Zamonaviy pedagogning kasbiy kompitentligini rivojlantirishning metodlari



Yüklə 61,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix28.11.2023
ölçüsü61,77 Kb.
#133308
1   2   3   4   5   6
69 Amanlikova Nafisa Raxmatullayevna 508-513

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(1/2), Jan., 2023 
511 
• Ekstremal kasbiy kompitentlik (kutilmagan vaziyatlarda ishlay olish). 
Yuqoridagi tadqiqot 
natijalarini umumlashtirib 
aytganda 
mutaxassis 
ta’lmni tashkil etish jarayonida yuqori darajada bilimga ega bо‘lishi, о‘zini ustida 
ishlab rivojlantira olishi va har qanday kutilmagan holatlarda ulardan chiqish yo’lini 
bilishi zarur ekan. 
Pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o„quv 
maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan o„quv jarayoni loyihalashtiriladi va amalga 
oshiriladi. 
Texnologik 
yondoshuv, 
eng 
avvalo, 
tasvirlash 
emas, 
balki 
loyihalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi amaliy ko’rsatmali 
tuzilmada o’z ifodasini topadi. Maqsadga yo’naltirilganlik, oraliq natijalarni tashxisli 
tekshirib borish, ta’limni alohida o’qitish lavhalariga ajratish kabi usullar hozirgi 
kunga kelib qayta-qayta takrorlash mumkin bo’lgan ta’lim texnologiyasi g’oyasida 
mujassamlangan. 
U asosan o’z ichiga quyidagi omillarni oladi: 
Ta’limda umummaqsadning qo’yilishi; 
tuzilgan umummaqsaddan aniq maqsadga o’tish; o’quvchilarning bilim 
darajasini dastlabki (tashxisli) baholash; 
Ta’limga texnologik yondoshuv. Tarbiyalash texnologiyasi - nisbatan yangi 
atama bo’lishiga qaramay, rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Tarbiyalash 
texnologiyasi yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarning g’oyasi, mazmuni, tarkibini emas, 
balki bu sohadagi hukumat ishlab chiqqan maqsad va vazifalarni samarali amalga 
oshirish bilan shug’ullanadi. Tarbiyalash texnologiyasi mo’ljallangan tarbiyaviy 
maqsadga samarali erishuvni ta’minlovchi vositalar majmuasini ko’rib chiqadi. Shu 
bois professor-o’qituvchilar uchun har tomonlama rivojlangan yuqori intellektual va 
ma’naviy barkamol fuqaro shaxsini shakllantirishga qaratilgan talabalarni hukumat 
siyosatiga muvofiq tarbiyalash texnologiyalarini egallashi dolzarbdir. 
Zamonaviy tarbiyalash texnologiyasi - har tomonlama yondoshuvni amalga 
oshiradi va quyidagi majburiy talablarga rioya qiladi; Tarbiyalanuvchilarga 3 
yo’nalish bo’yicha ta’sir etiladi - tafakkuriga, sezgilariga va xulqiga. 
Shaxsning ma’lum sifatlari amaldagi tarbiyaviy ishlar majmui orqali hosil 
qilinadi. Bu ishlar yaqqol ko’rinishdagi ko’p yoqlik bo’lishi, bir vaqtning o’zida aqliy, 
jismoniy, xulqiy, estetik va mehnat tarbiyasini uzviyligi asosida olib borishi zarur. 
Har yoqlama yaxlit tarbiyaviy yondashuv tarbiyachining tizimli munosabatini va 
boshqaruvini taqoza qiladi. Boshqaruv tarbiya jarayonida ishtirok etuvchi tashqi va 
ichki omillarni va ularning o’zaro ta’sirini inobatga olingandagina muvaffaqiyatli 
bo’lishi mumkin. Shu bois, u omillar haqida aniq tasavvurga ega bo’lishi zarur. 



Yüklə 61,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə