Bolaning rivojlanish xaritasi



Yüklə 3,48 Kb.
tarix05.10.2023
ölçüsü3,48 Kb.
#125803
Bolaning rivojlanish xaritasi-fayllar.org


Bolaning rivojlanish xaritasi

BOLANING RIVOJLANISH XARITASI


Bolaning rivojlanish xaritasi
Bolaning ismi: _____________
Tug’ilgan sanasi: ______________
Bolalar boxchasiga kelgan sanasi: _____________
Kuzatuv boshlangan sana: _______________
Kuzatuv boshlangan vaqtdagi yoshi: ___________
Kuzatuvlar tugagan sana ______________
3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi
Bolaning rivojlanish xaritasini to‘ldirish uchun kuzatuv uchta davrni o‘z ichiga oladi: birlamchi(o‘quv yilining boshida), oraliq va yakuniy.
Birlamchi kuzatuv o‘quv yilining boshi (sentabr oyi) da amalga oshiriladi. Ushbu bosqichda har bir bolaning boshlang‘ich imkoniyatlari aniqlanadi, uning shu davrdagi yutuqlari belgilanadi.
Tarbiyachi ta’limning rivojlanish sohalaridagi muammalarga e’tiborni qaratadi, qanday sifatlarni qo‘llab-quvvatlash talab qilinishi, har bir bola uchun qanday vazifalar dolzarbligini aniqlaydi. Bundan tashqari, u bola rivojlanishi xaritasini muayan davr davomida bolaning yoshini hisobga olgan holda to‘ldiradi.
Oraliq kuzatuv yilning birinchi yarimi oxiri (dekabr, yanvar)da o‘tkaziladi. Ushbu kuzatishning maqsadi bolalar uchun tanlangan metodikaning to‘g‘riligini belgilash va rivojlanish dinamikasini aniqlashdan iboratdir. Ushbu kuzatuv natijalariga ko‘ra, tarbiyachi boshqa mutaxassislar bilan birgalikda pedagogik jarayonga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
O‘quv yilining oxirida (odatda may oyida) tarbiyachi yakuniy kuzatishni olib boradi. Ushbu kuzatish asosida vazifalar qanchalik bajarilganligi, bolaning rivojlanishida kutilagan natijalarni hisobga olgan holda undan keyingi pedagogik jarayonning maqsadlari belgilanib olinadi.
Kuzatuvlar quyidagi tamoyillarga asoslangan bo‘lishi kerak:
  • kuzatuv bolalar uchun odatiy sharoitda amalga oshiriladi va bolaga yordam berishga qaratilgan;



  • kuzatuv kamida ikki hafta (yoki bir oy ichida) bolaning rivoji haqida ob’ektiv tasavvurga ega bo‘lish uchun o‘tkaziladi; 

  • tarbiyachi bola to‘g‘risidagi ma’lumotni ota-onalar va MTMning boshqa xodimlar bilan suhbatlashib olishi mumkin

  • tarbiyachi bolaning qiziqishi, moyilligi, muloqat va bilish jarayonidagi o‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor qaratishi lozim. 

Tarbiyachi bolaning rivojlanish xaritasini yilida kamida 3 marotaba to‘ldiradi, erishilgan natijalarni (✔) belgisi bilan belgilaydi. Kuzatuv barcha rivojlanish sohalari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Ushbu kuzatuv asosida (tarbiyachi) pedagog-psixolog, logoped, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi va boshqalar bilan hamkorlikda bolaning yutuqlarini yoritib beradi, ta’lim sohalarini o‘zlashtirishdagi zaif tomonlarini aniqlaydi.
Shunga mufoviq ta’lim jarayoniga tuzatishlar kiritiladi, shuningdek, yakka tartibda ishlash rejalashtiriladi va tarbiyachining kundalik ish daftarida aks ettirilgan vazifalar amalga oshiriladi.

Shu karta bo‘yicha o‘quv yili oxirida (odatda may oyida) shu xarita asosida yakuniy kuzatuv olib boriladi.


http://fayllar.org
Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə