Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/273
tarix22.09.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#122817
növüСборник
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
15
− 
oila muqaddas qo‘rg‘on ekanligiga nisbatan munosabatlarning yuzakiligi;
− 
yigit va qizlar munosabatlarida, turmush qurishda, oila bo‘lib yashash tarzida, 
ajrim holatlarida o‘ta erkinlik, ota-ona fikriga tayanmaslik;
− 
nikohga oliy qadriyat sifatida qaramaslik (aksariyat oilalar fuqarolik yoki 
shar’iy nikoh asosida yashashadi);
− 
jinsiy munosabatning o‘smirlik yoshidan juda erta boshlanishi; 
− 
yosh qizlarda bokiralikni saqlash majburiyatining yo‘qligi;
− erkin jinsiy aloqalarga yo‘l ochiqlik va ular uchun maxsus sharoitlar yaratilganlik;
− 
oila qurishga nisbatan milliy qadriyatlar nuqtayi nazaridan emas, balki boshqa xalqlar, millatlar 
urf-odatlariga qiyosiy taqlid qilish odatining paydo bo‘lishi;
− u yoki bu masala bo‘yicha qaror qabul qilishda er-xotinning o‘zaro kelishmasdan mustaqil qaror 
qabul qilishi; 
kiyinish, ota-ona bo‘lish, yashash tarzini tashkil etish, farzandlik, qarindosh-urug‘chilik burch hamda 
vazifalarini bajarishda sharqona odob-axloqdan keskin yiroqlik;
− oiladagi har bir shaxsning o‘zi uchun individual turmush tarzi asosida hayot kechirishi;
− 
bir jinsliklar turmushiga e’tiborsizlik;
− 
oila ma’naviy-axloqiy asoslarining qadrsizligi;
− 
guruhli jinsiy aloqalar;
− 
yoshlarni oilaviy hayotga tayyor bo‘lmasdan oila qurishi va boshqalar.
Darhaqiqat, bunday salbiy ta’sirlardan xoli zamonaviy oila qurishning asosiy mezoni uning ma’naviy-
axloqiy poydevor asosiga qurilishi hisoblanadi. Shundagina u mustahkam va baxtli bo‘lishi mumkinligini 
tadqiqotlar va hayotiy tajriba ko‘rsatmoqda. 
Zamonaviy oilaning ma’naviy-axloqiy asoslari umuminsoniy va milliy qadriyatlar hisoblanadi. 
Chunki oilaning ma’naviy-axloqiy negizlarini yanada rivojlantirish, azaliy qadriyatlarini asrab-avaylash va 
mustahkamlash zamirida jamiyatning ma’naviy takomillashuviga erishiladi. Oilada ma’naviy muhitni keng 
qaror toptirish, milliy mentalitetimizga mutlaqo yot bo‘lgan turli xil zararli ta’sirlarga qarshi turish oilaning 
jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshiradi. Uning asosiy manbalari quyidagilardan iboratdir:
– Sharq va G‘arb mutafakkirlari merosida bayon etilgan oila borasidagi qarashlari;
– xalq og‘zaki ijodi namunalari;
– milliy va umuminsoniy moddiy va ma’naviy qadriyatlar;
– oila ma’naviyatini takomillashtirish borasidagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar (Oliy Majlis tomonidan 
qabul qilingan qonunlar, ratifikatsiya qilingan xalqaro huquqiy-me’yoriy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari,Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirlik va idoralarning me’yoriy 
hujjatlari, mutaxassis-olimlarning ilmiy-metodik asarlari va boshqalar);
– adabiyot va san’at asarlari;
OAV materiallari, tele-radio ko‘rsatuv va eshittirishlari; 
– hayotiy ilg‘or xalqaro va milliy tajriba.
Mazkur manbalar asosida zamonaviy oilaning quyidagi ma’naviy-axloqiy mezonlari takomillashtiriladi: 
oilaning muqaddasligi, oilaviy-huquqiy madaniyat, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti, 
ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari, ro‘zg‘orshunoslik sirlari, oila gigiyenasi, 
reproduktiv salomatlik va jinsiy tarbiya asoslari, sog‘lom turmush tarzi (kiyinish, ovqatlanish, shaxsiy 
gigiyena, jismoniy salomatlikni saqlash) qoidalariga amal qilish, kundalik hayot tartib-qoidalariga rioya 
etish, har qanday vaziyatda o‘zini tuta bilish, kamtarlik, sabr-toqatlilik, saranjom-sarishtalik, orastalik, 
sermulohazalik, odob doirasida so‘zlash, turli noaxloqiy illatlardan xolis bo‘lish, e’tiqodlilik, ongli intizom, 
milliy iftixor tuyg‘usiga ega bo‘lish, yurish-turish, xatti-harakat qoidalariga, milliy oilaviy qadriyatlarga 
muhabbat, ro‘zg‘or yuritish madaniyatiga amal qilish, kattalarga hurmatda va kichiklarga nisbatan izzatda 
bo‘lish, adabiyot va san’atga muhabbatini namoyon etish, turli millat urf-odatlari, an’analari, tili, dini va 
madaniyatiga hurmat, bag‘rikenglik, mehnat madaniyati, sog‘lom ma’naviy muhit tartib-qoidalari, kiyinish 
madaniyati, muloqot madaniyati, zamonaviy uy bekalari axloq-odob qoidalari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni 
mustahkamlash, ota-onalikning ijtimoiy-ma’naviy jihatlari, erta turmush, erta tug‘uruq, qarindosh-urug‘lar 



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə