining o’quvchilar bilan suhbatlashishi shaklida o’tkazilishi mumkin.
Tekshirish (nazorat) darslari o’qituvchiga o’quvchilarning ma`lum sohadagi bilim, malaka va ko’nikmalari shakllanganlik darajasi, o’quv materialini egallashdagi kamchiliklarni aniqlash, shuningdek, navbatdagi topshiriqlarning bajarish yo’llarini belgilab olishga yordam beradi. Tekshirish darslari o’quvchidan ushbu mavzu bo’yicha uning hamma bilim, ko’nikma va malakalarini qo’llashini talab etadi. Tekshirish og`zaki hamda yozma shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.
Yuqorida ifodalangan hamma darslarning majburiy elementi tashkiliy va yakuniy bosqich hisoblanadi. Tashkiliy bosqich maqsadlarni qo’yish va ularni o’quvchilar tomonidan qabul qilish sharoitlarini ta`minlash, ish sharoitini yaratish, o’quv faoliyati motivlarini dolzarblashtirish va materialni idrok etish, anglash, eslab qolish yuzasidan beriladigan ko’rsatmalarni shakllantirishni ko’zda tutadi Darsga yakun yasash bosqichida maqsadlarga erishish qayd etiladi, ularga erishishda barcha yoki yakka o’quvchilarning alohida ishtiroki belgilanadi, ishlari baholanadi va istiqbollari belgilanadi.
Ta’limning tashkiliy shakli sifatida dars dinamik hodisadir. U pedagogik jarayonning yaxlitligini ta`minlaydi va ta’limiy-tarbiyaviy- rivojlantirish vazifalarini ijobiy yechimini topishga imkon beradi.


  1. Yüklə 1,26 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə