Zamonaviy axborot texnologiyalari



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

Razmetka stranistы 
bo‘limidagi 
Parametrы stranistы
guruhida 
Oblast pechati 
tugmasini 
bosing va Zadat buyrug‘ini tanlang 
19-Rasm. Tanlovli chop etishni sozlash 
Ko‘rish rejimida chop etishning Sahifa maydoni oddiy fonda ko‘rinadi va ko‘k chiziq 
bilan ajratiladi va qolgan maydon qoraroq fonda ko‘rinadi. Zarur bo‘lganda, chop etish 
maydoni o‘lchamini sahifa chegarasini surish orqali o‘zgartirish mumkin. 
Jadvalni to‘liq chop etish yoki boshqa maydonni belgilash uchun menyudan 
Oblast pechati 
tugmasini bosib Ubrat buyrug‘ini berish orqali amalga oshiriladi. 
Kompyuter grafikasi asoslari.
 
Grafik muharrirlar bu chizma, tasvir, prezentastiya, illyustrastiya ko‘rinishidagi 
axborotlarni yaratish va ularni tahrir qilish uchun mo‘ljallangan amaliy dasturlar paketidir. 
Grafik muharrirlar axborotni grafik ko‘rinishga o‘tkazib beruvchi maxsus dasturlar bo‘lib, bu 
muharrirlarda tasvirlarni chizish, tahrirlash yoki boshqa manbalardan ma‘lumotlarni qabul 
kilish imkoniyatlari mavjud. Kompyuterda axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim 


64 
etish va ularga ishlov berish, shuningdek, grafik ob‘ektlar va fayllarda bo‘lgan grafik 
bo‘lmagan ob‘ektlar o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatishni informatika fanida kompyuter grafikasi
deb ataladi.
Kompyuter grafikasi:
1. Rastrli grafika
2. Vektorli grafika
3. Fraktal grafikaga ajratiladi. 
Rastrli grafikada tasvirlar nuqta(piksel)lar ketma-ketligi tarzida hosil kilinadi. Rastli 
grafikaning asosiy elementi nuqtadan iborat bo‘ladi. Chizilgan tasvirlar esa nuqtalarni ketma-
ket joylashtirish orkali hosil qilinadi. Nuqtalar soni qanchalik zich bo‘lsa, tasvir shunchalik 
aniq va chiroyli ko‘rinishda chiqadi. Rastrli grafikaning asosiy kamchiligi bu tasvirni 
kattalashtirish ya‘ni masshtablashtirishda tasvir sifatining buzilishidir. Chunki tasvir 
kattalashganda uni hosil qilgan nuqtalar orasidagi masofa ham kattalashadi. 
Vektorli grafikada tasvirlarni yaratishda nuqtaga nisbatan umumiyroq bo‘lgan 
chiziqlardan foydalaniladi. Vektorli grafikaning ixtiyoriy tasviri chiziqlardan tashkil topadi va 
oddiy chiziqlardan murakkablari hosil qilinadi. Chiziq sifatida egri va to‘g‘ri chiziklardan 
foydalaniladi. Bu grafikada yaratilgan tasvirlarni masshtabi kattalashtirilganda ham 
tasvirlarning ko‘rinishiga hech qanday ta‘sir o‘tkazmaydi. Shuning uchun vektorli grafikada 
yaratilgan tasvirlar juda aniq va chiroyli chiqadi. Vektorli grafika illyustrastiyalar, sxemalar 
yaratishda, bino va inshootlarni loyihalashda, chop etiluvchi hujjatlarni tayyorlashda keng 
qo‘llaniladi. Bu grafik dasturlarning eng mashhurlariga Adobe Illustrator, Macromedia 
Freehand, CorelDraw va boshqalar kiradi.Fraktal grafika badiiy kompozistiya yaratish – bu 
tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni dasturlashdir, ya‘ni bunda tasvirlar formulalar 
yordamida kiritiladi. Fraktal grafika odatda o‘yin dasturlarida qo‘llaniladi.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə