Zamonaviy axborot texnologiyalari


Ruxsat etilmagan o‟zgartirishlardan kitob, varaq, alohida katak va ma‟lum bir



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

Ruxsat etilmagan o‟zgartirishlardan kitob, varaq, alohida katak va ma‟lum bir 
diapazonlarni himoya qiluvchi fayl prosteduralari 
 
Excel 2010 da himoyalash vositalari mavjud: 
1. Faylga ruxsatni chegaralash. 
2. Kitob elementlarini himoya qilishni tadbiq etish. 
3. List elementlarini himoyalash. 
Faylga ruxsat etishni himoyalash. Alohida varaqlarga va kitoblarni o‘zgartirishga 
ruxsat bermaslik. 
Har bir holda ham paroldan foydalaniladi. Paroda lotin va rus alfavitidan foydalanish 
mumkin. Parol qo‘yishda har xil katta va kichik harflardan foydalaning. 
Har bir parolni kiritishda albatta OK tugmasi bosiladi va qaytadalhn albatta 
tasdiqlanishi lozim. Bu albatta parolni kiritishda adashib ketmasik uchun zarur. 
Excelda 
diagrammalar va makroslar bilan ishlash. 
Diagrammalar: diagrammalar ma‟lumotlar bazasi bilan ishlash, diagrammalarni 
rasmiylashtirish va stilini tanlash. 
Diagramma tuzishdan avval ma‘lumotlar qatorini va toifasini aniqlab, belgilab olish zarur. 
Ma‘lumotlar qatori – bu siz diagrammada aks ettirishni istagan ko‘plab ifodalardir. Masalan, 
bizning jadvalimizda ish haqining miqdorlari bo‘lishi mumkin. Toifalar aniq ifodalarning 
ma‘lumotlar qatoridagi holatini beradi. Bizning misolimizda – bu korxona xodimlarining 
ro‘yxatidir. Diagramma tuzishdan oldin ikkita diapazonni – ma‘lumotlarning qatori (ish haqining 


59 
miqdori)ni va toifa (xodimlarning familiyalari)ni ajratish kerak. Shundan so‘ng uskunalar 
panelidagi diagrammalar ustasi tugmasini chertish zarur. Ekranga yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan 
birinchi darcha chiqariladi. 
Bu darchada diagrammaning toifali va tipi tanlanadi, undan so‘ng 
keyin
tugmasini 
chertish zarur. Bunda quyidagi darchani chiqaradi: 
Bu darchada diagrammaning tashqi ko‘rinishi ko‘rsatiladi va tegishli maydondan 
foydalanib diapazonni to‘g‘rilash imkoniyatlari taqdim etiladi. Usta bilan ishlashni davom 
ettirish tugmasini chertish bilan amalga oshiriladi.Keyingi darchada diagrammaning nomi, X 
o‘qi (toifalar), U o‘qi (ifodalar) beriladi. Bu amal sarlavhalar ilovasida bajariladi. O‘qlar 
ilovasi diagrammaning o‘qlarga imzolar (yoki ostki yozuvlar) ni kiritish yoki ularni chiqarib 
tashlash imkonini beradi. To‘r chiziqlari ilovasi to‘rning vertikal yoki gorizontal chiziqlarini 
ko‘rsatish yoki chiqarib tashlash imkonini beradi. Afsona ilovasi diagramma unsurlarining 
ostki yozuvlarini qo‘shadi yoki olib tashlaydi. 
Ma‘lumotlarning ostki yozuvlar (imzolar)i ilovasini diagrammaning o‘zidagi toifalar 
yoki ifodalarning imzolari ostki yozuvlarni olib tashlash yoki ko‘rsatish imkonini beradi. 
Ma‘lumotlar jadvali ilovasi diagrammaning pastki qismida ma‘lumotlari bo‘lgan 
jadvalni ko‘rsatish yoki ko‘rsatmaslik imkoniyatini beradi. 
Hamma parametrlar berib bo‘linganidan so‘ng Keyin tugmasini chertish zarur. Bunda 
ekranga ustaning so‘nggi darchasi chiqariladi. Unda diagrammani joylashtirish joyi – 
darchaning tegishli maydonidan tanlash mumkin bo‘lgan shu varaqning o‘zida yoki 
boshqasida ekanligini ko‘rsatish va diagrammani tuzish bo‘yicha harakatlarning uzul-kesil 
tugallanishi tayyor tugmasini chertish lozim. Diagrama sizning kitobingizning kerakli joyiga 
kiritiladi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshlang‘ich jadvaldagi ma‘lumotlarning har 
qanday o‘zgarishida bu o‘zgarishlar diagrammada hech qanday to‘g‘rilashlarsiz avtomatik 
tarzda aks etadi. 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə