Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/110
tarix21.12.2022
ölçüsü2,15 Mb.
#97468
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   110
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706

 
7-jadval 
Korxonalarda byudjetlarning shakllarini tuzish belgilari va 
mezonlariga ko„ra qiyosiy tasniflanishi 
Byudjetlarning 
shakllari bo„yicha 
Byudjetlarni bosh 
byudjetga bog„liqligi 
bo„yicha 
Korxonaning 
faoliyat turlariga ko„ra
1. Statik byudjet 
2. Moslashuvchan 
byudjet 
3. Haqiqiy byudjet 
1. Operasion byudjet 
2. Investisiya byudjeti 
3. Maxsus byudjet 
4. Yig‗ma byudjet 
1. Tayyorlov byudjeti 
2. Qayta ishlash 
byudjeti 
3. Sotish byudjeti 
Byudjetlashtirishga oid uslubiy yondashuvlar iqtisodiy adabiyotlarda 
turlicha bayon qilingan va nomlangan, masalan, J. K. Shim, J. G.Sigel,
T.P. Karpova kabi olimlar uni «rejalashtirishning falsafasi, byudjetlashtirishning 
strategiyasi va metodlari», - deb talqin etgan. 


150 
Byudjetlashtirishning an'anaviy vositalari o‗zida «Dasturiy-maqsadli 
byudjet» (AQShda 1949-1962 yillarda ishlab chiqilgan va amaliyotda sinalgan), 
«Rejalashtirish-dasturlash-byudjetlashtirish» (1963-1971 yillarda yaratilgan) va 
«Maqsadlar bo‗yicha boshqaruv» (1972-1975 yillarda amaliyotga joriy qilingan)ni 
qamrab oladi. Byudjetlashtirishni ilg‗or usullariga esa «Noldan boshlab ishlab 
chiqiladigan byudjet» (1977-1981 yillarda ishlab chiqilgan), «Natijaviylikka 
asoslangan byudjetlashtirish» (1993-1999 yillarda yaratilgan) va «Hisoblash 
usuliga asoslangan byudjetlashtirish» (2000 yilda amaliyotga joriy qilingan) kiradi. 
Tadqiqotlarni ko‗rsatishicha byudjetlashtirishda byudjet turini to‗g‗ri tanlash 
katta ahamiyatga ega va u korxonalar faoliyatini o‗ziga xos xususiyati, tanlagan 
strategiyasi hamda bozorning ko‗lamiga bog‗liq bo‗ladi. Bunda eng asosiysi 
byudjetlashtirishni joriy etish boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish 
uchun asos yaratilishiga olib kelishiga e'tibor qaratilishi kerak. 
Amaliyotda byudjetlashtirishning hajmi, qamrovi va ko‗lamiga ko‗ra 
yoppasiga byudjetlashtirish, zarur darajadagi byudjetlashtirish, minimal darajada 
byudjetlashtirish, daromad va xarajatlarni byudjetlashtirish kabi turlari mavjuddir. 
Yoppasiga byudjetlashtirishda korxona tomonidan amalga oshiriladigan barcha 
funksiyalarni 
doimiy 
rejalashtirish 
nazarda 
tutiladi. 
Zarur 
darajadagi 
byudjetlashtirishda moliyaviy byudjetlarni hisob-kitoblari uchun ma'lum 
darajadagi operasion (moddiy, mehnat xarajatlari va boshqalar) byudjetlar tuziladi. 
Minimal darajada byudjetlashtirishda korxonada pul mablag‗lari harakati, foyda va 
zararlar va prognoz buxgalteriya balansi kabi moliyaviy byudjetlar tuziladi. 
Daromad va xarajatlarni byud-jetlashtirishda esa faqatgina choraklarga bo‗lingan 
yillik daromad va xarajatlar byudjeti tuziladi. 
Fikrimizcha, byudjetlashtirish davri va darajasini tanlashda byudjetlarni 
aniqlashtirish bo‗yicha mutanosiblikni o‗rnatilishi va byudjet davri yetarli darajada 
uzoq va qisqa muddatli bo‗lishiga erishish lozim.
Tamoyillar byudjetlashtirish tizimi mazmunini belgilaydi va shu sababdan 
byudjetlashtirish tegishli tamoyillarga asoslanishi lozim (13-ilova). 


151 
Amaliyotni o‗rganish korxonalarda byudjetlashtirishning joriy etishni 
samarali boshqaruv tizimisiz amalga oshirib bo‗lmasligini ko‗rsatdi. Shuning 
uchun bizningcha, byudjetlashtirish masalalari bilan doimiy faoliyat yurituvchi 
konsul'tativ guruh maqomiga ega bo‗lgan alohida kengash – «Byudjetlashtirishni 
joriy etish va tahlil» kengashi shug‗ullanishi lozim.
Ushbu kengash tarkibiga korxonalarda iqtisodchi mutaxassislardan tashqari 
bosh muhandis, bosh mexanik, bo‗lim boshliqlari (ustalar) va boshqalar kirishi 
kerak.
Iqtisodiy adabiyotlarni o‗rganish korxonalarda byudjetlashtirishni joriy 
etish byudjetlashtirish haqidagi nizomga asoslanishi kerak, degan fikr ko‗p 
uchrashini ko‗rsatdi. Bizningcha ushbu nizomda, qo‗shimcha ravishda 
ma'lumotlarni to‗plash, qayta ishlash va byudjetlarni shakllantirish tartibi mas'ul 
shaxslar va byudjet bajarilishi muddatlari ko‗rsatilgan holda aks ettirilishi belgilab 
qo‗yilishi lozim.
Byudjetlashtirish haqidagi nizomni ishlab chiqish bilan byudjetlashtirishni 
joriy qilish va tahlil kengashi shug‗ullanishi zarur. Ushbu nizom 
byudjetlashtirishni samarali joriy etishni, amalga oshirish tartib va uni boshqaruv 
tizimidagi rolini hamda o‗rnini belgilab berishi kerak.
Eng muhimi, «Byudjetlashtirish haqida»gi nizomda turli bo‗g‗in va 
maqsadlardagi byudjetlarni o‗zaro aloqasiga asoslangan byudjetlashtirish va 
tahlilni amalga oshirish algoritmi alohida ahamiyatga ega bo‗ladi. 
Ushbu talablarni hisobga olgan holda korxonalar uchun «Byudjetlashtirish 
haqida»gi namunaviy nizom loyihasi tavsiya etildi (14-ilova).
Mazkur nizom ishlab chiqilgandan so‗ng u asosida byudjetni 
shakllantirishga kirishish mumkin. U o‗tgan hisobot davri byudjeti tahlilidan 
boshlanadi va tahlil ma'lumotlari asosida byudjetlar tuziladi. Mazkur jarayon 
byudjet bajarilishi nazorati bilan yakunlanadi. Ular birgalikda byudjet siklini 
tashkil etadi (16 - chizma). 


152 
0-bosqich 1-bosqich 2-bosqich 3-bosqich 1-bosqich 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə