Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet



Yüklə 149,57 Kb.
səhifə1/4
tarix18.09.2023
ölçüsü149,57 Kb.
#122340
  1   2   3   4
Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTET
MOLIYA” KAFEDRASI

MOLIYA” FANIDAN


KURS ISHI

Mavzu: Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish
TOSHKENT – 2023

Bajardi: ________ guruh talabaasi _________________________________
Ilmiy rahbar: _______________________


Ro‘yxatga olindi №___________
___”____________2023 y. ________
(imzo)




Himoyaga tavsiya etildi (etilmadi)
___” ____________ 2023 y.

Ilmiy rahbar imzosi: ____________





Bahosi: _________
Komissiya a’zolari:
___________________ _________
___________________ _________
___________________ _________


Mavzu: Moliyaviy rejalshtirish va tartibga solish
Reja:
Kirish
Asosiy qism
1. Moliyaviy rejalshtirishgacha bo’lgan bosqichlar – Moliyaviy bashoratlash
2. Moliyaviy rejalshtirish
3.Moliyaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tartibga solish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimining asosiy bosqichlaridan biri rejalashtirishdir31. Iqtisodiy adabiyotlarda, eng umumiy shaklda, rejalashtirish istiqbolga yo’naltirilgan qarorlarni qabul qilish bo’yicha faoliyat deb talqin qilinadi.
“Rejalashtirish” tushunchasining ma’no va mazmunini yanada umumiyroq bo’lgan va xo’jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini muvofiqlashtirishning ob’yektiv zarurligi va imkoniyatini anglatuvchi “rejalilik” orqali aniqlash mumkin. Haqiqatdan ham rejalashtirish amaliyotda reja-lilikni amalga oshirishni, ya’ni balanslilik (muvoza- natlilik) va mutanosiblikka erishish bo’yicha ongli fao-liyatni bildiradi. Shu ma’noda, moliyaviy resurslarning balansliligini (muvozanatini) va prorportsionalliligini (mutanosibligini) ta’minlashga qaratilgan faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi.
Bunda balanslilik (muvozanatlilik) davlatning ixti-yorida bo’lgan moliyaviy resurslar va xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning ixtiyorida qolgan daromadlar o’rtasidagi optimal nisbatni bildiradi. Proportsionallik (mutano-siblik) esa korxonalar, xo’jalik tarmoqlari, mintaqalar va davlat sub’yektlari bo’yicha daromadlarning soliq to’lan-guncha va soliq to’langandan keyingi miqdorlari o’rtasidagi oqilona nisbatdan iborat. Ana shu nisbatni ko’paytirish yoki kamaytirish orqali davlat ularning rivojlanishini rag’batlantirish yoki cheklab qo’yishi mumkin.
Umumiy va oddiy ko’rinishda, moliyaviy rejalashtirish deyilganda moliyaviy rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi. Moliyaviy rejani, xuddi uni ishlab chiqish, yaratish yoki tuzish jarayoni kabi moliyaviy ko’rsatkichlarni ijodiy tahlil qilish, umumlashtirish va o’zaro bog’lash tizimi sifatida tushunish kerak. Amaliyotda tez-tez foydalaniladigan rejalashtirish ma’lumotlarini, masalan, korxona faoliyatining shakliy modelini ishlab chiqish va shu asosda moliyaviy ko’rsatkichlarning rejali tizimini aniqlashni, moliyaviy rejalashtirishning ishchi sxemasi sifatida qarash mumkin.


31 Mamlakatimizda rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishning ilk bosqichida ayrim iqtisodchilar tomonidan iqtisodiyotda rejalashtirishning (shu jumladan, moliyaviy rejalashtirishning) rolini butunlay inkor etish hodisalari ham yuz berdi. Bu olimlar o’z fikrlarini bozor iqtisodiyotining rejali iqtisodiyotdan tub farq qilishi, undagi munosabatlar rejalash-tirilmasdan, balki aksincha, stixiyali ravishda vujudga kelishi va h.k.lar bilan izohlashga harakat qilishdi. Shu boisdan ham o’sha davrda nashr etilgan ayrim darslik va o’quv qo’llanmalarida rejalashtirish (shu jumladan, moliyaviy rejalashtirish) masalalariga o’rin berilmadi. Ushbu darslik mualliflarining fikricha, bozor iqtisodiyotining, eng avvalo, talab va taklifga asoslanishi tegishli iqtisodiy jarayonlarni rejalashtirishdan mutlaqo voz kechilishini anglatmaydi. Aksincha, bozor iqtisodiyotida ham rejalashtirish (shu jumladan, moliyaviy rejalashtirish ham) yangicha ma’no va mazmun kasb etib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqaruv tizimining muhim bo’lagi bo’lib qolaveradi.
Shuni nazarda tutish kerakki, moliyaviy rejalashtirish jarayonida u yoki bu sub’-ekt faoliyat ko’rsatishi moliyaviy ta’minlanishining hayotiychanligini oshiruvchi noshakliy omillar inobatga olinishi kerak.


Yüklə 149,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə