Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги


VIII-Boshqaruv hisobini tashkil etish yo‟nalishlari



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/110
tarix21.12.2022
ölçüsü2,15 Mb.
#97468
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   110
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706

VIII-Boshqaruv hisobini tashkil etish yo‟nalishlari 
 
8.1. Boshqaruv hisobini joriy etish 
Korxonalarda boshqaruv hisobini yaratish, joriy etish va tashkil etishga eng 
avvalo korxona raxbarlari ma'sul bo‗lishi kerak. Ular albatta boshqaruv hisobini 
joriy etishdan manfaatdor bo‗lishlari, uni afzalliklarini tushunib yetgan bo‗lishlari 
va eng asosiysi mazkur jarayonni zarurligini his etishlari zarur.
Samarali boshqaruv hisobini tashkil etish uchun quyidagi ishlar amalga 
oshirilishi kerak: 
− tegishli amaliy malakaga ega bo‗lgan va moliyaviy tahlil, buxgalteriya 
hisobi, soliq tizimi, moliyaviy hisobning xalqaro tamoyillari va axborot 
texnologiyalaridan yaxshi xabardor bo‗lgan yuqori malakali mutaxassislarni jalb 
etish; 
− korxona raxbariyatini buxgalteriya hisobini joriy etish va yuritishdan 
xabardor bo‗lib borishi;
− raxbariyat tomonidan turli bo‗linmalar tomonidan boshqaruv hisobi 
bo‗limiga tegishli ma'lumotlarni taqdim etilishi jarayonidagi o‗zaro hamkorligini
ta'minlash; 
− mutaxassislarni korxonaning faoliyati to‗g‗risida va boshqa shunga 
o‗xshash kerakli ma'lumotlar, jumladan tijorat siriga kiruvchi ma'lumotlar 
bilan to‗liq ta'minlash (to‗liqsiz ma'lumotlarga ega bo‗linganda boshqaruv 
hisobi tegishli samara bermaydi); 
− har bir korxonada boshqaruv hisobini o‗ziga hos ko‗rsatkichlari 
(daromad markazlari, xarajat markazlari, beqarorlik va risk markazlari, 
samarali strategik rivojlanish markazlari va h.z.), hisob siyosati, hisobot 
shakllari, analitik ma'lumotlarni taqdim etish va ma'lumotlarni olish 
tartiblarini qamrab oluvchi metodikani ishlab chiqish; 
− maxsus ishlab chiqilgan yoki moslashtirilgan komp'yuter dasturlariga, 
iqtisodiy-matematik metodlarni keng va samarali qo‗llaydigan rivojlangan axborot 


204 
texnologiyalariga ega bo‗lish, m'lumotlar bazasini jamoa tomonidan tarmoqli 
rejimda foydalana olishiga imkoniyat yaratish. 
Albatta, har bir korxonani xususiyatidan kelib chiqib, unda moliya-iqtisod 
soxasiga ma'sul bo‗lgan ko‗pgina bo‗limlar(buxgalteriya bo‗limi, moliyaviy 
direktor xizmati, moliyaviy tahlil guruxi, reja bo‗limi va h.z.) mavjudligini hisobga 
olib boshqaruv hisobini joriy etish va yuritishda qo‗shimcha xarajatlar qilishni 
maqsadga muvofiqligi masalasi ko‗rib chiqilishi lozim. Bu masala biznesning 
ishlab chiqarish-xo‗jalik, iqtisodiy va moliyaviy tizimida muhim o‗rin egallovchi 
boshqaruv hisobini o‗ziga xos xususiyatidan kelib chiqib hal etiladi. 
Shunday qilib, samarali boshqaruv to‗liq, haqqoniy va tezkor ma'lumotlarga 
asoslanadi. Mazkur ma'lumotlar nafaqat joriy xolatni baholash, balki bo‗lajak davr 
va unda yuz berishi mumkin bo‗lgan xodisalar bo‗yicha prognoz qilish imkonini 
ham beradi. 
Shundan kelib chiqqan xolda boshqaruv hisobini tashkil qilish nafaqat 
kerakli, puxta o‗ylangan va ilmiy asoslangan texnik jihozlar (komp'yuter 
dasturlarini yaratish yoki o‗rnatish, boshqaruv hisobini parametrlarini aniqlash)ga 
ega bo‗lish, balki undan ham muhimroq bo‗lgan haqqoniy va tezkor ma'lumotlarni 
kerakli shaklda shakllantirish masalasini ham hal etishni talab etadi. Shu tufayli
korxona uchun juda samarali bo‗lgan metodika ham kerakli ma'lumotlar tezkor 
ravishda va zaruriy shaklda olinmaganligi sababli ma'lum bir muammolarga 
to‗qnash kelishi mumkin. 
Boshqaruv hisobini joriy etish bilan bog‗liq muammolarni umumlashtirgan 
xolda quyidagi tartibda bayon qilish mumkin: 
1. Mutaxassislarini asosiy qismi tizimli analitik mutaxassis funksiyasini 
bajaradigan va malakasi esa boshqaruv, buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil 
sohasidagi bilimlarni ham egallashga yetadigan kadrlardan iborat boshqaruv hisobi 
bo‗limini shakllantirishdagi muammolar.
2. Korxona raxbariyati va xodimlar o‗rtasida mazkur uchastkadagi 
ishlarning mohiyatini aniq tushunmaslik masalasi (oqibatda raxbariyat bilan 


205 
mutaxassislar o‗rtasida, mutaxassislar bilan korxonani boshqa xodimlari o‗rtasida 
yetarli darajada o‗zaro hamkorlik qilinmaydi). 
3. Boshqa bo‗linmalarda ish sifatini past bo‗lishi: buxgalteriya hisobini ba'zi 
bir masalalarini yuritilish sifatini pastligi, korxonani aniq bir tarkibiy tuzilishi 
haqida to‗liq ma'lumotni, jumladan xarakatdagi xizmat nizomlarini bo‗lmasligi va 
h.z. 
4. Korxonalarda ma'lum bir g‗oya va kadrlar tayyorlash tizimini mavjud 
bo‗lmasligi muammosi (bunday tizimni mavjud bo‗lishi jamoani ahil bo‗lib 
ishlashi, boshqaruvchi, analitik va iqtisodchilarni o‗zaro yaqin hamkorlikda 
faoliyat ko‗rsatishi va hisob hamda boshqaruvni yagona tizim bo‗lib ishlashini 
ta'minlaydi). 
5. Boshqaruv hisobi tizimini faoliyat ko‗rsatishidagi ob'ektiv qiyinchiliklar: 
samarali axborot texnologiyalari va ma'lumotlar bazasini jamoa tomonidan 
tarmoqli rejimda foydalana olish imkoniyatini beradigan komp'yuter tizimini joriy 
etishda mablag‗larni iqtisod qilish bo‗yicha bo‗ladigan urinishlar va h.z. 
Yuqorida sanab o‗tilgan muammolarni hal etish bo‗yicha javobgarlik 
korxona raxbarini zimmasida bo‗ladi. U to‗laqonli boshqaruv hisobini yaratishdan 
manfaatdor bo‗lishi va bu jarayonda yuzaga chiqadigan tashkiliy, psixologik va 
texnik muammolarni hal etishda tashabbus ko‗rsatishi kerak.
Amaliyot shuni ko‗rsatmoqdaki, ba'zan yirik korxonalarni raxbarlari axborot 
ta'minoti masalasini konsalting firmalarini jalb etish, murakkab va kompleks 
axborot tizimlarini joriy etish orqali hal etishga xarakat qilishmoqda. Bu narsa 
boshqaruv hisobini joriy etish jarayonini tezlashtirmoqda, bu tartibda mazkur 
tizimni joriy etish katta mablag‗ sarflanishiga ham olib kelmoqda. Undan tashqari, 
biznesni tarkibiy tuzilishini, shu jumladan xujjat aylanishini o‗zgartirish, yangi 
xodimlarni ishga qabul qilish va ko‗p miqdorda axborot texnologiyalari vositalarini 
xarid qilish talab qilinmoqda.
Shuni ham ta'kidlash kerakki, oqibatda bunday tizim to‗liq ishlashi va 
tegishli samara berishiga hech kim kafolat bera olmaydi. 


206 
Ko‗pgina xolarda korxona raxbari tomonidan buyruq asosida qaror qabul 
qilishni murakkab axborot tizimi joriy qilinadi, buxgalteriya bo‗yicha oddiy 
komp'yuter dasturlari esa oxirigacha to‗liq joriy etilmaydi. Shuning uchun 
dastavval tashkiliy-texnik tadbirlarni bosqichli dasturini tuzish va uni asosida 
boshqaruv hisobini joriy etishga ishlab chiqarish va xodimlarni tayyorlash kerak 
bo‗ladi. Boshqaruv hisobini joriy etishni o‗z xizmat vazifasini komp'yuterni lokal 
tarmog‗ida bajaradigan analitik va boshqaruv hisobi bo‗yicha mutaxassisni 
avtomatlashtirilgan ish joyini yaratishdan boshlash kerak. Keyinchalik boshqaruv 
hisobining funksiyasi va axborot bazasini kengayib borishi bilan boshqaruv hisobi 
siyosati va boshqaruv hisoboti shakllarini haqiqiy iqtisodiy xolatni aks ettiradigan 
va kelgusida ularni asosida kuchli ―industrial‖ axborot tizimini joriy etish mumkin 
bo‗lgan tamoyillarini joriy etish mumkin bo‗ladi.
Boshqaruv hisobi boshqaruvning amaliy vazifasi ekanligini hisobga 
oladigan bo‗lsak, uni tarkibiy tuzilishi, tarkibi va tashkil etilishi boshqaruvning 
aniq bir vazifasiga moslashtirilishi kerak. Ba'zi xollarda boshqaruv hisobi tegishli 
xususiyatlar hisobga olingan xolda belgilangan vazifalarni majmui sifatida tashkil 
etiladi. Shu tufayli hisobni tashkil etishni ikkita shakli paydo bo‗ladi. Birinchi 
variant boshqaruvni ehtiyojidan kelib chiqadi, ikkinchi shaklning tarkibi va 
tarkibiy tuzilishi esa korxonani imkoniyatlari, malakali kadrlar va hokazolar 
evaziga ma'lum bir darajada chegaralangan bo‗ladi. Shu bilan birga mazkur 
cheklovlar, belgilangan maqsadlar, vazifalar va boshqaruv hisobini faoliyat 
yuritish sharoitlari qanday bo‗lishiga qaramasdan boshqaruv hisobini mazmunini 
belgilab beruvchi quyidagi elementlarni ajratib ko‗rsatish mumkin: 
Material komponentlar: boshqaruv hisobini yurituvchi bo‗linma va 
analitiklar xizmati, axborot texnologiyalari vositalari (asosiy ma'lumotlar bazasini 
aloxida ajratilgan komp'yuterda yoki serverda yozib borish va undagi 
ma'lumotlarni begona shaxslardan himoya qilish), dasturiy ta'minot. 
Nomoddiy komponentlar: boshqaruv hisobini parametrlari (yo‗nalishlar, 
daromad markazlari, xarajat markazlari); schetlar rejasi, pul mablag‗lari xarakatini 
kodlashtirish uchun kodlar tizimi; xarajatlar haqidagi xisobot shakllari (xarajat


207 
markazlari va turlari bo‗yicha guruxlangan xolda), foyda va xarajatlar haqidagi 
hisobot, boshqaruv hisobi tizimi orqali olingan moliyaviy natijalarni moliyaviy 
tahlilini hisoboti va boshqalar; hisob siyosati. 
Tashkiliy-tartib komponentlari: qarorlar qabul qilishga kerak bo‗ladigan 
hamda boshqaruv hisobi tizimini turli bo‗g‗inida tasdiqlangan ma'lumotlarni 
to‗plash, o‗zaro bog‗lash, ularni saqlash jarayonida qaror qabul qiladigan xodimlar 
va shaxslarni funksional vazifalarini tartibi va taqsimlanishini o‗zaro hamkorligi 
tizimi. 
Boshqaruv hisobini mazmuni va tarkibiy tuzilishi tizimning asosiy 
nomoddiy komponenti hisoblanadi. Ular boshqaruv, buxgalteriya hisobi va 
iqtisodiy tahlil bo‗yicha tegishli bilimlarga ega bo‗lgan va boshqaruv hisobi 
tizimini joriy etgan mutaxassis–analitiklar (bundan buyon ularni qisqacha qilib 
analitik deb ataymiz) tomonidan aniq-lanadi va ma'lumotlarni asosiy iste'molchisi 
bo‗lgan korxona raxbariyati bilan kelishib tasdiqlanadi. Bu yerda shuni ham 
ta'kidlab o‗tish joizki, parmetrlarni o‗zgarishi qo‗shimcha mehnat xarajatlarini 
yuzaga kelishi yoki turli hisobot davrlarida olingan natijalarni taqqoslanmasligiga 
olib kelishi mumkin. Shuning uchun korxona raxbari parametrlarni tasdiqlash 
masalasiga juda ma'suliyat bilan yondashishi kerak.
Bir so‗z bilan aytganda boshqaruv hisobini parametrlariga yo‗nalishlar, 
daromad markazlari va xarajat markazlari kiradi. 
Yo‗nalish. Raxbar yoki menejerni ish faoliyatida funksional faoliyati 
yo‗nalishini natijasi haqidagi ma'lumotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va 
boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun muhim ma'lumot bo‗lib hisoblanadi. 
Umumiy qilib olib qaraganda faoliyat yo‗nalishi korxona maqsadini aniqlashni 
mahsuli bo‗lib hisoblanadi. 
Maqsadni aniqlash faoliyatni asosiy ko‗rsatkichlari (masalan, foyda), 
mahsulot va funksional faoliyat turlari, biznesni diversifikasiyalash va boshqa 
asosiy ko‗rsatkichlarni (bozorlar, risklar va hokazo ko‗rsatkichlarni ham qo‗shgan 
xolda) shakllantiradi. Bunday sharoitda analitik raxbariyat biznesni rivojlantirish 
yo‗nalishi masalasini hal etish tamoyillarini aniqlab olishi lozim bo‗ladi. Analitikni 


208 
oldida ishlab chiqarish va boshqaruv tamoyillarini izohlab berish, boshqaruv 
hisobini yuritish uchun kerakli yo‗nalishlarni aniqlash va raxbariyat uchun 
ma'lumotlarni yetkazib berish tizimini ishlab chiqish kabi vazifalar turadi.
Umumiy xollarda analitik biznesni biron bir yo‗nalishini aniqlashda 
quyidagi tamoyillarga tayanishi lozim:
− mahsulot uchun bozor segmentini aloxida yo‗nalishi (xaridor/hamkorlar, 
ijarachilar kesimida); 
− tanlangan yo‗nalish menejmentini hajm - vaqt va funksional xususiyatlari, 
xarajatni maqsadga muvofiqligi, vaqt va bozor dinamikasini baholash; 
− mahsulotni yaratilishi yoki ishlab chiqarilishini manbasi va xarajatlar 
tarkibini (masalan, ishlab chiqarishni to‗liq mulk egasi tomonidan tashkil etilishi,
butlovchi qismlarni ishlab chiqarish–import/mahalliy ishlab chiqaruvchilar, 
xomashyo bilan ta'minlanganlik va uni transport orqali yetkazib berish, omborga 
joylashtirish va hokazolardan iborat bo‗lgan tarkibiy tuzilishi) o‗ziga xos 
xususiyati; 
− bozor dominantlari, monopollikni mumkin bo‗lgan nisbati, sotishning 
umumiy hajmida tanlangan biznes yo‗nalishining ulushini ahamiyati (korxona 
rahbariyati mazkur yo‗nalishni o‗z biznesini tahlili uchun ahamiyatli deb qarashi 
lozim); 
− boshqa yo‗nalishlar. 
Ba'zan yuqorida ta'kidlangan belgilardan faqat bittasi bo‗yicha mahsulotni 
guruxlash qiyin bo‗ladi. Chunki, bir biznesda ba'zi bir yo‗na-lishlar o‗z 
menejmenti va tovarlarni kelib chiqish manbasi bilan xarakterli bo‗lsa, boshqa biri 
umumiy menejmentga, biroq o‗ziga xos bozor sektoriga ega bo‗lishi mumkin. 
Bunday sharoitda analitik mahsulot va xizmatlarni guruxlashni yuqorida 
ta'kidlangan belgilarini foydalilik darajasini o‗rganib chiqib, ularning ichidan eng 
samaralisini tanlashi lozim. Bu ishda unga albatta korxona raxbariyati yaqindan 
yordam berishi kerak.
Daromad markazlari. Daromad markazlari biznesni xalqaro amaliyotida 
keng qo‗llaniladigann termin bo‗lib hisoblanadi. Menejmentni aloxida bir guruxini 


209 
daromad markazlari sifatida ajratilishi xodimlarni rag‗batlantirilishi va ularni 
yakuniy natijadan manfaatdorligini o‗sishiga olib keladi. Terminni mazmunidan 
ko‗rinib turibdiki, daromad markazlari bu faoliyat natijasi korxona uchun ishlab 
topgan foyda miqdoriga qarab aniqlanishi mumkin bo‗lgan tarkibiy bo‗linmadir. 
Boshqaruv hisobida daromad markazlari bo‗lib xoldingni aloxida bir yuridik shaxsi 
yoki biznesni bir yoki bir necha yo‗nalishlari bo‗yicha mahsulot sotadigan tarkibiy 
bo‗linmalari bo‗lishi mumkin. Daromad markazlari tushunchasiga biron bir 
norasmiy gurux–masalan, menejerlar guruxi ham mos kelishi mumkin. Shunday 
xollar ham bo‗lishi mumkinki, korxona yagona bir daromad markazi sifatida 
faoliyat olib borayotganligi sababli aloxida daromad markazlari ajratilmasligi 
mumkin. Yo‗nalishlar va daromad markazlariga bo‗linishda boshqaruv hisobi 
(shu jumladan, hisob-kitob, haqiqatda o‗lchanadigan foyda, zararlar) blokli 
matrisali tarkibiy tuzilishga ega bo‗ladi. Uni elementlari vaqtga, yo‗nalishga, 
mahsulotni ishlab chiqariladigan va butlanadigan elementlari va boshqa ishlab 
chiqarish, xarajatlar, mahsulotni sotishni xarakterlaydigan ob'ektlarga bog‗langan 
bo‗ladi. Shunday qilib, hisobni ob'ektlari mahsulotni yaratilish vaqti va miqdori, 
qiymat xarakteristikasini o‗zgarishi, yangi qiymatni hosil bo‗lish joyi, uni o‗sishi 
va hokazolarni namoyon etadi. Shunga muvofiq ravishda iqtisodiy ko‗rsatkichlarni 
samarali hisoblash faoliyat turlari yo‗nalishi (mahsulot turlari) va aniq bir daromad 
markazlarini xarakterlovchi mahsulot parametrlarini o‗zaro bog‗lash imkonini 
beradi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, boshqaruv hisobini ob'ektlarini aks ettirishni 
detallashtirish darajasi belgilangan aniq vazifaga va mahsulot xarakatini hisobi 
tizimini qiymatni shakllantirish yo‗nalishidagi imkoniyatlariga bog‗liq bo‗ladi. 
Boshqaruv hisobi tizimi mazkur terminni tor doiradagi mazmunidan kelib chiqib 
(ma'lumotlar bazasi, qayd etuvchi va qayta ishlovchi jarayonlar) qiymatni
shakllanishi haqidagi ma'lumotlarni tayyor xolda (odatda, korxonalarda sotish va 
tannarx hisob–kitobi, tayyor mahsulotni sotishni hisobini yurituvchi maxsus 
bo‗linmalar faoliyat ko‗rsatadi) oladi. Boshqaruv hisobini mazkur ob'ektlari 
mahsulotning qiymatini texnologik jarayonda shakllanishi jarayonlarini boshqarish 
uchun kerakli hajmda aks ettiradi. Shuning uchun mahsulotni xarakatini uni tayyor 


210 
bo‗lish darajasi bo‗yicha adresli baholashning hisob tizimi sotish hajmi va ishlab 
chiqariladigan mahsulotni tannarxi haqidagi ma'lumotlarni yo‗nalishlar va 
daromad markazlari bo‗yicha umumlashtirish imkoniyatini ta'minlashi kerak. 
Xarajat markazlari. Xarajat markazlari deganda korxonani ma'lum bir 
funksiyani bajaradigan va o‗z xarajatlari byudjetini ifodalaydigan qiymatni 
o‗tkazishni baholash yoki qo‗shish imkoniyatiga ega bo‗lgan bo‗linmalari 
tushuniladi. Umumiy xolda korxonalar odatda bittadan ortiq xarajat markazlariga 
ega bo‗lishadi. Chunki, har bir korxonada xarajatlari bevosita yoki bilvosita tayyor 
mahsulotni qiymatini shakllantiradigan (masalan, raxbariyat, buxgalteriya, reja - 
moliya bo‗limi, marketing bo‗limi, boshqaruv hisobi bo‗limi, sotish bo‗limi, 
ta'minot va hokazo bo‗limlar) funksional ish joylarini ajratish mumkin. Xarajat 
markazlari daromad markazlari bilan chambarchas bog‗lab qo‗yilishi mumkin. 
Xarajat markazlarini ajratilishi xarajatlar yuz bergan bo‗linmalar faoliyatini 
aniqroq va tabaqalashtirilgan xolda baholash, har bir tarkibiy bo‗linma va 
funksional xizmatlardagi daromad va xarajatlar nisbatini taqqoslama baholash 
imkoniyatini beradi. Analitik uchun bunday ma'lumotlar boshqaruv hisobini 
vakolati doirasida korxonaning tarkibiy tuzilishini optimal variantini tanlash,
xarajatlarni optimallashtirish, korxonani funksional samaradorligi va mahsulotni 
qiymat parametrlarini sabab–oqibat aloqasini o‗rnatishga asos bo‗ladi. Undan 
tashqari, boshqaruv hisobi ob'ektlari, jumladan, turli xil taxminiy va ehtimoliy 
baholashlarni ishlatilishi mazkur xarajatlarni samarali rejalashtirish va xarajat 
markazlarini ko‗p bosqichli va samarali byudjetlarini tuzishga imkon beradi. 
Boshqaruv hisobini yuritish jarayonida analitik reja (byudjet) ko‗rsatkichlarini 
moddalar va xarajat markazlari bo‗yicha haqiqiy ko‗rsatkichlar bilan taqqoslash 
orqali nazoratchi, auditor vazifasini bajarishi, ma'lumotlarning yagona bazasida 
hisobning taqqoslama ob'ektlari reestrini yuritishi mumkin. Boshqaruv hisobini 
ob'ektlari turli ishlab chiqarish–xo‗jalik jarayonlarini standart tartibi va moliyaviy 
va boshqa iqtisodiy jarayonlarni yuritishni namunadagi tartibini algoritmik ketma-
ketligini tuzishga asos bo‗ladi. Mazkur jarayonlar korxonani hisob siyosatida to‗liq 
va atroflicha aks ettirilishi lozim.


211 
Yuqorida ta'kidlanganidek, mazkur jarayonda korxona raxbarining roli 
yuqori ekanligini yoddan chiqarmaslik kerak. Raxbarlar boshqaruv hisobi bo‗yicha 
maslaxatchini faoliyatidagi muammolarga e'tibor bilan yondashishi va tegishli 
yordamni ko‗rsatishi kerak bo‗ladi. Shuning uchun boshqaruv hisobini joriy 
etishda dastavval korxona raxbari mazkur hisob tizimidan qanday samaralar 
kutayotganligi va ushbu jarayonni amalga oshirishda qanchalik yaqindan 
hamkorlik qilishga tayyor ekanligini aniqlab olishi kerak bo‗ladi. Undan tashqari, 
korxona raxbarini mazkur jarayonda qatnashishiga ma'naviy jihatdan tayyorlash va 
boshqaruv hisobini joriy etish orqali yechilishi kutilayotgan masalalar haqida yana 
bir bor puxta o‗ylab ko‗rishini tavsiya qilish kerak. Bunday dastlabki tayyorgarlik 
ishlarini amaliyotda sinalgan anketa o‗tkazish usuli orqali o‗tkazish mumkin. 
Xarajat markazlari. Xarajat markazlari deganda korxonani ma'lum bir 
funksiyani bajaradigan va o‗z xarajatlari byudjetini ifodalaydigan qiymatni 
o‗tkazishni baholash yoki qo‗shish imkoniyatiga ega bo‗lgan bo‗linmalari 
tushuniladi. Umumiy xolda korxonalar odatda bittadan ortiq xarajat markazlariga 
ega bo‗lishadi. Chunki, har bir korxonada xarajatlari bevosita yoki bilvosita tayyor 
mahsulotni qiymatini shakllantiradigan (masalan, raxbariyat, buxgalteriya, reja - 
moliya bo‗limi, marketing bo‗limi, boshqaruv hisobi bo‗limi, sotish bo‗limi, 
ta'minot va hokazo bo‗limlar) funksional ish joylarini ajratish mumkin. Xarajat 
markazlari daromad markazlari bilan chambarchas bog‗lab qo‗yilishi mumkin. 
Xarajat markazlarini ajratilishi xarajatlar yuz bergan bo‗linmalar faoliyatini 
aniqroq va tabaqalashtirilgan xolda baholash, har bir tarkibiy bo‗linma va 
funksional xizmatlardagi daromad va xarajatlar nisbatini taqqoslama baholash 
imkoniyatini beradi. Analitik uchun bunday ma'lumotlar boshqaruv hisobini 
vakolati doirasida korxonaning tarkibiy tuzilishini optimal variantini tanlash,
xarajatlarni optimallashtirish, korxonani funksional samaradorligi va mahsulotni 
qiymat parametrlarini sabab–oqibat aloqasini o‗rnatishga asos bo‗ladi. Undan 
tashqari, boshqaruv hisobi ob'ektlari, jumladan, turli xil taxminiy va ehtimoliy 
baholashlarni ishlatilishi mazkur xarajatlarni samarali rejalashtirish va xarajat 
markazlarini ko‗p bosqichli va samarali byudjetlarini tuzishga imkon beradi. 


212 
Boshqaruv hisobini yuritish jarayonida analitik reja (byudjet) ko‗rsatkichlarini 
moddalar va xarajat markazlari bo‗yicha haqiqiy ko‗rsatkichlar bilan taqqoslash 
orqali nazoratchi, auditor vazifasini bajarishi, ma'lumotlarning yagona bazasida 
hisobning taqqoslama ob'ektlari reestrini yuritishi mumkin. Boshqaruv hisobini 
ob'ektlari turli ishlab chiqarish–xo‗jalik jarayonlarini standart tartibi va moliyaviy 
va boshqa iqtisodiy jarayonlarni yuritishni namunadagi tartibini algoritmik ketma-
ketligini tuzishga asos bo‗ladi. Mazkur jarayonlar korxonani hisob siyosatida to‗liq 
va atroflicha aks ettirilishi lozim.
Yuqorida ta'kidlanganidek, mazkur jarayonda korxona raxbarining roli 
yuqori ekanligini yoddan chiqarmaslik kerak. Raxbarlar boshqaruv hisobi bo‗yicha 
maslaxatchini faoliyatidagi muammolarga e'tibor bilan yondashishi va tegishli 
yordamni ko‗rsatishi kerak bo‗ladi. Shuning uchun boshqaruv hisobini joriy 
etishda dastavval korxona raxbari mazkur hisob tizimidan qanday samaralar 
kutayotganligi va ushbu jarayonni amalga oshirishda qanchalik yaqindan 
hamkorlik qilishga tayyor ekanligini aniqlab olishi kerak bo‗ladi. Undan tashqari, 
korxona raxbarini mazkur jarayonda qatnashishiga ma'naviy jihatdan tayyorlash va 
boshqaruv hisobini joriy etish orqali yechilishi kutilayotgan masalalar haqida yana 
bir bor puxta o‗ylab ko‗rishini tavsiya qilish kerak. Bunday dastlabki tayyorgarlik 
ishlarini amaliyotda sinalgan anketa o‗tkazish usuli orqali o‗tkazish mumkin. 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə