Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/273
tarix22.09.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#122817
növüСборник
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
19
uning bir umrlik hayot yo‘lini, inson sifatidagi fazilat-u nuqsonlarini belgilab berar ekan. Demak, ota-ona 
farzand tarbiyasi uchun mas’ul, to‘la javobgar shaxs. 
Ota-onaning farzandlari oldidagi asosiy vazifasi ularni katta hayotga, serg‘alva, tashvishli olamda 
yashashga tayyorlash hisoblanadi. Bolaning tabiiy imkoniyatlari, qobiliyati, ma’naviy-ruhiy ehtiyojlaridan 
kelib chiqib ma’lum bir sohaga yo‘naltirish, uning qiziqishini hisobga olib kasb tanlashiga yordam berish, 
avvalambor, oiladan boshlanadi. Bu ota-onaning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Maktab yoshida esa 
oila va maktab, ota-ona va ustoz hamkorligi muammosi kelib chiqadi. Bunda ham, albatta, ota-onaning roli 
hamisha baland bo‘ladi. Chunki oila muhiti, oila psixologiyasi ota-ona munosabatlarining mahsuli sifatida 
murg‘akkina bolaning odamga aylanish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Buning ilmiy-genetik asoslari, 
irsiy ildizlari ham bor.
Inson – fazilatlar va illatlar olami. Dunyoda mutlaq ideal odam bo‘lmagan, bo‘lmaydi ham. Faqat ideal 
bo‘lishga, komil insonga aylanishga intilish har bir insonning ham ilohiy, ham dunyoviy burchi hisoblanadi. 
Inson yuz yil yashasa, yuz yil tarbiyaga ehtiyoj sezadi. Demak, hammamizning jismimizda illatlar-u 
fazilatlar jamuljam. Qonimizda yuzlab bag‘rikenglik, shafqatlilik, mehrlilik, muruvvatlilik, sadoqat singari 
fazilatlar bilan birga sotqinlik, munofiqlik, hasad, ko‘rolmaslik, g‘ayirlik singari illatlar ham parallel ravishda 
yashaydi. Faqat kimlardadir fazilatlar, kimlardadir illatlar ko‘proq.
Inson tabiatan manfaatlar olami. U hamma narsa o‘ziniki bo‘lishini, unga qanchalik erkinlik bersangiz, 
undan ham ko‘proq erkinlikni istaydigan, qanchalik farovonlik sharoitini yaratsangiz, undan ham farovonroq 
yashashga intiladigan olam. Uning ehtiyojlarini hech qachon qondirib bo‘lmaydi. Inson ehtiyojlari hayot 
ne’matlaridan ko‘ra ko‘proq va kengroq. Ana shunday kayfiyatda xudbinlik, manfaatparastlik illatlari 
kuchayib boradi. Natijada “gunoh”, deb ataladigan tavqi la’natga munosib yo‘lga kiriladi. 
Ulug‘ bobokalonimiz Forobiyning xulosalariga ko‘ra, qonunlari barkamol bo‘lmagan jamiyatda 
axloqsizlik kuchayadi. Axloqsizlik esa jamiyatni parokandalikka olib keladi. Buyuk nemis faylasufi Osvald 
Shpengler: “Qayerda madaniyat yo‘qolsa, o‘sha yеrda zoologiya kuchayadi”, – deydi. Demak, madaniyat, 
ma’naviyat, axloq yo‘qolsa, odamdagi insoniy instinktlar so‘nib boradi. Aksincha, hayvoniy instinktlar 
kuchayadi. Inson odam shaklidagi maxluqqa aylanadi. Ma’naviyatga ehtiyoj unutiladi. Bu esa oxir-oqibatda 
jamiyatni abgor qiladi. 
Keyingi yillarda ma’naviyatga, ma’rifatga, inson tarbiyasiga e’tibor tobora oshib bormoqda. Demak, 
bunga ehtiyoj bor. Odamning insonga, insonning shaxsga aylanish jarayonlarining samaradorligini oshirish 
zaruratga aylanmoqda. Bunday zarurat va ehtiyojni ijtimoiy fanlar qondirishi mumkin. Afsuski, oliy ta’lim 
tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar keskin qisqartirib yuborildi. O‘zining tor mutaxassisligi doirasida 
yashaydigan va bu biqiq qobiqdan tashqaridagi keng olamni, uning rang-barangligini, jozibasini, hayotiy 
ehtiyojini anglamay yashaydigan kadrlar yuzaga kelmoqda. Haqli savol tug‘iladi: zamonaviy, oliy universitet 
ta’limini olgan agronom yoki muhandis adabiyotni bilmasa, she’r o‘qimasa, Navoiyni tushunmasa, uni 
to‘laqonli inson deb atash mumkinmi? Yuqori malakali tibbiyot xodimi falsafiy fikrlashni bilmasa, mantiqiy 
xulosa chiqarishni eplolmasa, uni zamonaviy sivilizatsiya talablariga mos kadr deb atash mumkinmi? Bunday 
odamning oilaviy muhiti qanday bo‘ladi? Murg‘ak bolalar tor tushunchalar asosida shakllanib, mexanik 
yashaydigan robotlarga aylanmaydimi? Bu kasbiy bilim, professional mahoratgina insonni to‘laqonli shaxsga 
aylantiradi, degan fikr qanchalik noto‘g‘riligini ko‘rsatmaydimi?
Masalaning ikkinchi tomoni bor. Inson – qalb va ruhiyat olami. Odam o‘zini jamiyatda to‘laqonli 
namoyon etishi uchun faqat iste’dodning o‘zi kamlik qiladi. U iste’dod bilan birga yuksak ma’naviyatga, 
yеtuk axloqiy asoslarga ega bo‘lmog‘i lozim. Unga falsafiy tafakkur, mantiqiy tahlil, jozibador va go‘zal 
ifoda, yеtarli darajadagi so‘z boyligi kerak bo‘ladi. Bular esa qalbni tarbiyalaydi. Qalbning buyukligi, pokligi, 
tozaligi ruh tozaligiga olib keladi. Ruh qalbdan oziq oladi. Ruhni esa aql boshqaradi. Ana shu formulaning 
yеchimi – komil inson degan qadriyatga olib keladi. Bizning qalbimiz so‘qirlashib bormoqda, ruhiyatimiz 
ozurda, shikasta, nimjon, aqlimiz esa zaif, noshud, notavon. “Gunoh” degan tavqi la’nat ochko‘z qurt kabi 
qalbimizni, jism-u jonimizni kemirmoqda. Bu ketishda manqurtlar, fikrlamaydigan, belgilangan dastur 
asosida yashaydigan robotlar jamiyatini yaratamiz.
Demak, biz yangilanishlar jarayonida yangi O‘zbekistonning yangi barkamol qiyofadagi fuqarolarini 
tarbiyalashimiz, shakllantirishimiz uchun qalb tarbiyasiga, ruhiyat tarbiyasiga jiddiy e’tibor bermog‘imiz 



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə