Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Axborot retseftiv metod, repro’duktiv metod, muamoli ta’lim, tatqiqot metodi



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə42/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

3.Axborot retseftiv metod, repro’duktiv metod, muamoli ta’lim, tatqiqot metodi.
Izohli-tasvirli ta’lim metodlari (boshqa nomlanishi axborotli- retseftiv)ning mohiyati: odatda nazariy bilimlar tayyor holda uzatiladi, o’quvchilar esa ularni qabul qiladilar (repsepsiya). Bu yo’lda turli ta’lim vositalari (shu jumladan, ko’rgazmali vositalar)dan foydalaniladi. O’qituvchi faoliyati bunda nafaqat axborotlarni uzatish, balki ularning o’quvchilar tomonidan qabul qilinishini ham tashkil etishdan iborat bo’ladi.
Izohli-tasvirli metoddan ta’lim jarayonlarida foydalanishda quyidagi holatlar yuzaga keladi:



O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi

O’quvchi faoliyatining tuzilmasi




  • tushuntirish;

  • harakatni ko’rsatish;

  • dalillardan xabardor qilish;

  • o’quvchining materialni anglab yetishini rag`batlantirishga yo’naltiruv- chi usullar;

  • turli didaktik materiallardan foydalanish




  • axborotlarni qabul qilish;

  • o’quv materialini tushunib olishga intilish va dastlabki ma`lumotlarni yodda saqlash;

  • o’quv materialini tushunish



O’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari:
So’z vositasida bayon etuvchi metodlar; ko’rgazmali metodlar; amaliy metodlar. Bu guruh metodlar materialniuzatish va qabul qilish aspektida qarab chiqiladi.
Induktiv va deduktiv metodlar. Bu metodlar mantiqiy aspektda qarab chiqiladi.
Reproduktiv va muammoli metodlar (fikrlash aspektida).
Mustaqil ishlar va o’qituvchi yordamida ishlash (o’quv faoliyatini boshqarish aspektida);
So’z vositasida bayon etuvchi metodlar (kirish, tushuntirish, xulosa, hikoyalar)

  • Hikoya. Tushuntirish.

  • O’quv Ma`ruzalari.

  • Seminar.

  • Suhbat va b.q.

O’qitishda ko’rgazmali metodlar:
- namoyish etish metodi:
- illyustratsiya metodi.
O’qitishda amaliyot ishlari metodlari:
- yozma va og`zaki mashqlar;
- laboratoriya ishlari.
- amaliy mashg`ulotlar (ustaxona, ishlab chiqarish tsexlarida);
- turli mashinalarda mashqlar bajariladigan amaliy ishlar.
Induktiv va deduktiv metodlar. O’quv materiallarining mazmuni harakat mantiqini, mexanizmini ochishga yordam beradi.
Odatda, induktiv metodda xususiydan umumiylikka, dalillar, hodisalar tahlilidan umumiy xulosa chiqarishga qarab boriladi. Buning uchun quyidagi variantni ko’rib o’taylik.



1-variant
O’qituvchi:

O’quvchi:



Faktlarni bayon etadi. Tajribalarni namoyish etadi. Ko’rgazmali qurollarni ko’rsatadi, turli mashqlarni bajarishni tashkil etadi va asta-sekin umumlashtirishga, tushunchalarni aniqlashga, qonuniyatlarni belgilashga qarab boradi.

Dastlab faktlarni o’zlashtiradi, keyin xulosa chiqaradi va o’quv xarakteridagi umumlashtirishga qarab boradi.

2-variant
O’qituvchi

O’quvchi:



O’quvchilarning oldiga muammoli vaziyatni qo’yadi, bunda o’quvchining xususiydan umumiyga qarab borishiga yordam beradigan mustaqil fikrlashni tashkil etadi.



Faktlar ustida mustaqil o’ylaydi va mahqul bo’lgan xulosa va umumlashmalar qiladi.



Deduktiv metod
Bu - umumiylikdan xususiylikka, teorema, qonun, qoida, xulosalardan faktlar, narsa va hodisa, bevosita jarayonni o’ziga qarab borish usuli.

O’qituvchi

O’quvchi

Dastlab umumiy qoida, nazariyani bayon etadi va bundan o’quvchini asta-sekin faktlar, konkret holatlarga qarab yetaklab boradi.

Umumiy qonun, qoida, nazariyalarni o’zlashtiradi, qabul qiladi, so’ngra ularning amalda isbotini ko’radi.




Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə