|
Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning qòllanilishi. Zamonaviy kompyuterning apparat va dasturiy taminoti
|
səhifə | 1/4 | tarix | 27.12.2023 | ölçüsü | 34,64 Kb. | | #162345 |
| Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning qòllanilishi. Zamonaviy kompyuterning apparat va dasturiy taminoti
Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning qòllanilishi. Zamonaviy kompyuterning apparat va dasturiy taminoti
Reja:
1.Kompyuter tizimlarini tashkil etish
2.Shina
3.Protsessor
4.Registrlar
5.Protsessorda buyruqlar bajarish tartibi
6.Kompyuterlarning dasturiy modellari
Zamonaviy kompyuter tizimlari o`zaro bog`langan protsessorlar, xotira modullari va kiritish/chiqarish qurilmalaridan tashkil topgan.
Protsessorlar, xotira modullari va kiritish/chiqarish qurilmalari kompyuterning asosiy tushinchalari hisoblanib, kompyuter tizimlarini o`rganishning ixtiyoriy darajalarida (tashkiliy, apparat yoki dasturiy) ushbu qurilmalar haqida so`z boradi.
Protsessor – Markaziy protsessor (CPU-Central processing unit) bu kompyuterning miyasi hisoblanadi. Uning vazifasi – asosiy xotirada joylashgan dasturlarni bajarishdan iborat.
Buning uchun xotiradan buyruqlarni chaqiradi, ularning tipini aniqlaydi, so`ngra birin ketin ularni bajaradi.
Kompyuter tizimlarini tashkil etish Ushbu rasmda bitta markaziy protsessor va ikkita kiritish/chiqarish qurilmasidan tashkil topgan kompyuter sxemasi tasvirlangan Shina
Ushbu rasmda barcha komponentlar shina orqali bog`langanini ko`rishimiz mumkin.
Shina – bu parallel bog`langan o`tkazgichlar to`plami bo`lib, u orqali adreslar, ma`lumotlar va boshqaruv signallari o`tkaziladi.
Shinalar ichki va tashqi bo`lishi mumkin:
Tashqi shinalar protsessorni xotira va kiritish/chiqarish qurilmalari bilan bog`laydi.
Zamonaviy kompyuterlar bir qancha shinalardan foydalanadi.
Protsessor Protsessor bir nechta qismlardan tashkil topadi:
Boshqaruv bloke buyruqlarni xotiradan chaqirish va ularning tiplarini aniqlash uchun xizmat qiladi;
Arifmetik-mantiqiy qurilma arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun xizmat qiladi;
Markaziy protsessor oraliq ma`lumotlarni va bir nechta boshqaruv dasturlarini saqlash uchun uncha katta bulmagan xotirani o`z ichiga oladi;
Bu xotira moduli bir nechta registrlardan tashkil topgan, ularning har biri o`z vazifasiga ega.
Dostları ilə paylaş: |
|
|