Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


O’rxun – Yenisey yodgorliklari va ularning ahamiyatlari



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə155/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

O’rxun – Yenisey yodgorliklari va ularning ahamiyatlari.



Although Huns are said to have belonged to the tribes of Altaic language group, there were other tribal unions speaking different languages as well. And among them were Turkic groups of people on whose history is based. Migration of Turkic and Mongolian group of people to the west started from the earliest time. This can be proved by the study of western researchers on resemblance in facial features of Mongolian and Sakas tribes, who occupied Ural region, thus facial characteristics of two similar, assimilated groups of people31
Urxun-Enasoyqabr toshlarida yozilishicha Xun qabilalari Oltoy tillar guruhi tegishli bolgan o’z tillarini boshqa qabilalar bilan muloqotga kirishishning asosiy vositasi deb bilishgan. Ular Turk qabilalarining tamadduni manbasi bo’lib hisoblanadi. Turk Va Mug’ul qabilalar ning G’arbga ko’chish dastlabki davrlari aks etgan. Bu Ural mintaqasini mo'g'ul va Sakas qabilalari tomonidan zabt etilgan, G'arb tadqiqotchilari izlanishlariga ko’ra bu xalqlarning tashqi korinishidagi o’xshashliklariga asos bo’lgan.

Turkiy xalqlarning yozma ma’rifiy yodgorliklari o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, ular yangi davr kishisini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bular “O’rxun-Enisey yodgorliklari», «Irq yozuvlari» (ta’birnoma) kabilardir.


Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-runiy yozuvida bitilgan O’rxun-Enisey bitiklari VI-VIII asrlarda yozib qoldirilgan bo’lib, ular ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlar beradi.
Toshga o’yib yozilgan O’rxun-Enisey yodgorliklari dastlab Yenisey havzasida, so’ngra Mo’g’ilistonning O’rxun daryosi bo’yidan topilib, daniyalik olim Vilg’gelm Tomson 1893 yilda bu yozuvlarni birinchi bo’lib o’qigan. O’zbekistonda esa Oybek, O. SHarofuddinov, N. Mallaev, A. Qayumov, N. Rahmonovlar mazkur yozuvlar bo’yicha tadqiqot ishlarini olib bordilar va ularning ta’lim-tarbiyadagi o’rnini yoritib berdilar.
Turk xoqonligining tashkil topishi. Bitiktoshlar va ularda ilgari surilgan fikrlar
Mahlumki, VI asr o’rtalariga kelib, Oltoy, Yettisuv, Markaziy Osiyo hududlarida turk xoqonligi tashkil topdi. Bu xoqonlik g’arbda Vizantiya, janubda Eron, Hindiston, sharqda Xitoy bilan chegaradosh edi.
Xoqonlik 604 yilda SHarqiy va G’arbiy xoqonlikka ajralgan. Turk xoqonligi asosan 3 kishi: Bilga Xoqon (Mo’g’ilyon), sarkarda Kul Tegin va vazir To’nyuquqlar qo’lida markazlashgan edi.
Bitiktoshlarda o’z vatani mustaqilligi uchun kurash, xalqni asoratdan olib chiqish, ularning birligini tahminlash xoqonlar Bo’liyon, Istemi, Eltarish, Eltarishning o’g’illari Bilga xoqon va lashkarboshi Kul Tegin, ma’naviy otalari To’nyuquq zimmasiga tushgani hikoya qilinadi.
Kul Tegin Eltarish xoqonining kichik o’g’li, u 731 yilda 47 yoshda vafot etdi. 732 yili o’rnatilgan Bitik toshi Kul Teginning akasi Bilga xoqon tilidan hikoya qilinadi. Ushbu bitikda Kul Tegin tahriflanadi.
Ikkinchi bitiktosh Eltarish xoqonning katta o’g’li, Kul Teginning akasi Bilga xoqon sharafiga 735 yili o’rnatilgan. Bilga xoqon o’z yaqinlari tomonidan 734 yilda 50 yoshida zaharlab o’ldirilgan. Bu bitik ham Yo’llig’ Tegin tomonidan yozilgan. Uning xoqonligi davridagi ittifoqlik, adolat haqida fikrlar aytiladi.
Uchinchi bitik 717-718 yillarda To’nyuquq hayotligida unga atab yozilgan. Uning insoniy fazilatlari tahriflangan.
«Irq bitigi» (Ta’birnoma) XIX asr oxirida SHarqiy Turkistonning Dunxuan degan joyidan topilgan. Ushbu yodnoma haqida N.Rahmonov tomonidan tuzilgan «Qadimiy hikmatlar» kitobidagi manbalarga qarab mulohaza yuritamiz. Asar 100 betdan iborat bo’lib, moniy jamoasidagi Isig Sangun va Ite CHuq ismli ikki bola uchun bitilgan. Bu bitikda nima yaxshiyu, nima yomonligi hikoya qilinadi, uning zamirida axloqiy talablar yotadi hamda bu talablar qushlar va hayvonlar obrazi orqali aks ettiriladi: Voqealar tush tahbiri tarzida bayon qilingan.



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə