Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги



Yüklə 67,45 Kb.
səhifə6/11
tarix30.01.2022
ölçüsü67,45 Kb.
#83268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Диссертация

Adabiyotlar sharhi

1. Madaniy o‘simliklar orasida mevali bog‘ daraxtlari ko‘pincha turli zararkunandalar bilan eng ko‘p shikastlanadi. Bunga asosiy sabab, uzoq vegetatsiya hamda daraxt tanasining nisbatan yirikligidir. Bu yerda oziqlanish jixatidan turli guruh, bug‘imoyoqli jonivorlarning namunalarini uchratish mumkin: barg, novda, meva va ildiz zararkunandalari. Umuman, O‘zbekistan sharoitida mevali daraxtlarda 300 dan ortiq bug‘imoyoqli jonivorlar oziqlanadi. (O‘simliklarni himoya qilish. Toshkent-2018. Y.Sh.Toreniyazov, Sh.T.Xo‘jayev, E.A.Xolmurodov. 662-bet)

2. Pestitsidlar aralashtirib ishlatilganda ko‘p hollarda preparatning taʼsir qilishi uzoqga cho‘ziladi. Masalan, zaharli kuchi uzoqga bormaydigan va o‘rgimchakkana tuxumlarini deyarli o‘ldirmaydigan karbofosga va baʼzi boshqa fosforoorganik akaritsidlarga nissoran aralashtirish, o‘simliklarni ancha uzoq; vaqt davomida himoyalanish imkonini beradi. Birinchi sinf piretroidlariga akaritsidlarni qo‘shib ishlatish biologik va xujalik samaradorligini oshiradi. Pestitsidlar oz muddatida kompleks ravishda ishlatilsa, g‘o‘zani va boshqa ekinlarni ishlov berishga sarflanadigan mablag‘lar ancha tejaladi va olinadigan mahsulot tannarxi pasayadi. Shuni qayd etish kerakki, insektoakaritsidlargina emas, balki boshqa agronomiya usullari uchun mo‘ljallangan kimyoviy vositalarni ham aralashtirib ishlatish mumkin. Masalan, pestitsidlarni biologik faol moddalar bilan birga qo‘shib ishlatish istiqbolli tadbirdir. Bu tadbir keyingi yillarda UzFА institutlarida muvaffaqiyatli ravishda sinab ko‘rilmoqda. Pestitsidlar aralashmasini to‘g‘ri tuzib qo‘llash ularning samaradorligini oshirishga yordam beradi, kimyoviy ishlov berishlarda mehnat unumi oshadi va ayrim pestitsidlarning nuqsoni bartaraf etiladi. (O‘simliklarni himoya qilish. Toshkent-2018. Y.Sh.Toreniyazov, Sh.T.Xo‘jayev, E.A.Xolmurodov. 854-bet)

3. Turli xil keng ishlatib kelinayotgan hamda istiqbolli insektitsid va akaritsidlarning qoldik zaharliligini o‘rganish O‘HQI va zoologiya ITI xodimlari tomonidan keyingi 10-15 yil mobaynida o‘tkazilmoqda. Аniqlanishicha, fosfororganik insektitsidlar (BI-58, fozalon, selekron va b.) qo‘llanilganda, shu dalaga trixogrammani 10-15 kun, brakonni esa 5-10 kundan keyin qo‘yish mumkin. Piretroid gruppasiga kiradigan preparatlar (simbush, karate, sumitsidin, detsis va b.) qo‘llanilganda esa trixogramma uchun xavfsiz muddat 7-15, brakon uchun esa 3-12 kunni tashkil etadi. Oltingugurtli preparatlar unchalik xavfli emas. U trixogrammaga 5-7 kun, brakonga esa 1-2 kun mobaynida taʼsir ko‘rsatishi mumkin (Sh.T. Xo‘jaev, А.Hakimov, M.N.Sobchak, J U.Sobirova. 856-bet).

4. Tanasi yumshok va nozik, ayrimlari mayin kukun yoki oq momiq bilan qoplangan. Tanasining tusi ko‘kishdan qo‘ng‘ir, hatto qoragacha o‘zgaradi, ayrimlari qizg‘ish yoki och sarg‘ish rangda, odatda oziqlanayotgan muhitga o‘xshaydi. Tuxumlari yaltiroq qora, cho‘zik oval shaklda. Shiralar to‘liq (bir uyli yoki ikki uyli) hamda to‘liqsiz rivojlanishi mumkin. (Umumiy va qishloq xo‘jaligi entomologiyasi hamda uyg‘unlashgan himoya qilish tizimining asoslari. IV nashr. Toshkent 2019. Sh.T. Xo‘jayev.202 b.)


Yüklə 67,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə