Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/273
tarix22.09.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#122817
növüСборник
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

* * *
jo‘rayev Narzulla,
O‘zDJTU kafedra mudiri,
siyosiy fanlar doktori, professor.
OILA – MILLIY QADRIYATLAR BESHIGI
Annotatsiya. 
Ushbu maqolada oila fenomenining milliy qadriyatlar tizimini shakllantirishdagi o‘rni, 
oilaviy qadriyatlarning ijtimoiy hayot taraqqiyotida, yoshlarni milliy g‘oya, milliy va umuminsoniy axloq 
asosida tarbiyalashda oilaning roli yoritib berilgan. Muallif Sharqda oilaning o‘zi asosiy qadriyat ekanligiga 
e’tibor qaratgan.
Kalit so‘zlar: 
oila, Sharq, milliy qadriyatlar, yoshlar tarbiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyat.
Аннотация: 
В статье освещается роль феномена семьи в формировании системы национальных 
ценностей, роль семьи в формировании семейных ценностей в общественной жизни, воспитании 
молодежи на основе национальных идей, национальной и общечеловеческой морали. Автор отмечает, 
что на Востоке семья является основной ценностью.
Ключевые слова: 
семья, Восток, национальные ценности, воспитание молодежи, национальные 
и общечеловеческие ценности.
Annotation: 
This article highlights the role of the family phenomenon in the formation of the national 
value system, the role of the family in the development of family values in social life, educating young people 
on the basis of national ideas, national and universal morality. The author points out that in the East, the 
family itself is a core value.
Keywords: 
family, East, national values, youth upbringing, national and universal values.
Sharqda azaldan oila ijtimoiy mohiyati bilan o‘ziga xos qadriyat hisoblanadi. U avlodlar davomiyligining
shajaralar uzviyligining o‘ziga xos ko‘rinishidir. Ayni paytda erkak va ayolning birgalikdagi hayotiy taqdiri, 
saodatli turmushi, hayot farog‘ati va orzu-umidlarning mo‘tabar maskani hamdir. Ana shu maskan qanchalik 
mehrli, muhabbatli, ezguliklarga yondosh, yaxshiliklar, muruvvat va saxovatlarga asoslansa, u sog‘lom va 
mustahkam oila muhitini vujudga keltiradi. Bu muhit o‘zining ma’naviy-axloqiy yеtukligi bilan erkak va 
ayolning o‘zaro munosabatlaridagi holatdan kelib chiqib, oilani muqaddas maskanga – avlodlar va sulolalar 
qo‘rg‘oniga aylantiradi. 
Albatta, ikki yoshning qovushishidan iborat holat bu hali to‘laqonli oila emas. Muhabbatli hayotning, 
birgalikdagi turmushning dastlabki ko‘rinishi, xolos. Farzand tug‘ilgach tom ma’nodagi oila vujudga keladi. 
Farzand – oilaning mustahkam tayanchi. Uning butun og‘irligi-yu zavqli tomonlarini uyg‘unlashtirib 
turadigan, ota-onani kelajakka qat’iy ishonch bilan qarashga da’vat etadigan qudratli kuchdir. 



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə