Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/110
tarix21.12.2022
ölçüsü2,15 Mb.
#97468
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   110
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706

 
 
 
 
 
16 - chizma.
 
Byudjetlarni shakllantirish jarayonining bosqichlari 
Chizmadan ko‗rinib turibdiki, byudjet jarayoni uzluksizligini ta'minlashning 
asosiy sharti byudjet va haqiqiy ma'lumotlarni taqqoslama tahlilini o‗tkazishdan 
iboratdir. Undan tashqari, ushbu tahlil asosida kelgusi yil byudjeti ko‗rsatkichlari 
shakllantiriladi. Umuman olganda mazkur tahlil bir vaqtning o‗zida byudjet siklini 
boshlang‗ich va yakuniy bosqichi hisoblanadi, shu bilan aylanib o‗z holatiga 
qaytadi (shuning uchun ham sikl deb ataladi). 
Yuqorida ta'kidlangan tartib-qoidalar, vazifa va tamoyillar hamda nizomga 
tayangan holda korxonalar amaliyotida byudjetlashtirishni samarali joriy etish 
uchun quyidagi uslubiy algoritm tavsiya qilinadi (17 - chizma). 
 
 
17 - chizma.
 
Korxonalarda byudjetlashtirish tizimini joriy etishning uslubiy 
algoritmi 
Byudjetlashtirishni joriy etishda dastlab korxonalarini yil davomida rejadagi 
daromadga erishishini ta'minlash kabi maqsad va vazifalari belgilab olinadi. 
O‗tgan hiso-
bot davri 
byudjeti va 
haqiqiy ma'-
lumotlarning 
taqqoslama 
tahlili
Hisobot davri 
yig‗ma 
byudjeti 
tuzilishi 
Hisobot davri 
byudjetining 
bajarilishini 
nazorat 
(monitoring) 
qilish 
Hisobot davri 
byudjeti va 
haqiqiy 
ma'lumot-
larning 
taqqoslam

tahlili 
Kelgusi 
hisobot davri 
uchun yig‗ma 
byudjetning 
tuzilishi 
Byudjetlashtirishning maqsad va vazifalarini aniqlash hamda «Byudjetlashtirishni joriy 
qilish va tahlil» kengashini tashkil etish 
Byudjet turlarini aniqlash va ularning o‗zaro mantiqiy bog‗lanishi tartibini belgilash 
Byudjet reglamenti va hujjat aylanishi grafigini tasdiqlash hamda byudjetlarni mas'uliyat 
markazlari bo‗yicha taqsimlash 
Byudjetni tasdiqlash va samaradorlikning muhim ko‗rsatkichlarini aniqlash 
Byudjet bajarilishini nazorat va tahlil qilish 


153 
Buning uchun tegishli moliyaviy tuzilmalar: «Byudjetlashtirishni joriy qilish va 
tahlil» kengashi tuziladi hamda korxonalarda faoliyat yuritayotgan zveno, brigada, 
sexlar va bo‗linmalar xalqaro amaliyotda keng qo‗llanilayotgan AVS-tizimida 
xarajatlarni hisobga olishning 4 ta darajasi asosida javobgarlik markazlari sifatida 
shakllantiriladi. 
AVS hisob tizimi javobgarlik markazlari bo‗yicha tannarx hisob-kitobini 
doimiy va o‗zgaruvchan xarajatlarga bo‗lib hisobga oladi va asosiy e'tiborini 
faoliyat turlari hamda funksional xizmatlarga qaratadi. Umuman, AVS tizimi 
faoliyat turlari bo‗yicha xarajatlar hisobini (xarajatlarning funksional hisobi) 
anglatadi. 
Keyingi bosqichda byudjetlar tuziladi, ularning o‗zaro mantiqiy bog‗lanish
tartibi belgilanib, byudjet reglamenti va hujjatlar aylanishi grafigi tasdiqlanadi. 
So‗ngra byudjetlar mas'uliyat markazlari bo‗yicha taqsimlanib, samaradorlikning 
muhim ko‗rsatkichlari aniqlanadi va korxona direktori tomonidan tasdiqlanadi. 
Byudjetlashtirishdan ko‗zlangan samaraga erishish maqsadida byudjetlar 
bajarilishi nazorat va tahlil qilib boriladi. Ushbu bosqichlar yuqorida ta'kidlangan 
ketma-ketlikda va samarali tashkil qilinsagina, korxonalarda byudjetlashtirishni 
joriy etishdan ko‗zlangan maqsadga erishish mumkin. 
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, byudjetlashtirish rejalashtirishdan kengroq 
tushuncha bo‗lib, u o‗z ichiga rejalashtirish bilan birga me'yorlashtirish va 
prognozlashtirishni ham qamrab oladi. Ixtisoslikka oid adabiyotlarni o‗rganish 
mazkur jarayonni ssenariy asosida tashkil etish maqsadga muvofiqligini ko‗rsatdi. 
Muallif bu borada tadqiqotchi S.A.Sidorovning fikrini qo‗llab-quvvatlaydi, ya'ni 
paxta tozalash korxonalarida «Asosiy byudjetning barcha parametrlarini hisob-
kitob qilish uchun asos sifatida, nafaqat marketing tadqiqotlari va sotish byudjeti 
olinishi kerak, balki byudjetlashtirish ssenariysi tayyorlanishi lozim».
 
Ssenariy ma'lum maqsadli va samarali xatti-harakatlarni amalga oshirish 
uchun tayyorlangan uslubiy ko‗rsatmadir. Ssenariy asosini byudjetlashtirish uchun 
zarur bo‗lgan asosiy shart-sharoitlar, me'yorlar, mezonlar va omillar tashkil etadi. 


154 
Iqtisodiy adabiyotlar tahlili byudjetlar tuzish ketma-ketligi masalasi 
byudjetlashtirishda muhim ahamiyat kasb etishi tufayli iqtisodchi olimlar 
tomonidan keng yoritilganligini ko‗rsatdi. Biroq, ularni tadqiq etish bu masalada 
yagona bir fikrga kelinmaganligini ko‗rsatmoqda. Masalan, A.A. Abdug‗aniev 
ushbu masalaga to‗xtalib, «...... byudjetlar tuzishni daromad va foydadan emas, 
balki xarajatlar va mahsulot hajmidan boshlashni tavsiya etamiz»,
- deb yozgan.
Professor M. Vaxrushinaning fikricha, «Operasion byudjetlarni tuzish 
ketma-ketligi korxonalar faoliyatini cheklovchi omillarga bog‗liq bo‗ladi. Masalan, 
korxonada asosiy cheklovchi omil bozor sig‗imi bo‗lsa, byudjetlar tuzishni sotish 
byudjeti, ishlab chiqarish quvvatlarining yetishmasligi bo‗lsa, ishlab chiqarish 
byudjeti, xomashyo va materiallar tanqisligi bo‗lsa, ta'minot byudjetidan boshlash 
maqsadga muvofiq bo‗ladi».
Boshqa bir fikrga ko‗ra, bosh byudjet tuzishni daromad va xarajatlar 
byudjetini tuzishdan boshlash kerak. Chunki bu hujjat nafaqat biznesdan ko‗zda 
tutilayotgan rentabellikni (korxona va tarkibiy bo‗linmalar miqyosida) aks ettiradi, 
balki xarajatlar tarkibini ham yaqqol ko‗rsatib beradi. 
Ixtisoslikka oid adabiyotlarni o‗rganish asosida iqtisodchi olimlarning 
byudjetlarni tuzish uslubiyotiga ko‗ra, ikki toifaga bo‗lish mumkin: 
1) byudjet tuzishni korxonaning tarkibiy tuzilmalari bo‗yicha amalga 
oshirish tarafdorlari (E.Koba va boshqalar); 
2) byudjet tuzishni faoliyat turlari bo‗yicha amalga oshirishni qo‗llab-
quvvatlovchi olimlar (K.Shiborsh, A.Sheremet va boshqalar). 
Bosh byudjetning mohiyatiga to‗xtaladigan bo‗lsak, professor B. Xasanov 
ta'kidlaganidek, «Bosh byudjet korxona rahbarlari uchun o‗ta muhim bo‗lib, 
rejalashtirilgan hisobot davrida ular oldida turgan maqsad va vazifalarni aniq 
belgilash va ishlab chiqarish dasturi bajarilishi, daromadlar va xarajatlarning 
shakllanish jarayoni, hisob-kitoblar holatini kuzatib borishga imkon beradi».
 
Tadqiqotlar bosh byudjetni shakllantirishning nazariy va amaliy masalalari 
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida, jumladan paxta tozalash korxonalari 
faoliyatida to‗liq o‗z aksini topmaganligi sababli mazkur masala iqtisodchi olimlar 


155 
o‗rtasida bahs-munozara mavzusiga aylanganligini ko‗rsatmoqda. Masalan, 
professor A. Pardaev bosh byudjetni 2 ga: tezkor (operativ) va moliyaviy 
byudjetlarga bo‗lgan,
professor B. Xasanov bosh byudjetni 3 ga: operasion, 
moliyaviy va investisiya byudjetlariga ajratgan,
rossiyalik olimlar A.D. Sheremet, 
S.A. Rasskazova-Nikolaeva, S.V. Shebek, Ye.A.Nikolaevlar operasion va 
moliyaviy byudjetlarga ajratgan
va hokazo. 
Bosh byudjet korxonaning turli rejalarini bog‗lovchi bo‗g‗in bo‗lib, 
belgilangan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‗lgan mazkur rejalarni moliyaviy 
va miqdoriy ifodalanishini bildiradi va barcha bo‗linmalari faoliyatini 
muvofiqlashtiradi. Shuning uchun korxonalarda bosh byudjetni operasion, 
investisiya (innovasiya), maxsus va yig‗ma byudjetlardan tashkil topishi maqsadga 
muvofiq bo‗ladi. 
Shu bilan birga korxonalarning o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan 
holda bosh byudjetni tuzish texnologiyasi ishlab chiqilishi lozim. 
Iqtisodiy adabiyotlar va tarmoq xususiyatlarini chuqur tadqiq etgan holda 
korxonalarda bosh byudjet tuzish ketma-ketligining qisqacha tavsifi va 
byudjetlarni tuzish uchun qo‗llaniladigan reja-analitik vositalarni ro‗yxati tavsiya 
etilishi lozim. 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə