Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/273
tarix22.09.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#122817
növüСборник
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
11
277 706 ta oila istiqomat qiladi. Farg‘ona viloyatida eng ko‘p oilalar istiqomat qilayotgan bo‘lsa-da, lekin 
Qashqadaryo viloyati serfarzand oilalari ko‘pligi, xususan, 784 635 ta oilaning 114 959 tasi 4 yoki undan 
ko‘proq farzandlari borligi bilan ajralib turadi. 
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi oldiga 
qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri yurtimizda oilalar mustahkamligini ta’minlash, oila institutining tarixiy 
ildizlarini yuzaga chiqarish, oilaviy qadriyatlarni rivojlantirishdan iborat. Shu ma’noda o‘tgan davr mobaynida 
davlatimiz tomonidan yurtimizdagi oilalar, ayniqsa, katta hayot ostonasiga endi qadam qo‘yayotgan yosh 
oilalar mustahkamligi, ularning jamiyatning bir bo‘lagi sifatida mustaqil shakllanib borishiga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. 
Oilaviy qadriyatlar tarixiy sinovlarga bardosh bergan, xalqimizning milliy manfaatlarini o‘zida 
mujassamlashtirgan, zamonaviy taraqqiyot talablariga to‘la javob bera oladigan, asrlar o‘tgani sayin qadr-
qimmati yanada oshib, sayqallanib boradigan g‘oyalardir. Dunyodagi har bir xalq o‘z qadriyatlariga suyanib 
ularga amal qilib, asrab-avaylab yashar ekan, oilada bunday vazifani ado etishda ayollarning alohida o‘rni 
bor. Zero, oila kishi tafakkuri, ma’naviyati shakllanadigan, uning jamiyatdagi o‘rnini belgilaydigan, xalq 
qadriyatlarini asrab-avaylaydigan tabarruk maskan, muhim ijtimoiy institutdir. Har qanday mamlakat hayotida 
yuz beradigan ijobiy o‘zgarish, demokratik jarayonlar samarasi, ezgu umidlar, avvalo, oilalarda namoyon 
bo‘ladi. 
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy 
muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan 
ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida soha rivojini, xususan, 
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma’naviy-axloqiy 
negizlari va an’anaviy oilaviy qadriyatlarini mustahkamlash bo‘yicha maqsadli ishlarni olib borish asosiy 
vazifalardan biri etib belgilangan. 
Shu munosabat bilan mazkur farmon asosida “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi. 
Shuningdek, oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollarning huquqlari, erkinliklari va 
qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashish maqsadida 9251 ta mahallalarda “Oilaviy qadriyatlarni 
mustahkamlash komissiyasi” tashkil etildi. Komissiyalar tarkibiga 45 810 nafar faollar tarbiyaviy ta’sir 
o‘tkaza oladigan 7 654 nafar psixolog, 7 154 nafar otinoyi va imom-xatiblar, 11 230 nafar nuroniy onaxon va 
otaxonlar, 19 772 nafar jamoatchi faollar jalb qilindi. Farmonning “Yo‘l xaritasi” asosida o‘tkazilgan “Ibratli 
oila” tanlovining mahallalararo, tuman (shahar) hamda viloyat bosqichlarida jami 23 941 ta oila ishtirok etdi.
“Oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va inson hayotida oilaning o‘rnini yanada oshirish” yuzasidan 
nuroniy otaxonlar, onaxonlar va faol xotin-qizlarning O‘zbekiston yoshlariga Murojaati qabul qilindi. Har bir 
mahallada Shanba kuni “Ahil oila kuni” deb e’lon qilindi. Oilada qadriyatlar ustuvorligi ma’naviy-axloqiy 
muhit barqarorligining ta’minlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, keksalarning o‘z tajribalari 
asosidagi pand-nasihatlari, ularning erishgan yutuqlari farzandlar va nabiralarning keng dunyoqarashli, 
irodali va mard jasur bo‘lib yеtishishida, milliy iftixor, milliy g‘urur, ertangi kunga ishonch tuyg‘ularining 
shakllanishida beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Oilaviy ajralishlar bo‘yicha statistika ma’lumotlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2021-yil avgust 
holatiga ko‘ra, Respublika bo‘yicha 25687 ta oilaviy ajralishlar bo‘lib, shundan yosh oilalar o‘rtasida bu 
ko‘rsatkich 7603 tani tashkil etadi. Ushbu oilalardagi voyaga yеtmagan bolalar soni 17426 ta. Yarashtirilgan 
oilalar soni 17466 ta.
Bugungi kunda oilaviy ajralishlarning turli xil sabablari bor, xususan:
– tomonlarning o‘z huquq va burchlarini to‘la anglamasligi;
– oilada moddiy yеtishmovchilik;
– uy-joy bilan bog‘liq muammolar;
– oilaviy munosabatlarga qaynona-qaynota va boshqa qarindoshlarning noo‘rin aralashuvi;
– er yoki xotinning zararli odatlarga (ichkilik, giyohvandlik va h.k.) ruju qo‘ygani;
– oila budjetining to‘g‘ri shakllantirmagani oqibatida paydo bo‘layotgan turli iqtisodiy muammolar;
– migratsiya bilan bog‘liq muammolar;
– farzandsizlik va h.k.



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə