O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universitet



Yüklə 319,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix05.10.2023
ölçüsü319,54 Kb.
#125667
  1   2
21698 (3)



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA 
SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITET 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mavzu: 
Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi 
madaniyati. Sharq uyg‘onish davri madaniyati 
 
 
 
 
Tekshirdi: ___________ 
 
Bajardi: Suyunov G 
 
 
 
TOSHKENT-2014 
 


Reja: 
 
1. Markaziy Osiyodagi Qadimgi madaniyatning o‘ziga xos 
xususiyatlari. 
.2. Yunon-Baqtriya madaniyati miqiyosida Sharq ellinistik madaniyati. 
3. Kushonlar madaniyati. 
4 Sharq uyg‘onish davri madaniyatini rivojlanish bosqichlarinii g‘ziga 
xos xususiyatlari.
5 Uyg‘onish davrining Sharq va G‘arb madaniyati aloqalarida tutgan 
o‘rni 


Markaziy Osiyo madaniyati jahon madaniyati tarixida muhim o‘rin tutadi. 
Uning o‘rta asrlardagi madaniyatiga butun dunyo allaQachon munosib baho 
bergan. Hatto BaQtriya, Marg‘iyona, Sug‘d, Parfiya, Farg‘ona, Xorazm, Choch 
xalQlarining Qadimgi madaniyati ham jahonni hayratga solmoQda. Markaziy 
Osiyo mintaQasining Qadimgi madaniyatini o‘rganish o‘n yillar ilgari boshlangan 
bo‘lsada, tadQiQotchilarning bu madaniyatining o‘ziga xosligi va boy mazmuni lol 
Qoldirdi. Markaziy Osiyo madaniyati g‘arb va SharQning buyuk madaniyat 
elementlarini bir butunlikda uyg‘unlashtirib ifodalagan holda o‘ziga xos 
individuallik kasb etadiki, bu xususiyat keyingi taraQQiyot uchun ham negiz bo‘lib 
Qoladi. 
I.A. Karimov aytganlaridek, – «Modomiki, o‘z tarixini bilgan, undan ruhiy Quvvat 
oladigan xalQni yengib bo‘lmas ekan, biz haQQoniy tariximizni tiklashimiz, 
xalQimizni, millatimizni ana shu tariximiz bilan Qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan 
Qurollantirish, yana bir bor Qurollantirish zarur». 
Markaziy Osiyo xalQlari madaniyatining vujudga kelishi sharoitlarini 
belgilashda dastavval, uning jug‘rofiy o‘rni va tabiiy vositalariga e’tiborni Qaratish 
lozim bo‘ladi. Madaniyatshunoslik har Qanday madaniyatning shakllanishidagi 
o‘ziga xos alfozni joy manzarasi, iQlimi, biosfera omillarining ahamiyati borligiga 
alohida e’tibor beradi. Markaziy Osiyo mintaQasining tabiati turli xilligi bilan 
katta farQ Qiladi. Bu yerda serhosil vodiy va vohalar, sersuv daryolar, QaQroQ 
cho‘llar, dashtu adirlar, Pamir va Tangritog‘ining baland muzofatlari bilan yonma-
yon joylashgan. Bunday xususiyat dehQonchilik, chorvador, tog‘da yashovchi 
Qabila va xalQlar xo‘jalik tarzi va o‘ziga xos madaniyatlarining shakllanishi uchun 
imkoniyat yaratdi. 
«Qadimgi sivilizatsiya» deb nomlangan risolada Markaziy Osiyo 
madaniyatining ikki xususiyati ko‘rsatiladi: bir tomondan, turli madaniyatlarning 
o‘zaro ta’sirida, ikkinchi tomondan, Qadimgi sivilizatsiyalarining boshQa 
o‘choQlari bilan yaQin aloQada rivojlanishi. Bu xususiyatlarni batafsil 


kuzatadigan bo‘lsak Markaziy Osiyo madaniyatining shakllanish jarayonlari 
yaQQol namoyon bo‘ladi. 
Markaziy Osiyoning serhosil vodiysi, cho‘l va dashti, tog‘larida yashovchi 
aholining turmush sharoitidagi farQlar turli xo‘jaliklarning ertaroQ paydo bo‘lishi 
o‘ziga xos madaniyatlar shakllanishiga olib keldi. Bu jarayon yaQin Qo‘shinchilik 
munosabatlari asosida sodir bo‘lib, Qabila va xalQlarning iQtisodiy va madaniy 
aloQalari tufayli taraQQiyotning ertaroQ boshlanishiga imkon yaratdi. Eng 
Qadimgi davrlardan dehQonchilik, chorvachilik va tog‘ ovchi Qabilalari 
o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash Markaziy Osiyo xalQlari iQtisodiyotida katta 
ahamiyatga ega bo‘lib, keyingi davrlarda ham u uzoQ saQlanib Qoldi. Turmush 
tarzi va xo‘jalik faoliyatidagi farQlanish bilan birga mintaQa xalQlarining etnik va 
tillardagi yaQinlik judayam uyg‘unlashib ketganligi Qadimgi Yunon va Xitoy 
manbalarida ham Qayd Qilingan. Markaziy Osiyo xalQlarining kuchli iQtisodiy 
aloQalari, etnik va til birligi ularning bir-biridan ayricha yashashiga yo‘l 
Qo‘ymadi. 
Natijada Qadimgi SharQning klassik madaniyati orasida Markaziy Osiyo 
Qadimgi madaniyati ajralib, o‘ziga xos ko‘rinishda shakllanadi. Dastlab, bu 
madaniyatda ikki xil madaniyat aralashib ketadi: ko‘chmanchilik va ibtidoiylik 
olami hamda sivilizatsiya olami; Bu yerdagi Qadimgi madaniyatlarga xos 
madaniyatlarning o‘zaro muloQotiga aks ta’sir ko‘rsatgan «o‘zining betakrorligi» 
haQidagi tasavvur shakllanmoQda. 
Markaziy Osiyoning o‘troQ dehQonchilik va ko‘chmanchi xalQlarida ancha-
muncha farQlar bo‘lishiga Qaramasdan ilgaridan yaQin munosabatlar o‘rnatilgan. 
Diniy e’tiQodlar, urf-odatlar, folklor, axloQiy me’yorlardagi umumiylik madaniy 
umumiylikning shakllanishiga olib kelgan. Shuning uchun, bundan keyin Markaziy 
Osiyoning yaxlit madaniyatini tashkil Qiluvchi turli submadaniyatlar mavjudligi 
haQida to‘xtalish joizdir: Qadimgi davlatlar sub madaniyati (BaQtriya, Sug‘d, 
Xorazm, Farg‘ona, Marg‘iyona), dasht ko‘chmanchilari-sak, massaget, da-
kochchilar submadaniyati, Pamir va Tangritog‘ Qabilalarning submadaniyati. 


Markaziy Osiyo madaniyatining o‘ziga xosligining ikkinchi jihati mintaQaning 
o‘ta Qulay jug‘rofiy o‘rnashganligi bilan bog‘liQ. MintaQa Mesopotamiya, 
Hindiston va Xitoy kabi uchta buyuk SharQ sivilizatsiyasi bilan bevosita 
chegaradosh bo‘lib, g‘arb sivilizatsiyasiga xos beshinchi-Gresiya va Rim bilan 
aloQada rivojlangan. Bunday aloQalarning muQarrarligi tufayli Markaziy Osiyo 
madaniyati SharQ va g‘arb o‘rtasida vositachilik missiyasini bajarishiga sabab 
bo‘ldi, ya’ni iQtisodiy sohalarda eng avvalo xalQaro savdoda va madaniy 
sohalarda ham Markaziy Osiyo g‘arb va SharQ o‘rtasida bog‘lovchi ko‘prik 
vazifasini bajardi. Xususan, Markaziy Osiyo xududi orQali buddizm butun 
dunyoga yoyildi, Hindiston va Xitoyga ellinistik madaniyat ko‘rinishlari o‘tdi, 
SharQdan g‘arbga va g‘arbdan SharQga madaniy boyliklar (bilim, diniy g‘oya, 
kashfiyot, bidiiy asarlarning) almashib turishida Markaziy Osiyo muhim vositachi 
bo‘lib xizmat Qiladi. 
Markaziy Osiyo madaniyatining buyuk vositachilik missiyasi boshQa madaniy 
Qadriyatlarini yangilashi, o‘zlashtirish mahorati va Qayta ishlash kabi jihatlarisiz 
bo‘lmas edi. Bu madaniyat QadimdanoQ yangi hodisalarni o‘zlashtirish va 
moslashtirish mahoratiga ega bo‘ldi. Garchi, boshQa Qadimgi SharQ 
madaniyatlaridagi kabi Markaziy Osiyo madaniyatida ham an’analar keng o‘rin 
egallasada, ular aytarli xarakter kasb etmaydi, ya’niki, uzluksiz madaniy 
yangilanish va taraQQiyot jarayoniga to‘siQ bo‘lmaydi. Shuningdek, an’analarning 
mustahkam hukmronligi tarixiy vaziyatga ham to‘sQinlik Qilganligini ta’kidlash 
kerak. MintaQa orQali katta bosQinchilik yurishlari, xalQlarning ko‘chishlari yuz 
bergan bo‘lib, bu Markaziy Osiyo xalQlarining tarixi davomida bir necha bor 
madaniyatni sezilarli o‘zgarishlarga olib keldi. 
Afsuski, ko‘pgina urushlar Markaziy Osiyo madaniyatining Qadimgi 
taraQQiyot davrlarining behisob dalillarini yo‘Q Qildi. Arxeolog Qazilma 
ma’lumotlar va yozma manbalar miloddan avvalgi I-ming yillik boshlarida 
vujudga kelgan Markaziy Osiyoning ilk davlatlari BaQtriya, Sug‘d va Xorazm 
madaniyati haQida bir oz ma’lumotlar beradi. Miloddan avvalgi VIII-VI asrlarga 
oid Afrosiyob (SamarQand), Surxondaryo vohasidagi Qiziltepa, QashQadaryo 


vohasidagi UzunQir, Xorazmdagi Ko‘ziliQir kabi Qadimgi shaharlarda o‘tkazilgan 
tadQiQotlar murakkab ijtimoiy tuzilma va madaniyatning yuQori rivojlanganligini 
ko‘rsatadi. Bu shaharlar mudofa devorlari va suv ta’minotidan iborat kuchli 
istehkom tizimiga ega bo‘lib, ichida hunarmandlar mavzei joylashgan. Ayrim 
shaharlarda saroy QoldiQlari Qal’alar topilgan. Qadimgi davlatlar xo‘jaligining 
asosiy sohasi hisoblangan dehQonchilik taraQQiyotining darajasi haQida ko‘p 
tarmoQli sug‘orish tizimining mavjudligi bunga dalildir. Markaziy Osiyo davlatlari 
Qadimgi SharQ mamlakatlari bilan yaQin aloQalar o‘rnatgan. Midiya va 
Ossuriyaning siyosiy tarixida faol ishtirok etib, hunarmandchilik buyumlari va 
xom ashyo bilan (lojuvardd, oltin, mis bilan) savdo sotiQ Qilganlar. Bu haQda 
Ossuriya va Qadimgi Yunon yozma manbalarida gapiriladi. Xususan, BaQtriyaning 
yirik shaharlari, ko‘p sonli aholisi haQida BaQtriya shohi Oksartning afsonaviy 
boyligi haQida Kgesiy Knidskiy (Mil. avv. V-IV asrlar) yozib Qoldirgan. 
Ko‘chmanchi massagetlarning udumi va turmush tarzi haQida mashhur 
Qadimgi Yunon tarixchisi Geradot (mil. av. V asr) yozib Qoldirgan. U 
massagetlarning harbiy Qurollari (kamon-yoyi, nayzasi, oyboltasi) da oltindan 
bezak sifatida, misdan Qurol va sovut uchun keng foydalanishini ta’kidlaydi. 
Gerodatning yozishicha, massagetlar yagona ma’bud Quyoshga topinib, otni 
Qurbonlik Qilganlar. 
Qadimgi Markaziy Osiyo xalQlarining ma’naviy madaniyati haQidagi 
bilimlarning bebaho manbasi «Avesto» hisoblangan. «Avesto» so‘zining mazmuni 
umumiy izohga ega emas., ko‘pincha «Asosiy matn» sifatida tarjima Qilinadi. 
«Avesto» dunyodagi eng Qadimgi dinlardan bo‘lgan zardo‘shtiylik tarafdorlari uchun 
muQaddas kalima hisoblanib, payg‘ambar Zardo‘sht to‘planganlarga undan va’z 
o‘Qigan. Uning hayoti davri mil. av. IX-VI asrlar atrofida deyiladi. «Avesto» va uning 
boshQa matnlarining to‘planishi ko‘p asrlar davomida amalga oshirilgan. 
«Avesto»ning eng Qadimgi matnlari mil. av. II- minginchi yillarga taaluQli, 
«Avesto»ning millodiy VII asrga tegishli bo‘lgan to‘plami turli mazmundagi 
21 kitobdan iborat bo‘lib, unda o‘sha davrning barcha bilimlari jamlangan. 
Zardo‘shtiylik an’analariga ko‘ra bu yodgorlik Ezgulik va Yorug‘lik xudosi 


Axuramazdaning Zaratujtraga vahiysi hisoblanadi. BiroQ, unda Qadimgi mifologik 
tasavvurlar, miflarning keng tarQalishi, Qahramonlik epik rivoyatlaridan parchalar 
ham tasvirlanadi. Shuningdek diniy yo‘l-yo‘riQ «payg‘ambar davridan» keyin 
zardo‘shtiylikning rivojlangan «e’tiQod ramzi» yuzaga keldi. hozirgacha 
«Avesto»ning ayrim Qismilari, 4 kitobi saQlanib Qolgan: 
1. Videvdat- «Devlarga Qarshi Qonunlar», bu kitobda asosan zardo‘sht va 
Axuramazda o‘rtasida suhbat, yo‘l-yo‘riQ va ko‘rsatmalar mazmunida bo‘lib, 
zulmat va yovuzlik xudosi Axrimani boshQaruvchi yomonlik kuchlarini Qaytarish 
haQida. 
2. Visprat- «hamma hukmronlar», bu kitobda ibodat namozlari to‘plangan. 
3. Yasna- «Ibodat», «Marosim» kitobi xudolarga sig‘inish va murojaatdan 
iborat. Yasnadagi «Tot»lar nomli 17 bob zardo‘shtning muQaddas Qo‘shiQlaridir. 
4. Yasht- «Qadrlash», «Hamdu sano» kitobi-xudolarni sharaflovchi Qadimgi 
gimnlar va ezgulik xudolariga yovuzlikka Qarshi kurash yordam beruvchi kuchlar 
haQida. Bundan tashQari, «Avesto» majmuiga «Kichik Avesto» ham mansub, u 
avesto tilida yozilgan bo‘lib, ibodat kalimalari joylashgan. 
Ko‘pchilik olimlar Zardo‘sht yuksak axloQiy idealdagi va ishontiruvchi fikrlari 
bilan birinchi haQ payg‘ambar ekanligini takidlaydilar. Zardo‘sht ta’limotiga 
muvofiQ barcha QuruQlikning o‘zgarmas ibtidosi Arta bo‘lib, «Avesto»da 
haQiQat, olov ruh deyiladi. Axuramazda tartibni saQlovchi osmon xudosi 
yorug‘lik va ezgulik hisoblangan (oxura-xo‘shayish, ega; mazda-idrokli, 
bilimdon). Axuramazdaning o‘g‘li -Atar (olov), uning vatani bulutlardek Qurigan 
suvlar, uning makoni-xududsiz yog‘du. Oxuramazda 6 ta ruhni- yordamchilarni 
yaratdi (amesha spenta): ezgu aQl, yaxshi tartib, layoQatli Qudrat, olijanob 
mo‘minlik, sog‘lomlik va boQiylik. Unga Axrimaning zulmat Qo‘shini-devlar, 
urushlar timsoli, ochlik, kassallik, adovat va boshQa yovuz kuchlar Qarama-Qarshi 
turadi. Olam va barcha insoniyat hayotining asosida ezgulik va yovuzlik 
o‘rtasidagi azaliy kurash yotadi. 
Zardo‘sht ta’limotining ulug‘ligi shundaki, u har bir kishiga tanlash imkonini 
beradi. Har kim ham Yovuzlikni yo‘Q etish va Ezgulikning hukmron bo‘lishida 


ishtirok etishi mumkin, bu ishda barcha bir xilda tengdir. Shu tariQa yerda ilgari 
bo‘lmagan jannat -oltin asr tiklanadi. Unda sovuQ, ham jazirama ham, Qarilik 
ham,o‘lim ham bo‘lmaydi. Yovuzlik bilan kurashda har bir kishining asosiy 
Qurolli mehnat bo‘lgan. Zardo‘shtiylik axloQi kishidan kamtarin va halol 
mehnatkash dehQonning barcha majburiyatlarini bajarishni talab Qilgan (Kim 
g‘alla eksa, u haQiQat tarQatadi. Videvdat kitobining «DehQonchilik fazilati 
haQida»bobidan). Fikr, so‘z va ishda taQvodorlik, ishchanlik, halollik, xolislik 
yuksak axloQning asosiy talabalari sifatida ko‘tariladi. «Yasna» kitobida 
zardo‘shtiylikning e’tiQod ramzi haQida deyiladiki: «Qasam ezgu fikrni, ezgu 
so‘zni, ezgu faoliyat majburiyatlarini bajarishni talab Qiladi». 
Zardo‘shtiylikda birinchi bo‘lib esxatalogik ta’limot yaratilgan, bunga muvofiQ 
jahon tarixi 12 ming yilni tashkil Qiladi. Bu muddat tugashi bilan ezgulik va 
yovuzlik kuchlarining hal Qiluvchi yovuzlik jangi boshlanadi. Butun olamni erigan 
metal oQimi yo‘Q Qiladi, biroQ xaloskor Saoshyant halok bo‘lgan dunyoni va 
barcha marhumlarni tiriltiradi, barcha gunohkorlarni do‘zahdan chiQarib 
Ohurumazdaning ideal hukmronligida abadiy hayot kechiradi. Shu tariQa 
zardo‘shtiylikda birinchi bo‘lib oxiratdagi jazo, marhumlarning tirilishi so‘roQ 
kuni g‘oyasi shakllanadi. Bu g‘oyalar Doro I ning Bexustun yozuvida va 
Kserksning Persepoldagi yozuvida ham Qayd Qilinadi. Zardo‘shtiylik Markaziy va 
Old Osiyo xududlarida ming yillar davomida hukmron din bo‘lib keldi va 
shubhasiz, bu din xristianlik va islom kabi jahon dinlarining shakllanishida katta 
o‘rin tutdi. Ilmiy-tarixiy, amaliy-didaktik Qimmatga ega bo‘lgan, ushbu yilda 
2700 yilligi nishonlanadigan buyuk merosimiz «Avesto»ning butun ma’no 
mohiyati Inson taQdiri, uning IstiQboliga Qaratilgan. Jumladan, Tangriga iltijo va 
murojaatlarda shunday deyiladi: «Axuramazda yaratgan yaxshilik moyasiga
sog‘lom, aQl-hushi tetik farzandlarga, jasur, dono, turli tillar biladigan o‘g‘il-
Qizlarga, uzoQni ko‘ra biladigan, yurtni balo-Qazolardan himoya eta oladigan 
o‘g‘lonlar, yaxshi kelajak, porloQ hayotni ravshan ko‘z bilan ko‘ra oladigan 
poktiynat avlodlarga olQishlar bo‘lsin
1

1
¥амидов Х. , Асл наслни деб... «Халқ с´зи» газетаси, 2000 й. 21 июнь.


Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi va madaniyatining mustaQil rivojlanishi Eron 
axmoniylari tomonidan birinchi yirik bosQinchilik tufayli to‘xtab Qoldi. Sug‘d, 
BaQtriya, Xorazm mil. av. VI-IV asrlarda Ahmoniylar davlati tarkibiga kirgan. Bu 
imperiya tarkibiga kirishi, yagona boshQaruv, Qonunchilik, pul tizimining 
o‘rnatilishi, oromiy yozuvning umum davlat miQiyosda Qo‘llanilishi. Markaziy 
Osiyo xalQlarining madaniyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ahmoniylar davrida 
xalQaro savdoning rivojlanishi uchun Qulay sharoitning vujudga kelishi Markaziy 
Osiyo shaharlarining taraQQiyotiga muayyan imkoniyat yaratdi. Ahmoniylar 
hukmronligida mamlakatlarga sayyohlar va olimlar borishi mumkin bo‘ldi. Xuddi 
shu davrda SharQ mamlakatlariga Gerodot, Demokrit va boshQalar sayohat 
Qilgan. Ahmoniylar imperiyasidagi yirik shaharlar- Suza, Persepol, Memfis, 
Nippur, Bobilda turli joylardan xususan, Xorazm, BaQtriya, Sug‘ddan chiQQan 
kishilar, saklarning harbiy aholisi yashagan. 
O‘z navbatda mil. av. V asrda Oks daryosining o‘ng sohilida Miletlik 
Yunonlarning manzilgohi tashkil topadi. Shu tariQa Ahmoniylar imperiyasi 
tarkibida Markaziy Osiyo xalQlari forslar, midiyaliklar, bobilliklar, misrliklar, 
yunonlar, hindlar bilan yaQin munosabatda bo‘lish, madaniyatining ham o‘zaro 
ta’siriga imkon yaratdi. 
Ahmoniylar imperiyasi madaniyati ham ko‘pgina mamlakat xalQlari yaratgan 
ilmiy bilimlar, diniy e’tiQodlar, san’at yutuQlarining sintezi hisoblanadi. Bu 
madaniyatga Markaziy Osiyo xalQlari ham o‘zining hissasini Qo‘shgan. 
Zardo‘shtiylik Ahmoniylarning davlat dini sifatida Qabul Qilinishi bilan birga 
g‘arbga ham keng yoyila boshladi. Ahmoniylar san’atining Suza va Persepoldagi 
ulkan yodgorligi Qurilishiga Markaziy Osiyo mintaQasidan ko‘plab xom ashyo 
keltirilgan. Saroylar Qurilishiga BaQtriyadan oltin, Sug‘dan lojuvard va Qimmatli 
toshlar, Xorazmdan feruza olib borilgan. 1877 yilda Tojikistonning Janubidan 
topilgan Amudaryo xazinasi madaniy sintezning yorQin misolidir, hazinada, Eron 
va BaQtriyada tayyorlangan jihozlar-bejirim oltin aravacha, Qanotli ikkita kurg‘iy 
shakli tushirilgan bilakuzuk hamda dashtliklarga xos «Hayvon shakli» bitilgan 
jihozlar mavjud. Markaziy Osiyo xalQlarining madaniyat munosabatlari juda 


kengaydi, shuningdek, madaniy Qadriyatlarning boyishi va turli madaniyatlarning 
o‘zaro ta’siri jarayoni esa o‘z madaniyatlarini juda tez rivojlanishi va boyishiga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 
Ahmoniylar imperiyasi va Markaziy Osiyo yerlari yunon-makedonlar 
tomonidan bosib olingan Markaziy Osiyo madaniyatiga ellinizm elementlari kirib 
keldi. Ahmoniylar saltanatini yemirib tashlagan Yunon-BaQtriya bosQini Markaziy 
Osiyo mintaQasini, xususan sug‘d madaniyatini aylantirdi. Illo, Aleksandr 
Makduniy 
sipoxilariga 
hech 
yerda 
Markaziy 
Osiyodagidek 
Qarshilik 
ko‘rsatilmagan bo‘lsa kerak. Ozodlik harakatini beshavQat mahv etgan Makduniy 
yerli aholining ko‘magiga muhtojligini seza boshladi. VaQt o‘tishi bilan u ongli 
tarzda barcha etnik to‘siQlarni olib tashlashga, o‘z Saltanati hududida turli 
harQlarni Qorishib ketishi hamda yagona madaniyat va til birligini Qaror 
topdirishga urindi. Shu maQsadda MaQduniy o‘z saroyida SharQ udumlari va 
liboslarini joriy etdi, turli etnik guruh vakillarining nikohlarini keng yo‘lga Qo‘ydi, 
o‘z armiyasiga BaQtriyalik va sug‘dlik Qismlarni kiritdi, 30 mingdan ortiQ o‘g‘il-
bolalarga yunoncha tarbiya berishga hukm etdi. Shunday Qilib Aleksandr 
MaQduniy Markaziy Osiyo madaniyatining ellinlashtirishni boshlab berdi. 
Ellinistik jarayon salavkiylar davlatidan mustaQil bo‘lgan Parfiya va Yunon-
baQtriyada o‘zining yuQori rivoji bilan ajralib turadi. Yunon-BaQtriya davlatida 
yunonlar va mahaliy madaniyatlarning sintezi QisQa vaQtda o‘zining ijobiy 
natijalarini berdi, shaharlar soni tez suratda o‘sdi, dehQonchilik, chorvachilik, 
ayniQsa hunarmandchilik rivojlandi. Markaziy Osiyo mintaQasi Buyuk ipak yo‘li 
bo‘ylab o‘tgan xalQaro savdoning markazi sifatida o‘ta muhim o‘rin tutadi. 
Diodotdan Galpokigacha bo‘lga yunon-BaQtriya podsholari davrida yuksak badiiy 
saviyada oltin, kumush va misdan tayyorlangan turli Qiymatdagi tangalar (draxma, 
obol, dixalka, xalka) zarb etildi. Tovar-pul munosabatlarini o‘sishida BaQtriya 
shohlarining o‘z pullarini zarb Qilishi xalQaro savdoning rivojiga ijobiy ta’sir 
Qilish bilan birga, yuksak badiiy darajasi bilan ham ajralib turadi. 
Yunon-BaQtriya davrida Oyxonum (Shim. Afg‘oniston), Saksanoxur va 
Tahtisangin (Tojikiston), Dalvarzin tepa, YorQo‘rg‘on, Afrosiyob Talibarzi 


(O‘zbekiston) kabi shaharlar Qurildi. Yunon harbiy manzilgohlari aholisining 
turmush tarzi va madaniyatini aks ettiruvchi ellinistik uslublar Yunon-BaQtriya 
shaharlarda ochib o‘rganildi. Inshoatlar tosh, xom va pishiQ g‘ishtdan tiklangan. 
Ustunlar korinf usulida ishlangan. Saroy va ibodat majmualari, gimnaziya, teatr 
binolari ochib tekshirilganda ustunlar attik bazaltlar, akant yaproQlari, palmetallar, 
cheti naQshlangan cherepisa-antifikslar singari unsurlangan foydalangan holda 
ko‘rilgan. Mahalliy zodagonlarning ellinistikdidi monumental va ixcham 
haykaltaroshlikni rivojlanishiga turtki berdi. Terakt haykalchalar va turli 
muhrlardagi obrazlarning miQyosi keng. Unda hosildorlik xudosi Anaxit, 
yunonlarning bosh va mahalliy xudolari, fantastik va real hayvonlarning timsollari 
ifodalangan. Haykaltaroshlik san’ati namunalari kam saQlanib Qolganligiga 
Qaramay, zarb etilgan yunon-baQtriya tangalarining orQa tomonida mashhur yunon 
san’atkorlarining rasmi tushurilganligi bu yerda yunon haykaltaroshligi ilmi ta’siri 
kuchli bo‘lganligini bildiradi. Taxti Sanginda Oks daryosining xudosi Marsiyaning 
bronza hayokalchasi Qo‘yilgan Mehrob topildi. Antik dunyoning Markaziy Osiyoga 
kirib kelgan haykaltaroshlik san’ati kushonlar davrida yanada ravnaQ topdi. 
Yunon-BaQtriya podsholigida teatr san’ati va musiQani rivojlanganligi 
to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. BaQtriya saroylarida yunonistonlik akterlar, 
musiQachi va raQQoslarning guruhlari saQlangan. AyniQsa, yunon xalQ teatrining 
«maskars», «mim» singari turlari keng yoyilgan. Ularni klassik tragediya va 
komediyalardan farQi belgilangan matn bo‘lmagan, yoki matnsiz chiQilgan, lekin 
u yunon tilini bilmagan mahalliy aholiga tushunarli bo‘lgan. Akterlar sharoit, 
tomoshabinlarning ruhiyatiga ko‘ra matnlarni o‘zgartirganlar-musohaba, xazil-
mutoyiba, hajv, hikoya, Qo‘shiQ usullarida ijro etganlar. RaQs, musiQa, 
ko‘zbo‘yamachilik va akrabatik mashQlar teatr ijrochiligining muhim elementlari 
bo‘lgan. hukmdorlar homiylik ko‘rsatgan mahalliy akterlar ham shakllangan; 
«Masxaraboz» Milliy teatrning –«Masxaraboz» namunasida hammon ellinistik 
belgilar saQlanib Qolgan. 
Yunon-BaQtriya madaniyati sinkretizmi (QorishiQligi) turli tillarni yonma-yon 
faoliyat ko‘rsatishi, har xil yozuvlar tizimi va dinlarning o‘zaro singishib ketishida 


ham ko‘rinadi. Eramizdan avvalgi III-II asrlarda oromiy, yunon-baQtriya yozuvlari 
keng ishlatilgan, keyingisi yunon alfaviti asosida unga bitta harf Qo‘shib (ja’mi 
25 ta harf) baQtriya yozuvi vujudga kelgan zardo‘shtiylik hukmron din sifatida 
saQlansada aholini yunon xudolari timsollarigasig‘inish alomatlari paydo bo‘lgan. 
Mahalliy aholi nazarida Olimp xudolarining obrazlari bilan zardo‘shtiylik 
xudolarining timsollari-Zevs va Axuramazda, Appolon, Cheshos va Mitra, Afodita 
va Apaxit obrazlari uyg‘unlashib ketdi. Agar yerli aholi o‘rtasida Afina, Gerakl, 
Nika, Dionis timsollariga sig‘inish Qanchalik tarQalsa, Yunonistonda mitra, Oksa 
(Oksho-Amudaryo), Buyuk onaga sig‘inish shuncha tarQaldi. Buni Oyxonim, 
Taxti Sangan manzilgohlaridan topilgan- tasvir mazmunida yunoncha va mahalliy 
an’analar ifodalangan man’at yodgorliklarida ham ko‘rish mumkin. Yunon-
BaQtriya madaniyati odatda SharQ ellinistik madaniyati deb ta’kidlanadi. Agar 
ellinistik madaniyatga yunon va SharQ madaniyati uyg‘unligi xos deb 
xarakterlansa, markaziy Osiyo madaniyatida mahalliy o‘ziga xoslik, SharQona 
betakrorlik ustivordir. Ayni shu negizda yunon madaniyati Qadriyatlarini o‘ziga 
singdirgan madaniyat asosida keyingi davrlar madaniyati yanada rivojlandi. 
Bunda Xorazm madaniyatini alohida ta’kidlash lozim. Shu mintaQa 
sug‘oriladigan dehQonchilik, shahar madaniyati shakllangan eng Qadimgi 
manzilgohlardan bo‘lib, bu yerda O‘zbekiston hududidagi Qadimgi (Eramizdan 
avvalgi VII-VI asrlarda) davlat asoslangan. Xorazm (Eramizdan avvalgi IV 
asrlarda) Aleksandr MaQduniy bosQiniga Qadar Ahmoniylar istilosidan ozod 
bo‘lgan davlat, xorazmiylar Hindiston, Hitoy, YaQin SharQ va Yevropa SharQi 
bilan Qizg‘in savdo aloQalarini olib borganlar va o‘zlarining hunarmandchilik 
buyumlari bilan dong taratganlar. Tarixiy solnomalarda xorazmliklarni 
tadbirkorligi, ishtiyoQmandligi Qayd etilib, ularni «ilm sohiblari» deb ataganlar. 
Kanal, Qal’a, ko‘pQavatli saroylar, Qurish nafaQat amaliy malakani, balki 
murakkab hisob-kitob va o‘lchovlarni ham talab Qilar edi. (moviy yo‘l 
ko‘rsatkichlaridan foydalanishni bilmay dasht-sahrolardan o‘tib bo‘lmasdan. 
Xorazmliklar er. I asridan VIII asrigacha o‘zlari foydalangan mahsus taQvim 
tizimini yaratdilar. Bu taQvim Al-Beruniyning «Qadimgi xalQlardan Qolgan 


yodgorliklar» asarida mufassal tavsiflangan. Uning ma’lumotlarini arxeolog 
tomonidan topilgan, III asrga oid asl nusxa hujjatlar ham tasdiQlaydi. Beruniyning 
ma’lumotiga ko‘ra, xorazmliklar mustaQil astronomik kuzatishlar olib borganlar, 
osmonning yulduzlar xaritasini yaxshi bilganlar. Binobarin, ko‘pkirilgan Qal’ada 
observatoriyaning Qadimiyligi (Er. av. III-II asrlar shubhasizdir. Doira shaklidagi, 
dastlabki diametri 42 metrli bu bino keyinchalik 8 ta mustahkam minoraga ega 
bo‘lgan devorlar bilan o‘ralib, diametri 80 metrni tashkil etgan. Ikki Qavvatli 
markaziy bino devorining Qalinligi 7 metr bo‘lgan. Olimlarning tadQiQotlariga 
ko‘ra Qo‘yQurilgan Qal’a astronomik kuzatish, izlanishlar olib borilgan ilm 
Qarorgohi bo‘lgan. Binoni noyob Qurilish tizimi, xonalarni maQsadga muvofiQ 
joylanishiga ko‘ra uni «Xorazm Stounxenji» deb atash mumkin. Xorazm 
madaniyatining o‘ziga xos rivojlanishi keyingi davrlarda ham davom etdi. 
2000 yillar muQaddan Markaziy Osiy, Shimoliy Hindiston, Pokiston va SharQiy 
Eron va yagona davlat hududini tashkil etgan. Qudratli Kushonlar imperiyasi Orol 
dengizi bo‘ylaridan Hind okeanigacha yastlanib, o‘sha davrning boshQa uch buyuk 
davlati- Rim, Parfiya va Xanlar Xitoyi bilan birga bir Qatorda turdi. Kushonlar 
imperiyasi davri SharQ va Jahon madaniyati rivojida yangi davrni tashkil etdi. 
Kushon madaniyatida Qadimgi SharQ tipidagi mintaQaviy sivilizatsiya bilan 
ellinizm madaniyati an’analari, Hindiston ma’naviy hayotining nozik Qirralari 
bilan Osiyo kengliklaridagi dashtliklar olib kelgan o‘ziga xos uslublar ijodiy 
uyg‘unlashib ketgan edi. 
Kushon saltanatining dastlabki manzil markazini BaQtriya tashkil etdi. 
IQtisodiyot asosi dehQonchilik bo‘lib, murakkab irrigatsiya va yirik sug‘orish 
inshoatlari barpo etildi. Hunarmandchilik va savdo-sotiQning jadal rivojlanishi 
shaharlarni gurkirab rivojlanishiga, g‘ishtlardan bino etilgan Qal’a va Saroylarni 
Qurilishiga olib keldi. Bu paytda g‘arb mamlakatlari, hususan Rim imperiyasining 
sharQiy viloyatlari bilan savdo aloQalari birinchi o‘ringa chiQdi. Kushon 
podsholarining tangalari Kiev yaQinida, Efiopiya, Skandinaviya va Rim imperiyasi 
shaharlaridan topilgan. Savdo ko‘priklikdagi yo‘llar va Hindistonning g‘arbidagi 
port-dengiz orQali olib borilgan. Bu yo‘llardan xilma-xil buyumlar, jumladan 


Rimga Qandolat, Qimmatbaho toshlar, fil suyagi, guruch, zebu-ziynat va jihozlar 
elitilgan. Xitoydan shoh va teri buyumlar, Rimdan to‘Qimachilik mahsulotlari, 
kiyimlar, oyna, Qimmatbaho metallar, turli vinolar shu yo‘l orQali olib o‘tilgan. 
Rimning ko‘p miQdordagi oltin va kumush tangalari aloQaga kiritilgan. o‘sha 
davrdayoQ sotiQning ushbu yirik xalQaro arteriyasi «Buyuk ipak yo‘li» deb nom 
oldi. 
Madaniy yuksalishning Kushon davri (Er. I-IV asrlari) diniy tizimlarning 
yonma-yon yashashi bilan xarakterlanadi. Bunga ma’lum ma’noda kushon 
podsholari, ayniQsa Konishka va Kunishka tomonidan diniy aQidalarga nisbatan 
sabr-Qanoat va ishonch-muruvvat bilan yondoshilganligi imkoniyat yaratdi. 
Kanishka zarb etdirgan tangalarda indus, zardo‘sht, ellinlar xudolarining nomi va 
tasvirlari tushirilgan. Adolatgo‘y Mitra va hosildorlik xudosi Ordoxshi Qudratli 
Vretragna bilan induslarni Shiva, Buddasini, Geshos, Selena, Sfapislarni ko‘rish 
mumkin. Buddizm davlat dini makoniga ega bo‘lishiga Qaramay, Kushon 
imperiyasi hududida zardo‘shtlik, jaynizm, shivaizm, manixeylik, olimp xudolariga 
sig‘inish keng tarQalgan edi. Buddizmning tarQalishi mahalliy din va san’atlarning 
tugatilishini anglatmaydi. Bilaks, buddaviylikni BaQtriyadagi ixlosmand 
targ‘ibotchilari budda matnlarini shunchaki o‘zlashtirib, uni sanskritdan tarjimasi 
bilan kifoyalanmay, ularni o‘zlariga talQin etdilar, unga Qayta ishlov berdilar. 
Markaziy Osiyo buddaviylikni butun Osiyo-Xitoy, Yaponiya, Koreyaga tarQalish 
manzilgohini tashkil etdi. Kushonlar davrida yozuvning turli tizimlari amal Qildi. 
Aramey yozuvi asosida kushon-baQtriya alfaviti, sug‘d va xorazm yozuvi rivojlandi: 
SurxQ Qotalda (Afg‘oniston) yunon alfas vitidagi kushon yozuvi topilgan. 
Termizdagi Qoratepa, Fayoztepadan hindlarning Brahma, Kxoratshxa yozuvlaridagi 
bitiklar topildi. Kampirtepa esa (Surxandaryo) Markaziy Osiyodagi eng Qadimiy, 
noyob Qo‘lyozma (Eram. avv. II asrning 1 yarmi) papirusdagi bitik topildi. 
Asrimizning boshida Buyuk Xitoy devori minoralaridan birida topilgan «ko‘hna 
so‘g‘d yozuvi» alohida QiziQish uyg‘otadi. Yozuv eramizni 312-313 yillarida bitilgan 
bo‘lib, unda Xitoydagi so‘g‘d savdogarlarining faoliyati haQida ma’lumotlar berilgan. 


Kushonlar san’ati Qo‘shni mamlakatlar va xalQlar san’atlariga ta’sir 
ko‘rsatuvchi namunalarni yaratdi. Er. I-IV asrlardagi badiiy madaniyatning asosiy 
hususiyati Osiyoga olamni anglashga ellinistik ta’sirni tafakkur tarozisidan 
o‘tkazishdir. Xalchayon (Er. avv. I-e.. ni 1 asrlari) –Kushon san’atining ilk 
yodgorliklaridan biri bo‘lib undan topilgan asarlarda ko‘proQ hukmdor Geroy 
Sanat ulug‘langan. Qabulxona devorlarining yuQori Qismidan o‘rin olgan loydan 
ishlangan haykallar majmuida hukmdor va a’yonlari tasvirlangan. Haykal obrazlari 
ifodali bo‘lib, unda tasvirlanayotgan obrazlarning individual belgilari ko‘zga 
tashlanib turadi. Unda tantanavor ruhdagi Qabul marosimi va jang lavhalari aks 
ettirilgan. Markazda podsho xonadoni va uning ilohiy homiylari-Afina, Gerakl, 
Niki obrazlari gavdalangan. Dalvarzintepada topilgan mashhur «shahzodaning 
boshi» hamda tuproQQal’a haykallarida ellinistik an’analarning kuchli ta’siri 
seziladi. Podsholar zalida esa erkak va ayollarning monumental figuralari 
Qo‘yilgan, podsho nayza tutgan jangchilari davrasida, ziyofat va bug‘ilar ovi 
ko‘rinishida tasvirlangan. 
Diniy mazmundagi san’at asarlari o‘zining rang-barangligi bilan ajralib turadi. 
Dalvarzintepadagi ikki ibodatxonadan topilgan tasviriy san’at namunalarida Qadim 
ibodat timsoli buyuk ona xudo obrazi ifodalangan. Ko‘hna Termizdagi Qoratepa, 
Fayoztepadagi ehromlarini buddaga daxldor yodgorliklar bezab turibdi. Ushbu 
asarlarda Shimoliy-g‘arbiy Hindistonga xos «gandxara uslubi» ustuvorlik Qilsada, 
unda mahalliy san’at ustalarining yunon san’ati an’analari ta’sirida ijod Qilganligi 
sezilib turadi. BaQtriya-Budda uslubidagi buyuk ijod namunasi Ayritom 
shahridagi, eramizning II asriga oid budda majmui bezaklari bo‘lib unda turli etnik 
tipdagi obrazlar galereyasi berilgan. 
Kushon san’ati Kushon imperiyasidan keyin ham ana shu zamonlar turli 
ellardagi, jumladan, Markaziy Osiyo, Hindiston va Xitoylik san’at ustalari va 
ijodkorlarini ruhlantirib keldi. Kushon san’ati an’analari ifodasi Hindistondagi 
Gupta davlatiga xos haykallar, Sug‘ddagi bo‘rtma tasvir va bezaklar (Panjikent, 
Vuraxiva, Afrosiyob), SharQiy Turkiston topilmalarida bir-biridan farQlanadi. 


Shunday Qilib Qadimgi Markaziy Osiyo madaniyati taraQQiyoti mobaynida 
o‘ziga xos an’ana va yutuQlarni saQlabgina Qolmasdan, ulkan mintaQada umumiy 
Qadriyatlarni vujudga kelishi, YaQin va O‘rta SharQ mamlakatlari bilan madaniy 
aloQa munosabatlarini rivojlantirishga imkoniyat yaratib madaniy yuksalishni 
yangi sifat bosQichiga ko‘tardi. Qadimgi Markaziy Osiyo madaniyatining rivoj 
nuQtasi bo‘lgan Kushonlar madaniyati hududiy va mazmun jihatidan ayro olingan 
madaniyat emas edi. U o‘zida SharQ, Markaziy Osiyo, Antik dunyo va hind 
madaniyatlari yutuQlarini o‘zida mujassam etib, SharQ va Jahon xalQlari 
madaniyatini yana ravnaQ topishiga asos bo‘ldi. 
Markaziy Osiyo antik badiiy madaniyatining muhim uslubiy xususiyatini 
san’atlar sintezi tashkil etgan: haykaltaroshlik, tasviriy san’at, naQsh bunda 
umumiy me’morchilik rasamadiga- va uning ritmiga bo‘ysungan holda 
me’morchilik bilan yaxlitda namoyon bo‘ladi. Bu sintez Kushonlar davrida ham 
mahalliy madaniyatda o‘z ta’sirini saQlab Qoldi. Kushonlar davri Markaziy Osiyo, 
Afg‘oniston, Pokiston va Hindiston xalQlari tarixidagina emas, balki butun dunyo 
madaniyatining taraQQiyotida alohida o‘rin egallaydi. Turli xalQlar 
madaniyatining chatishishi natijasida bu yerda o‘ziga xos yangi madaniyat 
shakllandi, shu bilan birga keyingi asrlar madaniyatining taraQQiyotiga zamin 
bo‘lib xizmat Qildi. SharQ va g‘arb madaniyatining o‘zaro ta’siri yangi tarixiy 
bosQichga Qadam Qo‘ydi. Ellin madaniyatining an’analari Kushonlar davrida 
ijodiy jihatdan Qayta shakllandi va yangicha talQin Qilina boshladi. 
Kushonlar imperiyasi davrida (I-III asrlar) Markaziy Osiyoda sug‘orma 
dehQonchilik, hunarmandlik, shaharsozlik, savdo-sotiQ va iQtisodiy aloQalar 
ravnaQ topdi. Bunga Kushon-BaQtriya yozuvlari, brahma va kharoshhi hind 
alifbosidagi yozuvlar, kushon tangalari guvohlik beradi. Buddizm dinning rasmiy 
darajasi budda ibodatxonalarining o‘sha zamon san’ati bilan bezatilishida namoyon 
bo‘ladi. Termiz yaQinidagi Ayritomdan topilgan ibodatxona tashQi devori 
peshtoQlariga sarg‘ishroQ toshlardan haykallar o‘rnatilgan. Bino ichida g‘ishtdan 
ishlangan «Budda» haykalining QoldiQlari topilgan. haykallarning ishlanish 
uslubi, kiyimi, musiQa asboblari Hindiston, O‘rta Osiyo, Yunoniston 


madaniyatlarining o‘zaro ta’sirida rivojlanganligidan dalolat beradi. Buni Xorazm, 
Farg‘ona, Sug‘d, Parfiyadan topilgan turli xil buyumlar, madaniy obidalar, 
topilmalar timsolida ham ko‘rsatish mumkin. Kushonlar davrida shaharlar 
Qurilishi keng rivojlandi. Shaharlar Qalin devorlar bilan o‘ralib, ichida ark va 
arkning atrofida har xil binolar Qad ko‘targan Sopol idishlar nihoyatda nafis va 
jarangdorligi hamda xilma-xilligi bilan ajralib turgan. Amaliy san’at keng 
taraQQiy etgan. Zeb- ziynat buyumlari mehnat va jang Qurollari yasash, mato 
to‘Qish rivojlangan. Umuman, Kushonlar davri madaniyati Markaziy Osiyoning 
eng cho‘QQisi hisoblanib, ma’lum xudud va zamon bilan chegaralanmaydi. Bu 
madaniyat Old Osiyo, Markaziy Osiyo, Antik va Hind madaniyatlari yutuQlarini 
o‘zida jamlab, Qo‘llab SharQ xalQlarining o‘rta asrdagi madaniyati rivoji uchun 
asos bo‘ldi va jahon madaniyati tarixida o‘chmas iz Qoldirdi. 
Sharq Uyg‘onishi, Sharq Renessansi haqida gap ketganda turli soha olimlari-
tarixchilar, adabiyotshunoslar, madaniyatshunoslar va san’atshunoslar bu masalaga 
befarQ bo‘lmaganlaridek, Qarashlar ham asosan ikkiga bo‘linadi. Uyg‘onish 
atamasi (italyancha-fransuzcha-Renaissans-Uyg‘onish) ni dastavval shu madaniyat 
sohiblari-italyan 
gumanistlari 
ishlatganlar 
jumladan 
italiyalik 
yozuvchi 
J. Bakachcho bu atamani Djotto ijodiga Qarata, «u antik san’atni uyg‘otdi» deb 
birinchi bor ishlatgan edi. Butun bir davrni anglatuvchi tushuncha sifatida san’at 
tarixchisi J. Vazari (1511-1574 y.) tarafidan uning «Mashhur san’atkorlar hayotidan 
lavhalar» kitobida (1550) tilga olingan. Bu tushuncha birinchi paytda antik 
madaniyat an’analarini Italiyada «ming yillik yovvoyilikdan so‘ng» tiklanishini 
anglatib, so‘ngroQ ilmiy tadQiQotlarda keng ishlatila boshlandi. Ya. Burxart 
Uyg‘onish (Renessans) ni alohida tipdagi madaniyat deb baholadi. Masalaga 
QiziQish ortib, ilmiy izlanishlar ko‘paya borgani sayin Uyg‘onish tushunchasi, bu 
davr madaniyatining xronologik va geografik chegaralari, uni davrlashtirish 
xususida ziddiyatli, turlicha fikrlar bildirila boshlandi. Y. Xeyzing o‘zining «o‘rta 
asrchilikning kuz fasli» asarida Uyg‘onish davri-o‘rta asr madaniyatining intixo 
davri deb hisoblasa, boshQa olimlar Uyg‘onish davri yangi davr madaniyatining 


boshlanishi deb sanaydilar. Ko‘pchilik olimlar Yevropa Uyg‘onish klassik tarzda 
davrlashtirib u XIV-XVI asrlarga xos deb bilsalar, boshQalar Uyg‘onish 
madaniyatini bir muncha ilgariroQ XII asr – Karolinglar Renessansidan boshlab, 
Ispaniya, Italiya shimolidagi mamlakatlardagi (Shimoliy Uyg‘onish) Uyg‘onishni 
XVII asr bilan yakunlaydilar. 
1950 yillarning o‘rtalaridan e’tiboran «SharQ» Uyg‘onish davri masalasida 
jiddiy munozara bahs ketdi. Xitoy madaniyati tarixi tahlilida akademik N. Konrad 
Uyg‘onish davrini Qadimgi, o‘rta asrlar singari insoniyat sivilizatsiyasining barcha 
mintaQalariga xos umumbashariy hodisa deb Qaraydi. Umumjahoniy jarayon 
hisoblagan Uyg‘onish SharQda (Xitoy) VI-VIII asrlarda boshlanib, g‘arb sari 
siljigan va XIV asrda Yevropa hodisasiga aylangan. Uyg‘onishning bunday 
talQiniga Qarshi bu hodisa turli mamlakatlarda mintaQaviy, ayrim ko‘rinishlarda 
amal Qilishi mumkin, lekin u umumjahoniy fenomen bo‘lishi mumkin emas, deb 
hisoblovchilar ham bor. Uyg‘onish davri Xitoyda (Konrad), Kuriyada (Ten), Eron-
Tojikistonda (Braginskiy, Nikitin), Hindistonda (Selishev), Turkiyada (Mellov), 
Armanistonda (Chaloyan), Ozorboyjonda (Gajiev), Gruziyada (Nusubidze, 
Natadze) kechkanligi haQida ayrim ma’lumotalar keltiriladi. Ayni choQda har ikki 
Qarash tarafdorlarini Yevropa Uyg‘onish davrini mutlaQo betakror hodisa deb 
Qarovchi mualliflar (A. Losev, M. Petrov) jiddiy tanQid Qiladilar. 
O‘zbekistonda SharQ Uyg‘onish davri masalasi mahalliy materiallarni 
umumlashtirgan holda yetarli ishlanmagan. Markaziy Osiyo mintaQasidagi 
Uyg‘onish haQida gap borganda IX-XII asrlar avvalo xorijiy madaniyat va Qaror 
topgan islomiy eti’Qodga nisbatan rivojlangan va boyigan Qadimiy madaniyat 
negizida milliy Uyg‘onish deb Qaralmog‘i lozim. Markaziy Osiy uzoQ yillik 
tarixida ko‘p bosQin va talonchiliklarni ko‘rdi, ularga Qarshi ozodlik va 
mustaQillik uchun kurash olib bordi. haQiQat shundaki, har bir bosQindan so‘ng 
milliy davlatchilik va madaniyat tiklandi. MustaQillikka intilish g‘oyasi va 
harakati o‘zga xalQlar tomonidan yaratilgan madaniyatlarni inkori emas. Markaziy 
Osiyo madaniyatida umuminsoniy ahamiyatga molik jamiki madaniyat yutuQlari 


ijodiy uyg‘unlashganidek, ayni paytda mintaQa madaniyati boshQa xalQlar 
madaniyatlariga samarali ta’sir ko‘rsatdi va ularni boyitdi. 
Mavjud adabiyotlar va fikrlar tahlili asosida Markaziy Osiyodagi xalQlar Milliy 
madaniy Uyg‘onishni uch davrga bo‘lishi mumkin: 
1.
IX-XII asrlar- arab bosQinidan keyingi davr. 
2.
XIV-XV asrlar mo‘g‘ul istilosidan keyingi davr. 
3.
XX asr boshi va hozirgi davr kolonial bosQin va Sovet davridan keyingi 
siyosiy, milliy, madaniy Uyg‘onish. 
MustaQillik va milliy madaniyat Uyg‘onish hodisalari mohiyatan, ichki jihatdan 
uzviy bog‘liQ bo‘lib, bu xususda akad. M.M. Hayrullaev shunday yozadi: 
«MustaQillik va Uyg‘onish, MustaQillik va yuksalish uzviy bog‘liQdir, u bizdan 
aQl-idrokni, bilimni, istedodu Qobiliyatni, faollikni, kuch-g‘ayratni talab etadi»
2

Markaziy Osiyoda Uyg‘onish davri madaniyatining belgilari Quyidagicha: 
dunyoviy ilmlarga intilish, din va diniy bilimlarni jamiyat, insonlar manfaati 
nuQtai nazaridan talQin etish; 
Turli xalQlarning ma’naviy-madaniy merosi o‘tmish madaniy Qadriyatlaridan 
(arab, eron, yunon madaniyati boyliklari) foydalanish; 
Tabiatni, mavjud hayotni, mavjudotni o‘rganishga QiziQishning kuchayishi, 
uning sirlarini ochishga va undan foydalanishga intilishning ortib borishi, shu 
munosabat bilan tabiatshunoslik ilmlarining rivojlanishi; 
Bilishda aQlni mezon deb bilish, aQliy bilish, rasionalistik usul, ilmiylik 
rolining oshib borishi; 
Insonga muhabbat, uning axloQiy, aQliy xislatlarini, Qobiliyatlarini o‘rganish va 
fazilatlarini ochib berishga intilish, mantiQ ilmiga katta e’tibor berish, komil insonni 
tarbiyalash, yetuk fozil jamoa haQidagi fikrlarni asoslab berish; 
Diniy tasavvur, diniy ta’limotlar rivojida diniy-axloQiy mavzuning ustunligi, 
inson hulQi, manfaatlarining diniy g‘oyalarda yetakchi mavzuga aylanishi, ichki 
ma’naviy kamolot, Ollohga sub’ektiv ichki mukammallashuv, ma’naviy-ruhiy 
2
¥айруллаев М. ¤рта Осиёда илк Уй²ониш даври маданияти., Т., 1994 й., 14-бет.


ko‘tarilish, yuksalish yordamida erishuv va uning sifatlariga muyassar bo‘lishga 
Qaratilgan faoliyat; 
Og‘zaki va yozma so‘zga katta e’tibor, uning ijtimoiy-axloQiy Qudratini 
kuylash, ta’riflash, she’riyat, filologiya, badiiy madaniyatning yuksak rivoji, so‘z 
san’ati, ritorika bilan shug‘ullanish madaniylikning muhim belgisiga aylanib 
Qolishi.
3
IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo mintaQasida madaniyat yuksalishi parvoz 
bosQichga chiQQanligi to‘g‘risida gap borar ekan, ayni shu hudud jahonni 
hayratga solgan buyuk mutafakkirlarni yetishtirib berganligi, ilm-ma’rifat, betakror 
kashfiyotlar beshigi- tarixda «Musulmon madaniyati», «arab madaniyati» deb 
nomlangan tushunchalar bilan baholangani bejiz emas. o‘rta asr tarixchilari va 
sayyohlari ushbu davrda Markaziy Osiyoda iQtisod, savdo o‘sganligi, ko‘rkam 
shaharlar Qad ko‘targanligi, ilm-ma’rifat gurkirab rivojlanganligi haQida 
ma’lumot beradilar. Monumental me’morchilik, tasviriy san’at, musavvirlik va 
musiQa san’ati beQiyos darajada rivojlangan, kutubxonalar faoliyat ko‘rsatgan
4

O‘sha paytda «Buxoroda baland tosh devorlar bilan o‘ralgan saroylar, turli rasmlar 
bilan bezatilgan mehmonxonalar, mohirlik bilan barpo etilgan bog‘lar, hiyobonlar, 
hovuzlar» mavjud bo‘lganligi haQida manbalarda Qayd etiladi. Abdul Vafo al 
Buzjoniy o‘zining «Geometrik Qoidalarning hunarmandlarga kerakli tomonlari 
haQida» asarida turli geometrik usullar yordamida har xil naQshlar, bino bezaklari 
yasash yo‘llari, Quruvchi ustalarning tajribalari, badiiy usullari haQida hikoya 
Qiladi. BoshQa manba’larda bu davrdagi tasviriy va musvvurlik san’ati, hususan 
portret chizish haQida ma’lumotlar keltiradi
5

Arxeologik Qazilmalar va Qo‘lyozma manba’lardan ma’lum bo‘lishicha o‘sha 
davrda musiQa va musiQashunoslik ham keng rivoj topgan va u matematika 
ilmining tarkibiy Qismi sanalgan. Mazkur davrning buyuk olimi Abu Nasr Farobiy 
musiQaning nazariy asoslari, kuylar, asboblar, musiQa madaniyatining mezonlari, 
atamalari tahliliga bag‘ishlangan «Katta musiQa» kitobining muallifidir. («Kitob al 
3
¥айруллаев М. ¤рта Осиёда илк Уй²ониш даври маданияти.-Т., 1994 й., 71-72 бетлар.
4
Пугаченкова Г. Ремпель П. , История искусства Узбекистана. Т., 1965 г. 121 стр.
5
Культура Среднего Востока, Городостроительная архитектура, Т.,1989 г. 191 стр.


musiQi al Kabir»). o‘rta asr musulmon sharQi musiQa nazariyasiga bag‘ishlangan 
ushbu kitob 2 Qism, 3 kitobdan iborat bo‘lgan. Farobiy «Katta musiQa» dan 
tashQari «MusiQa haQida so‘z», «Ritmlar tartibi haQida kitob», «Ritmga 
Qo‘shimcha Qilinadigan siljishlar haQida» asarlarining ham muallifidir.
6
Uyg‘onish davri madaniyatining buyuk namoyondalari o‘z ijod, izlanishlarida 
bevosita Qadimgi madaniyat merosga tayandilar. Avvalgi ma’ruzada Markaziy 
Osiyo 
xalQlarining 
Qadimgi 
yunonlar, 
rimliklar, 
mesopotamiyaliklar, 
hindistonliklar va xitoyliklarning madaniyati bilan yaQindan tanish bo‘lganligi, bu 
tillarni yaxshi bilganliklarini Qayd etgan edik. Yurtni xarobaga aylantirgan, 
madaniy yodgorliklarni xonavayron Qilgan, ilm ahllarini Quvg‘in etgan (Ibn 
Kutayba) arab bosQiniga Qaramay, Qadimgi boy madaniyat izsiz yo‘Qolmadi. 
Islom butun madaniyatga, tilga, udum-an’analarga ma’lum darajada o‘z ta’sirini 
o‘tkazgan bo‘lsada, uning mohiyati o‘zgarmadi. Bu xalQimizga xos ezgulik, mehr-
shafQat, insonparvarlik, hayr-muruvvat, oQkungillik, bag‘rikenglik, ilmga 
tashnalik, o‘zga xalQlarga ishonch ehtirom fazilatlaridir. Yunon, Hind, Xitoy 
madaniyatini juda yaxshi bilgan Markaziy Osiyoning ilm ahligina o‘zga xalQlarni 
boshQalar madaniyati bilan yaQindan tanishtirishi mumkin edi. Shuning uchun 
ham mashhur matematik al-Xorazmiy hindlarning hisob tizimini, Farobiy 
Yunonistonlik Arastuning falsafiy ta’limotini, Ibn Sino Gippokrat tibbiyotini yangi 
davrda yangi bosQichga ko‘tardi, imom al-Buxoriy islomiy ta’limotni asosladi 
Muhammad Payg‘ambardan keyingi ikkinchi shahsga aylandi. 
Uyg‘onish davrida milliy madaniyatni yuksaltirishga e’tibor davlat siyosati 
darajasiga ko‘tarildi. MustaQillikni Qo‘lga kiritgan Somoniylar shajarasining 
birinchi hukmdorlari milliy madaniy Qadriyatlarni barQaror etmasdan turib to‘la 
davlat mustaQilligiga erishish mumkin emasligini angladilar. Jumladan, ona yurt 
madhi bu davrda shu darajaga ko‘tariladiki, zardo‘shtiylik eslanmay Qoldi. Arab 
yozuvida badiiy ijodni ta’QiQlamagan holda, samoniylar oddiy xalQ anglaydigan 
tilda yozgan mualliflarni to‘la Qo‘llab-Quvvatladilar. Somoniylar nafaQat adabiyot 
ahliga, barcha olimlarga homiylik ko‘rsatib, Sheroz kutubxonasi bilan raQobat 
6
¥айруллаев М., ¤рта Осиёда илк Уй²ониш даври маданияти, Т., 1994 й. 31 бет.


darajasida bo‘lgan ulkan kutubxonani asosladilar. Ulug‘ alloma ibn Sinoning 
hotirlashicha, kutubxona ko‘pxonali bo‘lib, xonalarning birida arab kitoblari, 
she’rlari boshQasiga fikhga oid kitob tahlangan. Shu tartibda har bir xonada 
fanning ma’lum sohasiga doir kitoblar jamlangan. 
Kitob yozishning kuchayishi, hattotlik san’atining, uni bezash, naQshlar bilan 
ko‘rkam Qilish musavvirlik san’atining rivoj topishiga olib kelgan. 
Umuman bu davrda Qo‘lyozmalarni ko‘chirish, tayyorlash, to‘plash madaniy 
hayotning muhim sohasiga aylangan. Ma’lumki, asar faQat Qo‘lda bir 
nushadangina yozilar edi. Bosmaxona esa bir necha asrdan so‘nggina paydo 
bo‘lgan. Yozilgan asarni nushasini ko‘paytirish, boshQalarga yetkazish, undan 
nusha olish zarur edi. Shuning uchun nusxa ko‘chirish, asarni ko‘paytirishga katta 
e’tibor berildi. Asta-sekin maxsus nusha ko‘chirish san’ati va hunari shakllandi, 
shu tufayli bir joyda yozilgan asarlarni boshQa shahar, o‘lkalarida tarQatish 
imkoni vujudga keldi. 
Maxsus nusxa ko‘chirish bilan shug‘ullanuvchilar, husni xat sohiblari paydo 
bo‘lib, ular buyurtma yoki sotish uchun asarlardan nusha ko‘chirish bilan 
shug‘ullanganlar. Kitobdan nusha ko‘chirish, kitob savdosining keng yo‘lga 
Qo‘yilishi hamda ma’rifat ahlini tinimsiz faoliyati tufayli Buxoro, SamarQand, 
Marv, Nishopur, Bag‘dod, DamashQ singari shaharlarda katta kutubxonalar 
vujudga keldi. Bozorlarda kitob rastalari ko‘paydi, kitob savdosi, uni tarQatish 
bilan shug‘ullanuvchilar faoliyati kengaydi. Markaziy Osiyoga Bag‘dod, Misr, 
Eron 
va 
Ispaniyaning 
turli 
shaharlaridan 
Qo‘lyozmalar 
keltirilib, 
yurtdoshlarimizning Qo‘lyozma asarlari boshQa o‘lkalarga olib ketiladigan bo‘ldi
7

7
¥айруллаев М., ¤рта Осиёда илк Уй²ониш даври маданияти, Т.,1994 й., 33 б.



Yüklə 319,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə