Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Fikr va g’oyalarni tizimlashtirish



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə123/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Fikr va g’oyalarni tizimlashtirish. Bunda fikrlar va g’oyalar kurashi asosida jaholatga qarshi kurashda ma’rifatga va ma’naviyatga tayanish lozimligi ta’kidlanadi.
Bahs-munozara. Bunda «Oddiy haqiqatlar», «Siz intellektual salohiyatlimisiz?», «Barkamol avlod kim?», «Komil inson kim?», «Donishmandlik qanday shaxslarga xos?» va shu kabi mavzular uyushtiriladi. Ularda talaba-yoshlarning axloq kategoriyalari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish nazarda tutiladi.
Musobaqa. Bunda insonning individdan shaxs darajasiga yuksalishi, aqlli odamning dono darajasigacha yuksalishi va hokazo insonning donishmand darajasigacha aqliy kamoloti bosqichlariga oid guruhlar orasidagi musobaqalar tashkil etiladi. Ulardan ko’zlangan maqsad talabalar ongida ma’naviy yetuk shaxs modelini yaratishdan iborat bo’ladi.
Devoriy gazeta. Bunda beriladigan ma’lumotlar talaba-yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga oid materiallardan iborat bo’ladi va ular iloji boricha darslik va o’quv qo’llanmalaridagi materiallarni boyitishga qaratilgan bo’lmog’i lozim.
Ma’naviy-axloqiy mavzularga oid albom va jurnal tayyorlash. Bunda ma’naviyatimiz buyuk timsollarining muayyan bir kishiga yoki bir yo’nalishdagi ulug’ insonlar fikr, qarash, g’oya va tah limotlariga asoslangan holda jurnal va albomlar tayyorlash e’tiborga olinadi.
Axloqiy-muammoli vaziyatlar tahlili. Bunda bunyodkor va vayronkor g’oyalarning odamga, oilaga, jamoaga va davlatga turli xil ta’sirlari to’g’risidagi muammoli vaziyatlar talabalar ishtirokida tahlil etiladi va uning natijasida hosil bo’ladigan xulosalarning yoshlarga milliy-ma’naviy tarbiya berishdagi ahamiyati ham o’rganiladi.
Demak, ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari va vositalari ham da ulardan maqsadga muvofiq foydalanish barkamol avlodni shakllantirishda mustahkam asoslardan biri hisoblanadi.
Axloqiy tarbiya berish yo’llari
Axloqiy tarbiyaning mazmuni, avvalo, talabalarning amaliy faoliyatlarida, o’qish, mehnat, jamoatchilik ishlarida, ularning munosabatlari xarakterida, o’zaro ta’sir ko’rsatish usullari, xulq-atvor mehyorlarini o’zlashtirishlarida namoyon bo’ladi.
Axloqiy tarbiya tarbiyalanuvchining yoshi va uning to’g’ri yo’nalish olishi uchun hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadigan muhitni (oila, o’rtoqlar va do’stlar muhiti) ham hisobga olganda shaxsning butun hayotiy faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. Axloqiy tarbiyaning yo’l va usullari talabalarga axloqiy saboq berish kabi maxsus ishni tashkil qilishda alohida xususiyatga ega. Axloqiy tasawurlar, qarash, mulohaza, baho berish kabi tushunchalarni shakllantirishga va shu asosida axloqiy e’tiqodni yuksaltirishga ta’sir ko’rsatadi, yahni:
-talabalarni o’zlarining axloqiy tajribalarini mushohada qilishlari va boyitishlariga yordam beradi;
- turli manbaalarda axloq to’g’risida olingan bilimlarni sinaydi;
- shaxsning o’zini axloqiy tarbiyalashga zamin yaratadi.
Axloqiy bilim berishni tashkil qilishda ta’lim oluvchilarning yosh xususiyatlarini, ularning shaxsiy axloqiy tajribalarini, axloqiy mehyorlar to’g’risidagi xabardorlik darajasini, axloq sohasidagi o’zlashtirgan bilimlarning axloqiy talablari bilan munosabatini hisob­ga olish zarur. Axloqiy bilim, asosan axloq to’g’risidagi suhbatlar, mahruzalar mavzui, kechalar, turli kasb namoyondalari bilan uchra-shuvlar, talabalar konferensiyalari va boshqa vositalar bilan amalga oshiriladi.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə