Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O


yuridik fanlari doktori, professor



Yüklə 472,05 Kb.
səhifə5/69
tarix11.12.2023
ölçüsü472,05 Kb.
#147733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A-fayllar.org

yuridik fanlari doktori, professor
B.I. Ismoilov 



9
I bob. 


XALQARO JINOYAT HUQUQI TUSHUNCHASI, 
PREDMETI, TAMOYILLARI VA MANBALARI 

1.1. Xalqaro jinoyat huquqi tushunchasi va uning 
shakllanishi 

Xalqaro jinoyat huquqiga oid jinoyatlar qadimdan ma lum.


Xalqaro jinoyat huquqi
1
iborasi XIX asrning oxiri XX asrning
boshlarida paydo bo lgan bo lib, xalqaro jinoyat huquqi, xalqaro va
xalqaro xarakterdagi jinoyatlarga qarshi kurashda zarurdir.
Xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashda davlatlar hamkorligi
sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi me yorlar va tamoyil-
lar tizimi sifatida xalqaro huquqning ushbu sohasi O zbekiston
Respublikasi sharoitida shakllanish va rivojlanish bosqichidadir.
Xalqaro jinoyat huquqi xalqaro huquqning bir tarmog i sifa-
tida asosan XIX asr oxirida shakllangan bo lishiga qaramasdan,
chuqur tarixiy ildizga ega. Ba zi tartib-qoidalar davlat va huquq
vujudga kelishining ibtidosiga borib taqaladi. Birinchi navbatda
bu jinoyatchilarni topshirish ekstraditsiya
2
ga taalluqli bo lib,

1
Izoh: Turli darslik va ilmiy yuridik adabiyotlarda ushbu soha uch xil nomlangan


Xalqaro jinoyat huquqi , Jinoyatchilikka qarshi kurash bo yicha xalqaro ham-
korlik va Xalqaro jinoyatchilik bilan kurashda xalqaro huquqning roli . Bugungi
kunda Xalqaro jinoyat huquqi iborasi tobora ko proq e tirof etilmoqda. Xususan,
1997-yil Moskvada chop etilgan V.P. Panovning Ìåæäóíàðîäíîå óãîëîâíîå
ïðàâî nomli o quv qo llanmasida hamda I. Lukashuk, A. Saidovning 2007-yilda
chop etilgan Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi nomli o quv qo llanmasida,
X.T. Odilqoriyev, B.E. Ochilovning Hozirgi zamon xalqaro huquqi (Xalqaro
ommaviy huquq) darsligida ushbu soha Xalqaro jinoyat huquqi deb nomlangan.
Shuningdek, xorijiy davlatlarda ushbu sohada chop etilgan aksariyat adabiyotlarda
ham Xalqaro jinoyat huquqi iborasi ko proq qo llanilmoqda. Masalan: Kriangsak
Kittichaisaree, International Criminal Law. Oxford etc.: Oxford University Press,
2002, XXXI + 482 pp.,
2
Izoh: Ekstraditsiya ( exstradition
lot. ex
tashqarida va traditio

topshirish; odatdan tashqari iltimos) xalqaro shartnomalar, milliy qonunchilik


hujjatlari yoki o zaro hamkorlik tamoyili asosida jinoyat sodir etgan hamda qoida
tariqasida, u istiqomat qilayotgan mamlakat fuqarosi bo lmagan shaxsni jinoiy
javobgarlikka tortish yoki jozoni ijro etish uchun vakolatli jinoyat sud ish
yurituviga davlatlararo huquqiy institut//Ford M. The Law of Exstraditsion in
UK. London, 1995.




10
u nafaqat shu sohaning eng qadimgi tartib-qoidasi hisoblanadi,


balki xalqaro jinoyat huquqi aynan shundan boshlanganligini
bildiradi. Topshirish tartibidan, umuman, xalqaro huquqning
ma lum davrlanishi bilan mos keluvchi xalqaro jinoyat huquqi-
ning davrlanishi ham boshlanadi.
Jinoyatchilarni topshirish to risidagi ta limotda, deb yoz-
gandi F.F. Martens o zining Taraqqiy etgan xalqlarning zamo-
naviy xalqaro huquqlari darsligida, hozirgi vaqtdagi xalqaro
jinoyat huquqining butun manfaati mujassamdir
1
. Quldorlik dav-
rida ekstraditsiyaning mavjud bo lganligidan davlatlar orasidagi
ikki tomonlama bitimlar ham guvohlik beradi. Tarix darslik-
laridan mill.avv. 1292-yilda Xettlar shohi Xattusi III va Misr
fir avni Ramzes II o rtasida tuzilgan bitim haqida bilamiz. Unda
shunday deyilgan: Agar biror kimsa Misrdan qochib ketsa,
Xettlar shohi uni tutib turmaydi, balki Ramzes mamlakatiga
qaytaradi
2
.
Feodalizm davrida elchilar (diplomat)ga elchilik imtiyozlari va
immunitet (shaxsiy daxlsizlik) berish xalqaro odatlari shakllandi.
Burjua-demokratik inqiloblar milliy jinoiy huquqining faol
shakllanishi bilan yuz beradi. Bunda jinoiy huquqning umumiy
qismlari tartibi va jinoyatlarning turlari har xil mamlakatlarda
bir-biridan farq qiladi. Shu sababli davlatlar uchun jinoiy ishlar
bo yicha huquqiy yordam masalasida kelishib olish qiyinchilik
tug dirmasdi.
Qaroqchilik, qul savdosi, qalbaki pul yasash, giyohvand
moddalari noqonuniy savdosi va bir necha davlatlar manfaat-
lariga zarar keltiruvchi boshqa jinoyatlarning paydo bo lishi bi-
lan ular orasida hamkorlik zaruriyati ham yuzaga keldi. Isbot-
dalillar to plashda, jinoyatchilarni topshirishda va shu kabilarda
zaro huquqiy yordam ko rsatish hamda xalqaro hamkorlik
imkoniyatlarini ta minlash uchun jinoyatlarni tavsiflovchi jinoiy-
huquqiy me yorlarni bir xillashtirish zarurati paydo bo ldi.

1
Ìàðòåíñ Ô.Ô. Ñîâðåìåííîå ìåæäóíàðîäíîå ïðàâî öèâèëèçîâàííûõ íàðîäîâ.


Ò.2. ÑÏÁ, 1905. Ñ. 391.
2
O sha joyda.




11
1889-yilda yevropalik taniqli kriminalist va krimonologlar


F. List (Berlin), A. Prins (Bryussel), G. Van Gammel (Amster-
dam)lar tashabbusiga ko ra Jinoiy huquq Xalqaro ittifoqi ta sis
etilib, ushbu ittifoq xalqaro jinoyat huquqini takomillashtirish,
xalqaro jinoyatlarni o rganish hamda davlatlar tomonidan keli-
shilgan holda xalqaro politsiya chora-tadbirlari o tkazish yo li
bilan ularni bostirish ishlarida barcha davlatlarni hamkorlikka
chorladi. Mazkur ittifoq nafaqat xalqaro jinoyatlarni ta qib qilish
metodikasini takomillashtirishni, balki xalqaro jinoyatchilik sa-
bablarini ham huquqiy, ham antropologik va sotsiologik nuqtai
nazarlardan o rganishni o z vazifasi deb biladi.
XIX asrda davlatlar xalqaro xususiyatga ega alohida jino-
yatlar bilan kurashishda faol hamkorlik qila boshladi. Birinchi
navbatda bu hamkorlik qulchilik va qul savdosiga tegishli edi.
Masalan, 1815-yilda Vena kongressi bu masala bo yicha max-
sus deklaratsiya qabul qildi. 1818-yilda Axen kongressi qora
tanlilar savdosini jinoyat deb e tirof etdi. Angliya, Fransiya,
Rossiya, Avstriya va Prussiya o rtasida tuzilgan 1841-yilgi
London bitimi qul savdosini qaroqchilikka tenglashtirdi va shu
mamlakatlar harbiy kemalariga qul savdosida gumondor kema-
larni to xtatish, tintuv qilish, qullarni ozod qilish hamda ayb-
dorlarni huquq organlariga topshirish huquqini berdi. 1862-yilda
Angliya va AQSh shubhali kemalarni birgalikda tintuv qilish
shartnomasini tuzdi.
1885-yilda 16 ta davlat ishtirokidagi Berlin konferensiya-
sida Kongo to risidagi bosh hujjat imzolandi va qul savdo-
sining jinoyat ekanligi hamda bu jinoyat bilan shug ullangan-
larning jazolanishi tasdiqlandi. Kongo daryosi havzasidan qul bo-
zori yoki ularni tashish yo llari sifatida foydalanish taqiqlandi.
1890-yilda Brussel konferensiyasida 7 bob 100 moddadan iborat
Bosh hujjat imzolandi. Davlatlar qullarni kuch ishlatib qo lga
olish, ularni tashish uchun javobgarlikni belgilovchi jinoiy qo-
nunlar qabul qilish va bu jinoyatlarga o z hududlarida barham
berishning amaliy choralarini belgilash majburiyatlarini oldi.
Qulchilik XX asrning o rtalaridagina xalqaro huquq tomonidan




12
to la ma noda taqiqlanganiga qaramasdan, yuqorida aytib o til-


gan hujjatlar xalqaro jinoyat huquqi qonun-qoidalari shakllani-
shida tarixiy rol o ynadi.
Shunga bog liq holda 1899-yilda Londonda bo lib o tgan
fohishabozlik maqsadlarida xotin-qizlar savdosiga qarshi kurash
Xalqaro Kongressini; 1884-yilda suvosti telegraf kabellarini qo -
riqlash bo yicha Parijda qabul qilingan xalqaro konvensiyani;
Angliya, Fransiya, Ispaniya va Gollandiya o rtasida 1802-yilda
tuzilgan jinoyatchilarni topshirish to risidagi Amen bitimi
kabilarni ham aytib o tish mumkin
1
.
Xalqaro jinoyat huquq konsepsiyasining shakllanishi uchun
xalqaro hamjamiyat tomonidan qalbaki pul yasash, qaroqchilik,
xalqaro terrorizm va xalqaro huquq-tartibotga zarar yetkazuv-
chi boshqa kirdikorlarning jinoyat ekanligi va jazolanishi to -
risida qabul qilingan boshqa xalqaro shartnomalar katta ahami-
yatga ega edi.
1927-yilda Varshavada Xalqaro jinoyat huquqini muvofiq-
lashtirish bo yicha I Xalqaro konferensiya bo lib o tdi. Unda
xalqaro huquq-tartibotga zarar keltiruvchi jinoyatlar qatoriga
qaroqchilik, metal pullar va qimmatli davlat qog ozlarini qalba-
kilashtirish, qullar, ayollar va bolalar savdosi, giyohvand mod-
dalarning noqonuniy savdosi, pornografiya hamda xalqaro kon-
vensiyalarda ko zda tutilgan boshqa jinoyatlar kiritildi. Keyincha-
lik yana uchta konferensiya o tkazilgan bo lib, ularda xalqaro
terrorizmga qrshi kurash, jinoyatchilarni topshirish haqidagi
qonunchilikni muvofiqlashtirishga harakat qilindi. Konferensiya-
larda, shuningdek, xavfli xalqaro huquqbuzarliklarni rasman
xalqaro jinoyatlar va xalqaro xususiyatga ega o ir jinoyatlarga
ajratish taklif etildi.
Xalqaro huquqning o rganilayotgan sohasini kodekslashtirish-
ning avvali 1945-yil Xalqaro Harbiy Tribunal Nizomining qabul
qilinishi va 1946-yilda Nyurnberg harbiy tribunal Hukmining

1
Ïàíîâ Â.Ï. Ìåæäóíàðîäíîå óãîëîâíîå ïðàâî (ó÷åáíîå ïîñîáèå). Ì.: ÈHÔÐÀ Ì.


1997. C. 320.




13
chiqarilishi bo ldi. Ko rsatib o tilgan hujjatlarga huquqiy kuch


berish uchun BMT bosh Assambleyasi 1946-yilning dekabridagi
maxsus rezolyutsiyasida Nyurnberg tribunali statuti deb tan
olingan va tribunal hukmida o z ifodasini topgan Xalqaro huquq
tamoyillarini tasdiqladi.
Xalqaro Harbiy Tribunalning aytib o tilgan Nizomi barcha
xalqaro jinoyatlarni uch guruhga ajratdi (tinchlikka qarshi, har-
biy va insoniyatga qarshi) hamda keyinchalik ancha jiddiy
to ldirilgan ro yxatini berdi. 1968-yilda harbiy jinoyatlar va in-
soniyatga qarshi jinoyatlarga yaroqlilik muddatining qo llanil-
masligi to risidagi xalqaro jinoyatlarning aniqlashtirilgan va
kengaytirilgan tasnifiga ega Konvensiya qabul qilindi.
Hozirgi vaqtda xalqaro jinoyat huquqi Konsepsiyasi umum
tan olingan BMT qarorlarida mustahkamlangan. Misol uchun,
BMT Bosh Assambleyasining Rivojlanish kontekstida jinoyat-
chilikning oldini olish va jinoyat huquqi sohasidagi xalqaro ham-
korlik (1990-yil) rezolyutsiyasida davlatlarga Xalqaro jinoyat-
chilikka qarshi kurashni xalqaro munosabatlarda huquq-tartibot
va qonunchilikni mustahkamlash hamda unga rioya qilish yo li
bilan kuchaytirish va shu maqsadda xalqaro jinoyat huquqini
to ldirish va rivojlantira borish, shu sohadagi xalqaro bitimlar-
dan kelib chiquvchi majburiyatlarni to liq bajarish, o z milliy
qonunchiligini uning xalqaro jinoyat huquqi talablariga muvofiq-
ligini ta minlash uchun qayta ko rib chiqish
1
tavsiya etildi.
Shuningdek, jinoyat huquqini takomillashtirish, xalqaro jinoyat
huquqi bo yicha maxsus o quv kurslarini ishlab chiqish va uni
kodifikatsiyalashni yakunlash sohasida xalqaro hamkorlik zarur-
ligi ta kidlab o tildi. Shunga qaramasdan, yuridik adabiyotlarda
xalqaro huquqning ushbu sohasini tartibga solish predmetining
yagona tushunchasi hozirgacha yo q. Bu mavzudagi bahslar o t-
gan asrdan buyon davom etadi. Masalan, taniqli rus huquqshu-
nosi N.M. Korkunov Xalqaro jinoyat huquqini tuzish tajribasi

1
Ñáîðíèê ñòàíäàðòîâ è íîðì ÎÎÍ â îáëàñòè ïðåäóïðåæäåíèÿ ïðåñòóïíîñòè è


óãîëîâíîãî ïðàâîñóäèÿ. Íüþ-Éîðê, ÎÎÍ. 1992. Ñ. 49.




14
asarida uning mohiyatini davlatlarning xalqaro jinoyatchilar va


sudlanish masalalarini ishlab chiqishdagi hamkorlik huquqi deb
hisoblaydi
1
. F.F. Martens uni quyidagicha ta riflaydi: Xalqaro
jinoyat huquqi davlatlarni xalqaro muloqot sohasida o z jazo
hukmini amalga oshirishlarida bir-birlariga xalqaro sud yordami
berish shartlarini belgilovchi huquqiy me yorlar yig indisini o z
ichiga oladi
2
. Shu sababli aytib o tilgan darslikning Xalqaro
jinoyat huquqi bobi to laligicha xalqaro sud idorasiga tegishli
huquqiy yordam va jinoyatchilarni topshirishga bag ishlangani
tasodif emas.
Asta-sekin xalqaro jinoyat huquqi tushunchasi boshqarilayot-
gan munosabatlar doirasining kengayishi va uning asosiy ele-
mentlarini ko rsatib o tish hisobiga to ldirilib, aniqlashtirilib bo-
rildi. V. Grabar XX asr boshigacha rossiyalik

xalqaro huquqshu-


nos olimlar ishlarini tahlil qilib, xalqaro jinoyat huquqi barcha
davlatlar yoki ularning ma lum qismi mol-mulkiga zarar kelti-
ruvchi jinoyatlar bilan kurashga yo naltirilgan jinoiy huquq ibti-
dosi va me yorlarini o z ichiga olishi
3
haqida xulosa chiqaradi.
Aksariyat davlatlarda umumjinoiy jinoyatchilikning avval
ko rilmagan darajadagi o sishi xalqaro jinoyatchilik dinamikasi va
strukturasida jiddiy o zgarishlarga olib keladi. Genotsid, ekotsid,
aparteid, inson huquqlarining ommaviy buzilishi va boshqa yan-
gi xalqaro jinoyatlar paydo bo ldi. Xalqaro xususiyatga ega og ir
jinoyatlar soni ham doimiy ravishda ko payib bormoqda. Ular-
ning subyektlari strukturasi o zgarib, bu o z navbatida, yangi
moddiy me yorlarni amalga tatbiq qilish tadbirlari masalalariga
ham ta sir qilmay qolmaydi.
Galenskaya L.N. haqli ravishda ta kidlaganidek, xalqaro hu-
quqqa oid adabiyotda xalqaro jinoiy huquqning bir vaqtda 5 6 ta

1
Bu borada qarang: Ïàíîâ Â.Ï. Ìåæäóíàðîäíîå óãîëîâíîå ïðàâî (ó÷åáíîå ïî-


ñîáèå). Ì.: ÈÍÔÐÀ Ì, 1997. C. 20.
2
Ìàðòåíñ Ô.Ô. Ñîâðåìåííîå ìåæäóíàðîäíîå ïðàâî öèâèëèçîâàííûõ íàðîäîâ.
Å-2. ÑÏÁ. 1905. Ñ. 388.
3
Ãðàáàðü Â.Ý. Ìàòåðèàëüíûõ èñòîðèé ìåæäóíàðîäíîãî ïðàâà â Ðîññèè (1647
1917). Ì.: 1958. Ñ. 456.




15
turli konsepsiyalari mavjud bo lgan


1
. Ayrim olimlar uni xalqaro
umumiy (ommaviy) huquq tarmog i, boshqa bir olimlar esa, huquq-
ning mustaqil tarmog i, sohasi deb hisoblashgan. Bu fikrlarga
qarshi chiqqanlar ham bo lib, ular xalqaro jinoyat huquqi yo q
va xalqaro ommaviy huquqning kriminallashuviga yo l qo yib
bo lmaydi, deb isbotlamoqchi bo lishdi.
Huquq sohasining ilmiy asoslangan ta rifini shu sohaning
huquqiy boshqarish predmetini tahlil qilish asosida shakllanti-
rish mumkin. Xalqaro jinoyat huquqi predmetiga qanday kom-
ponentlar kiradi?

Yüklə 472,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə