Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/273
tarix22.09.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#122817
növüСборник
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
18
Bola kichkinaligida torg
ina makonning zavqi, ota-onaning kelajagi, saodatli hayotining mahsuligina, 
xolos. U yura boshlab, ostona hatlab ko‘chaga chiqqanidan keyin ijtmoiylasha boshlaydi. Bolalarga qo‘shilib, 
ulkan jamiyatning kichik a’zosi bo‘lib qoladi. Ana shunda oilaning tarbiyaviy roli, ma’naviy-axloqiy roli 
oshadi. 
Sharq turmush tarzi, asosan, axloqqa tayanganligi va yuksak ma’naviy ehtiyojlarni qadriyat darajasida 
ko‘targanligi bilan alohida ajralib turadi. Oila mas’uliyati, uning ijtimoiy mohiyati xuddi ana shu bilan 
belgilanadi. Oila katta bo‘ladimi, kichik bo‘ladimi, baribir, u sonidan qat’i nazar mustaqil ijtimoiy makon 
sifatida o‘z muhitiga, iqlimiga, ma’naviy, axloqiy ob-havosiga ega. Har bir oilaning o‘z aqidalari, turmush 
tarzi, hayotiy ehtiyojlari mavjud. Ana shu ehtiyojlar va aqidalar turmush tarzidagi an’analar, urf-odatlar va 
qadriyatlarni qay darajada qabul qilgani va uning asosida o‘z hayotini qurganligini ko‘rsatadi. 
Farzand – oila tayanchi. Demak, farzand sog‘lom, durkun, jismoniy biologik jihatdan benuqson tug‘ilishi 
zarur. Ota-ona bunga intilishi shart. Zotan, oilaning fayzi, tarovati, zavqli va mehr-muhabbatli jihatlari ayni 
ana shu bilan o‘lchanadi.
Atoqli adib Chingiz Aytmatovning xulosalariga ko‘ra, ikki haftalik embrion tashqi muhitni his qilar ekan. 
Hali odam shakliga kirmagan hujayra oila muhiti, hayot murakkabliklari, ziddiyatga to‘la olam, ayniqsa, 
inson degan nodir, shu bilan birga, ayanchli jonzot taqdiri, hayoti haqida fikr yuritar ekan. Ayrim holatlarda 
o‘n besh kunlik murtak odam bo‘lib tug‘ilsammikan yoki tug‘ilmasammikan, degan fikrga borar ekan. Bu – 
dramatizm. Bu – inson degan mubham olamning fojiaviy qismati. Oila esa ana shu dardli qismatni ezgulikka 
yo‘naltiruvchi mo‘jizaviy makon.
Darhaqiqat, inson hayoti hech qachon tugal bo‘lmagan, bo‘lmaydi ham. Shuning uchun donishmandlar 
bu dunyoni biri kam deb atashgan. Lekin ana shu biri kam, hech qachon tugal bo‘lmaydigan, muammolarga, 
kelishmovchiliklarga, iztiroblarga to‘la bu dunyoda hayotini mazmunli o‘tkazishga, o‘tayotgan kunidan rozi 
bo‘lib, hayot zavqi, shavqi va mehr-muhabbatli jihatlarini chuqur his qilgan oila baxtli oila hisoblanadi. Ana 
shu holatning butun mohiyati, ko‘lami va mazmunini anglashning o‘zi kishini saodatga eltguvchi buyuk 
qudrat, ma’rifiy kuch, ma’naviy rag‘batdir.
Azaldan Sharqda oila, ota-ona tushunchalari muhim qadriyatga aylangan. Ota – padari buzrukvor. 
Ona – volidayi muhtarama. Bunday sifatlar faqat ulargagina munosib. Ularning oiladagi, butun jamiyatdagi 
mavqeyini belgilaydi. Ota-onaning o‘zaro munosabatlari oila muhitini shakllantiradi. Darhaqiqat, har bir oila 
alohida ma’naviy, ruhiy makon. Bu makondagi ob-havo, kayfiyat ota-onaning munosabatidan kelib chiqadi. 
Farzand dunyoga kelib, ayni ana shu muhitda rivojlanadi, kamol topadi. Shakllangan tarbiya muhitidan 
oziqlanadi, havosidan nafas oladi. 
Insonning dunyoga kelib, odam bo‘lib shakllanishida ota-onaning roli oila muhiti bilan bog‘lanib 
ketgan murakkab psixologik va tarbiyaviy jarayon. Afsuski, biz ba’zan bunga e’tibor bermaymiz. Ota, 
asosan, moddiyat bilan shug‘ullanadi. Topganini uyiga tashiydi, bolalarining rizqi butun bo‘lsin, deb еladi-
yuguradi, xolos. Ona esa bolasini yuvib-tarab oziqlantiradi. Afsuski, bu kamlik qiladi. Bunday holatda ota 
ham, ona ham faqat yuzaki, yashash uchun zarur bo‘lgan vazifani bajargan bo‘ladi. Mehr, qalb qo‘ri, yurak 
harorati, fikrlash imkoniyatlariga kamroq e’tibor beriladi. Aslida esa tarbiya ana shundan boshlanadi. Qalb 
uyg‘onmog‘i lozim, ruhiyat uyg‘oq bo‘lmog‘i shart.
Rivoyatlarga ko‘ra, bir odam farzandi uch yoshlik bo‘lganda Aflotunning oldiga boradi: “Taqsir, 
farzandim uch yoshga to‘ldi, endi uni qanday tarbiyalasam ekan, maslahat bersangiz”, – deydi. Aflotun 
esa “Afsus, farzandingiz tarbiyasiga uch yil kechikibsiz”, – deb javob beradi. Demak, donishmandlarning 
xulosalariga ko‘ra, farzand dunyoga kelgan kundan boshlab tarbiyaga ehtiyoj sezadi. Boshqacha qilib 
aytganda, farzand tarbiyasi u dunyoga kelgan kundan boshlanadi. Ota-ona buni juda chuqur tushunishi, 
anglab olmog‘i lozim. Balki, tug‘ilmasidan oldin, ona qornidanoq tarbiya bilan shug‘ullanmoq kerakdir. 
Shuning uchundir, ayrim mutaxassislar homilador onaga ko‘proq mayin, sokin musiqa tinglashni, shovqin-
suronlardan, baqir-chaqirlardan uzoqroq bo‘lishni tavsiya etadilar.
Pedagoglarning xulosalariga ko‘ra, bolaga to‘rt-sakkiz yoshlarida ko‘pdan ko‘p ijobiy ma’lumotlar 
berish kerak. Aytaylik, oila, ota-ona, qarindosh-urug‘, Vatan, tarixiy qahramonlar, ulug‘ donishmandlar
shoirlar, sarkardalar haqidagi latifalarni, voqealar va hodisalarni tushuntirib borish kerak. Toki bolaning 
murg‘ak qalbida ezgulikka, yaxshilikka moyillik hislari kuchayib, uning fe’l-atvorini, xarakter xususiyatlarini 
shakllantirsin. Bolaning to‘rt-sakkiz yoshlarida to‘plagan ma’lumotlar bazasi qandayligidan kelib chiqib 



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə