Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/273
tarix22.09.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#122817
növüСборник
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
16
o‘rtasidagi nikoh, ajrimlar, oilada nizo, ziddiyat, zo‘ravonlik va tazyiqlarning sabablari va zararli oqibatlari, 
farzand tarbiyasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari, еtimlik, shar’iy nikoh kabilarning salbiy oqibatlari va 
boshqalar. 
Demak, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi shaxsning insoniyat tomonidan qabul qilingan 
umuminsoniy va milliy axloq-odob qoidalarini zamonaviy ma’naviy mezonlar bilan uyg‘un holda kundalik 
hayotda, amaliy faoliyatda yaxlit tarzda o‘z xatti-harakati, xulq-atvori orqali ongli ravishda namoyon etish 
demakdir. 
Mazkur mezonlar ma’naviy muhiti sog‘lom yoki nosog‘lom; tinch yoki notinch; to‘liq yoki noto‘liq; 
ehtiyojmand; kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan; turli millatli, diniy e’tiqodli, ijtimoiy mavqega 
ega; ziyoli, ishchi-tadbirkorlar va boshqa toifa oilalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 
takomillashtiriladi. Albatta, bu o‘rinda ota-onalar, mahalla fuqarolar yig‘inlari mutasaddilar va boshqa 
mutasaddilarning tashkilotchilik kompetentligi muhim rol o‘ynaydi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda hamkorlikda oilalarda tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy 
ishlarni yakka, guruhli, jamoaviy, ommaviy shaklda tashkil etish, yoshlar, ota-ona, tarbiyachi-o‘qituvchi, 
jamoatchilikning ijtimoiy ehtiyoji, talablari, ta’lim muassasasi xarakteri, mintaqa hamda hududning ma’naviy-
madaniy manfaatlari, geografik joylashuvi hamda demografik vaziyatni inobatga olish muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Xulosa. Shunday qilib, zamonaviy oila va uning ma’naviy-axloqiy asoslarini takomillashtirishda 
innovatsion tarbiya texnologiyalardan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, multimedia 
resurslari, o‘quv va badiiy adabiyotlar, elektron axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, maxsus teleradio 
ruknlari va reportajlar, ijtimoiy loyihalar, ilmiy-ommabop, badiiy va multiplikatsiyaviy va hujjatli filmlar, 
elektron ta’lim resurslari, maxsus interaktiv veb loyihalar, audiovizual va boshqa vositalardan foydalanish 
o‘zining samarasini berishi muqarrar.
Zamonaviy oilani shakllantirish samaradorligini ta’minlashda foydalaniladigan tarbiya metodlarining 
rang-barangligi muhim rol o‘ynaydi. Olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning maqsadi, mazmuni, 
tematikasi va xarakteriga ko‘ra savol-javob, kichik guruhlarda ishlash, hikoya, davra suhbati, munozara, 
klaster, aqliy hujum va boshqa metodlardan foydalanish ijobiy samaralar beradi. 
Jumladan, jamoatchilik fikrini o‘rganish, ta’lim-tarbiya natijalarini monitoring qilish, uning mazmunini 
takomillashtirish, ishning shakl va metodlarini to‘g‘ri tanlashda muhim rol o‘ynaydi. Buni o‘rganishning 
metodologik asosini aniqlash; mazmunini va tamoyillarini belgilash; samarali metodlarni tanlash; tahlil etish, 
xulosa chiqarish, tavsiyalar berish yo‘llarini aniq belgilab olmoq lozim.
Zamonaviy oilani rivojlantirish, oilada ichki munosabatlar, shaxslararo munosabatlarni, boy madaniy 
tarixiy meros va an’anaviy oilaviy qadriyatlar muammolari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion 
tadqiqotlarni o‘tkazish, ularning ma’naviy-axloqiy asoslarini mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga 
tayyorlash kabi ustuvor masalalar bo‘yicha muhim natijalarga erishiladi.

Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə