Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə101/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Aqliy tarbiya deganda nimani tushunasiz?
2. Aqliy tarbiyaning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
3. Bilimga qo’yiladigan talablar nimadan iborat?
4. Ilmiy bilim deganda nimani tushunasiz?
5. Aqliy tarbiyani amalga oshirish yoshlari va shakllarini tushuntirib bering.
6.Ongli intizom aqliy tarbiyaning tarkibiy qismi deganda nimani tushunasiz?
7.Talabalar dunyoqarashini shakllantirishning asosini nima tashkil etadi?
8. Ilmiy dunyoqarashning uzluksizligini izohlab bering.
9.Talabalar ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning axborotli texnologiyasi deganda nimani tushunasiz?
10. Aqliy tarbiyada ibrat-namunali tarbiyaning rolini tushuntiring.

13-MAVZU: FUQAROLIK TARBIYaSI


Reja:
1. Fuqarolik tarbiyasining maqsad va vazifalari. Fuqarolik tarbiyasi funktsiyalari.
2 O’quvchilarga fuqarolik tarbiyasini berish jarayonida davlat ramzlaridan foydalanish.
3. Vatanparvarlik va baynalmilallik tarbiyasi.
4. Vatanparvarlik va baynalmilallik-fuqarolik tarbiyasi asosida.
5. Xuquqiy tarbiya.
6. Yosh avlodning xuquqiy madaniyati va ongini shakllantirish-fuqarolik tarbiyasining tarkibiy qismi.


Tayanch so’z va iboralar: Fuqaro, fuqarolik tarbiyasi, Davlat ramzlari, Vatanparvarlik, baynalmilallik, xuquqiy madaniyat



  1. Fuqarolik tarbiyasining maqsad va vazifalari. Fuqarolik funktsiyalari. O’quvchilarga huquqlari borasidagi bilimlarni berish bilan birga fuqarolarning burchlari nimalardan iborat ekanligi haqida ma’lumot berish,bu xususida o’quvchilarda amaliy ko’nikmalarni hosil qilish ko’zlangan maqsadga erishishda muvaffaqiyat omili bo’ladi.


Duties of Citizens consists of the following: compliance with the requirements stipulated by the Constitution and laws, and other people's rights, freedoms, honor and dignity; Historical, spiritual and cultural heritage protection; civil nature and the environment; payment of local taxes and duties prescribed by law;

Fuqarolarning burchlari quyidagilardan iboratdir: fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarda ko‘zda tutilgan talablarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni, qadr-qimmatini hurmat qilish; O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy-madaniy merosini avaylab asrash; fuqarolar tabiiy atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish; qonunlar bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lash;

Mustaqillikka erishilgandan so’ng pedagogikada fikrlashga toliq imkoniyatlar yuzaga kela boshladi. Natijada pedagogikada sog’lom aql, ijodiy muhit, milliy ruhiyat, fuqarolik madaniyati va anhanalar, marosimlar, urf-odatlarga mos tarzda ta’lim-tarbiya olib borish imkoniyati yaratildi.


Mustaqii O’zbekiston Respublikasida shakllanayotgan miiliy mafkura fuqarolarni Respublika Konstitutsiyasida ehtirof etilgan insonparvarlik, demokratik davlat va huquqiy jamiyatni barpo etishdek ezgu maqsad atrofida birlashtirishga xizmat qiladi. Har bir fuqaroning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy faolligini yuzaga keltirish, fuqarolik madaniyatini qaror toptirish - fuqarolik jamiyatining asosiy talabi sanaladi.
Ushbu talab mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi huku-mati tomonidan qabul qilingan qator qonun va qarorlar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlari mazmunida o’zining yorqin ifodasini topdi. Ijtimoiy tarbiyaning samarali, izchil tizimini yaratish, jamiyatda fuqarolik madaniyatini shakllantirish muammolarining ijobiy hal etilishi jamiyat ijtimoiy hayoti uchun muhim ahamiyatga egadir.
Fuqarolik madaniyatining shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlarni vujudga keltirish quyidagilarni o’z ichiga oladi: bir tomondan. jamiyat manfaatlari uchun mos kelsa, ikkinchi tomondan, fuqaro manfaatlari, shuningdek, jamiyat hamda fuqaroning birgalikdagi manfaat­lari uchun to’la mos keladi. SHu sababli respublika mustaqilligi sharoi-tida ijtimoiy ta’lim-tarbiyani tashkil etish mazmunini tubdan modernizatsiya qilish zaruriyati yuzaga keldi. Bo’lajak mutaxassislarning ijtimoiy tarbiyasini keng ko’lamda fuqarolik tarbiyasi bilan uyg’un holda tashkil etish bugungi kunning da’vati va talabi bo’lib qolmoqda. Mazkur talabni ijobiy hal etish «Davlat-ta’lim muassasalari - jamiyat-jamoatchilik» uyg’unligini yaratish asosida amalga oshiriladi.



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə