Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Fikr va g’oyalarni tizimlashtirish



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə121/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Fikr va g’oyalarni tizimlashtirish. Bunda fikrlar va g’oyalar kurashi asosida jaholatga qarshi kurashda ma’rifatga va ma’naviyatga tayanish lozimligi ta’kidlanadi.
Bahs-munozara. Bunda «Oddiy haqiqatlar», «Siz intellektual salohiyatlimisiz?», «Barkamol avlod kim?», «Komil inson kim?», «Donishmandlik qanday shaxslarga xos?» va shu kabi mavzular uyushtiriladi. Ularda talaba-yoshlarning axloq kategoriyalari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish nazarda tutiladi.
Musobaqa. Bunda insonning individdan shaxs darajasiga yuksalishi, aqlli odamning dono darajasigacha yuksalishi va hokazo insonning donishmand darajasigacha aqliy kamoloti bosqichlariga oid guruhlar orasidagi musobaqalar tashkil etiladi. Ulardan ko’zlangan maqsad talabalar ongida ma’naviy yetuk shaxs modelini yaratishdan iborat bo’ladi.
Devoriy gazeta. Bunda beriladigan ma’lumotlar talaba-yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga oid materiallardan iborat bo’ladi va ular iloji boricha darslik va o’quv qo’llanmalaridagi materiallarni boyitishga qaratilgan bo’lmog’i lozim.
Ma’naviy-axloqiy mavzularga oid albom va jurnal tayyorlash. Bunda ma’naviyatimiz buyuk timsollarining muayyan bir kishiga yoki bir yo’nalishdagi ulug’ insonlar fikr, qarash, g’oya va tah limotlariga asoslangan holda jurnal va albomlar tayyorlash e’tiborga olinadi.
Axloqiy-muammoli vaziyatlar tahlili. Bunda bunyodkor va vayronkor g’oyalarning odamga, oilaga, jamoaga va davlatga turli xil ta’sirlari to’g’risidagi muammoli vaziyatlar talabalar ishtirokida tahlil etiladi va uning natijasida hosil bo’ladigan xulosalarning yoshlarga milliy-ma’naviy tarbiya berishdagi ahamiyati ham o’rganiladi.
Demak, ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari va vositalari ham da ulardan maqsadga muvofiq foydalanish barkamol avlodni shakllantirishda mustahkam asoslardan biri hisoblanadi.
Axloqiy tarbiya berish yo’llari
Axloqiy tarbiyaning mazmuni, avvalo, talabalarning amaliy faoliyatlarida, o’qish, mehnat, jamoatchilik ishlarida, ularning munosabatlari xarakterida, o’zaro ta’sir ko’rsatish usullari, xulq-atvor mehyorlarini o’zlashtirishlarida namoyon bo’ladi.
Axloqiy tarbiya tarbiyalanuvchining yoshi va uning to’g’ri yo’nalish olishi uchun hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadigan muhitni (oila, o’rtoqlar va do’stlar muhiti) ham hisobga olganda shaxsning butun hayotiy faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. Axloqiy tarbiyaning yo’l va usullari talabalarga axloqiy saboq berish kabi maxsus ishni tashkil qilishda alohida xususiyatga ega. Axloqiy tasawurlar, qarash, mulohaza, baho berish kabi tushunchalarni shakllantirishga va shu asosida axloqiy e’tiqodni yuksaltirishga ta’sir ko’rsatadi, yahni:
-talabalarni o’zlarining axloqiy tajribalarini mushohada qilishlari va boyitishlariga yordam beradi;
- turli manbaalarda axloq to’g’risida olingan bilimlarni sinaydi;
- shaxsning o’zini axloqiy tarbiyalashga zamin yaratadi.
Axloqiy bilim berishni tashkil qilishda ta’lim oluvchilarning yosh xususiyatlarini, ularning shaxsiy axloqiy tajribalarini, axloqiy mehyorlar to’g’risidagi xabardorlik darajasini, axloq sohasidagi o’zlashtirgan bilimlarning axloqiy talablari bilan munosabatini hisob­ga olish zarur. Axloqiy bilim, asosan axloq to’g’risidagi suhbatlar, mahruzalar mavzui, kechalar, turli kasb namoyondalari bilan uchra-shuvlar, talabalar konferensiyalari va boshqa vositalar bilan amalga oshiriladi. O’quvchilarning axloqiy tarbiyalashning shakl, metod va vositalari.
SHaxsning ma’naviy-axloqiy madaniyatining shakllantirishga qo’yiladigan hozirgi zamon talablarini amalga oshirish muammolari dinamik xarakterga ega bo’lib, ijtimoiy tuzum taraqqiyoti bilan bog’liqdir. Bu muammoni falsafa, etnografiya, etika, estetika fanla-ri tadqiq etadi.
«Madaniyat» - arabcha so’z bo’lib, u jamiyatning ishlab chiqa-rish, ijtimoiy hayotda va ma’naviyatda qo’lga kiritilgan yutuqlari maj-muuidoir.
Demak, madaniyat- inson faoliyati mahsuli natijasi sifatida, inson-larning moddiy va ma’naviy faoliyatlari jarayonida vujudga keladi.
Moddiy va ma’naviy madaniyatning o’zaro aloqasi va o’zaro ta’siri natijasida aqlan yetuk, axloqan yaxlit shakllangan shaxs tar-kib topadi.
Inson biron moddiy boylik yaratar ekan, avvalo, uning qurilishi, ishlab chiqarish jarayoni va ta’lim-tarbiyaviy natijasining amaliy aha-miyatini oldindan ko’ra biladi.
SHaxs sifatida shakllanadigan o’quvchining ma’naviy kamolo-tida axloqiy madaniyatning ahamiyati katta. Axloqiy madaniyatga axloqiy bilimlar, malaka va ko’nikmalar, axloq qoidalari yordamida o’quvchining xulq-atvori, xatti-harakatlarini boshqarish tizimi kira-di. Axloqiy madaniyat o’quvchining ko’p qirrali faoliyat davomida shakllanib va takomillashib boradi.
Axloqiy madaniyatning ko’rinishlari, uning qirralari va namo-yon bo’lish shakllari xilma-xildoir. Insonparvarlik, halollik, tashabbus-korlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, erksevarlik, faollik, ijodkor-lik, poklik va shu kabi qator muhim tushunchalar axloqiy madaniyat tushunchalaridoir. Bu xislatlar faoliyat jarayonida ma’naviy madani­yatning boshqa madaniyat qirralari bilan birgalikda o’quvchi ongi va xulqiga ta’sir etadi.
Ma’naviy-axloqiy mazmundagi ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish ta’lim muassasasi pedagogik jamoa umumiy ishining tarkibiy qis-mi bo’lib, ularni o’tkazishda maktab rahbariyati, kasaba uyushma-si ahzolari, ota-onalar qo’mitasi, o’quvchilarning o’z-o’zini boshqa­rish organlari, shuningdek, jamoa tashkilotlari, xodimlari ham ishti-rok etadi.
Ta’lim muassasalarida ma’naviy-axloqiy tarbiyani yo’lga qo’yish-ning quyidagi turlari alohida ahamiyatga egadir: suhbatlar, uchrashuv-lar, ertaliklar, haftaliklar, oyliklar, ko’riklar, konferensiya, bahs-mu-nozara va boshqalar.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etishda tarbiyaviy tadbirlar umumiy tarbiyaning ajralmas qismi sifatida ta’lim muassasalari fao-liyatini tashkil etishda o’z o’rni va ahamiyatiga ega.
Ma’naviy-axloqiy mazmundagi tadbirlarni o’tkazish ushbu tarbi-yani tashkil etishdagi ko’zlangan asosiy maqsadga xizmat qilmog’i kerak.
O’zida yuksak fazilat ma’naviy-axloqiy poklik va insoniy kamo-lot kabi xislatlarni bir-biri bilan uyg’unlashtiradigan shaxs tarbiyasi ta’lim-tarbiya tizimining bosh masalasi hisoblanadi.
Bugungi yoshlarda zamonamizning eng mashhur (ijobiy mahnoda) kishilarga o’xshashga harakat qilishlari, namunaning tarbiyaviy kuchi o’quvchilarning (bolalarning) taqlid qilishga moyilligiga asoslangan-doir. Yoshlar ko’pincha ota-onalariga, mahhim bir ijobiy yutuqlarga erishgan qarindoshlariga, o’qituvchilariga va mashhur qahramonlar-ga taqlid qiladilar.
Turli yoshdagi bolalarga taqlid qilishiga moyillik turlicha bo’lad i.
Bolalar ulg’ayib borgan sari tevarak-atrofidagi katta yoshdagi kishilarning xatti-harakatlariga tobora tanqidiy nazar bilan qaraydigan bo’ladi. SHu yoshdagi bolalar o’z nuqtai nazarlaridan taqlid qilishga arzigulik deb bilgan kishilarni o’zlari uchun namuna deb biiadilar va ularga e’tiqod qo’yadilar.
Mahlumki, tarbiya vositasi bo’lgan namuna mohiyat e’tibori bilan e’tiqodga yaqin turadi. E’tiqod tushunchasi yoshlarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishda muhim o’rin tutadi. Bunda tarbiyachi o’quvchilarning shaxsiy tajribasiga tayanib ularning ongiga, hissi-yotlariga ta’sir qiladi. SHu yo’l bilan yoshlarda ijobiy axloqiy sifat-lar tarkib topa boradi hamda mustahkamlanadi ulardagi salbiy xulq-odatlari yo’qotiladi.
O’quvchilarda e’tiqod hosil qilish jarayonida etikaga oid tushun-chalar ham tarkib topib boradi.
E’tiqod tarbiyasini amalga oshirishda har bir o’quvchining qizi-qish doirasini, maylini, fikr-o’yini diqqat bilan o’rganish talab etiladi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya yoshlarning barkamol bo’lib shakllani-shida mustahkam asosdoir.
Ta’lim oluvchilar ma’naviy-axloqiy tarbiyasida o’zigaxos metod-lar, shakllar va vositalar mavjud boyib, ular ushbu sohadagi faoliyat olib borishning samarasini belgilashda metodik asos bo’ladi. Yosh­lar orasida olib boriladigan ma’naviy-axloqiy tarbiyaning quyidagi-cha metod, shakl va vositalari bor. Ular haqida qisqacha ma’lumot beramiz.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə