Referat mavzu: sharqiy mamlakatlarda oila va oila tarbiyasi munosabatlari bajardi: Xabibulloyeva. Y



Yüklə 22,16 Kb.
tarix16.04.2023
ölçüsü22,16 Kb.
#105888
növüReferat
Sharqiy mamlakatlarda oila tarbiyasi


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

REFERAT


MAVZU:SHARQIY MAMLAKATLARDA OILA VA OILA TARBIYASI MUNOSABATLARI


Bajardi: Xabibulloyeva.Y
Tekshirdi: Avezova.M

Urganch 2023

Reja:

  • 1. Sharqiy mamlakatlarda bolalar tarbiyasi qanday amalga oshirilishi haqida.

  • 2. Yaponiya tarbiyasi.

  • 3. Amerika qo’shma shtatlari tarbiyasi.

  • 4. Yevropa mamlakatlari.


Bolaning tarbiyasi juda ham nozik va jiddiy masala bo'lib, kelajakda ularning qanday odam bo'lib etishishi mamlakatning bevosita iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va ma'naviy rivojini belgilab beradi. Shunday ekan, har bir xalq o'z kelajagini o'ylab farzandlari tarbiyasida o'ziga xos tarbiya usullarini ishlab chiqqan.

Amerika Qo'shma Shtatlaridagi erkinlik bola tarbiyasida ham o'z aksini topgan. Onalar farzandlarining har soniyalik qiziqishlari va injiqliklarini qondirishga tayyordirlar. Aksariyat bolalar 4-5 yoshlarida o'yinchoqlarning barxa turi bilan tanishishadi, ko'pincha amerikalik oilalarning garaj va omborxonalari bir marotaba o'ynalgan o'yinchoqlar bilan to'lib-toshadi. Ikkinchi tomondan, go'dakligidanoq amerikalik bolakaylar «Sen eng chiroylisan, eng yaxshisan, eng aqllisan, eng qobiliyatlisan», degan so'zlarni har kuni eshitgan holda o'sishadi. Maqsad – mustaqil insonni tarbiyalash! Agarda bola xato qilsa, uni urushmay: «Yana bir marotaba harakat qilib ko'r! Sen, albatta, buni uddalaysan! Chunki sen zo'rsan!» deya qo'llab-quvvatlanadi. Albatta, bunday yondashuv kelgusida o'zining mevasini beradi.

Yaponiya – kun chiqar mamlakat aholisi farzandlarining tarbiyasiga o'ta jiddiy qarashadi. Bu erda har bir yoshga nisbatan ma'lum bir munosabatda bo'linadi va ayri tarbiya usullari qo'llaniladi. Mashhur yapon ruhshunosi Masara Ibukining fikriga ko'ra, bolaga asosiy tarbiyani 3 yoshgacha berish lozim. Aynan 3 yoshga qadar farzandingizdagi yashirin iqtidorni yuzaga chiqarish mumkin. Yaponiyaliklar 5 yoshgacha bo'lgan kichkintoyga qiroldek muomala qilishadi. Ular istaganlaricha o'ynashlari, miyasiga kelgan ishni qilishlari mumkin. Hattoki bolalar bog'chalarida bolakaylar flomaster bilan devorga to'ygunlaricha chizishlari uchun maxsus xonalar mavjud. Ota-onalar o'z farzandlarini o'yinchoqlar va ortiqcha kiyim-kechak bilan siylashmaydi. Ular ko'pincha akalari va opalaridan qolgan kiyimlarni kiyishadi. Sayrga chiqqanda esa o'yinchoqlar olib chiqilmaydi. Bolalarda atrof-muhitga bo'lgan mehrni shakllantirish maqsadida tabiat in'omlari bilan rivojlantiruvchi o'yinlar o'ynashga harakat qilinadi. Agarda ona o'z farzandining xatti-harakatidan norozi bo'lsa, chetga olib chiqib, past ovozda unga o'zini qanday tutish kerakligini tushuntiradi. 5 yoshdan 15 yoshga qadar kichik yaponiyaliklarni tartib-intizomga va kattalar gapini ikki qilmaslikka o'rgatishadi. Tarbiyaga bunday yondashuv asrdan asrga o'tib kelayotgani va Yaponiya jamiyatining ajralmas bo'lagi bo'lganligi bois bolalar buni me'yordagi holat sifatida qabul qilishadi. Maktabning o'quv dasturiga esa, albatta, kuzatuv darslari kiritilgan. Unda o'quvchilar tabiat qo'yniga chiqib, tirik tabiatni kuzatish, his etish, eshitish, asrashni o'rganishadi. Bu o'z navbatida fuqarolarni yoshligidanoq Yaponiya tabiatini asrab-avaylashga o'rgatadi. 15 yoshdan so'ng esa o'smirlarga teng huquqli fuqaro sifatida qaraladi. Maktabda har bir boshlang'ich sinf o'quvchisini yuqori sinf o'quvchilari otaliqqa olishadi. Kichik sinf o'quvchilarining tushligi sinfga olib kelib beriladi, ularning muammolarini «Ota-ona qo'mitasi» hal qiladi. O'rta maktabda o'quvchilarga nisbatan qo'yiladigan talablar kuchayadi. Bolalar ertalabki darslarni madhiya aytishdan boshlashadi. Yildan yilga o'tiladigan fanlar soni ko'payib boradi. Maktabda ota-onalar yig'ilishi qilinmaydi. O'qituvchi har bir ota-ona bilan muloqot vaqtini belgilaydi va mazkur uchrashuv 15 daqiqadan oshmaydi. Yana bir jihat. Mamlakatda onalarning bola tarbiyasidan ajralmagan holda qo'shimcha bilim olishiga katta e'tibor beriladi. Maqsad ular tarbiyasida bo'lgan farzandlarining kelgusida har jihatdan komil inson bo'lib etishishlaridir. Aytish joizki, Yaponiya bugungi kunda yoshlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatchilikning kamligi va insonlarning hayot farovonligining yuqoriligi bilan dunyoda etakchidir. Albatta, bunda tarbiyaning roli juda ham kattadir.

Shvetsiyada bolalarga shakllangan shaxs sifatida qarashadi. Ularning ham o'z huquqlari va majburiyatlari bor. Shuningdek, shvedlardagi bag'rikenglik, o'zgaga, uning qarashlariga, madaniyati, dini, irqiga nisbatan hurmatda va sabrli bo'lish, agarda insonning biror-bir jismoniy yoki ruhiy kamchiligi bo'lsa, unga tengqur sifatida qarash bolalikdanoq yosh avlod ongiga singdiriladi. 8-sinfdan boshlab o'quvchilarga «Bolalar haqida» degan fan o'tiladi. Ular oila qurish, homiladorlik, undan saqlanish yo'llari, jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklar, bola tarbiyasi va balog'at yoshida o'smirlar bilishi zarur bo'lgan barcha ma'lumotlarga ega bo'ladilar. «Save the children» deb ataluvchi Amerikadagi tashkilot har yili dunyo mamlakatlarining qaysi birida onalar va bolalar yaxshi yashashlarining ro'yxatidan iborat Mothers Index (Onalar indeksi)ni tuzib chiqadi. Unda Shvetsiya deyarli har yili birinchi o'rinni egallaydi. Chaqaloq dunyoga kelgach, yosh shved onalar davlat tomonidan har tomonlama qo'llab-quvvatlanadi. Homiladorlik davrida ayollar bepul tibbiy yordam va maslahat olsalar, farzand tug'ilgach, albatta, onaga bolaga qarashni o'rgatuvchi hamshira biriktiriladi. Bundan tashqari, mahalliy hokimiyat onalar uchun bola tarbiyasi, parvarishi bilan bog'liq xilma-xil tekin kurslar tavsiya etadi. O'tgan asrning 70-yillarida Shvetsiya birinchilardan bo'lib farzandiga qo'l ko'targan ota-onalarni jazolay boshladi. Bog'chadanoq bolalar o'z huquqlarini biladilar. Mazkur usul «stressiz tarbiya» deb ataladi. Ammo shvedlar bola tarbiyasida ma'lum chegaralanish bo'lishi lozim, deb hisoblashadi. Bolani faol, o'z fikrini bildiradigan, mustaqil, oldiga qo'ygan maqsadiga erishadigan inson sifatida tarbiyalashga harakat qilinadi. Ota-onaning farzandiga qo'l ko'tarishi, baqirishi, bir narsa so'rasa, unga tushuntirmasligi, «Yo'q, dedimmi, yo'q!» iborasining ishlatilishi ularning tarbiyasizligi va qonun oldida javob berishi lozimligini bildiradi. Ijtimoiy xizmat xodimlari muntazam ravishda hududdagi ota-onalarning farzandlariga nisbatan xatti-harakatidan boxabar bo'lib turishadi. Agarda sal nojo'ya harakat qilinayotganini sezib qolishsa, sud orqali bola ota-onadan tortib olinadi. Davlat bunday bolalarning farovonligi uchun juda ham ko'p pul ajratadi, sudlar esa faqatgina bola manfaatidan kelib chiqqan holda ish ko'radi. Bu narsa so'nggi yillarda bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilar sonining keskin ko'payishiga sabab bo'lmoqda

Finlyandiya dunyodagi eng bolajon mamlakat, desak, yanglishmagan bo'lamiz. Unda jismoniy imkoniyati chegaralangan bolalar oddiy bog'cha va maktablarga borishadi. Bu erda nogiron va sog'lom bolaga ajratish qabul qilinmagan. O'yin bolani rivojlantiruvchi asosiy vositadir. Ota-onalar ham bunga katta e'tibor berishadi. Shuning uchun ham barcha ta'lim muassasalari hamda jamoat joylari o'yingohlar va maydonchalar, bolani ovqatlantirish uchun maxsus xonalar, kafelarda maxsus bolalar uchun taomnomalar, jamoat transporti esa bolalar o'rindiqlari bilan jihozlangan.

Fin jamiyatida jinslar tengligiga qat'iy amal qilinadi. Ota va ona farzandiga birday mas'uldir. 18 yoshga qadar bolaning alkogol ichimliklar iste'mol qilishi yoki tamaki mahsulotlarini chekishi ta'qiqlanadi, shunga qaramay, ular jamiyatning to'laqonli a'zosi hisoblanadi va o'z hayotlariga doir qarorlarni o'zlari qabul qilish huquqiga egadirlar. Balog'at yoshiga etgach, farzand uyini tark etadi va o'zining oilasini qurmagunicha ota-onasidan alohida yashaydi. Ota-onalarning o'z farzandlariga nisbatan munosabati jarayonidan doimo ijtimoiy xizmat xodimlari xabardor bo'lib turishadi. Biror ishkal chiqsa yoki qo'shnilar farzandga nisbatan nohaqlik bo'layotgani haqida arz qilsa, ota-onalar javobgarlikka tortiladi.

Frantsiyada bolalarni chaqaloqlik davridanoq bolalar bog'chasiga berish odatiy holdir. Birinchidan, bu frantsuz ayollariga ishlash imkoniyatini bersa, ikkinchidan, ular go'dakligidanoq jamoaga moslashadi va mustaqil bo'lib o'sadilar. 6 yoshidanoq frantsuz bolakay o'zi mustaqil maktabga boradi, do'kondan narsa xarid qiladi, uyda yolg'iz qoladi. Shunga qaramay, frantsuzlar 30-35 yoshgacha ota-ona uyida yashashlari va o'z oilasiga ega bo'lishga shoshilmasliklari mumkin. Onalar o'z farzandlariga ovozlarini ko'tarib urishishsa-da, hech qachon urmaydilar. Jamiyat qator qonunlar orqali bola huquqlarini himoya qiladi. Ota-onalar va vasiy shaxslar birinchi galda bolalarning rivoji hamda sog'ligi uchun mas'uldirlar.

Italiyada bolalarning tarbiyasi bilan ota-onadan tashqari bobo va buvilari, xola, amma, tog'ayu amakilari ham shug'ullanishadi. Kichkintoy katta oilada o'sadi va odatda bog'chaga bormaydi. Italiyada bolalarning barcha injiqliklarini ko'tarishadi, doimo sovg'alar berishadi va deyarli jazolashmaydi. Ba'zida italiyalik ona bolasiga jahli chiqib baqirsa-da, ammo darhol uni o'pib, quchoqlab, yupatishga tushadi. Italiyada bola bog'chaga uch yoshdan boshlab qatnaydi. Bu erda unga o'qish va yozishni o'rgatib, maktabga tayyorlashadi, jamoaga moslashishni o'rgatishadi. Doimiy ravishda jamoaviy o'yinlar, spektakllar qo'yiladi, haftada ikki marotaba birorta xorijiy til o'rgatiladi.

Angliyada bolalar bosqichma-bosqich tarbiyalanishadi. Chunki bu erda kech turmushga chiqish yoki uylanish odatiy hol. Ko'pincha inglizlar 35-40 yoshlarida ota-onalik baxtiga erishishadi. Shuning uchun ham farzand tarbiyasiga juda katta va jiddiy e'tibor berishadi. 2-3 yoshidan boshlab unga dasturxon atrofida o'zini tutishni, tevarakdagi odamlar bilan muomalada bo'lishni, o'z hissiyotlarini yashirishni o'rgatishadi. Angliya shaharlarining ko'chalarida bolasini erkalayotgan ota-onani kamdan-kam uchratish mumkin
Yüklə 22,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə