Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə103/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Fuqarolik madaniyati deganda har bir davlatning qonun asoslari, huquq mehyorlarining maviydligi, fuqarolarning mavjud qonunlarni bilishi va o’z faoliyatida ularga rioya etishi, huquqiy va demokratik davlat barpo etishning muhim sharti hamda fuqarolik jamiyatida kishilarning yetuk ma’naviyati, ularning huquqiy burch va mashuliyatlari tushuniladi. Ayni paytda, barcha pedagogik tadbirlarda yoshlar ta’lim-tarbiya jarayonining obhekti emas, balki subhekti, yahni ijrochisi ekanligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu ta’lim-tarbiya oluvchilarning mustaqil va erkin fikrlashlarini tahminlashga imkon bermoqda. Eng asosiysi yoshlarda tarbiyalanish va o’qishga ehtiyoj uyg’otishga yo’naltirilgan holda ta’lim-tarbiya ishlari olib borilmoqda.
O’z fuqarolariga ega bo’lish har bir davlatning zarur va muhim belgisi sanaladi. Fuqarolarning mavjudligi sababli davlat mavhum tushuncha bo’lmay, muayyan mexanizmga, jonli sifatda maydonga chiqadi. Huquqiy o’rni qonun yo’li bilan kafolatlangan shaxsning davlat ichkarisida yoki tashqarisida bo’lishi dan qathi nazar, mahlum bir davlatga qarashliligi holatiga fuqarolik deyiladi.
Yahni, fuqarolik - bu shaxsning muayyan davlat qaramog’ida bo’lishi, shu davlatga mamlakat ichida ham, uning tashqarisida ham mansubligi, shu mansublikning huquqiy hujjatlar yordamida tasdiqlanganligi.
SHu o’rinda fuqaro va unga tegishli tushunchalarni talaba-yoshlar ongiga singdoirish ham o’ta muhim.
Fuqaro - huquqiy asoslar orqali mahlum davlatga mansub shaxs. SHaxs fuqaro hisoblansa, mahlum huquq va erkinliklarga ega bo’ladi. Fuqaroning huquqiy holati tegishli mamlakatda fuqaroliksiz shaxslarning yoki xorijiy mamlakatlar fuqarolarining huquqiy holatidan farq qiladi. Masalan, siyosiy huquqlar faqat fuqarolarga taalluqli bo’ladi.
Fuqarolik mashuliyati - jamiyatning demokratik rivojlanishi jarayonida erishgan g’alaba, yutuq va muvaffaqiyatlarga fuqarolar­ning ongli munosabati, yutuqlarni yanada ko’paytirish va ulardan foydalanishda faol qatnashishi.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə