Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги



Yüklə 67,45 Kb.
səhifə9/11
tarix30.01.2022
ölçüsü67,45 Kb.
#83268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Диссертация

ADABIYOTLAR SHARHI

Tatqiqot ob’ekti va predmeti. Tadqiqot ob’ekti bo‘lib intensiv mevali bog‘ daraxtlari va ularda uchrovchi so‘ruvchi zararkunandalari hisoblanadi. Tatqiqot predmeti - intensiv mevali bog‘larda uchrovchi so‘ruvchi zararkunandalarning imogasi, nimfa, lichinka, tuxumlik davrlarini o‘rganish va ilmiy asoslash.
Tajribani o‘tkazish uslublari. Tadqiqotlar umumiy entomologiya hamda qishloq xo‘jalik entomologiyasida keng foydalaniladigan usul va uslublar yordamida bajariladi. Entomologik hisoblar va kuzatuvlarni G.YA.Bey-Bienko, L.A.Kopaneva aniqlagichlari yordamida; Hasharotlarning zararlilik darajasi V.I.Tanskiy uslubi bo‘yicha aniqlandi. Dala va laboratoriya tajribalarida biologik samaradorlikni hisoblash nazorat variantini inobatga oladigan W.S.Abbot formulasiga muvofiq aniqlanadi. Variantlarning joylashtirilishi. Sug‘orma dehqonchilik sharoitida bo‘laklarning qulay shakli-cho‘ziq to‘g‘ri to‘rtburchak, tomonlari nisbati taxminan 1:20; 1:25; va undan kattaroq, odatda, uzun tomoni nishablik bo‘yicha tuproq xilma-xilligini baravar qamrab olishi bilan izohlanadi. Variantlar tajriba dalasi bo‘laklari bo‘yicha quyidagi usul asosida joylashtiriladi: rendomizatsiyalangan (tasodifiy).

- Rendomizatsiya (tasodifiy) usulida variantlar har bir takrorlanishda tasodifan, ya’ni qur’a tashlash asosida joylashtiriladi. Bu usul quyidagicha amalga oshiriladi: Tajriba variantlari raqami bir xil hajmdagi qog‘ozchalarga yozilib, bir idishga solinadida, yaxshilab aralashtirilgach, birma-bir tortib olinadi. Shunday tarzda tegishli variant olingan qog‘ozda ko‘rsatilgan raqam bilan belgilanadi, birinchi takrorlanish, so‘ng boshqa takrorlanish variantlari shu tartibda joylashtiriladi.

Tajribada quyidagilarni amalga oshirish ko’zda tutiladi:

a) Kimyoviy preparatning so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi eng yuqori biologik samaradorligini aniqlash;

b) Muayyan zararkunandaga qarshi tavsiya etiladigan kimyoviy preparatlar sarfining me’yori (100% ga yaqin samara beradigan eng past me’yori) ni belgilash;

v) Bir marta ishlov berish natijasida o‘simlikning himoyalanish davomiyligini belgilash;

g) Kimyoviy preparat sepish uchun eng samarali muddat va takroriy ishlatish sonini belgilash;

d) Kimyoviy preparatning himoyalanayotgan o‘simlik o‘sishi, hosildorligi va hosil sifatiga ta’sirini o‘rganish;

Kimyoviy preparatlarni zararkunandalar bilan kuchli zararlanadigan mevali bog‘larda tajriba asosida sinab ko‘riladi.

Kimyoviy kurashni olib borish bog‘larda so‘ruvchi zararkunandalarning soni iqtisodiy zarar keltiradigan darajadan past bo‘lmasligi kerak.

Tajriba majmuasiga sinalayotgan preparat 2-3 sarfda, andoza kimyoviy preparat va toza nazorat bo‘lagi kiritiladi. Andoza sifatida ishlab chiqarishda keng qo‘llanilayotgan kimyoviy preparat olinadi va bunda quyidagilarga e’tibor beriladi:

-tajriba qo‘yilayotgan joydagi so‘ruvchi zararkunanda populyatsiyasi andoza preparatga nisbatan chidamli bo‘lmasligi;

-andoza preparat kimyoviy tarkibi va ta’sir etish holati bo‘yicha sinalayotgan preparatga yaqin bo‘lishi kerak.

Preparatni sinash ishlari yelkaga taqiladigan purkagichlar bilan bajarilishi lozim. Sinalayotgan preparatning sarfi preparat tavsiya etgan korxona (firma) ko‘rsatmasiga binoan yoki preparatning qisqacha ta’rifiga binoan, andoza preparatning sarfi esa, mavjud tavsiyanomalarga asosan belgilanadi. Ishchi suyuqligi hosilga kirgan bog‘larda 250-300 l/ga sarflanadi.

Preparatni sinash rejalashtirilgan bog‘larda zararkunandani topish va sonini aniqlash uchun har 5-10 kunda bir marta kuzatish olib boriladi. Buning uchun 3 gektargacha bo’lgan bog‘larda 10 daraxtdan, 10 gektargacha bo‘lgan bog‘larda shaxmat tarzida joylashgan 20 daraxtning to‘rt tamonidan 10 donadan, jami 40 dona barg ko‘rib chiqiladi. Bargdagi harakatchan shiralar soni 7-10 marta kattalashtirilib ko‘rsatuvchi lupa yordamida sanaladi.

So‘ruvchi zararkunandalar soni iqtisodiy zarar miqdor mezoniga (IZMM) yetgachgina tajribalarni qo‘yishga kirishiladi. Har bir tajriba bo‘lagidan 4-6 model daraxti belgilanadi va ularda zararkunanda soni sanaladi. Pestisid sepilgach 3, 7, 14, 21 kunlari va so‘ngra zararkunandalarning soni pestisid qo‘llashdan oldingi holatga yetgunga qadar doimiy hisob olib boriladi.

Agar tajriba davomida zararkunandalarning soni dastlabki pestisid sepilguncha bo‘lgan miqdoriga yetsa yoki undan oshib ketsa, tajriba to‘xtatiladi.

Sinalayotgan pestisid ta’sir etish muddati hisoblanganda, pestisid sepilgan kundan zararkunandalar soni iqtisodiy zarar miqdor mezoniga (IZMM) bo‘lgan davr hisoblanadi. Preparatni tajriba sharoitida sinash alohida joylashgan va kuchli zararlangan 0,1-0,2 gektarli bog‘da olib boriladi. Har bir maydonchada 3 model daraxt 3-4 qaytarilishda kuzatiladi. Katta dala tajribalari esa 1 gektarli va undan yirik bo‘lgan bog‘larda o‘tkaziladi. Ishchi eritmasining sarfi 250 va 300 l bo‘lishi mumkin.

Yashil olma shirasi – Aphis pomi Deg., Nok shirasi – Psylla vasilievi Suls., Katta shaftoli shirasi – Pterochloroides persicae Chol. kabi shira turlari bog‘larda uchraydi. Ular kurtaklar, barglar, gullar va ingichka novdalar shirasini so‘rib, daraxtlarni kuchsizlantiradi. O‘sishdan orqada qoldiradi, barglarini burishtirib qo‘yadi. Shiralardan qattiq zararlangan daraxtlar yaxshi hosil bermaydi. Tajriba shiralar bilan kuchli zararlangan, navi, agrotexnikasi bir xil bo’lgan, novdalari 20% gacha zararlangan hamda har bir bargda 2 donadan ortiq zararkunanda tarqalgan bog‘larda o‘tkaziladi.

Tajriba davomida preparat sinalayotgan o‘simlikning o‘ziga, foydali hasharotlarga ko‘rsatgan ta’siri ham aniqlanadi.




S x100%
Sinalayotgan preparatlarning biologik samaradorligini hisoblashda abbot formulasidan foydalaniladi:
S – samaradorlik, %;

A – nazorat uchastkasidagi zararkunanda soni yoki o‘simlik shikastlanish darajasi;

V– tajriba uchastkasidagi zararkunanda soni yoki o‘simlik shikastlanish darajasi.


Yüklə 67,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə