Mavzu: O’quvchilarda mustaqil kitobxonlikni shakllantirish



Yüklə 75,58 Kb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü75,58 Kb.
#144330
  1   2   3
O’QUVCHILARDA MUSTAQIL KITOBXONLIKNI SHAKLLANTIRISH

Mavzu: O’QUVCHILARDA MUSTAQIL KITOBXONLIKNI SHAKLLANTIRISH UCHUN TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR RO’YXATINI TUZISH.

Mustaqil kitobxonlikni shakllantirishga rahbarlik qilish shakllari

  • Mustaqil kitobxonlikni shakllantirishga rahbarlikning asosiy shakli maxsus sinfdan tashqari
  • o‘qish darslaridir. Bunday darslar erkin dars hisoblanadi. Mustaqil kitobxonlikni shakllantirish
  • darslarida o‘quvchilarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim doirasi, estetik taassuroti, badiiy
  • obrazlarni idrok etishi, ijodiy qobiliyati rivojlanadi; faol kitobxonga xos ko‘nikma va malakalar
  • shakllanadi.
  • Sinfdan tashqari o‘qish darslari o‘quvchilarning faolligini oshirishga qaratiladi, shuning
  • uchun ularning qurilishi juda xilma-xil bo‘ladi. Har bir dars o‘qituvchi va o‘quvchining ijodi
  • hisoblanadi; darsda qanchalik xilma-xillikka, hayotiylikka erishilsa, maqsadga erishish oson
  • kechadi.

Shularga qaramay, Mustaqil kitobxonlikni shakllantirish darslari o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun ma’lum talablarga bo‘ysunadi. Ular quyidagilardir: 1. Har bir darsda o‘quvchilar o‘qigan kitoblar (asarlar) hisobga olinadi. Ular o‘qigan va o‘qiyotgan kitoblarini sinfga olib kelib ko‘rsatadilar, ikki-uch o‘quvchi o‘zlari o‘qigan kitob haqida gapirib beradi, darsda o‘zaro fikr almashish holati yaratiladi (bu holat darsdan tashqpri vaqtda ham davom etishi mumkin).
2. Har bir darsda o‘qish uchun yangi kitob (asar)lar tavsiya qilinadi. Tavsiya qilish shakllari turlicha bo‘lib, ular fikr almashuv, kitobni ko‘rsatish, sinfda ko‘rgazma tashkil etish, o‘quvchilarni qiziqtirish uchun tavsiya qilinadigan kitobdan biror parchani o‘qib berish, rasmlarni ko‘rsatish yoki film namoyish etishdan iborat bo‘lishi mumkin.
3. Har bir darsda o‘quvchilarga asarni yaxlit holda o‘qitish mumkin. Agar asar hajmi kattaroq bo‘lsa, bu ish ikki-uch dars davomida amalga oshiriladi. Bunda o‘quvchilar o‘zlari o‘qigan kitobdan biror parchani ovoz chiqarib o‘qib berishlari mumkin. Bu jarayonda ichda o‘qishdan ham, she’r yodlashdan ham, rollarga bo‘lib o‘qishdan ham foydalaniladi.
1. Kitobni targ‘ib qilish. Mustaqil kitobxonlikni shakllantirishga tavsiya qilinadigan asarlar ro‘yxati sinfga yoki maktabning maxsus joyiga osib qo‘yiladi, ular vaqti-vaqti bilan yangilab turiladi, to‘ldiriladi, ko‘rgazmalar tashkil qilinadi. O‘qituvchi maxsus suhbatlar uyushtiradi.
2. Yakka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv. O‘quvchilarning o‘qigan kitoblari yuzasidan suhbat uyushtiriladi, o‘qilgan kitoblar hisobga olinadi. Shaxsiy fikrlar aniqlanadi, uy kutubxonalari bilan tanishiladi, ota-onalar bilan suhbat o‘tkaziladi.
3. Mustaqil kitobxonlikni shakllantirish yuzasidan ommaviy ishlar. Adabiy ertaklar, viktorinalar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, adabiy ekskursiyalar uyushtiriladi, ular uchun maxsus tayyorgarlik ko‘riladi.
4. Kutubxonaga yozilish. 1-sinf o‘quvchilari o‘qituvchining tavsiyasi bilan kutubxonaga a’zo bo‘ladi. Bu jarayonda o‘qituvchi va kutubxonachi hamkorlikda ish olib borishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
5. O‘quvchilarning o‘qiganlarini hisobga olish. Bunda ularning kitobxonlik kundaligidan foydalaniladi. 1-sinf o‘quvchilari 2-yarim yillikdan boshlab kitobxonlik kundaligiga yozuvchining ismi, familiyasi va kitob nomini, 2-sinfda esa unga nashr etilgan joyi va yilini qo‘shib yozadilar.
3-4-sinflarda o‘qigan kitobining qisqacha mazmunini yozib, unga taqriz va o‘z mulohazalarini ham qo‘shishlari mumkin.

Yüklə 75,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə