‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi b. M. U m a r o V psixologiya



Yüklə 6,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/97
tarix26.10.2023
ölçüsü6,78 Mb.
#131752
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   97
Psixologiya [uzsmart.uz]

Bob yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Boshqaruv psixologiyasi deganda nimani tushunasiz?
2. Boshqaruvning psixologik jihatlari nima?
3. Rahbarlik qobiliyatlari haqida fikr bildiring?
4. Boshqaruv faoliyatidagi nizolar va ulaming oldini olish haqida gapirib 
bering?
5. Pedagogik jam oalam i boshqarishningpedagogik-psixologikjihatlari 
nima deb o‘ylaysiz?
6. Ta’limjarayonini boshqarishda o'quvchilaming individual- psixologik 
jihatlarini hisobga olish nima?
7. Rahbarlik uslublarini sanab bering?
8. Jamoani boshqarish to‘g‘risidagi shaxsiy fikrlaringizni yozma tarzda 
bayon eting?
www.ziyouz.com kutubxonasi


IJ T IM O IY JARAYONLAR: O ILA VA OILAVIY 
M U N O SA B A T L A R P S IX O L O G ÏY A S I
Bobning qisqacha mazmuni
Oila va oilaviy munosabatlar psixologiyasi. Oilada sog'lom muhit
psixologiyasi.
Yosklik fa slin in g o ‘ziga xos odobi va psixologiyasi

Sevgi va
muhabbat, yoshlar о ‘rtasidagi munosabatlar psixologiyasi.
Oilada bolalar tarbiyasi. Oilada bolalar tarbiyasining pedagogik-
psixologik jih a ila r i, o ila viy tarbiyada bolalarning in d ividu a l
xususiyatlarini hisobga olish, milliy tarbiya imkoniyatlari.
Oilaviy m unosabatlar odobi va psixologiyasi. Oilada er-xotin
о ‘rtasidagi munosabatlar odobi va psixologiyasi, oila a ’zolari о 4rtasidagi
munosabatlar, oilaviy nizolar va ulaming oqibatlari.
10.1. O ila va oilaviy m unosabatlar psixologiyasi
M a’lumki, inson iyat jam iyati taraqqiy etib borgan sari odam - 
larning o ‘zlari h a m , u lam in g bir-birlari b ilan bo ‘ladigan o 'z a ro
m unosabatlari h a m , ayniqsa, shaxslararo m unosabatlar orasida eng 
samimiy, eng y aqin b o ‘lgan oilaviy m unosabatlar ham takom illashib, 
o ‘ziga xos tarzda m urakkablashib boradi. Sababi: hozirgi zam on fan- 
texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish m unosabatlari, vositalari, taraq- 
qiyoti, qishloq xo‘jaligi, sanoat ishlab chiqarishi, um um an xalq xol- 
jaligining barch a jab h a larid a yangi texnologiya, texnik jarayonlam ing 
jadal joriy etilishi bevosita shu jarayonlam ing yaratuvchisi, ishtirokchisi 
b o ‘lgan inson om iliga, inson shaxsiga ham o ‘ziga xos, yangicha talablar 
q o ‘ymoqda. Ishlab ch iq arish m unosabatlari, jam iyat taraqqiyoti bir 
tom ondan, o d a m la m in g o ‘zlarida ro‘y berayotgan ijtimoiy-psixologik, 
fiziologik va b o s h q a o ‘zg arish lar o d a m la m in g o ‘zaro m u lo q o t 
munosabatlari doirasini m a ’lum darajada chegaralanib qolishiga, ularda 
o ‘tm is h d o sh la rim iz d a kuzatilad ig an tabiiylikni m a ’lum darajada 
buzilishiga va oqibatda inson ruhiyatida mumkin qadar hissiy, emosional 
zo ‘riqishlaming yuzaga kelishga asos bo‘lmoqda. Bulaming ta’siri oilaviy 
hayot va undagi psixologik iqlimda ham o ‘z ifodasini topadi.
Oila bu o ‘zig a x o ‘ja lik b o ‘lib, uning turm ush kechirishlarini 
m uam m olari m avjud. O ta-o n alar oila a ’zolarining amaliy faoliyatlarini 
uyushtiradi, u la m in g ovqatlanish, ta ’lim olish, ishlash, dam olish, 
kiyim -bosh bilan t a ’m in lash kabi kundalik rejimini tashkil qiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Oila muammolari orasida o ‘zaro munosabat va yosh avlodni mustaqil 
hayotga tayyorlash, to ‘g‘rirog‘i b o ‘lajak oila boshqaruvchisi sifatida 
tarbiyalash hozirgi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Shu m a’noda 
ota-onalar, keng jam oatchilik zim m asiga yoshlam i oilaviy hayotni 
o ‘tashdek m a’suliyatli vazifani bajarishga, uy tutish, r o ‘zg‘or, oila 
xo‘jaligini tejab-tergab boshqarishga tayyorlash, ularda „erkak“ , „ayol“ 
fazilatlarini tarbiyalash, o ‘zaro m uom ala-m unosabat od o b in i tarkib 
toptirish, ularga ona mehri, o ta g‘am xo‘rligi, farzand m innatdorligi 
nimaligini va hayotda shularga am al qilish zararligini uqtirish yuklatilgan.
Oila baxti, farzandlar istiqboli uch u n ota-o n a o ‘g‘il-qizni oilaviy 
hayotning ham m a m uam m olariga m a’suliyat bilan yondashadigan, o ‘z 
u m r yo'ldoshini hurm at qiladigan, unga ham m a vaqt tay a n c h , sodiq 
d o ‘st b o ‘ladigan, shu n ing d ek , q a y in -b o ‘yinlariga 
m u n o sa b a tin i, 
kelinlik, kuyovlik vazifasini o ‘rniga q o ‘ya oladigan, y a ’ni ularni 
farzandlik burchini o ltay oladigan qilib tarbiyalashi zarur.
K uzatishlarda ayrim yoshlam ing oilaviy hayotga m a ’naviy tayyor 
emasligi, ularda his-tuyg‘ular, oilaga jiddiy m as’uliyat hissi etishm as- 
ligi m a’lum bo ‘lm oqda. Shuningdek, ular oilasi, farzandlari oldidagi, 
qolaversa, jam iyat oldidagi b urchlarini yaxshi anglam aydilar. Bunday 
yoshlam ing ko‘pchiligi oila byudjetini rejalashtirish, unga am al qilish, 
uy yum ushlarini oila a ’zolari o ‘rtasida to ‘g‘ri taqsim lash, ota-on alar 
fikri bilan hisoblashish va hakozolam i bilmaydilar. Bu hol o ‘quvchi va 
talaba yoshlami kelajakdagi oilaviy hayotga moddiy va m a ’naviyjihatdan 
tayyorlashni taqozo etadi.
Y oshlam i oilaviy hayotga tayyorlashda ularga oilaviy turm ush 
m unosabatlarining butun sistemasini, ya’ni, oilada sog‘lo m psixologik 
m uhit yaratish, kelin va kuyovning bir-birini tushunishga harakat qilishi, 
m ayda-chuyda gaplardan chetlab o ‘tishi, uy tutish, ro ‘zglo r tebratish, 
poklik, zebolik, hayo, andisha, qaynota-qaynonasini siylashi, ulami 
hurm at qilishi kabi fazilatlami singdirib o ‘rgatib borish zarur.
Y oshlarim izda bu m asala b o ‘yicha aniqroq ta s a w u r hosil qilish 
u c h u n , b un d an 90-100 yillar oldingi ularning ten g d o sh la ri, ya’ni 
o ‘tgan asm ing 
boshidagi va bugungi kunlarimizdagi 15-16 yoshli 
yigit-qizlar o ‘rtasidagi tafovutlarni solishtirib o ‘tam iz.
M axsus a d a b iy o tla rd a y o z ilish i va o ‘tk a z ilg a n ta d q iq o tla r
natijalarida kuzatilishicha, so‘nggi 100 yil ichida o d a m la rd a kuza- 
tiladigan akselerasiya jaray o n ig a k o ‘ra, ularning jin s iy , fiziologik 
balog‘atga etishi 2-3 yilga ilgarilab ketgan. Bundan 100 yilcha oldin 
yoshlam ing jinsiy balog‘atga etish davri 15-16 yoshga t o ‘g ‘ri kelgan, 
hozir esa bu holat o ‘rtacha 12-13 yoshlarga to ‘g‘ri keladi. E ndi shu 
yoshlam i oilaviy hayotga tayyorlik jihatlarini ko‘rib chiqam iz.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ilgarigi tengdoshlaringiz 15-16 yoshlarida oilaviy hayotga yetuklik 
talablarid an biri b o ‘lmish jinsiy etuklikka, balog‘atga e ta r ekanlar, 
ular aksariyat hollarda shu yoshga kelib o ‘sha davrlar u ch u n xos va 
lo z im boM gan, u n c h a lik m u ra k k a b b o ‘lm agan d e h q o n c h ilik , 
c h o rv a c h ilik , h u n a rm a n d c h ilik sir-asro rlarid an deyarli boxabar 
b o ‘lg an Iar (chu n ki u vaq tlard a bolalarni odatda, 13-14 yoshidan 
shogirdlikka berishgan), o ‘sha davrdagi ishlab chiqarish m unosabatlari 
va texnologik jarayonlar ulard an maxsus yoki oliy m a’lum ot talab 
qilm ag an , 3-4 yil ustoz ko‘rgan shogird 16-17 yoshida o ‘zi mustaqil 
ish y u n ta oladigan ustaga, o ‘z ishíni amallab ketaoladigan mutaxassisga 
aylangan. M abodo, u shu v aq td a oila quradigan bo‘lsa, o ‘z hunari 
orqali m eh n a t qilib o ‘zini va oila a ’zolarini iqtisodiy jihatdan ta ’minlay 
olishi m u m k in bo ‘lgan. B undan tashqari, u vaqtlardagi 18-20 yoshli 
yigit m ah a lla -k o ‘yda, jam o atch ilik orasida m a’lum darajada ijtimoiy 
etuk shaxs sifatida qabul qilingan, turli tadbir va m arosim larda etuk, 
uning haqli ishtirokchisi sifatida qatnashishi m umkin b o ‘lgan, ya’ni 
uning ijtim oiy jih atd an balog‘atga etganligi jam oatchilik tom onidan 
qabul qilingan. Bu jarayon shaxsning oldiga, oila va jam iyat oldida 
o ‘ziga xos m as’uliyat yuklagan, m as’uliyatni his qilish esa uning 
psixologik etukligi alom atlaridan biri bo‘lib xizmat qilgan.
E n d i shu xususiyatlam i bugungi kun yoshlarida ko‘rib chiqaylik. 
U lar 12-13 yoshlarda jinsiy (fiziologik) etuklikka erishadilar, biroq 
u lar b iro r b ir k asb -h u n ar egasi b o ‘lib, mustaqil ishlab, o ‘zini va 
oilasini iqtisodiy jih atd an ta ’m inlay oladigan bo‘lishi uch u n , aw alo , 
m ak tab n i bitirishi, so‘ng u yoki b u kasb-hunar kolleji yoki akadem ik 
liseyda o ‘qib, biro r-b ir kasbni egallashi kerak. Buning u ch u n 9 yil 
m ak tab d a, kollej yoki liseyda o ‘qishi zarur bo‘Iadi.
12 yillik barcha uchun majburiy ta’limdan so‘ng yoshlarimizning 
m a ’lum bir qismi o'qishni oliy o ‘quv yurtlarida davom ettiradi. Bundan 
ko ‘rinib turibdiki, yoshlarimizning iqtisodiy mustaqillikka erishishlari 
ulam ing m a ’lum qismi uchun 20-21, boshqalari uchun 23-25 yoshga to‘g‘ri 
keladi. B undan tashqari, odam lam ing turmush tarzi rivojlanishi bilan birga 
oilalarining kundalik hayoti o ‘zgarib, kiyinishga, maishiy buyumlarga, 
m oddiy farovonlik darajasiga bo‘lgan ehtiyoji ham ortib boradi.
Jam iy atni ijtim oiy-iqtisodiy rivojlanishi shaxsni m adaniy takom il- 
lashuviga, u esa shaxslam i bir-birlariga q o ‘yadigan talablari oshishiga 
va shaxslararo m unosabatni noziklashuviga olib keladi. Fikrim izning 
dalili sifatid a b ir faktni keltirishim iz m umkin. Ajralish foyizi oliy 
m a ’lu m o tlilar ichida um um iy o ‘rta m a’lumotlilarga nisbatan yuqo- 
riroqdir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ijtim oiy-iqtisodiy rivojlanishi yuqori saviyada b o ‘lmagan ja m iy a t- 
dagi oila a ’zolari o ‘zlarining oilaviy yum ushlarining aksariyatini q o ‘ld a 
bajaradilar, U n g a oilaning b arch a a ’zo lari va b irin chi n a v b atd a, 
farzandlar m um kin qadar ko‘p jalb qilinadi. O ila ishlarini bajarishdagi 
umumiy faoliyat yoshlarda m a’lum m alakalam i, shu jum ladan, oiladagi 
tegishli rollam i bajarishní, oilada bir-birlari bílan qanday m ulo q o td a 
bo‘lish m alakalarini, oilada h ar bir shaxsning iyerarxik mavqeiga ko ‘ra
o ‘z huquq va vazifalarini aniqlab olishiga im k o n beradi.
Moddiy ta’m inot, yuqori madaniy saviya esa oilada shaxsning shaxsga 
qo‘ygan talabini yanada kuchaytiradi. Oila a ’zolarining o ‘zaro m uloqotda 
boiish vaqti, miqdorini qisqartiradi. Bu esa k o ‘pgina yoshlar uchun o ta- 
ona oilasi shaxsiy oilasiga namuna vazifasini bajara olmasligiga olib keladi.
Shulardan ko ‘rinib turibdiki, b u ndan 100 yillar oldingi y o sh lar 
16-18 yoshida oila qursalar, ular shu vaqtga kelib oilaviy hayot u c h u n , 
muvafíaqiyatli 
turmush
kechirib ketishlari u c h u n z a ru rb o ‘lgan etuklik 
darajalarining barchasiga erishganlar, b u esa ulam ing oilaviy hayotlarida 
yuzaga kelishi m um kin b o lg an m uam m olam ing bartaraf etilishiga asos 
bo ‘lib xizmat qilgan.
Bugungi yoshlarim iz esa y u q o rid a b a y o n etilganidek, 1 2-13 
yoshJaridajinsiy balog‘atg aetad ilarv aak sariy at hollarda oradan 7-8 yil 
o ‘tgandan so‘ng, ya’ni qizlar 19-20 yoshda, yigitlar esa 21-22 y o shda 
oila quradilar. Bu vaqtda esa ular n a iqtisodiy jih atd an , na ijtim oiy 
jihatdan va na psixologik jihatdan oilaviy h ay otg a tay y o rb o ‘lm aydilar. 
Bunday h o latla r shubhasiz, u la m in g o ilav iy h ay o tlarid a o ld in g i 
tengdoshlari hayotida kuzatilm agan m u am m o la m i keltiríb chiqaradi. 
Bundan tashqari, jam iyat taraqqiyotining bugungi holati hozirgi z a m o n
oilasi oldiga o ‘ziga xos yangi ijtim oiy funksiyalam i ham yuklaydiki, 
bularning barchasi hozirgi y o sh larim izn i oilaviy hayotga m ax su s 
tayyorlash m asalasini eng dolzarb m asalalardan biri b o lish in i taq o z o
qilmoqda. Shuning uchun ham so‘nggi 15-20 yil davom ida dunyoning 
barcha rivojlangan m am lakatlarida, b iz n in g respublikam izda e sa
mustaqillikka erish-ganim izning dastlabki yillaridanoq, oila m asala- 
lariga, yoshlam i oilaviy hayotga tayyorlash m asalalariga, o ilalarda 
kom il shaxsni sh ak llan tirish m a sa la la rig a a lo h id a e ’tib o r b e rib
kelinmoqda. U m um an, insoniyat jam iy ati to b o ra taraqqiy etib b o ra - 
verar ekan, oila masalalarining dolzarbligi h a m shunga m os ravishda 
oitib boraveradi va oilaga bo'lgan e ’tibor ham kecha va bugunga qaraganda 
ertaga yanada yuqoriroq b o ia d i. C h u n ki, oila jam iyatning kichik b ir 
ko'rinishi bo‘Iib, u qancha inoq, ahil va m u stah k am b o ‘lsa, ja m iy a t 
ham shunchalik qudratli b o ‘ladi. M ana „ O ila psixologiyasi“ kursini 
yoshlarga o ‘qitishning dolzarbligini ifodalovchi asosiy omil.
www.ziyouz.com kutubxonasi


„Oila psixologiyasi“ kursining yaratilishi va uning o ‘quv pred- 
m etlari qatorida m aktab , kollej, liseylarda o ‘tiladigan darslar jadvaliga 
kiritilishi ham R esp ublikam iz hukumati to m o n id a n yuritilayotgan 
kuchli ijtimoiy siyosatning m antiqiy va m azm uniy davomidir.
Tadqiqotlam ing k o ‘rsatishicha, oila va oilaviy m unosabatlarda er- 
xotin o'rtasida kelishm ovchiliklar, nizolar b o ‘lib turishi tabiiydir.
Oilada er-xotin o rasid a sodir bo lad ig an kelishm ovchiliklam ing 
sabablari bir qanchadir. Shulardan b a’zilariga t o ‘xtalm oqchim iz.
Ishga mukkasidan ketgan b a ’zi erkaklar xotinlariga e’tiborsiz bo‘lib 
qoladilar. U y -ro ‘zg‘o r ishlari va bola tarbiyasi bilan um um an qi- 
ziqm aydilar, uyiga y o to q x o n ag a yoki m eh m o n x o n a g a kelganday 
keladilar va yotib uxlab tu rib , yana ishlariga ketaveradilar.
X otin k ish ila rn in g k o ‘pchiligi u ch u n esa uy, oilaviy hayot 
tabiatning butun b ir olam idir. H atto, ishda o ‘tirib oilasi xaqida o ‘ylaydi, 
uy-ro‘zg‘or tashvishlari-yu quvonchlari uning hayolidan nari ketmaydi. 
Ish orasida yoki tu sh lik d a n foydalanib, u y -ro ‘z g 'o r uch un zarur 
narsalam i xarid q iladilr. Ishdan keyin bog‘ch ag a yuguradi, uyga 
qaytayotib esa qanday o vqat tayyorlash h aq id a o ‘ylab ketadi. Ishga 
berilgan erkaklar, h a tto , uyga kelib ham ertangi qiladigan ishlarining 
rejasini tuzish bilan b an d b o ‘ladi. Ayollar ishxonada „m ehm oti“ sifatida 
o ‘tirib, uyga shoshilsa, erk ak kishi oiladan ishga qochadi, aynan ishlar 
oqibatida oilaviy kelishm ovchiliklar kelib chiqadi.
Bu kabi ziddiyatlam ing oldini olish u c h u n erkaklar, eng aw alo, 
oilaga b ee’tib o r b o ‘lm aslik lari kerak. E rk a k la r vaqti-vaqti bilan 
ayollariga etarlicha e ’tib o r berolm aganliklari tufayli, vaqtini topib 
ayoli ko'nglini k o ‘ta rish la ri, uning bebaho m ahoratig a tasannolar 
aytishi, dam olish k u n larid a bolalar tarbiyasiga, u y -ro ‘zg‘or ishlariga 
qarashib turishlari kerakdir.
Ba’zan onalar qizlariga „ering bilan janjallashganingda ko‘z yoshi 
q il“ , deb m aslahat berishadi. Bunda chuqur psixologik m a’no bor. 
N egaki, xotin ko‘zlarida yosh k o ‘rgan er buni m ag‘lublik belgisi deb 
biladi. Jahldan tushadi, rahm -shafqat tuyg‘ulari paydo bo'ladi. Murosaga 
keladi. Xotinining ko‘nglini topishga urinadi. K o ‘rib turibsizki, bundan 
a w a l kelin, keyin oila yutadi. Buni ayollar bilib q o ‘ygani yaxshi.
A w alo, oilada yoshlar „oila taxti uchun kurash“ eiga ham, xotinga 
h am foyda keltirm asligini, aksincha, har b ir jan jal gullab turgan oila 
daraxtiga urilgan boita zarbi ekanini yaxshi bilib olishlari kerak. Dono 
xalqim izdan qolgan, „B ir k u n janjal bo‘lgan u yda, qirq kun barakasi, 
k o ‘tariladi“ deb aytilgan iborani unutm asligim iz kerak bo ‘ladi.
Oilada er-xotin m unosabatlarining hissiy rivojlanishi, er-xotin 
samimiyligi, bir-biriga yaqinlik, qadrlash, h u rm a t qilish oilaviy tur-
www.ziyouz.com kutubxonasi


mushning dastlabki bosqichlarida, aksariyat hollarda, nisbatan yaxshi 
bo‘ladi. Bu esa ko‘p jihatdan sevgi-muhabbat tufayli paydo b o ‘ladi. 
Muhabbatga b o ‘lgan ehtiyojning ifodalanishi h ar b ir inson hayotida 
go‘daklikdan paydo bo‘ladi. Bu dastlab onaga, otaga, oila a ’zolariga bo‘lgan 
munosabatida o‘z ifodasini topadi. Kattaroq bo'lgach, butun bir qalb, 
vujud tuyg‘ular, fikr, ruhiy holat kimnidir izlaydi, nim agadir intizor. 
Odamda butun qaJbi, borlig‘ini kimgadirbag‘ish]agisi, kim nidir ardoqlagisi, 
bir umrga u bilan hayotini bog‘lash istagi paydo bo ‘ladi. Bunday odam 
tinchini yo'qotadi, atrofga boqib dil quvonchini izlaydi.
So‘nggi yillarda mustaqil respublikam izda oila, n ik o h m unosabat- 
larida katta o ‘zgarishlar kuzatilm oqda, bu boradagi ishlarda yutuqlar 
bilan bir qatorda ayrim m uam m o lar ham ko ‘zga tashlanad i. Ba’zan 
oila, nikoh masalalariga bepisand qarovchilar h a m uchrab turadi, 
m ustahkam oilalar ko‘payishi bilan birga ba’zi buzilayotgan oilalar 
ham yo‘q emas. Oqibatda, „tirik etim lar“ o ta -o n a m ehridan uzoq 
b o ‘lgan qarovsiz bolalar soni k o ‘paymoqda.
Ba’zi ota-onalar to m o n id an bolalar tarbiyasiga e ’tib o r pasayib 
ketganligi tufayli o ‘smirlar qonunbuzarlik y o ‘llariga kirib qolishlari, 
oilada o ‘zaro kelishmovchiliklar, urush janjallar tufayli fojeali voqea- 
lar kelib chiqadi. Oilada aka-ukalar, qaynona-kelin va er-xotin munosa- 
batining buzilishi yom on oqibatlarga olib keladi.
Oila baxti, farzandlar istiqboli uchun o ta -o n a la r o ‘g‘il-qizlam i 
oilaviy hayotning m uam m olariga m a’suliyat bilan yondashadigan, um r 
yo‘ldoshini hurm at qiladigan, unga ham m a vaqt tay a n c h , sodiq d o ‘st 
bo‘ladigan, kelinlik, kuyovlik vazifalarini o ‘m iga q o ‘yadigan, farzandlik 
burchini o ‘tay oladigan qilib tarbiyalashalari zarur.
Oilada er-xotinlar orasida b o ‘layotgan ajralish lam ing natijasida 
bolalam ing ruhan ezilish, ichki xavotirlanish, n afratlanish, bezov- 
talanish, qiynalish kabi barcha hollar ta ’sirida shakllanishlar yuzaga 
kelm oqda. F arzandlar o iladagi u ru sh -jan ja lla rn i k o ‘raverib, ich- 
ichlaridan jarohatlangan h o ld a rivojlanadilar. O ta -o n a la m in g o ‘z 
muam m olari biJan band boMishlari natijasida farzan dlari xulqi og‘ish- 
ganlar davrasiga kirib qolganlarini sezm ay qolish h o llari, ota-onala- 
rining kelisha olmaganliklari natijasida bolalam i m ehrib on lik uylarida, 
k o ‘ngillari o ‘ksigan holda h ay o t kechirishlari k uzatilm oqda.
Oilada ota-onalam ing ichkilikka ruju qilishi, b u n in g oqibati va 
boshqa sabablarga ko‘ra tez -te z sodir b o ‘lib tu ra d ig a n oilaviy janjal- 
majoralar tufayli bolalam ing oro m i buziladi, uyqusi qochadi, c h o ‘~ 
chiydigan bo ‘lib qoladi, asab sistemasi kasalligiga ch alin ad i, farzanlari 
ko‘z o‘ngida ota-onaning o b ro 'si to ‘kiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yuqoridagi k o ‘ngilsizliklaming ro ‘y birishiga sabab oilada ishonch, 
m ehr, m u h ab b a t, vafoning etishm asligida, er-xotinning bir-biriga 
ishonm asliklari esa m uloqot m adaniyatining pastligi, o ‘zaro samimiyat 
yo'qligidir. Oiladagi ajralishlar h am bolalam i m uloqotdan o ‘zini chetga 
olishlariga olib kelayapti.
10.2. Oilada sog‘lom muhit psixologiyasi
O 'sib kelayotgan shaxsda ijobiy sifatlar shakllanishida oiladagi 
sogMom m u h it katta aham iyat kasb etadi. Oilada sog‘lom m uhitning 
yaratilishi k o ‘p omillarga bog‘liq b o ‘ladi. M asalan, oila boshliqlari 
bilan b o lala m in g o ‘zaro yaxshi m unosabati, xonadon qariyalariga 
hu rm at, e ’tibo ri, oiladagi bolalam in g o ‘zaro m unosabatlari, to ‘g‘ri 
tarbiyalangani, ota-onaning bolalar tarbiyasiga barobar jonkuyarligi, 
oilada o ‘m atilg an to ‘g‘ri tarbiya v a yaxshi odatlar, ota-on anin g m eh- 
natga, ijtim oiy hayot hodisalariga t o ‘g ‘ri m unosabatda b o ‘lish kabilar 
shular jum lasidandir. Bulaming qay birida mutanosiblik buzilsa, demak, 
o ‘sha oiladagi sog‘lom m uhitga p u tu r etadi.
Bola tarbiyasida ota-onaning bir-biriga m unosabati, o ‘zlarini tuta 
bilishlari m uhim dir. Oilada m uom alaning barcha qoidalariga amal qili- 
nishi lozim . K attalarga hurm at, kichiklam i avaylash, bir-biriga m ehri- 
bonlik, ayniqsa, ayollam i izzat qilish odatga, qoidaga aylanib borishi 
kerak. B olalarga onani h u rm at qilishni, unga m ehribon b o ‘lishni 
o ‘rgatish o tan in g m uhim vazifasi.
O datda o ‘g ‘il bola otasiga, q izlar esa onasiga o ‘xshashga, ulardagi 
yaxshi xislatlam i o ‘ziga singdirishga harakat qiladi. O ta ham , ona ham 
b o la n i ta rb iy a la sh g a o‘z h iss a la rin i q o ‘sh ad ilar. O n a g ‘am x o‘r, 
m ehribon, k o ‘ngilchan uy bekasi b o is a , ota kuch-qudrat, jasurlik, 
qattiq q o ‘llik va adolat ramzi. O ta k o ‘proq bolaning aqliy va jism oniy 
rivojlanishi u c h u n qayg‘ursa, o n a yurish turish, m uom ala, his-tuyg‘u, 
nafosat u c h u n tashvishlanadi. B ulam ing ham m asi nisbiy bo'lib, ota 
ham , o n a h a m bolaning aqliy, axloqiy, jism oniy kam oloti uchun 
b a ra v a r ja v o b g a r, ch u n k i, u la rn in g b ird a n -b ir m aqsadi shaxsni 
taibiyalashga qaratUgandir. Ana shu jarayonning muffaqqiyatli bajarilishi, 
ko‘p o ‘rin da ota-onaning ob ro‘sini belgilaydi.
Oilada er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro hurm at, ishonch va vafo-sadoqat 
b o lala m in g q u v n o q, x u sh ch aq ch aq o ‘sishlariga, n orm al tarbiya- 
lanishlariga, xonadonda sog‘lom m u h it yaratilishiga bevosita ta ’sir 
ko‘tsatadi.
Oila a ’zolari o ‘zaro hurm atni o ‘m iga qo ‘yishlari, bir-birlari uchun 
jo n kuydirishlari, yaxshi m unosabatda b o iish lari kerak. Oilada hamisha
www.ziyouz.com kutubxonasi


samimiyat va k o ‘tarinki ruh huk m ro n b o ‘lsa, oila a ’zolarining k ay- 
fiyatiga ijobiy t a ’sir etadi.
Qaysi oilada nohaqlik, q o ‘pollik, d o ‘q -p o ‘pisa, asabiylik, h u k m ­
ron ekan, un d a halovat ham b o ‘lm aydi. Oiladagi arzim agan ja n ja l 
ham d astaw al bolalam ing psixik holatiga ta ’sir qiladi, ularda y o m o n
odatlar hosil b o ‘lishiga olib keladi. B olalar ulg‘aygach, u lar h a m
qush uyasida ko‘rganini qiladi qabilida ish tutishadi. O ta-ona b ir-b irin i 
behurm at qilmasligi, obro‘larini tushirm asligi, oilaviy nizolam i b o la 
yo‘q vaqtida bartaraf etishlari shart. O iladagi sog‘lom vaziyatni b a rp o
etish uch u n er-x otin baravar m a ’suliyatli b o ‘lishIari, agar u lard a n
biri m eh rib o n ro q , xushtavozeroq b o ‘lsa, u ikkinchisiga n a m u n a
ko‘rsatishi lozim.
10.3. Yoshlik faslining o ‘ziga xos odobi va psixologiyasi
H aqiqatdan yoshlik, etuklik yoshi in son um rining bahori. B ad an
kuch-quw atga to ‘lgan, qalblarda his-tuyg‘u , orzu tilaklar jo ‘sh u rg an
davr.
Sevish-sevilish, yashash, o 'q ish , ishlash tilagi xayolni band qilgan 
dam. „Q anday kasbni egallasam, q an d ay yashasam ekan, q a n d a y
kiyinib, qanday yursam ekan, odam dagi eng yaxshi fazilatlar n im a va 
ulam i qanday qilib egallash m u m k in “ kabi savollarga javob izlash 
chog‘i. Tug‘ilib o ‘sgan el-yurt qadrin i, o ta -o n a , tu qq an -tu g ‘ishganlar 
m ehrini, d o ‘s t-o ‘rtoqning oqibatini tu sh u n ish , e ’zozlash, h a y o td a
o ‘zining m unosib o ‘m ini topib olishga intilish davridir.
Yoshlik-balog‘at yoshi, o ‘zin i-o ‘zi boshqarish, oilaviy tu rm u sh
qurishga o ‘zini puxta tayyorlash davridir. U n in g o ‘z m urakkabliklari 
ham mavjuddir. 0 ‘n sakkiz yoshga etgan yoki shu yoshga y aqinlash- 
ganlar uchun his-tuyg‘u sofligini saqlab qolish ju d a m uhim . Bu y osh da 
qalbda sevish, sevilish istagi j o ‘sh u ra boshlaydi. A m m o, b a ’za n
o ‘tkinchi his-hayajonlar, hirsiy in tilish lar sam im iy so f tuyg‘u n in g
o ‘m ini egallab, yoshlam i n o to ‘g‘ri yo‘lga olib kirishi m um ukin.
,,S in d b o d n o m a “ da so ch o q a rm a s d a n , y o sh , g o ‘zal c h e h r a
so‘lmasdan, quyosh oq bulut p ard a bilan qoplanm asdan, zebo tu n la r 
keksalik chandirlari bilan a lm a sh in m asd a n , q o n suyulib, ran g siz 
bolm asdan, taqdir jarrohi k o ‘zning asab n u rin i qirqm asdan, ald am ch i 
vaqt gul y uzlarga qahrabo ta lq o n in i s o c h m a s d a n , a n o r b e h ig a
aylanm asdan, k o ‘z qarilikdan, qizil y uzlar bujm aym asdan b u ru n , 
bahor — yoshlikni zinhor bekorga sovurm a, deyiladi. H aq iqatan h a m
h ar bir yigit yoki qizning b ird an -b ir orzusi b o ‘ladi, u ham b o ‘lsa, 
o ‘zi xayolida ideal bo'lgan y o m i u ch ratib , sevib oila qurishdir. L ek in
www.ziyouz.com kutubxonasi


hayotda hamm a vaqt ham shunday bolavermaydi. Yoshlarpsixologiyasida 
shu narsa ham uchrab turadiki, qizlar o ‘z shanlari, yigitlar o‘z g‘ururlarini 
noto‘g‘ri tushunishadi, bu esa yigit bilan qiz bir-birini tushunmasligiga 
olib keladi. M asalan, b a ’zi yigitlar uylanishgacha bir necha ayollar yoki 
qizlar bilan uchrashadilar, hatto norasmiy yaqinlashadilar. Uylanishga 
kelganda esa „onasi o ‘pm agan“ qizni qidiradilar.
Qizlarimiz esa bunday yigitlaming yolg'on gaplariga uchib, ulaming 
iltifotlarini sevgi deb o ‘ylashadi, keyinchalik yigit b ir narsadan janjal 
chiqarib, urushib tashlab ketgandan so‘ng, aldanganini sezishadi, 
tushkunlikka tushishadi, b a ’zilari b o ‘lar ish b o ‘ldi deb, aysh-ishratga 
berilib ketishadi, boshqalarida esa yigitlarga ishonch yo‘qoladi. U lar 
ham yolg‘on ishlatib tu rm u sh qurishga intilishadi. Yigit ko‘p qizlar 
bilan yaqin aloqada b o 'lg an i tufayli xotin qizlarga nisbatan didini 
y o ‘qotib q o ‘yadi va x o tin id an sovub ketadi. B o‘lar-b o ‘lmasga oilada 
janjallar ko ‘taradigan, xotiniga bevafolik qiladigan b o ‘lib qoladi.
10.4. O ilada bolaiar tarbiyasi
Farzand — oilaning quvonchi, ota-onaning tayanchi. Shuning 
uch un ota-bobolar o ‘z m aqollarida er-xotinga farzandlam i ko‘pay- 
tirishni va bu bilan jam iyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishni tavsiya qilganlan 
„ 0 ‘nta bo ‘lsa o ‘m i boshqa, 40 ta b o ‘lsa — qilig‘i“ , „Bolaning yo‘g‘idan 
bori yaxshi, ochidan t o ‘qi yaxshi“ , „Xotinsiz o ‘tish — xato. Bolasiz 
o ‘tish jafo “ . , , 0 ‘g‘li y o ‘q n ing o ‘m i yo‘q, qizi yo ‘qning qadri yo‘q “ , 
, , 0 ‘rada yotda o ‘g‘il tu g “ ‘, „T ug‘iladigan bolaga to ‘g‘anoq b o ‘lm as“ , 
„Bolali uydan baxt arim as“ , „O lti o ‘g‘illining olti arshda moli b or“ , 
,,Q o‘y egiz tug ‘sa, c h o ‘p n in g boshi ayri tu g ‘ad i“ , ,,Og‘ilda o ‘g‘il 
tu g‘ilsa, adirda o ‘t unib c h iq a d i“ . Keyingi ikki m aqolda er-xotinlarga 
„B o lam k o ‘payib k etsa, u la rn i boqishga q iy n alib qolam an, deb 
qayg‘urib yurmang, h a r b ir bolaning o ‘z rizqi b o r“ , deyiladi.
Xalq maqollarida yaxshi va yom on farzandlaming fe’l-atvori, yurish 
turishi , xatti-harakati, g a p -s o ‘zi, qiliqlari, o ta-o n a g a va boshqalarga 
tegadigan foydasi, ham d a ziyoni h ar tom onlam a ifoda etiladi; „Yaxshi 
b o ‘lsa-bola, yom on b o ‘lsa -b a lo “ , „Yaxshi q iz yoqadagi qunduz, 
yaxshi yigit- ko‘kdagi y u ld u z ‘% „Qobil farz a n d -jo n g a payvand“ , 
„Yaxshi qiz erta turib soch tarar, yom on qiz e rta turib non so'rar 
„Yaxshi o ‘g‘il uy tu zar, yo m o n o ‘g‘il to ‘y b u z a r 
„Qobil o ‘g‘il 
otga m indirar, noqobil o 'g 'il o td an yiqitar“ , „Y om on b o ‘lsa bolasi, 
kam on bo‘lar otasi“ .
Insonning qanday kishi b o ‘lib etishishi k o ‘p jih atdan oiladagi 
tarbiyaga, o ta-o n a n in g m a s ’uliyatiga, bola tarbiyasining um um iy
www.ziyouz.com kutubxonasi


qonuniyatlarini yaxshi bilishga va hayotda ularga qanchalik amal qilishga 
ham b o g iiq . Bolalam ing hozirgi kundagi intilishlari birgina oilaviy 
m anfaatlar bilan bilan cheklanm aydi.
Tarbiya — ko‘p qirrali u zo q davom etadigan jaray o n d ir. Bolani 
o ‘rab oigan m uhitning ham m asi odam lar, narsalar, hodisalar uning 
ongida, hulq-atvorida m a’lum iz qoldiradi, uni o ‘zgartiradi va o ‘stiradi. 
O ta-onalik burchi m ana shu o ‘sishni ziyraklik b ilan boshqarib borish. 
O ta-onaning m ehri, m u ru w ati, g‘am xo‘rligi b o la la r uchu n suv va 
havodek zarur.
Oilada bola tarbiyasining o ‘ziga xos qoidalari m avju d b o iib , ota- 
o nalar ulardan o ‘rinli foydalanishlari lozim.
Xususan, ular quydagilar:
1. Oilada hissiy moslik, ruhiy xotiijam lik va iliq iqlim yaratish;
2. O ta-ona obro‘sini saqlash;
3. Tarbiyada ota-ona, k attalar o ‘rtasida talab chan lik;
4. Bola shaxsini m ehnatda tarbiyalash;
5. Oila, bog‘cha, m aktab va jam oatchilik ham korligi;
6. Bolani sevish va izzat qilish;
7. Oilada qat’iy reja va kun tartibi o ‘m atish;
8. Tarbiyada bolalam ing yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga 
olish.
9. Bola taraqqiyotini aniqlab borish.
10.5. Oilaviy m unosabatlar odobi va psixologiyasi
Yigit va qiz tanishib, uchrash ib tu ra d ila r. N ih o y a t, ular o ‘z 
m unosabatlarini qonuniy rasm iylashtirm oqchi b o ia d ila r . N ikoh qayd 
etilib, to ‘y b o id i. X o ‘sh, b u yangi oila ta sh k il to p d i deganim i? 
Qonuniy jihatidan ha, lekin aslida-chi? O ila, e n g a w a lo , bir butun- 
likni taqazo etadi. Boshqacha aytganda, kelin v a kuyov dutom ing 
alohida-alohida torlari b o iib qolmay, bir xil to v u sh beradigan sozda 
turishi lozim. Buning uch un yigit va qiz orasidagi m uhabbat ular 
kuyov va kelin b o ig a n d a n so ‘ng y ana h a m m u sta h k a m lan ish i, 
uyg‘unlashib ketishi kerak. A na shundagina yangi tu rm u sh qurgan kelin 
-kuyovlaming o‘zaro munosabatlari samimiyat, tenglik va adolat asosiga 
quriladi. Fransuz yozuvchisi A natol Frans „Sevgi olovga o ‘xshagan 
narsa qalab turm asang o ‘chib qoladi“ , degan.
Ayrim holda, to ‘ydan keyin k elin -ku yo v o ‘rtasidagi m ehr- 
m uhabbat susayganday b o i ib qoladi. Buning sab ab i, b ir tom onda 
turm ush ikir-chikirlari, ayrim qiyinchiliklam ing kelib chiqishi b o isa, 
ikkinchi tom ondan, yosh kelinning ro‘zg‘o r tu ta bilm asligi, uy ishlariga
www.ziyouz.com kutubxonasi


n o ‘noqligi, o cziga qarab yurmasligi, m a ’naviy jihatdan o ‘zini boyitib 
borm asligidir.
M a ’lu m k i, b iro n qiz u ch rash u v ga y asanm asdan, o ‘ziga oro 
b e rm a sd an b o rm ay d i, albatta. Lekin ayrim kelinchaklar sochini 
taram ay, ust boshini dazmol qilmay, tashqi ko‘rinishga qaram ay qo‘yadi. 
U „ m a y d a-ch u y d alar“ emas, balki aham iyatga m olik narsalar-ki, 
ulam ing ham m asi yig‘ilib, m uhabbat im oratini qulatishi m um kin.
U yda, oila a ’zolari o ‘rtasida o ‘zaro hurm at, sam im iyat va xayri- 
xohlik, o ‘z aro yordam m unosabatlari tarkib topsa, ulam ing kayfiyati 
ham ish a c h o g ‘ b o ‘ladi va m a m n u n hayot kechiradilar. V rachlar 
kasalliklam ing sabablarini o ‘rganar ekanlar, ko‘p kasalliklar oilaviy 
janjallar tufayli vujudga keladigan asabiy holatlardan boshJanishini 
aniqlaganlar. U lam ing ta ’kidlashlaricha, infarkt va insultlam ing yarmi 
oilaviy jan jallardan so‘ng yuz bergan. Shuning uchu n h a r b ir kishi 
ishda, k o ‘c h a -k o ‘yda o ‘zini qanday tutsa, uyda ham shunday tutishi, 
hech q a c h o n erkak „ko‘cha xandon, uy zindon“ bo ‘lmasligi kerak. 
U yda o ‘zin i tu ta bilish tarbiyalanganlik darajasini belgilaydigan asosiy 
o ‘lchov b o ‘lishi lozim.
Y angi tu rm u sh d a kelin-kuyov q o ‘sha qarib, baxtli oila qurib 
ketishlari u ch u n quyidagilarga am al qilishlari maqsadga muvofiq.
Kelin:
— erining xarakterini o ‘rganishi, tushunishi, k o ‘nglini 
topishga intilishi, quvontirishi;
— yangi oila sharo itiga m oslashishi, kelinlik-bekalik, 
ayollikni o ‘m iga q o ‘ya olishi;
— qaynona va qaynotani o ‘z ota-onasidek ko ‘rib hurm at 
qilishi, ulam i m aslahatgo‘y deb bilishi, dilidagilam i 
tushunishi, og‘irini engil qilishga harakat qilishi;
— oila sirini tashqariga chiqarmasligi, b a ’zan ayrim nar- 
salarni ichiga yuta bilishi, o ‘zaro m unosabatlarda bir- 
birini hurm at qilishi, og‘ir-vazm in, vafo-sadoqatli, 
oila sha’niga m unosib xatti-harakatda b o ‘lishi;
— xarakteridagi yom on odatlar: o ‘jarlik, m anm anlik, kat- 
ta ketishlik, „sendan kam m anm i“ , „b o ‘lganim shu“ 
larga yo‘l qo‘ymasligi, ayrim narsalarda bir-biriga yon 
berib murosayu m adora qila olishi kerak.
Kuyov:
— onani bir q o ‘lida tu tsa, rafiqasini ikkinchi q o ‘lida tu- 
tib hurm at qilishi, h a r ikkala tom onga m unosib m uo- 
m alada b o iish i, onasi bilan rafiqasi o ‘rtasida m ehr
www.ziyouz.com kutubxonasi


iplari m ustahkam b o g lan ish ig a o ‘z hissasini q o ‘shishi;
ayol tabiatini tushinishi, tenglik qonuniga am al qilishi, 
arrani barobar to rtish i, oilaga, rafiqaga, farzandlarga 
sodiq b o ‘lib yashashi;
— qaynona-qaynotasiga o ‘g‘ildek bo‘lishi, am alda b u n i 
isbotlashi, ulam i siylashi, izzat talab bo'lmasligi darkor. 
Aks holda, o ‘rtaga sovuqchilik tushib m unosabatga darz 
ketadi.
Asosiy tushuncha va atam alar
Oilaviy m unosabatlar psixologiyasi, oilaviy m unosabat, o ‘zaro
moslik, er-xotin, oilaviy tarbiya, oilaviy nizolar, diniy tarbiya, m illiy 
tarbiya, oilaviy sogMom m uhit, sevgi m uhabbat, oilaviy m u n o sab atlar 
odobi, oilada em in g vazifalari, oilada xotinning vazifalari, oilan in g
m a’naviy asosi, oila qurish om illari, oilaning vazifalari.
Rezyum e
Ijtim oiy m unosabatlar so f m a ’n o d a insonlar orasida o lib b o - 
riladigan m unosabatlar bo‘lganligi bois, oila va oilaviy m u n o sab atlar 
psixologiyasiga doir bilim lam i bilish, oilaviy m unosabatlar sog‘lo m - 
ligini ta ’m inlashda katta aham iyat kasb etadi. Shuningdek, o ilan in g
vazifalari, oila qurishdagi nikoh oldi om illar, oilaning huquqiy, m a ’­
naviy asoslari to ‘g‘risidagi m a ’lum o tlard an xabardor b o ‘lish yo sh- 
lam ing kelgusi oilaviy m unosabatlarida o ‘ziga xos o ‘rin tutadi.
Ä

Yüklə 6,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə