59
miqdori)ni va toifa (xodimlarning familiyalari)ni ajratish kerak. Shundan so‘ng uskunalar
panelidagi diagrammalar ustasi tugmasini chertish zarur. Ekranga yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan
birinchi darcha chiqariladi.
Bu darchada diagrammaning toifali va tipi tanlanadi, undan so‘ng
keyin
tugmasini
chertish zarur. Bunda quyidagi darchani chiqaradi:
Bu darchada diagrammaning tashqi ko‘rinishi ko‘rsatiladi va tegishli maydondan
foydalanib diapazonni to‘g‘rilash imkoniyatlari taqdim etiladi. Usta bilan ishlashni davom
ettirish tugmasini chertish bilan amalga oshiriladi.Keyingi darchada diagrammaning nomi, X
o‘qi (toifalar), U o‘qi (ifodalar) beriladi. Bu amal sarlavhalar ilovasida bajariladi. O‘qlar
ilovasi diagrammaning o‘qlarga imzolar (yoki ostki yozuvlar) ni kiritish yoki ularni chiqarib
tashlash imkonini beradi. To‘r chiziqlari ilovasi to‘rning vertikal yoki gorizontal chiziqlarini
ko‘rsatish yoki chiqarib tashlash imkonini beradi. Afsona ilovasi diagramma unsurlarining
ostki yozuvlarini qo‘shadi yoki olib tashlaydi.
Ma‘lumotlarning ostki yozuvlar (imzolar)i ilovasini diagrammaning o‘zidagi toifalar
yoki ifodalarning imzolari ostki yozuvlarni olib tashlash yoki ko‘rsatish imkonini beradi.
Ma‘lumotlar jadvali ilovasi diagrammaning pastki qismida ma‘lumotlari bo‘lgan
jadvalni ko‘rsatish yoki ko‘rsatmaslik imkoniyatini beradi.
Hamma parametrlar berib bo‘linganidan so‘ng Keyin tugmasini chertish zarur. Bunda
ekranga ustaning so‘nggi darchasi chiqariladi. Unda diagrammani joylashtirish joyi –
darchaning tegishli maydonidan tanlash mumkin bo‘lgan shu varaqning o‘zida yoki
boshqasida ekanligini ko‘rsatish va diagrammani tuzish bo‘yicha harakatlarning uzul-kesil
tugallanishi tayyor tugmasini chertish lozim. Diagrama sizning kitobingizning kerakli joyiga
kiritiladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshlang‘ich jadvaldagi ma‘lumotlarning har
qanday o‘zgarishida bu o‘zgarishlar diagrammada hech qanday to‘g‘rilashlarsiz avtomatik
tarzda aks etadi.
Dostları ilə paylaş: