Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Oilaning asosi er-xotin yoxud ota-onadir. Modomiki, er-xotin oilaning



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/273
tarix22.09.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#122817
növüСборник
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Oilaning asosi er-xotin yoxud ota-onadir. Modomiki, er-xotin oilaning 
tamal toshlarini mustahkam bunyod etishga mas’ul ekanlar, ular unda uchraydigan turmush 
qiyinchiliklari, hayot quvonchlari-yu, tashvishlarini boshdan kechirishda, oilani idora etishda, farzand 
tarbiyasida mas’uldirlar”
[2]
,
– deb keltiradi.
Hozirgi zamon o‘zbek oilalarining tarbiya jabhalaridagi umumiy va xususiy tomonlarini, vazifalarini 
bilish nihoyatda ahamiyatlidir. Chunki biz bolalarning bog‘cha va maktabda olayotgan bilimlarini, aqliy 
qiziqishlarini hisobga olganimizdagina oilaviy tarbiya ishi samaradorligini ta’minlashimiz mumkin. Biz 
tarbiyaviy vazifalarimiz xususiyatlaridan kelib chiqib, bolalar kamolotiga yakka holda yondashish, aqliy, 
axloqiy, mehnat, jinsiy tarbiya ehtiyojini shakllantirish, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish malakasi, maishiy 
mehnat, ijtimoiy mehnatga ma’naviy-ruhiy tayyorlash kabi mezon va qoidalarni hisobga olib ish tutishimiz 
maqsadga muvofiqdir. Busiz tarbiya jarayonini ijobiy hal qila olmaymiz. 
Pedagogik-psixologik tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, zamonaviy oilaviy tarbiya kamchiliklarini keltirib 
chiqaruvchi sabablar quyidagicha:
 
bolalarga kattalar tomonidan diqqat-e’tiborning yеtishmasligi, ular bilan muloqotda bo‘lish istagining 
yo‘qligi;
 
ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasida o‘zaro tushunish, hamjihatlik yo‘qligi va unga har ikki tomonlama 
intilishning yеtishmasligi;
 
ota-onalarning farzandlarga nisbatan qo‘pol, avtoritar munosabatda bo‘lishi.
 
oila muhitida doimiy janjallarning qaror topganligi va ularni kamaytirish uchun harakat va intilish 
yo‘qligi.
 
ota-onalarning beqaror his-tuyg‘ulari, mas’uliyatsizligi, ularning tartibsiz, tasodifiy xarakterga ega 
ekanligi, ularning shaxsiy qiziqishlari va ehtiyojlarining o‘zaro mos kelmasligi va tubdan bir-biriga qarama-
qarshiligi;
 
farzandlar davrasida ota-onalarning salbiy xulq-atvorlari, ularda ichkilik, giyohvandlik va kashandalik 
kabi illatlarning namoyon bo‘lishi;



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə