Zamonaviy axborot texnologiyalari



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

Excel jadval protsessori. 
Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta'minotining tarkibiy qismiga kiruvchi 
MICROSOFT OFFICE paketidagi asosiy vositalardan biri jadval protsessori deb ataluvchi 
EXCEL dasturidir. EXCEL WINDOWS operatsion kobig`i boshkaruvida elektron jadvallarni 
tayyorlash va ularga ishlov berishga muljallangan. 
Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga muljallangan bo`lsa-da, uning 
tarkibiga kiruvchi vositalar boshka sohaga tegishli masalalarni echishga ham, masalan, 
formulalar buyicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga ham katta 
yordam beradi. Shuning uchun EXCEL dasturini o`rganish muxim axamiyat kasb etadi va har 
bir foydalanuvchidan EXCEL bilan ishlay olish ko`nikmasiga ega bo`lish talab etiladi. 
Inson o`z ish faoliyati davomida ko`pincha biror kerakli ma'lumot olish uchun bir xil, 
zerikarli, ba'zida esa, murakkab bo`lgan ishlarini bajarishga majbur bo`ladi. MICROSOFT 
EXCEL dasturi mana shu ishlarni osonlashtirish va qizikarli qilish maqsadida ishlab 
chiqilgandir. 
MICROSOFT EXCEL elektron jadvali hisoblash vositasi sifatida qaralib, iqtisodiy va 
moliyaviy masalalarni echishda yordam beribgina qolmay, balki har kungi xarid qilinadigan 
oziq-ovqatlar, uy-ro`zg`or buyumlari xamda bankdagi xisob raqamlari xisob-kitobini olib 
borishda ham yordam beruvchi tayyor dasturdir. 
EXCEL elektron jadvalining asosiy elementlari 
MICROSOFT EXCEL dagi barcha ma'lumotlar jadval ko`rinishida namoyon bo`lib, 
bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) ma'lum qismiga boshlang`ich va birlamchi 
ma'lumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa har xil arifmetik amallar va boshlang`ich 
ma'lumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat bo`lgan axborotlardir. 
Elektron jadval yacheykalariga uch xil ma'lumotlarni kiritish mumkin: 
— matnli;
— sonli ifodalar; 
— formulalar. 
Matnli ma'lumotlar sarlavxa, belgi, izoxlarni o`z ichiga oladi. 
Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir. 
Formulalar — kiritilgan sonli qiymatlar bo`yicha yangi qiymatlarni xisoblaydigan 
ifodalardir. 
Ishchi kitobning tarkib elementlaridan biri ishchi varaq, ya'ni elektron jadval 
xisoblanadi.
Elektron jadvalning asosiy elementlari esa yacheyka va diapazonlardir. 
Yacheyka — bu jadvaldagi manzili ko`rsatiladigan hamda bir qator va bir ustun 
kesishmasi oralig`ida joylashgan elementdir. Yacheyka kesishmalarida hosil bo`lgan ustun va
qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A — ustun, 4 — qator 
kesishmasida joylashgan yacheyka — A4 deb nom oladi. Yacheykaga sonli qiymatlar, matnli 
axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin.
Bir necha yacheykalardan tashkil topgan guruh diapazon deb ataladi. Diapazon 
manzilini ko`rsatish uchun uni tashkil etgan yacheykalarning chap yuqori va yangi quyi 
yacheykalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. 
Ishchi jadvallarni qurib chiqishda yoki yacheykalarni bichimlashda ish olib borayotgan 
diapazonning manzilini bilish shart emas, lekin formulalar bilan ishlayotganda bu narsa juda 
muhimdir. 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə