Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O


 BMTning voyaga yetmaganlarga nisbatan odil



Yüklə 472,05 Kb.
səhifə52/69
tarix11.12.2023
ölçüsü472,05 Kb.
#147733
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   69
Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A-fayllar.org

4. BMTning voyaga yetmaganlarga nisbatan odil 
sudlovni amalga oshirishga taalluqli minimal standart 
qoidalari. 
BMTning jinoyatchilikning oldini olish va huquq-
buzarlar bilan muomala bo lish bo yicha yettinchi kongressi
1985-yilda BMTning voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sud-
lovni amalga oshirishga taalluqli minimal standart qoidalarini
tayyorlagan hamda qabul qilish uchun Bosh Assambleyaga
tavsiya etgan. Ba zan Pekin qoidalari deb ham yuritiladigan
bu hujjatdagi qoidalar jinoiy javobgarlikning eng yosh chega-
rasi, voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga oshi-

1
O zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi: (2012-yil 1-fevralgacha


zgartish va qo shimchalar bilan) Rasmiy nashr O zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi. T.: Adolat, 2012. 43-bet.




134
rish maqsadi, voyaga yetmaganlarga nisbatan samarali, adolatli


va muruvvatli odil sudlovni amalga oshirishning xususiyatlari
hamda inson huquqlari sohasida bu borada qo llanilishi lozim
bo lgan prinsiplar kabi masalalarga daxldordir. Bu qoidalar
voyaga yetmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni
tergov qilish va sudda ko rib chiqishgà taalluqli masalalarni,
shu jumladan, ularni sudga qadar qamoqda saqlash masalasini
ham qamrab oladi. Mazkur hujjatda voyaga yetmagan shaxslar
ishida jazoni ijro etish muassasalariga yuborishni nazarda
tutuvchi choralardan imkon qadar kamroq foydalanish tavsiya
etiladi. Standart qoidalarda jazoni ijro etish muassasalariga
yuborilgan, voyaga yetmagan huquqbuzarlarning himoya eti-
lishini ta minlaydigan normalar ham bor. Bosh Assambleya
1985-yilda mazkur qoidalarni qabul qilgan hamda davlatlarga
tegishli barcha hollarda ularni qo llashni hamda bu qoidalarning
mazmun-mohiyatini tegishli organlar va umuman olganda,
aholining e tiboriga yetkazishni taklif etgan.
Odil sudlovni amalga oshirish sohasidagi inson huquqlariga
oid xalqaro shartnomalar qatorida Mansabdor shaxslarning
huquqiy tartibotni saqlash borasidagi Axloq Kodeksi , Qanday
shaklda bo lmasin, hibsga yoki qamoqqa olingan barcha shaxs-
larni himoya qilish prinsiplari turkumi , Yuristlarning roliga
taalluqli asosiy prinsiplar , Sud ta qibini amalga oshiruvchi
shaxslarning roligà taalluqli rahbariy prinsiplar lari muhimdir.
Inson huquqlarini himoya qilish sohasida BMTning qo mi-
talari (shartnomaviy organlari) faoliyati ham muhim hisobla-
nadi. Ulardan: Inson huquqlari bo yicha qo mita, Iqtisodiy, ijti-
moiy va madaniy huquqlar bo yicha qo mita, Irqiy kamsitish-
larni tugatish bo yicha qo mita, Qiynoqlarga solishga qarshi
qo mita, Xotin-qizlarni kamsitishlarga barham berish bo yicha
qo mita, Bola huquqlari bo yicha qo mita, Mehnatkash migrant-
lar va ularning oila a zolari huquqlarini himoya qilish bo yicha
qo mita, Nogironlar huquqlari bo yicha qo mita, Zo rlik ostida
oyib bo lganlar bo yicha qo mitalar faoliyati ahamiyatlidir.




135


Yüklə 472,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə